24 - Ma’ruza
Magnit orqali boshqariladigan tizimlar (sistemalar) biosamaradorligi
Reja:
70
1.
Magnit orqali boshqariladigan tizimlar (sistemalar) haqida tushuncha
2.
Magnit orqali boshqariladigan tizimlar (sistemalar) biosamaradorligi
Asosiy matn
Hozirgi paytda dorilarni samaradorligini oshirishda magnit maydonini o‘rni oshib bormoqda.
Qator ilmiy-tadqiqod izlanishlar natijalari magnit maydoni va uning yordamida boshqariladigan
magnitli dorilarni samaradorligi yuqori bo‘lishi, salbiy reaksiyalarni darajasi kamayishi,
terapiyaning
unumdorligi
(iqtisodiy
tarafdan),
yo‘naltirilganligi
tasdiqlamoqda
va
―magnitofarmakologiya‖ yoki «magnitoterapiya»larni shakllanishiga asos bo‘ldi.
Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra magnit maydoni quyidagi ijobiy biotrop xususiyatlarga ega
ekanligi aniqlandi:
- magnit maydoni yallig’lanish jarayonini kamaytiradi;
- sedativ, gipotenziv, og’riq pasaytiruvchi xususiyatlarga ega;
- magnit maydonning antimikrob ta‘siri mikroorganizmlarning ferment sistemasini ishdan
chiqarish bilan bog’liq;
- magnit maydoni turli asab kasalliklarni (vegetativ polinevritlar, umurtqa pog’onasi
osteoxondrozlari) davolashda qo‘llaniladi;
- pereferik tomirlarda qon va limfa aylanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi;
- magnit maydonining ta‘siri natijasida to‘qimalarning trofikasi (oziqlanishi) va
mikrotsirkulyasiya, regeneratsiya jarayonlari faollashadi;
- magnit maydoni immun sistemasiga ham ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Magnitli dori turini yaratishda qator muhim masalalar echilish lozim:
- mo‘’tadil magnitli to‘ldiruvchilarni tanlash;
- magnit maydoni manbasini qo‘llash;
- dorivor modda uchun mo‘’tadil dori shaklini yaratish;
- dori modda bilan magnitli to‘ldiruvchilarni mos kelishini o‘rganish;
- yaratilgan magnitli dori turini magnitli xususiyatlarini, turg’unligini, biosamaradorligini
baholash.
Magnitli to‘ldiruvchilar (materiallar) Umuman olganda magnitli materiallar, ularning magnitli
xosalariga ko‘ra, quyidagi guruhlarga tasniflanadi:
- ferromagnetiklar;
- antiferromagnetiklar;
- ferrimagnetiklar.
Ferromagnetiklar
Ferromagnetiklarga temir, nikel, kobalt elementlari va metallarning turli xil
qotishmalari kiradi (masalan intermetallik brikmalar –SmCo
5
, SmCo
17
- kobalt samariy
qotishmalari)
Eng
keng
tarqalgan
ferromagnit
materiallarga
temir
oksidi
birikmalarititanomagnetit,
maggemit
(g-Fe
2
O
3
);
sulfidli
minerallardan-
pirrotin.
Antiferromagnetiklar
Ularga sulfidlar: alabandin (MnS), troilit ( FeS) va karbonatlar: siderit
(FeCO
3
) kiradi.
Ferrimagnetiklar
Bularga ferritlar, granatlar va qator qotishmalar (yerda kam uchraydigan
elementlar saqlovchi). Ularning keng qo‘llaniladigan vakillari magnetit – temir ferriti (Fe
2
O
3
FeO) yoki (Fe
3
O
4
). Magnetit - eng ko‘p ishlatiladigan magnit to‘ldiruvchi va kimyoviy usulda
reaksiya natijasida olinadi:
2 FeCl
3
+ FeCl
2
+ 8 NaOH
Fe
3
O
4
+ 8 NaCl + 4 H
2
O
Lekin magnetit tabiatda ham uchraydi. Ayrim bakterialarni magnetitni sintez qilish qobiliyati
bor. Undan tashqari odamning tanasida ham magnetit uchrar ekan. Magnetitning mutlaqo
organizmga bezarar ekanligi aniqlangan (endogen modda). Undan tashqari magnetit o‘zi
bakteriostatik, bakteritsid xususiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Nisbatan arzon modda. Shu
guruhdagi moddalarga yana bariy geksaferriti kiradi. Uning kimyoviy formulasi: VaO 6Fe
2
O
3
.
Magnit maydoni manbalari Magnitoterapiyada doimiy (DMM) va o‘zgaruvchan (O‘MM) magnit
maydonlari qo‘llaniladi. Shunga qarab turli magnit maydoni manbalari qo‘llaniladi.
DMM manbalari sifatida ferrit bariy ( VaO 6Fe
2
O
3
), stronsiy va boshqa metallar
71
keramikalaridan tayyorlanadi. NPO ―Ferritda ( Sankt-Peterburg ) turli xil tibbiyot magnitlar
ishlab chiqariladi: ―MKM2-1-magnit kolsevoy meditsinskiy dvupolyusnoy; ―MDM2-1-
magnit diskoviy meditsinskiy dvupolyusnoy; ―MPM2-1 magnit plastinchatiy meditsinskiy
dvupolyusnoy; Oxirgi yillada DMM manbalari sifatida elastik magnitlar taklif etilgan
O‘MM magnit maydonlari sifatida ―Polyus –1, ―Polyus-2, ―Polyus-101, ―Magniter,
―Mag-30, ―Gradient-1, ―PDMP01, ―Polemig, ―Alimp-1‖apparatlari qo‘llaniladi.
Elastik magnitlar (EM). 1980 yillardan boshlab elastik magnitlar -EM ishlab chiqariladi. EMlar
bu murakkab tarkibli materiallar. Ular tabiiy yoki siloksan kauchuk, vinilpirrolidon va har xil
magnitli to‘ldiruvchilardan tashkil topgan bo‘ladi. Asosan ularning tarkibiga bariyli ferrit - Ba
Fe
12
O
19
yoki kobaltsamariy qotishmalari - SmCo
5
kiritiladi. EMlar yuqori elastik xususiyatlarga
ega bo‘lib, toksik reaksiyalardan holis bo‘lganligi uchun ular sirtga va odamning tanasiga kiritish
uchun ham ishlatiladi. Sirtga qo‘llaniladigan EMlar applikator sifatida bo‘lib parda, uzuk,
marjon, bilakuzuk, kamar va shu shakllarida bo‘lish mumkin va tananing kerakli joyiga
o‘rnatiladi.
Magnit maydonining ijobiy biotrop xususiyatlari aniqlangandan so‘ng uni yordamida qator
xastaliklarni davolashni samaradorligi oshdi. Hozirgi paytda magnitli tashuvchilar yordamida
dorilarni tanada transportlash imkoniyati tug’iladi. Magnitli moddalar magnitli dori turlari
tarkibiga to‘ldiruvchi yoki tashuvchi sifatida kiritilish mumkin. Agar magnitli modda magnitli
dori turiga ― toza‖ holda, ya‘ni
polimerlar, oqsillar bilan bog’lanmagan holda kiritilsa unda u
magnitli tashuvchi ( nositel) vazifasini bajaradi. Masalan shu yo‘l bilan adriablastinning magnitli
suspenziyasi olingan (magnetit va karbonil temir magnitli materiallar asosida). Yuqori dispers
temir yordamida tanada tiroksinni transportlash taklif etilgan. Ko‘pincha magnitli materiallar
turli polimerlar yoki oqsillar bilan bog’langan holda qo‘llaniladi. Polimerlar sifatida
gidroksipropilsellyuloza, dekstran, dekstrin, PAA, poliglutaraldegid, poliakril kislotaning natriyli
tuzi, oqsilar sifatida esa-albumin qo‘llaniladi. Masalan albumin yordamida monomitsin S
saqlovchi ferromagnitli mikrosferalar olingan. Hozirgi paytda farmatsiya amaliyotida har xil
magnitli dori turlari taklif qilingan: suyuq, yumshoq, qattiq. Ularni quyidagicha tasniflash
mumkin:
1. Magnitli suyuqliklar: eritmalar, magnitoreologik osilmalar va emulsiyalar;
2. Magnitli yumshoq dori turlari: magnitli surtmalar, shamchalar, kapsulalar, plastirlar;
3. Magnitli mikrokapsulalar;
4. Magnitli liposomalar.
Magnitli tuldiruvchilar yordamida qator samaradorli magnitli dorilar yaratilmoqda:
- magnitli surtmalar (metiluratsil va dioksidin saqlovchi) magnetit yordamida vazelinlanolin ,
kollagen, metilsellyuloza asoslarida;
- magnitli rektal dori turlari (metiluratsil, parmidin, novokain saqlovchi) ferrit bariy yordamida
vitepsol, kakao moyi, PE asoslarida; magnitli suyuqliklar (rentgenokontrast magnitli suyuqlik
magnetit yordamida olingan). Masalan, maxsus rentgenologik ferromagnit suyuqligini yaratishda
uning tarkibiga 15% magnetit, 9,9% olein kislotasi, 37,5% yodolipol (yodlangan kungaboqar
moyi) va 37,5% zaytun moyi kiritilgan. Magnitli suyuqlikning texnologiyasi
1. Ferrofazani kolloid zarrachalarini hosil qilish:FeCL
3
va FeSO
4
alohida suvda (150 ml suvda)
eritish;
2. Eritmalarni bir biri bilan aralashtirish va NH
4
OH qo‘shish;
3. Hosil bo‘lgan Fe
3
O
4
cho‘kmasini, 1 soat o‘tgach, suv bilan yuvish va SFM-olein kislotasi
qo‘shib, aralashtirish;
4. Hosil bo‘lgan aralashmaga yodolipol qo‘shib, suv hammomida 30 daqiqa davomida qizitish;
5. Suvli fazadan tozalash va 100
0
C gacha isitib, zaytun moyi qo‘shish va aralashtirish;
6. Ultra tovush yordamida ishlov berish
Magnitli dori turlarini ahamiyati onkologiya sohasida qo‘llaniladigan preparatlarni
samaradorligini oshirishda yanada oshadi. Bunga sabab- sitostatik preparatlarni asosiy qismini
shish zonasida lokallashtirish imkoniyati bo‘ladi. P.A.Gersen nomidagi Moskva onkologiya
ilmiy-tekshirish institutida sitostatik preparatlarni yo‘naltirilgan ravishda shish atrofiga yetkazish
72
uchun magnitli dorilarni yaratish usuli taklif etilgan. Bunda dori modda yuzasi juda ham yupqa
temirli parda bilan qoplanadi (vakuum plazmokimyoviy moslamasida). Olingan magnitli
preparatlar qon orqali shish yoniga bog’langan magnitli povyazka yordamida lokallashtiriladi.
Shishga qarshi qo‘llaniladigan doksorubitsin antibiotikini samaradorligini oshirib uni toksik
reaksiyalarni 10 marta kamaytirish uchun uning magnitli shakli yaratildi. Buning uchun maxsus
«Sefesorb-2» nomli magnitli sorbentga antibiotik sorbsiya qilingan. Sorbent 44% temir, 55%
uglerod, 1% boshqa qo‘shimchalardan iborat va zarrachalarning katta-kichikligi 0,6-1 mkm
bo‘lib ular gidrozol shaklida yaratilgan. Rossiyalik olim N.A.Brusensov tomonidan magnit orqali
boshqariladigan preparat- – dekstranferrit yaratilgan bo‘lib, u qator onkologik kasalliklarni
davolashda keng qo‘llaniladi.
Magnitli dori turlarini yaratish quyidagi masalalarni yechilishiga
imkoniyat beradi: 1. rentgenologik tekshirishlarni o‘tkazish;
2. mikrotsirkulyasiya va qon aylanish tezligini aniqlash;
3. a‘zolarga dorivor moddalarni yo‘naltirilgan ravishda yetkazish;
4. shikastlangan a‘zo yoki to‘qimalar yonida dorivor "depo"larni hosil qilish va dori moddalarni
uzaytirilgan ta‘sirini ta‘minlash;
- peroral magnitli dori turlari yordamida oshqozon-ichak kasalliklarni davolash; -umurtqa
pog’onasi osteoxondrozlarini davolashda qo‘llaniladi. Magnitli dorilar tarkibiga kiritilgan
magnitli to‘ldiruvchini tabiatiga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi:
1. A turdagi preparatlar. Ularni yaratishda yuqori dispersli karbonil temir zarrachalari dispers
fazani tashkil etadi. Dispersion muhit sifatida esa –suvli eritmalar, fiziologik eritma, 25%
albumin eritmasi, defibrinlangan jonivorlarning qoni qo‘llaniladi.
2. B turdagi preparatlar. Ularni yaratishda yuqoridispersli ferritlar qo‘llaniladi (magnetit, bariy
geksaferriti).
Magnitli dori turlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanmoqda:
1. Magnit maydonining odam organizmiga biologik ta‘sir mexanizmlarini chuqur o‘rganish;
2. Mo‘ta‘dil magnitli dori turlarini yaratish;
3. Magnitli to‘ldiruvchilarni kengaytirish;
4. Magnit maydonining dori moddalarning farmakologik faoliyatiga ta‘sirini o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |