Xalqaro huquq va milliy huquq
Xalqaro huquqning milliy huquqiy tizimlarga
bo‘lgan ta’siri ham kattadir. Ko‘pgina davlatlarning
Konsti tutsiya larida xalqaro huquqning umume’tirof
etilgan normalari va prinsiplari milliy huquqning tar
-
kibiy qismiga kiradi, agar ular bir-biriga zid kelsa
xalqaro-huquqiy normalar ustun keladi. Xalqaro va
milliy huquq turli sohalarda amal qiladigan va bir-bir-
lariga bo‘ysunmaydigan mustaqil huquq tizimlaridir
1
.
Xalqaro va milliy huquq bir-birlariga yaqin, inson
huquqlari sohasida yoki boshqa davlatlararo tinch-totuv
yashash borasidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Masalan, Respublikamizda bir qancha, jumladan, Inson
huquqlari milliy markazi, Oliy Majlis amaldagi qonun-
lar Monitoringi instituti, inson huquqlari bo‘yicha Oliy
Majlisning vakili Ombudsman instituti, shuningdek,
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sud hokimiyati or-
ganlari, inson huquqlari himoyasi borasidagi turli no-
davlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Bu institutlar
-
ning asosiy vazifasi mamlakatimiz fuqarolariga ularning
huquq va erkinliklarini himoya qilishlari uchun
ko‘makla shishdir. Bunday tashkilotlar boshqa davlatlar-
da ham tu
zi lishi va vakolat doiralari bir-birlariga
o‘xshashi mumkin.
1
I. I. Lukashuk, A. X. Saidov.
Hozirgi zamon xalqaro huquq
nazariyasi asoslari. T.: «Adolat», 1996. 118-bet.
Respublikamizda inson huquqlarini himoya qilishga
doir yagona dastur yaratilgan bo‘lib, unda millatlar,
xal q lar, insonlar tengligi, do‘stligi sohasida davlat va
bar cha tashkilotlarning farovonlik uchun birgalikda
harakat qilishlari zarurligi o‘zining chuqur ifodasini
topgan.
Inson huquqlari o‘zbek millatining turmush tarzida,
an’anaviy huquqiy madaniyatida, milliy dunyoqarashi,
mafkurasida muhim o‘rin tutadi. O‘zbek milliy mafku -
rasining tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:
œ
mustaqillik his-tuyg‘usi va istiqlolni to‘la idrok
etish;
œ
o‘zbekchilik;
œ
ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining vatanpar-
varligi va boshqalar.
Milliy mafkura – ona zaminga bo‘lgan muhabbat,
uni sevish, e’zozlash, ardoqlash va ravnaqi haqidagi
g‘oyalar majmuidir. Boshqa davlatlarda ham o‘z
vataniga sadoqatlik, uni avaylash, undagi tinchlik,
osoyish talikka qaratilgan ishlar amalga oshiriladi.
Biz Yevropa qit’asidagi Yevropa Xavfsizlik va
Ham korlik Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi va NATO kabi
muhim tuzilmalar bilan yurtimizda demokratik va bo-
zor islohot
larini chuqurlashtirish, mamlakatimizda va
umuman, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’
-
minlash borasida hamkorlikni mustahkamlashdan
manfaatdormiz.
«Ayniqsa, XXI asr vabosi bo‘lgan xalqaro terrorizm,
ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash dunyo
mamlakatlarini birlashtiradigan asosiy omil bo‘lib qol-
moqda. Ayni paytda, biz terrorizmning tashqi ko‘ri
-
nishlariga, begunoh odamlarni garovga oladigan, port-
latadigan, o‘ldiradigan kimsalarga qarshi kurashish
bilang ina bu ofatni bartaraf etib bo‘lmasligini bir necha
bor ta’kidlaganmiz. Hayotning o‘zi shuni ko‘rsatmoq-
daki, avvalambor, ushbu balo-qazoning birlamchi
151
IX b o b.
Xalqaro huquq
152
Huquqshunoslik
manbalariga qarshi kura shish darkor»,
1
– deb ta’kidla-
gan edi yurtboshimiz o‘z ma’ruzalarida. Bu borada
BMT bilan yonma-yon turib harakat qilish unga a’zo
har bir davlatning asosiy vazifasidir. Terrorizm, ekst re -
mizm va radikalizmga qarshi kurashish barcha davlat-
larning asosiy burchi bo‘lishi bilan bir qatorda, har bir
davlat o‘zining qonunlari asosida bunday jinoyatlar
-
ning oldini olishga va ularni bartaraf etishga harakat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |