ILDIZNING BIRLAMShI ANATOMIK TUZILIShI.
Ildizning o‘sish nuqtasidagi meristema hujayralardan hosil bo‘lgan
to‘qimalarning hammasi ildizning birlamchi anatomik tuzilishini tashkil qiladi.
Masalan: meristema hujayralarining tashqi qoplami birlamchi qoplovchi to‘qima
epidermani, birlamchi po‘stloqni, markaziy tsilindrni hosil qiladi.
Ildizning shimish zonasidan yupqa qilib bir necha ko‘ndalang kesmalar
kesib olinib floroglyutsin va xlorid kislota ta'sir ettiriladi, so‘ngra qoplag‘ich oyna
yopiladi. Tayyor bo‘lgan mikropreparat mikroskop ostida o‘rganiladi, (yoki doimiy
preparatlardan ham foydalanish mumkin).
Dastlab mikroskopning kichik ob'ektivida ildizni o‘rab turuvchi birlamchi
qoplovchi to‘qima- epiderma, ichkariroqda birlamchi po‘stloq ko‘rinadi. Birlamchi
po‘stloq quyidagi qismlardan iborat: ekzoderma, mezoderma, endoderma.
Do'stlaringiz bilan baham: |