66
qoladi. 2%li Na-KMS qo‘shib tayyorlangan pilokarpin gidroxlorid eritmasi sutkasiga 6 mahal
emas - 3 mahal tomizilsa kifoya qilishi aniqlandi. Prolongatorlar ko‘z tomchilariga vrach
ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘shiladi. Ko‘z tomchisining optimal qovushqoqligi 5 – 15 sP oralig‘ida
bo‘lib, bu ko‘rsatkich 40 - 50 sP dan oshib ketmasligi kerak.
Tiniqlik: Ko‘z tomchilari mexanik zarrachalardan holi bo‘lishi kerak. Buning uchun ular
yuqori navli filtr qog‘ozlar yoki 3 chi nomerli shisha filtr orqali filtrlanadi. Iloji bo‘lsa ularni
tayyorlashda konsentratlardan foydalanish lozim.
Ko‘z tomchisining osmotik bosimi ko‘z suyuqligi yoki 0,9
0,2 % li natriy xlorid eritmasi
osmotik bosimiga teng bo‘lishi lozim.
Ko‘z tomchisini izotonik qilish uchun qo‘shiladigan yordamchi modda dorivor modda
bilan mos kelish-kelmasligiga qarab tanlanadi. Ba’zi hollarda giper yoki gipotonik eritmalarni
qo‘llash ruxsat etiladi va bu haqda xususiy maqolada ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Ko‘z tomchilarini tayyorlashda steril erituvchilar: tozalangan suv, izotonik bufer eritmalar,
moylar va hokazolar ishlatiladi. Erituvchi va yordamchi moddalar tibbiyotda qo‘llashga ruxsat
etilgan hamda xususiy maqolada ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Ko‘z tomchilarini sterillash xususiy
maqolada keltirilgan usulda olib boriladi.
Ko‘z tomchisining jihozlanishi ularni saqlash va tashish vaqtida turg‘unligi va sterilligini
ta’minlay olishi kerak.
Saqlanishi: Salqin, quyosh nuri tushmaydigan joyda.
Ko‘z tomchilarini 120
0
C da 8 daqiqa, ba’zi hollarda (atropin sulfat, novokain eritmasi va
h.k.) 100
0
C haroratda 30 daqiqa sterillanadi. Tarkibida kollargol, rezorsin, adrenalin gidroxlorid,
sitral kabi termik sterillashga chidamsiz moddalar saqlagan ko‘z tomchilari aseptik sharoitda
tayyorlanadi.
Ba’zi adabiyotlarda ko‘z tomchilarini turg‘unlashtirishda dorivor moddalar 3 guruhga
bo‘lingan.
1.
chi guruhga kislotali muhitda gidroliz va oksidlanishga turg‘un bo‘lgan alkaloid va sintetik
azot asoslari tuzlari kiradi. Ular ishtirokida ko‘z tomchilari tayyorlash uchun borat
kislotasining izotonik eritmasi (ko‘pincha konservant sifatida levomitsetin qo‘shib) hamda
har xil bufer eritmalar qo‘llaniladi.
2.
chi guruhga sulfatsil - natriy, norsulfazol - natriy kabi ishqoriy muhitda turg‘un (barqaror)
bo‘lgan moddalar kiradi. Ular eritmalarini barqarorlash uchun natriy ishqori, natriy
gidrokarbonat, natriy tetraborat va ishqoriy PH ko‘rsatgichli bufer aralashmalar qo‘llaniladi.
3.
guruhga tez oksidlanuvchi moddalar kirib, ularga antioksidantlar qo‘shib ko‘z tomchilari
tayyorlanadi. Antioksidantlarga natriy metabisulfit, natriy sulfit, tiosulfat natriy, trilon B kabi
moddalar misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: