60
Ikki pallali o‘simliklarning ayrimlarida hayotining
birinchi yili asosiy ildiz
ayrimlarida, esa yon ildizlari yo‘g‘onlashadi va ildiz tuganaklari hosil bo‘lib, za-
hira oziq moddalar to‘playdi. Bu to‘plangan zahira oziq moddalar o‘simlik hayo-
tining ikkinchi yilida gul va meva hosil bo‘lishiga sarf bo‘ladi.
Ildizmevalar morfologik uch qismdan: bosh, bo‘yin va xaqiqiy ildizdan
iborat. Ildizmevaning eng yuqori qismi bosh qismi bo‘lib, shakli o‘zgargan qis-
qargan novda hisoblanadi. Unda barg va kurtaklar joylashadi. Ildiz mevaning o‘rta
ya'ni bo‘yin qismi asosiy ildizdan (masalan, sabzida) yoki gipokotildan (lavlagi,
turpda) hosil bo‘ladi. Uchki qismi yon ildizdan hosil bo‘lgan qismi xaqiqiy ildiz
hisoblanadi.
Sabzi ildizmevasidan tayyorlab qo‘yilgan doimiy mikropre-paratni mikros-
kopda ko‘rilganda, ildiz markaziy qismi nur shaklida birlamchi ksilema va radial
nurlar parenxima hujayralaridan tashkil topganligi ko‘rinadi.
Ular orasida
elpig‘ichsimon ikkilamchi ksilema joylashgan. Ular parenxima va naylardan ibo-
rat. Undan keyin kambiy xalqasi o‘rnashib, undan tashqari lub parenxima hujay-
ralari bo‘ladi. Kambiy yog‘ochlikka nisbatan lub parenxima hujayralarini ko‘proq
hosil qiladi. Zahira oziq moddalar mana shu lub parenxima hujayralarida
to‘planadi. Demak, oziq moddalar sabzi ildizining floema qismida to‘planadi.
Turp ildizmevasidan tayyorlangan doimiy preparat mikroskopda
ko‘rilganda,
markaziy tsilindr, po‘stloq qismiga nisbatan yaxshi rivojlanganligi
ko‘rinadi. Shunki kambiy asosan markaziy tsilindr to‘qimalarini hosil qiladi. Turp
ildizidagi zahira oziq moddalar ikkilamchi ksilemadagi parenxima hujayralarida
to‘planadi. Shu sababli ksilema turp ildizmevasining asosiy qismini tashkil qiladi
va sersuv bo‘ladi.
Turp ildiz mevasining ichki tuzilishi sabzi ildiz mevasinikiga o‘xshashdir.
Lavlagi ildizmevasi boshqa o‘simlik ildizmevalaridan farq qiladi va
quyidagicha tuzilgan bo‘ladi. Ildiz markazida ikkita
nursimon birlamchi ksilema
bo‘ladi. Radial nurlar, parenxima hujayralari orasida ikkilamchi ksilema joy-
lashadi. Undan keyin kambiy hujayralarini tashqi qismida ikkilamchi floema
o‘rnashadi. Ikkilamchi floemaning parenxima hujayralaridan va qisman peritsikl
hujayralaridan qo‘shimcha kambiy xalqasi paydo bo‘ladi.
Uning ichki tomonidagi
hujayralari bo‘linib, doimiy to‘qimalarni hosil qila boshlaydi, tashqi qavati esa
ikkinchi qo‘shimcha kambiy bo‘lib qoladi. Shu tariqa bir nechta qo‘shimcha
kambiy xalqasi hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha kambiylar ildiz chekkasi tomon paren-
ximaga boy floemani hosil qilsa, markaz tomonga to‘rsimon
suv naylari bor ksi-
lemani hosil qiladi.
Rasm daftariga sabzi, turp va lavlagi ildizmevasi ko‘ndalang kesmasining
sxematik rasmi chiziladi. Rasmda birlamchi va ikkilamchi ksilema va floema,
kambiy xalqalar (lavlagida) hamda ular hosil qilgan ksilema va floema qavatlari
ko‘rsatiladi.
61
25-rasm: Qovoq ildizning ikkilamchi tuzilishi:
1-dastlabki yogochlik,2-lub,3-ikkilamchi
Yogochlik,4-periderma,5-chechevichka,
6-kambiy,7-ozak
nurla
62
26-rasm: Sabzi ildizning ikkilamchi tuzilishi:
1-boshlangich ksilema,2-ikkilamchi ksilema,3-radius nurlari,4-kambiy,
5-Dastlabki
va ikkilamchi floema,6-ikkilamchi postloq parenximasi,7- pokak
63
27-rasm: Turp ildizining ikkilamchi tuzilishi:
1-dastlabki ksilema,2-ikkilamchi ksilema,3-radius nurlar,4-kambiy
5-dastlabki va ikkilamchi floema,6-ikkilamchi postloq parenximasi,
7-pokak
Do'stlaringiz bilan baham: