Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya


-MAVZU: ILDIZNING IKKILAMShI ANATOMIK TUZILIShI. ILDIZ



Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/145
Sana16.01.2022
Hajmi5,2 Mb.
#375719
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   145
Bog'liq
Uchposobiye

9-MAVZU: ILDIZNING IKKILAMShI ANATOMIK TUZILIShI. ILDIZ 
M
Е
TAMORFOZI. (SABZI, TURP, LAVLAGI MISOLIDA). 
 
MAVZUNING MAQSADI
: Ikki pallali o‘simliklar ildizning ko‘ndalang 
kesmalari asosida ildizning ikkilamchi anatomik tuzilishini, sabzi, turp, lavlagi ild-
izmevasi tuzilishi misolida ildiz metamorfozini o‘rganish. 
K
Е
RAKLI JIHOZLAR:
 rasmlar, jadvallar, mikroskop, mayda asboblar, 
floroglyutsin, xlorid kislota, qovoq ildiz, sabzi, turp, lavlagi ildizmevasi va doimiy 
preparatlar. 
UMUMIY TUShUNShA:
 Bir pallali o‘simliklar ildizining dastlabki 
(birlamchi) anatomik tuzilishi o‘suv davrining oxirigacha saqlanib qoladi. Ochiq 
urug‘li va ikki pallali o‘simliklar ildizlarida esa ikkilamchi anatomik tuzilishga 
o‘tish kuzatiladi. Ildizning ikkilamchi anatomik tuzilishiga o‘tish kambiy 
to‘qimasining hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. 
ISh TARTIBI: Oldindan fiksatsiyalab qo‘yilgan ildizdan yupqa  ko‘ndalang 
kesmalar kesib, floroglyutsin va xlorid kislotada ishlov beriladi. Tayyor bo‘lgan 
preparatni, mikroskopda ko‘rsak quyidagilar ko‘rinadi. Ildiz markazini birlamchi 
ksilema elementlari egallaydi. Ksilema nurlari orasidagi parenximatik hujayralar-
dan tuzilgan radial nurlar, ular orasida esa ikkilamchi ksilema joylashgan bo‘ladi. 
Ikkilamchi ksilema atrofida o‘zaro zich joylashgan hujayralar ko‘rinadi. Bu hujay-
ralar kambiy bo‘lib, tashqi tomondan ksilemani o‘rab turadi. 
Dastlab kambiy ksilema va floema orasidagi parenxima hujayralardan, 
keyinchalik ksilema nurlari to‘g‘risida joylashgan, peritsikl hujayralaridan shaklla-
na boshlaydi. Natijada ko‘ndalang kesmada kambiy halqasi ko‘rinadi. Kambiy hu-
jayralari tangental bo‘linishi hisobiga tashqi tomonga ikkilamchi floemani, ichkari 
tomonga esa ikkilamchi ksilemani hosil qiladi. Kambiy xalqasi hujayralari 
ikkilamchi floemaga nisbatan ikkilamchi ksilemani ancha ko‘p hosil qiladi. Shu 
bilan birga ikkilamchi ksilema orasida joylashgan radial nurlar deb ataluvchi 
parenxima hujayralari ham vujudga keladi. Bu hujayralar oziq moddalarni ildiz 
chetidan markazga yoki aksincha markazdan chetki qismlarga o‘tishini ta'minlaydi. 
Kambiydan tashqari, qolgan peritsikl va po‘stloq parenximasidan po‘kak 
kambiysi – fellogen qavati hosil bo‘ladi. Fellogenning ichki qavati fellodermani, 
tashqi qavatdagi hujayralar esa po‘kakni hosil qiladi. Po‘kak, fellogen, felloderma 
birgalikda ikkilamchi qoplovchi to‘qima – peridermani tashkil qiladi. Fellogen 
(po‘kak kambiysi) hosil bo‘lishi bilan birlamchi po‘stloqning tashqi hujayralari 
nobud bo‘ladi va keyinchalik to‘kilib ketadi. Periderma esa to‘liq ximoya vazifasi-
ni bajaradi.Rasm daftarga ildizning ko‘ndalang kesmasini umumiy ko‘rinishi sxe-
matik tarzda chiziladi va to‘qima nomlari yoziladi. 

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish