Xalqaro huquq subyektlari va obyektlari
Xalqaro huquq subyektlariga faqat xalqaro muno
-
sabatlar qatnashchilari kiradi. Xalqaro huquq subyekt-
lari xalqaro huquq normalariga amal qilish orqali o‘z
majburiyatlarini bajaradi.
Xalqaro huquq subyektlariga:
Ø
davlat;
Ø
xalqaro tashkilot;
Ø
millat;
Ø
individlar kiradi.
Davlat xalqaro huquqning asosiy subyekti hisobla
-
nadi.
Masalan, O‘zbekiston suveren davlat sifatida
zamo naviy xalqaro huquqning umume’tirof etilgan
prinsiplari va normalariga qo‘shilgan, xalqaro shartno-
malar bilan bog‘ liq bo‘lgan xalqaro huquq subyektidir.
IX b o b.
Xalqaro huquq
148
Huquqshunoslik
O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida o‘z hududida
davlat hokimiyati chegaralanmaydi va xalqaro huquq
-
ning hech qaysi bir subyekti bunga aralashish huquqiga
ega emas, o‘zining hududidan tashqarida u o‘z
hokimi yatini faqat boshqa manfaatdor davlat roziligi
bilan amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston xalqaro huquqning boshqa subyektlari
bilan diplomatik aloqalarni amalga oshirib, ikki tomon-
lama va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar tuzib,
davlatlararo munosabatlarda bevosita qatnashadi.
Hozirgi paytda Respublikada xalqaro tashkilotlar
-
ning faoliyatini o‘rganishga, shuningdek, O‘zbekiston-
ning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik, sayyohlik
vakolatxo nalarida hamda boshqa tashkilotlar tuzil-
malarida faoliyat olib borishga qodir yuqori malakali
milliy kadrlar tay yorlashga katta e’tibor berilib, bu bo-
rada sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston
Res pub lika sining BMT ga a’zo bo‘lishi uning ijtimoiy-
siyosiy hayo
tida, xalqaro maydondagi faoliyatida
muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekistonning BMT dek nu
-
fuzli xalqaro tashkilotning teng huquqli a’zosi bo‘lishi
uning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tiborining oshi
-
shiga, xalqaro mu nosabatlardagi faoliyatining kengayib
borishiga olib keldi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston hozirgi
kunda jahonning 50 dan ortiq eng nufuzli tashkilotlari-
ga a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining
eng muhim vazifasi BMT, YXHT va boshqa xalqaro
tashkilotlarning ishida faol qatnashish, Yevropa, Osiyo
va jahon xavfsizlik tuzilmalariga qo‘shilishdir. Mam
-
lakatimiz dunyoning 170 davlati tomonidan tan olin-
gan, 120 dan ortiq mamlakat bilan o‘zaro diplomatik
munosabatlar o‘rnatgan.
Yurtimizda 88 ta xorijiy davlat elchixona va vako-
latxonalari ochilgan, 24 ta hukumatlararo tashkilot va
13 ta xalqaro nodavlat tashkilot vakolatxonalari ishlab
turibdi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz ko‘plab muhim
xalqaro shartnomalar va konvensiyalarga qo‘shildi
1
.
Xalqaro tashkilotlar xalqaro huquq subyekti sifatida
o‘z huquq doiralariga egadirlar va ulardan foydalanadi-
lar. Xalqaro tashkilotlar diplomatik aloqalarni emas,
ma’lum bir vazifalarni bajaradilar. Masalan, davlatlar
bilan shartnomalar tuzadi. Xalqaro tashkilotlar o‘z
ta’sis hujjatlariga – ustav yoki bitimiga egadirlar.
BMT Ustavining 1-moddasi: «Biz, Birlashgan
Millat lar Xalqlari» degan so‘zlar bilan boshlanadi.
Bugungi kunda inson huquqlarini xalqaro darajada hi-
moya qilish masalalari, asosan, BMT Ustavi, Inson
huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, Inson huquq lari
to‘g‘risidagi xalqaro Paktlar kabi 80 dan ortiq hujjatda
o‘z aksini topgan. O‘zbekiston inson huquqlari
sohasida 60 dan ziyod ko‘p tomonlama xalqaro shart-
nomalarga qo‘shilgan. Bular hammasi millatlar xavfsiz -
ligiga, mamlakatlar va xalqlarning hech qanday kamsi-
tishlarsiz yashashlarini ta’minlashga qaratilgan.
Individning xalqaro huquq subyekti sifatida olini
-
shi, xalqaro jinoyat sudi yoki maxsus tuzilgan xalqaro
jinoyat tribunali vositasi tomonidan individ ustidan
olib boriladigan jinoyat ishi va unga qo‘llaniladigan
odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq. Masalan,
xalqaro huquqda qaroqchilik, genotsid, aparteid singari
jinoyatlar bor. Ularni ko‘rib chiqish va sud hukmini
chiqarish, odatda, maxsus tuzilgan xalqaro jinoyat tri-
bunali yoki xalqaro jinoyat sudi tomonidan amalga
oshiri ladi.
149
IX b o b.
Xalqaro huquq
1
I.A. Karimov.
Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni
demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va
isloh etishdir. «Xalq so‘zi», 2005-yil 29-yanvar.
150
Huquqshunoslik
Xalqaro huquq obyekti – davlatlarning ichki vakolat-
lariga tegishli bo‘lmagan, ular yuzasidan xalqaro huquq
subyektlari huquqiy munosabatga kirishi uchun barcha
moddiy va nomoddiy ne’matlarni, xatti-hara
katlardan
tiyilib turishni anglatadi. Xalqaro huquq obyekti davlat-
lararo munosabatlarni xalqaro huquq sohalariga va insti-
tutlarga ajratish asnosida hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |