oldingi davr boshiga moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot, qachonki xo’jalik sub’ekti hisob siyosatini retrospektiv tarzda qo’llasa, yoki o’zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni retrospektiv tarzda qayta hisoblashni amalga oshirsa,
5 M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. p.162.
o’zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni qayta tasniflasa6.
Xo’jalik sub’ekti mazkur Standartda foydalanilgan hisobot nomlaridan tashqari nomlardan foydalanishi mumkin. Masalan, xo’jalik sub’ekti “foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot” o’rniga “umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot” nomidan foydalanishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar xo’jalik sub’ektining moliyaviy holatini, moliyaviy natijalarini va pul oqimlarini haqqoniy tarzda taqdim etishi lozim. Haqqoniy taqdim etish operatsiyalarning, boshqa hodisalarning va sharoitlarning oqibatlarini Kontseptual asosda keltirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlarning ta’riflariga va tan olish mezonlariga muvofiq haqqoniy taqdim etishni talab etadi. MHXSlarni, zarur bo’lganda qo’shimcha ma’lumotlarni oshkor etish bilan birga, qo’llash haqqoniy taqdim etishni ta’minlaydigan moliyaviy hisobotlarga olib keladi deb ko’zda tutiladi.
Moliyaviy hisobotlari MHXSlarga muvofiq bo’lgan xo’jalik sub’ekti izohlarda bunday muvofiqlikni aniq va shartsiz ta’kidlashi lozim. Moliyaviy hisobotlar MHXSlarning barcha talablariga muvofiq bo’lmaguncha, xo’jalik sub’ekti ularni MHXSlarga muvofiq deb ta’kidlamasligi lozim.
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash paytida, rahbariyat xo’jalik sub’ekti faoliyatini uzluksiz davom etishi qobiliyatini baholashi lozim. Qachonki rahbariyat xo’jalik sub’ektining faoliyatini tugatishni yoki savdoni to’xtatishni mo’ljallayotgan bo’lmasa yoki bunday choralarni amalga oshirishdan boshqa amaliy muqobil choralar mavjud bo’lmagan holat yuzaga kelmasa, xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni faoliyatning uzluksizligi asosida tayyorlashi lozim. Agar rahbariyat, baholashni amalga oshirayotganda, xo’jalik sub’ekti faoliyatini uzluksiz davom etishi qobiliyati to’g’risida ahamiyatli shubha to’g’dirishi mumkin bo’lgan hodisalar yoki sharoitlarga tegishli ahamiyatli noaniqliklardan xabardor bo’lsa, xo’jalik sub’ekti ushbu noaniqliklarni oshkor etishi lozim. Agar xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni faoliyatning uzluksizligi asosida tayyorlamasa, u ushbu faktni, moliyaviy hisobotlar qaysi asosda tayyorlanganligini hamda xo’jalik sub’ekti faoliyatning uzluksizligini ta’minlay olmaydi deb hisoblanishining sababi bilan birga, oshkor etishi lozim.
Xo’jalik sub’ekti o’zining, pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlaridan tashqari, moliyaviy hisobotlarini buxgalteriya hisobining hisoblash usuli asosida tayyorlashi lozim.
Buxgalteriya hisobining hisoblash usuli qo’llanilganda, xo’jalik sub’ekti moddalarni aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlar (moliyaviy hisobotlar elementlarini) sifatida tan oladi, qachonki ular Kontseptual asosda keltirilgan ushbu elementlarning ta’riflariga va tan olish mezonlariga to’g’ri kelsa.
Xo’jalik sub’ekti o’xshash moddalarning har bir ahamiyatli turkumini alohida taqdim etishi lozim. Bir biridan farq qiladiganli xususiyatga yoki vazifaga ega bo’lgan moddalarni, ular ahamiyatsiz bo’lmasa, xo’jalik sub’ekti alohida taqdim etishi lozim.
6 M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. p.167-168.
Moliyaviy hisobotlar o’z xususiyatiga yoki funktsiyasiga ko’ra turkumlarga birlashtiriladigan katta hajmdagi operatsiyalar yoki boshqa hodisalarni qayta ishlash natijasida yuzaga keladi. Birlashtirish va tasniflash jarayonining oxirgi bosqichi yig’ilgan va tasniflangan ma’lumotlarni taqdim etish hisoblanib, u moliyaviy hisobotlarning satrlarida aks ettiriladigan moddalarini shakllantiradi. Agar satrdagi modda alohida olinganda ahamiyatli bo’lmasa, u ushbu hisobotlarda yoki izohlarda boshqa moddalar bilan birlashtiriladi. Ushbu hisobotlarda alohida satrda aks ettirish uchun yetarli darajada ahamiyatli bo’lmagan modda, izohlarda alohida aks ettirilishi muhim bo’lishi mumkin.
MHXS da talab etilmaguncha yoki ruxsat etilmaguncha, xo’jalik sub’ekti aktivlar bilan majburiyatlarni yoki daromadlar bilan xarajatlarni o’zaro hisob-kitob qilmasligi lozim.
Xo’jalik sub’ekti aktivlar bilan majburiyatlarni ham daromadlar bilan xarajatlarni ham alohida aks ettiradi. O’zaro hisob-kitob qilish operatsiyaning yoki boshqa hodisaning mohiyatini aks ettiradigan holatdan tashqari, foyda yoki zarar va boshqa umumlashtirilgan daromadlar yoki moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot(lar)da o’zaro hisob-kitob qilish foydalanuvchilarning sodir bo’lgan operatsiyalar, boshqa hodisalar va sharoitlarni tushunish hamda xo’jalik sub’ektining kelgusi pul oqimlarini baholash qobiliyatini susaytiradi.
Xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarning (jumladan qiyosiy ma’lumotni) to’liq to’plamini kamida yillik asosda taqdim etishi lozim.
Odatda, xo’jalik sub’ekti bir me’yorda bir yillik davr uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlaydi. Biroq, amaliy sabablar tufayli, ayrim xo’jalik sub’ektlari, masalan, 52-haftalik davr uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etishni afzal ko’radilar. Mazkur Standart ushbu amaliyotni taqiqlamaydi.
Xo’jalik sub’ekti bir davrdan keyingi davrga moliyaviy hisobotlardagi moddalarni aks ettirishni yoki tasniflashni o’zgartirmasdan qoldirishi lozim, bunda:
xo’jalik sub’ekti faoliyati xususiyatining ahamiyatli o’zgarishi yoki uning moliyaviy hisobotlarini qayta ko’rib chiqish natijasida, MHXS 8 dagi hisob siyosatlarini tanlash va qo’llash uchun mezonlarni inobatga olgan holda boshqa taqdimot yoki tasniflash o’rinliroq bo’lishi mumkinligi ochiq namoyon bo’lmaguncha; yoki
MHXS taqdimotda o’zgarishni talab etmaguncha.
Xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni aniq belgilashi va aynan bir xil chop etilgan hujjatdagi boshqa ma’lumotlardan farqlashi lozim.
MHXSlar faqatgina moliyaviy hisobotlarga nisbatan qo’llanilib, yillik hisobotda taqdim etilgan boshqa ma’lumotlarga, me’yoriy ma’lumotlarga, yoki boshqa hujjatga nisbatan zaruriy tarzda qo’llanilmaydi. Shu tufayli, foydalanuvchilar MHXSlarga asosan tayyorlanadigan ma’lumotlarni foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi mumkin bo’lgan ammo ushbu talablar ostida bo’lmagan boshqa ma’lumotlardan farqlay olishi muhimdir.
Xo’jalik sub’ekti har bir moliyaviy hisobotni va izohlarni aniq belgilashi lozim. Shu bilan birga, xo’jalik sub’ekti quyidagi ma’lumotlarni aniq ajratib ko’rsatishi va ularni taqdim etilgan ma’lumotlar tushunarli bo’lishi uchun zarur bo’lganda
takrorlashi lozim:
Hisobot beradigan xo’jalik sub’ektining nomi yoki aniqlashning boshqa usullari va oldin keladigan hisobot davri oxiridan boshlab ushbu ma’lumotdagi har qanday o’zgarish;
moliyaviy hisobotlar alohida xo’jalik sub’ektiga yoki xo’jalik sub’ektlari guruhiga tegishliligi;
(v) hisobot davri oxirining sanasi yoki moliyaviy hisobotlar to’plami yoki izohlar qamrab olgan davr;
(g) MHXS 21 da ta’riflanganidek taqdimot valyutasi;
(d) moliyaviy hisobotlarda miqdorlarni taqdim etishda foydalanilgan yaxlitlash darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |