Standartlari


BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar”. BHXS (IAS) 21 “Valyuta kurslaridagi o’zgarishlarning ta’sirlari”



Download 1,94 Mb.
bet16/136
Sana27.10.2022
Hajmi1,94 Mb.
#857151
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   136
Bog'liq
IFRS

BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar”. BHXS (IAS) 21 “Valyuta kurslaridagi o’zgarishlarning ta’sirlari”


BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar” standartining maqsadi quyidagilarni belgilashdan iboratdir:

  1. xo’jalik sub’ekti o’z hisobotlariga hisobot davridan keyingi hodisalar uchun tuzatishlar kiritishi kerak bo’lgan paytni; va

  2. xo’jalik sub’ekti tomonidan uning moliyaviy hisobotlarini e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasi hamda hisobot davridan keyingi hodisalar haqida oshkor

etilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar.
Ushbu Standart, agar hisobot davridan keyingi hodisalar faoliyat uzluksizligi to’g’risidagi farazning xo’jalik sub’ekti uchun o’rinli emasligini ko’rsatsa, bunday xo’jalik sub’ektining moliyaviy hisobotlari faoliyat uzluksizligi asosida tayyorlanmasligini ham talab etadi.
BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar” nomli standart hisobot davridan keyingi hodisalarni hisobga olishda va ularni oshkor etishda qo’llaniladi.
Ba’zi hollarda, xo’jalik sub’ekti o’z moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotlar e’lon qilinganidan so’ng aktsiyadorlarning tasdig’iga havola etishi talab qilinadi. Bunday hollarda, aktsiyadorlar moliyaviy hisobotlarni tasdiqlagan sanasida emas, balki moliyaviy hisobotlar e’lon qilingan sanasida ular e’lon qilish uchun tasdiqlangan bo’lib hisoblanadi.
Misol. Xo’jalik sub’ektining rahbariyati 20X1 yilning 31 Dekabr holatiga bo’lgan moliyaviy hisobotlarning dastlabki to’plamini 20X2 yilning 28 Fevralida yakunladi. 20X2 yilning 18 Martida Boshqaruv a’zolari moliyaviy hisobotlarni ko’rib chiqdi va ularning e’lon qilinishini tasdiqladi. Xo’jalik sub’ekti o’z foydasini va boshqa tanlangan moliyaviy ma’lumotlarni 20X2 yilning 19 Martida e’lon qildi. Moliyaviy hisobotlar aktsiyadorlar va boshqalar e’tiboriga 20X2 yilning 1 Aprelida taqdim etildi. Aktsiyadorlar moliyaviy hisobotlarni 20X2 yilning 15 Mayida o’tkazilgan aktsiyadorlarning yillik yig’ilishida tasdiqladi va tasdiqlangan moliyaviy hisobotlar tartibga soluvchi davlat idorasiga 20X2 yilning 17 Mayida topshirildi.
20X2 yilning 18 Martida moliyaviy hisobotlarning e’lon qilinishi tasdiqlandi (Boshqaruv a’zolari moliyaviy hisobotlarning e’lon qilinishini tasdiqlagan sana).
Ba’zi hollarda, xo’jalik sub’ektining rahbariyati moliyaviy hisobotlarni (ijrochi bo’lmagan shaxslardangina tashkil topgan) kuzatuv kengashiga, moliyaviy hisobotlar ular tomonidan tasdiqlanishi uchun, taqdim etishi talab qilinadi. Bunday hollarda, rahbariyat moliyaviy hisobotlarni kuzatuv kengashiga taqdim etilishini tasdiqlagan sana moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasi bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik sub’ekti tuzatishlar kiritilishini talab etadigan hisobot davridan keyingi hodisalarni aks ettirish maqsadida o’z moliyaviy hisobotlarida tan olingan summalarga tuzatishlarni kiritishi shart.
Quyida xo’jalik sub’ektidan o’z moliyaviy hisobotlarida tan olingan summalarga tuzatishlar kiritishni, yoki oldin tan olinmagan moddalarni tan olishni talab qiladigan hisobot davridan keyingi hodisalarga misollar keltirilgan:

  1. Xo’jalik sub’ektining hisobot davrining yakunida joriy majburiyati bor bo’lganligini tasdiqlagan, sud ishining hisobot davridan keyin hal bo’lishi. Xo’jalik sub’ekti ushbu sud ishi yuzasidan oldin tan olingan har qanday zaxiralarga MHXS 37 “Zaxiralar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” ga muvofiq tuzatish kiritadi yoki yangi zaxirani tan oladi. Xo’jalik sub’ekti faqat shartli majburiyatni oshkor etish bilan chegaralanmaydi, chunki sud ishining hal bo’lishi natijasida MHXS 37ga muvofiq e’tiborga olinishi kerak bo’lgan qo’shimcha dalillar ta’minlanadi.

Misol. 20X5 yilning 18 Martida xo’jalik sub’ektining rahbariyati moliyaviy hisobotlarni kuzatuv kengashiga taqdim etilishi uchun tasdiqlaydi. Kuzatuv kengashi
ijrochi bo’lmagan shaxslardangina tashkil topgan bo’lib, o’z ichiga xodimlar va boshqa tashqi manfaatdor tomonlarning vakillarini olgan bo’lishi mumkin. Kuzatuv kengashi 20X5yilning 26 martida moliyaviy hisobotlarni tasdiqladi. Moliyaviy hisobotlar aktsiyadorlar va boshqalar e’tiboriga 20X5 yilning 1 aprelida taqdim etildi. Aktsiyadorlar moliyaviy hisobotlarni 20X5 yilning 15 mayida o’tkazilgan aktsiyadorlarning yillik yig’ilishida tasdiqladi va tasdiqlangan moliyaviy hisobotlar tartibga soluvchi davlat idorasiga 20X5 yilning 17 mayida topshirildi.
Moliyaviy hisobotlar 20X5 yilning 18 martida e’lon etish uchun tasdiqlandi (rahbariyat moliyaviy hisobotlarni kuzatuv kengashiga taqdim etish uchun tasdiqlagan sana).

  1. hisobot davri oxirida aktiv qadrsizlanganligi yoki bu aktiv bo’icha oldin tan olingan zarar summasiga tuzatish kiritilishi kerakligidan dalolat beradigan ma’lumot hisobot davri tugaganidan keyin olinishi. Masalan:

  • hisobot davri tugaganidan so’ng mijozlardan biri bankrotlikka uchrashi hisobot davri oxirida savdoga oid debitorlik qarzdorligi bo’yicha zarar mavjud bo’lganligini va xo’jalik sub’ekti debitorlik qarzdorlikning balans qiymatiga tuzatish kiritishi kerakligini tasdiqlaydi; va

  • tovar-moddiy zaxiralarning hisobot davri tugaganidan so’ng sotilishi ularning hisobot davrining oxiridagi sof sotish qiymati to’g’risida dalil berishi mumkin.

(v) hisobot davri tugallanishidan oldin sotib olingan aktivlarning tannarxi yoki sotilgan aktivlardan tushgan tushumning hisobot davri tugaganidan so’ng aniqlanishi.
(g) hisobot davri tugaganidan so’ng foydadan taqsimlanadigan to’lovlar yoki mukofotlar summasining aniqlanishi, agar xo’jalik sub’ektining hisobot davri oxirida bu sanadan oldin yuz bergan hodisalarning natijasida bunday to’lovlarni amalga oshirish bo’yicha joriy yuridik yoki konstruktiv majburiyati mavjud bo’lgan bo’lsa (BHXS 19 “Xodimlarga haqlar” ga qarang).
(d) moliyaviy hisobotlarning noto’g’ri ekanligini ko’rsatuvchi firibgarlik yoki xatolarning topilishi.
Agar xo’jalik sub’ekti ulushli instrument egalariga dividendlarni (BHXS 32 “Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish” da ko’rsatilganidek) hisobot davri tugaganidan keyin e’lon qilsa, xo’jalik sub’ekti bu dividendlarni hisobot davrining oxirida majburiyat sifatida tan olmaydi.
Agar dividendlar hisobot davri tugaganidan so’ng, ammo moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasiga qadar e’lon qilinsa, dividendlar hisobot davrining oxirida majburiyat sifatida tan olinmaydi, chunki aynan ana shu paytda majburiyatlar mavjud bo’lmagan. Bunday dividendlar BHXS 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” ga binoan izohlarda oshkor qilinadigan ma’lumot sifatida ko’rsatiladi.
Agar hisobot davri tugaganidan keyin xo’jalik sub’ektining rahbariyati xo’jalik sub’ektini tugatish yoki uning savdo faoliyatini to’xtatish qaroriga kelsa yoki bunday yo’l tutishdan boshqa chorasi yo’q ekanligini aniqlasa, xo’jalik sub’ekti o’z moliyaviy hisobotlarini faoliyat uzluksizligi asosida tayyorlamasligi kerak.
BHXS 1 quyidagi holatlarda oshkor etilishi talab qilinadigan ma’lumotlarni belgilaydi:

  1. moliyaviy hisobotlar faoliyat uzluksizligi asosida tayyorlanmagan bo’lganida; yoki

  2. xo’jalik sub’ektining rahbariyati faoliyat uzluksizligi faraziga jiddiy shubha uyg’otishi mumkin bo’lgan hodisalar yoki vaziyatlarga aloqador bo’lgan ahamiyatli noaniqliklardan xabardor bo’lganida. Oshkor etilishini talab etuvchi hodisalar yoki vaziyatlar hisobot davridan keyin yuzaga kelishi mumkin.

Xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasini hamda bu kim tomonidan tasdiqlanganligi haqida ma’lumotni oshkor qilishi kerak.Agar xo’jalik sub’ektining mulk egalari yoki boshqa tomonlar moliyaviy hisobotlar e’lon qilinganidan keyin ularga o’zgartirishlar kiritish vakolatlariga ega bo’lsa, xo’jalik sub’ekti bu faktni oshkor etishi kerak.
Hisobot davri oxiridagi shart-sharoitlar to’g’risidagi oshkor qilinadigan ma’lumotlarni yangilash
Agar xo’jalik sub’ekti hisobot davri tugaganidan keyin hisobot davri oxirida mavjud bo’lgan shart-sharoitlar to’g’risidagi ma’lumotni qo’lga kiritsa, u ushbu shart-sharoitlarga tegishli oshkor qilingan ma’lumotlarni yangi ma’lumotga tayangan holda o’zgartirishi kerak.
Agar tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hisobot davridan keyingi hodisalar ahamiyatli bo’lsa, ular to’g’risida ma’lumotlarni oshkor etmaslik foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotlar asosida qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun ham, xo’jalik sub’ekti tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hisobot davridan keyingi hodisalarning har bir ahamiyatli toifasi bo’yicha quyidagilarni oshkor etishi kerak:

  1. hodisaning tabiati; va

  2. uning moliyaviy ta’sirini tahminan baholash , yoki bunday tahminiy baholashning imkoni yo’qligini ta’kidlash.

Quyida oshkor etilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar taqdim etilishiga sabab bo’luvchi tuzatishlar kiritilishi talab etilmaydigan hisobot davridan keyingi hodisalarga misollar keltirilgan:

  1. Hisobot davridan keyin amalga oshgan yirik biznes birlashuvi (MHXS 3 “Biznes birlashuvlari” bunday holatlarda muayyan ma’lumotlar oshkor etilishini talab etadi) yoki yirik sho’’ba xo’jalik sub’ektining chiqib ketishi;

  2. faoliyatni to’xtatish rejasini e’lon qilish;

(v) aktivlarni katta summada sotib olish, MHXS 5 “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va to’xtatilgan faoliyat” ga muvofiq sotish uchun mo’ljallangan aktivlarning tasniflanishi, aktivlarning boshqacha yo’llar bilan chiqib ketishi yoki davlat tomonidan yirik aktivlarning musodara qilinishi;
(g) hisobot davridan keyin yirik ishlab chiqarish zavodining yong’in natijasida vayron bo’lishi;

  1. yirik restrukturizatsiya rejasini e’lon qilish yoki uni amalga oshirishni boshlash (BHXS 37 ga qarang);

  2. Hisobot davridan keyin oddiy va potentsial oddiy aktsiyalar bilan

amalaga oshirilgan yirik operatsiyalar (BHXS 33 «Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda» xo’jalik sub’ektidan bunday operatsiyalarning tavsifini oshkor etishni talab etadi, lekin bunday operatsiyalarga BHXS 33 ga muvofiq tuzatishlar kiritilishi kerak bo’lgan kapitalizatsiya yoki aktsiyalarni imtiyozli shartlarda chiqarish, aktsiyalar bo’linishi yoki aktsiyalarni yaxlitlashni o’z ichiga oladigan operatsiyalar kiritilmaydi);
(j)hisobot davridan keyin aktivlar narxlari yoki valyuta ayriboshlash kurslaridagi g’ayrioddiy darajada katta o’zgarishlar;
(z) joriy va muddati kechiktirilgan soliq aktivlari va majburiyatlariga katta ta’sir qiladigan, hisobot davridan keyin soliq stavkasi yoki amaldagi soliq qonunchiligidagi o’zgarishlar (MHXS 12 «Daromad soliqlari» ga qarang);
(i)Katta majburiyatlar yoki shartli majburiyatlarni olish, masalan, katta summadagi kafolat xatlarini chiqarish orqali; va
(k) Faqat hisobot davridan keyingi hodisalardan kelib chiqqan yirik sud jarayonining boshlanishi.



Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish