76
MAVZUNING MAQSADI:
Pomidor, o‘rik, yong‘oq, karam, no‘xat bar-
glari misolida oddiy va murakkab barglarni barg joylanishini va shakli o‘zgargan
barglarni o‘rganish. G‘o‘za va tut bargi misolida ikki pallali o‘simliklar, makka-
jo‘xori bargi misolida bir pallali o‘simliklar bargining
anatomik tuzilishini
o‘rganish.
K
Е
RAKLI JIHOZLAR:
g‘o‘za, tut, makkajo‘xori bargi, mikroskop,
floroglyutsin, glitserin, xlorid kislota, mayda asboblar,
rasmlar va jadvallar, lupa,
gerbariylar.
UMUMIY TUShUNShA:
Barg o‘simlik hayotida eng muhim vazifalardan
biri fotosintez va suv bug‘latish (transpiratsiya) vazifasini bajaradi. Novdaning
o‘sish konusidagi meristema hujayralaridan boshlang‘ich bargchalar hosil bo‘ladi.
Boshlang‘ich bargchalar hosil bo‘lishi bilan barg plastinkasi,
bandi va yon
bargchalar shakllana boshlaydi. Demak, gulli o‘simliklarning to‘la rivojlangan
bargi quyidagi qismdan: barg plastinkasi, barg bandi,
yon bargchalardan iborat
bo‘ladi.
Barg plastinkasi har xil shaklga ega. Barg plastinkasi bilan novda o‘rtasida
barg bandi bo‘ladi. Barg bandi bargni yaxshi joylanishiga imkon yaratadi. Ba'zi
o‘simliklarda barg bandi bo‘lmaydi, bunday barglarni bandsiz (o‘troq) barglar
deyiladi. Ularni piyoz, bug‘doy, makkajo‘xori kabi o‘simliklar barglarida ko‘rish
mumkin.
Ayrim o‘simliklarda barg bilan poya qo‘shilgan joyidan alohida o‘simtalar
chiqadi, bular yon bargchalar deyiladi.
Bargning eng muhim qismi plastinkasi bo‘lib, uning shakli,
kattaligi
o‘simlik turiga, yashash sharoitiga qarab har xil bo‘ladi. Ular shakliga ko‘ra
yuraksimon, lantsetsimon, ovalsimon, nayzasimon kabi ko‘rinishlarga ega.
Barglarning shakli xilma-xil bo‘lishiga qaramay barg bandidagi
plastinkalar soniga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
1.Barg bandida bitta barg joylashsa oddiy barg deb ataladi (o‘rik, nok,
g‘o‘za bargi).
2.Barg bandida bir nechta
barg plastinkasi joylashsa, murakkab barg
deyiladi. Murakkab barglarning bir necha xillari bor. Uch bargli murakkab barglar-
ga beda, qulupnay barglari misol bo‘ladi. Panjasimon murakkab barg. Bunda aso-
siy barg bandining uchidagi barg plastinkalari panjasimon joylashadi. (nasha,
kashtan o‘simlik barglari).
Patsimon murakkab, barg toq va juft bo‘ladi. Toq
patsimon murakkab bargda asosiy barg bandiga bargchalar ketma-ket yoki qarama-
qarshi joylashib uchi barg bilan tugaydi. Barg plastinkalar soni toq bo‘ladi. Masa-
lan, akatsiya, yong‘oq o‘simliklari barglari. No‘xot, yasmiq kabi o‘simliklarda esa
asosiy barg bandining uchi tikan yoki jingalak bilan tugagan. Bularda barglar soni
juft bo‘ladi. Bunday barglar juft patsimon murakkab barg deyiladi.
Barg plastinkasi mezofill va barg tomiridan tuziladi. Tomirlar barg
plastinkasini
tik tutib turadi, bukilib ketishdan saqlaydi va o‘tkazuvchi vazifani ba-
jaradi. Barglar tomirlanishiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: parallel (bir pallalilar sin-
fida), yoysimon (zubturm bargi), patsimon (tol, olma), panjasimon (terak, chinor,
tok va g‘o‘za o‘simliklari bargida).