69
2. Nanobiotexnologiya va nanotibbiyotning rivojlanishning asosiy omillari
Asosiy matn
Nanotexnologiya tushunchasi bugungi kundagi hayotimizga keng kirib kelmoqda. Oldindan
bu aerokosmik, avtomobil va elektronika sanoati uchun deb hisoblangan. Ammo keyingi
yillarda nanotexnologiyalar tibbiyotga hamda dorilar texnologiyasiga keng kirib kelmoqda.
Buning sababi, shundaki zamonaviy texnologiyalar moddalar bilan juda kichik bo`lgan
masshtablarda ishlashga imkoniyat beradi. Bu razmerlar esa aynan hujayralarning asosiy
biologik tuzilmalari, va molekulalarga mos keladi. Shunday qilib bugungi kunda
nanotibbiyot degan tushuncha paydo bo`ldi. Nanotexnologiyalar farmatsiyada oxirgi 10-15
yil ichida keng rivojlanib kelmoqda.
«Nano» degan so
‘
z «pakana» (karlik) deb tarjima qilinadi. 1 nanometr 10-9 m ga tengdir.
Nanotexnologiyalarni tibbiyot diagnostikasiga kiritish quyidagi amaliy natijalarni olishga
yordam beradi: Kasalliklarni boshlang
‘
ich davrida diagnostikani sezuvchan va ekspress tahlil
usullari yordamida aniqlash. Bu esa yaqin vaqt ichida onkologik, endokrin, yurak-qon tomir
kassaliklari hamda virusli va bakterial infeksiyalarni aniqlashda ishlatilishi mumkin;
Diagnostika qilishda ishning unumdorligini oshirish, hamda har bir kasalga uni davolash va
kasallikni oldini olishda individual yondoshish mumkin. Nanobiotexnologiya va
nanotibbiyotning rivojlanishning asosiy prioritetlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- Somatik va infeksion kasalliklarni hamda juda zararli bo‘lgan infeksiya va toksinlarni
diagnostika qilish
uchun biologik nanochiplar;
- nanozarrachalar – yangi avlod dori vositalari yoki hujayra-mishenlarga dorilarni yetkazish
uchun
konteynerlar sifatida;
- nanojarroxlik yo`li bilan kasal organizmda defektlarni yo`qotish uchun tibbiyot
nanorobotlari;
- organizmning ichki muhitini tahlil qiladigan nanomoslamalar;
- keng qamrovli bionanomateriallar (shu qatorda sun‘iy organlar, antimikrob, antivirusli va
yallig‘lanishga qarshi yangi turdagi bog‘lov materiallari).
Nanozarrachalar dorilarni aynan kasallangan joyga yetkazib beradi. Bunda dorining
samaradorligi oshib, uning nojo`ya ta‘sirlari kamayadi. Nanozarrachalar kichik bo`lgani
uchun ingichka kapillyarlardan hujayralar ichiga o`tishi mumkin.Kasallikning yuqori
sezuvchan diagnostikasi uchun hamda dorilarni mo`ljallangan joyga yetkazib berishda
magnitli nanozarrachalar katta rol o`ynaydi. Farmatsevtika amaliyotida dorivor
moddalarning
nanozarrachalaridan tashkil topgan turlar katta ahamiyatga ega. Ular kasalliklar bilan
kurashib, hujayra ichida aniqlashga yordam beradi. Nanotashuvchilar terapevtik
sistemalarning bir turi hisoblanadi. Ular yordamida dorivor moddani organ-mishen yoki
to`qima-mishenlarga yetkazib beriladi va nazoratli ajralib chiqish texnologiyaning asosiy
elementlaridan biri hisoblanadi. Nanotashuvchilarni qonda uzoq vaqt ichida sirkulyasiya
bo`lishi ulardagi dorivor moddalarni
inaktivatsiyadan saqlab, ta‘sirini uzaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: