In vitro tajribalari
bajarilishi nuqtai nazaridan oddiy, kam xarajat va kam vaqt talab
etadigan, ayni vaqtda dori vositasining terapevtik samaradorligi to‘g‘risida yetarlicha ma’lumot
bera oladigan tajriba usullaridan hisoblanadi. Shu bilan birga in vitro tajribalar har doim ham
dori vositasining tirik organizmdagi ta’sirini to‘laqonli ifodalamasligi mumkin. Shu sababli taklif
etiladigan in vitro usuli in vivo sharoitida olingan tajribalar natijalari bilan taqqoslanib, ular
o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik hisoblab topiladi va bu bog‘liqlik ishonarli darajada bo‘lgan
taqdirda qo‘llanilgan in vitro tajriba usuli keyinchalik dori vositasini sifat nazoratini amalga
oshirish uchun tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |