Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Oftalmologik amaliyotida ishlatiladigan zamonaviy preparatlar assortimenti



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

Oftalmologik amaliyotida ishlatiladigan zamonaviy preparatlar assortimenti 
Hozirgi  kunda  ferment  terapiyasi  bilan  foydalanish  dolzarb  hisoblanadi.  Fermentni  ko‘z 
to‘qimalariga ta’sir etishini ta’minlovchi ko‘z surtma va konyuktiv ostiga  in’eksiyalar ma’lum. 
Dorilarning  har  xil  yo‘llar  bilan  ishlatilishi  fermentlar,  antibiotik  va  boshqa  preparatlarni 
kombinirlangan  ta’sirini  qo‘llash  mumkinligini  ko‘rsatadi.  Keng  qo‘llaniladigan  fermentlardan 
proteolitik  yoki  proteazalar  ma’lum.  Asosan  oftalmologik  amaliyotida  tripsin,  ximotripsin  va 
papain  qo‘llaniladi.  Tripsin  oq  yoki  g‘ovak  liofillangan  poroshok,  hidsiz,  suvda  oson  eriydi. 
Lekin  eritmalari  turg‘un  bo‘lmaganligi  sababli  ishlatishdan  avval  tayyorlanadi  (PHi  7,0-7,4  ga 
teng). Erituvchi sifatida 0,5% novokain eritmasida tripsinning ta’siri oshadi. Ximotripsin ta’siri 
bo‘yicha  tripsinga  yaqin,  ikkalasi  ham  ko‘z  operatsiyasidan  keyingi  yara  shishini, 
gematomalarni 
kamayishiga 
yordam 
beradi. 
Proteolitik 
ferment 
papain 
1937 
yilda Corica papaya daraxtidan  olingan.  Ko‘zdagi  yaralarni  tez  bitishida,  assosan  gerpetik 
keratitni  davolashda  1-2  %  eritmasi  ishlatiladi.  Proteolitik  fermentlarni  har  xil  ko‘zning 
shamollashiga  qarshi  qo‘llanilishida  ahamiyati  katta.  Oftalmologiya  amaliyotida  ferment 
lizotsim  eritma,  in’eksiya,  tabletka,  surtma,  shamcha  va  aerozol  dori  turlarida  ishlatilishi 


67 
 
ma’lum. 
Ayniqsa 
lizotsimning 
antibiotiklar 
(penitsillin,streptomitsin,neomitsin) 
va 
gidrokortizonlar  bilan  ishlatilganda  uning  sinergetik  ta’siri  maqsadga  muvofiqdir.  Trombolitik 
fermentlardan  fibrinozin-qonning  fermenti-trombozlarda  qo‘llaniladi.  AQSHda  fibrinolitik 
fermentlar qatoriga orenzim, ximoral, parenzimlar qo‘shilgan. Gialuronidaz ta’sirli fermentlarga 
lidaza va ronidaza kiradi. Ular liofillangan poroshoklar bo‘lib, ko‘z traxomasi, konyuktivitlarda 
ishlatiladi. Tibbiyotda keng ko‘lamda immobillangan fermentlar qo‘llanilmoqda. Immobillangan 
fermentlarning  ta’siri  uzaytirilgan  va  uzoq  vaqt  davomida  saqlash  mumkin.  Misol  qilib 
”Tritsellim”  ni  keltirish  mumkin.  U  tripsinni  “sellyuloza  matritsasiga  tikilgan”  immobillangan 
preparat. 
Oftalmologiyada virusga qarshi preparatlar ham istiqbolli bo‘lib, ularga misol 0,1% florenal 
ko‘z tomchisi 1% li poliakrilamid eritmasida ishlatiladi. 
Florenal  ko‘z  tomchisining  ta’siri uzaytirilgan,  chunki  polimer  asosda,  shuning  uchun dori 
moddaning  konsentratsiyasi  kamaytirilgan,  demak  nojo‘ya  ta’siri  yo‘q  va  davolash  muddati  3 
marta qisqartirilgan. 
Virusga  qarshi  bonafton  ko‘z  tabletkasini  qo‘llanilganda  davolanish  muddati  11  kunni 
tashkil etgan. 
Xelepin-virusga  qarshi  o‘simlik  xom  ashyosidan  olingan  va  uni  1%  emulsiyasi  va  suvli 
eritmasi oftalmologik gerpeslarda yuqori samarasini namoyon etgan. 
Antigistamin  preparat  fenkarol  tabletka  shaklida  ishlatilganda  ko‘zning  allergik 
kasalliklarini tuzatgan. 
Oxirgi  yillarda  keng  miqyosida  interferon  virusli  infeksiyaga  qarshi  ishlatilishi  ma’lum 
bo‘lgan. 
Ko‘zning  yiringlash  infeksiyasida  antistafilakokk  gamma-globulin  ishlatish  maqsadga 
muvofiq,  ayniqsa  kasallikni  qo‘zg‘atuvchi  sulfanilamid  va  antibiotiklarga  qarshilik  ko‘rsatsa. 
Ko‘zning  yallig‘lanishi  ,  allergiya  va  toksinlarga  qarshi  ta’sirli  gormonlardan  kortizon, 
gidrokortizon,dezoksikortikosteronlar  qo‘llanilmoqda.  Ular  qatorida  sulfanilamidlar  ham 
ishlatish maqsadga to‘g‘ri keladi. 
    
Yuqorilardan  shu  narsa  ko‘rinib  turibdiki,  yangi  preparatlarning  samaradorligiga  ularning 
qo‘llash usulini tanlash asosiy omildir. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish