3. Milliy-madaniy markazlarning ijtimoiy adolat ustuvorligini ta‟minlashdagi roli.
Qozoq milliy-madaniy markazi 1989 yilda O‗zbekistonda birinchilar qatorida tuzilgan edi.
Qozog‗iston va O‗zbekiston xalqlarining o‗zaro hamkorligini yo‗lga qo‗yish uning faoliyatidagi
asosiy maqsad hisoblanadi. Ikki do‗st davlat boshliqlarining Toshkent va Almatidagi
uchrashuvlarida barcha sohalarda, shu jumladan madaniyat sohasida ham bahamjihat
harakatlarning ham asosiy yo‗nalishlari belgilab berildi. Bunda ko‗p yillik madaniy aloqalarni
saqlab qolish va yanada rivojlantirish zarurligi nazarda tutildi. Ikki o‗rtadagi muzokaralarda
ko‗pgina masalalar yuzasidan tuzilgan bitimlar, jumladan, san‘at, ilm-fan, maorif sohasidagi
hamkorlikni mustahkamlash imkonini berdi. Milliy-madaniy markazning faoliyatiga ana shu
bitiklar asos qilib olindi.
Qozoq madaniy markazi yoshlar bilan ishlashga jiddiy e‘tibor bermoqda. Bu gap avvalo
maorif va ta‘limni ona tilida tashkil etish masalalarini o‗z ichiga oladi. Hozir O‗zbekistonda
istiqomat qiluvchi qozoq bolalari uchun 600 ga yaqin o‗rta ta‘lim maktablari faoliyat
ko‗rsatmoqda, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida esa qozoq madaniy
markazining bevosita ishtiroki bilan qozoq filologiyasi fakulteti tashkil etilgan.
Qozog‗iston televideniyesining dasturlari Toshkent shahri va viloyati aholisiga muntazam
tarzda olib ko‗rsatilmoqda. O‗zbekiston televideniyesi va radiosi qozoq tilida ko‗rsatuv va
eshittirishlar tayyorlamoqda, ―Nurli jol‖ gazetasi chiqarilmoqda va hokazo.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Nukus va Navoiy pedagogika institutlarida qozoq tilida ta‘lim
beriladigan bo‗limlar ishlab turibdi. Ko‗pgina oliy va o‗rta mahsus ta‘lim muassasalarida qozoq
yoshlari uchun kirish imtihonlari ularning ona tilida qabul qilinmoqda.
Markaz xavaskorlik jamoalari, xalq ijodiy festivallarini uyushtirib, qozoq xalqi ijodining
an‘anaviy va zamonaviy turlarini targ‗ib qilmoqda. Markazning faollari tarixiy targ‗ibot ishlarini
61
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya
va isloh etishdir. -T.: O‗zbekiston, 2005. 64-65-betlar.
62
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‗zbekiston, 2019.
63
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‗zbekiston, 2019.
ham o‗tkazmoqdalar. Masalan, davlat arboblaridan S. Xo‗jayev, Turor Risqulov, Saken Sayfulin
va boshqalar tug‗ilgan kunning 100 yilligiga bag‗ishlangan tantanalarda qozoq madaniy markazi
bevosita ishtirok etdi.
Boshqa xalqlarning madaniy markazlarida ham qiziqarli ishlar amalga oshiriladi.
Chunonchi, 1994 yilda tuzilgan rus madaniy markazi turli xilma-xil masalalarni hal etishga
harakat qilib, davlatlararo va xalqlararo munosabatlarni rivojlantirishda ishtirok etmoqda.
Markaz vakili O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Moskvaga qilgan
tashrifi vaqtida rasmiy delegatsiya tarkibida bo‗lganligi ana shundan dalolat beradi. Rossiya
Federatsiyasining jamoat tashkilotlari bilan aloqa o‗rnatish, turli madaniy tadbirlar uyushtirish,
ijodiy guruhlar tuzish va shu kabilarga katta e‘tibor berilmoqda.
O‗zbekistondagi Koreys madaniy markazlari uyushmasining faoliyati alohida ko‗zga
tashlanadi. O‗tgan asrning 30-yillarida respublikamizga zo‗rlab ko‗chirilgan koreyslar uchun
O‗zbekiston ikkinchi vatan bo‗lib qoldi. Ta‘kidlash joizki, sobiq sovet hukmronligi davrida
boshqa milliy madaniyatlar kabi koreys madaniyati ham deyarli yo‗qolishga mahkum etilgan edi.
Masalan, mahalliy koreyslarning 90%i asr oxiriga kelib, ona tilida o‗qishni va yozishni ham
bilmaydigan bo‗lib qoldi. Shu bois madaniy markazlar ularga ona tilini o‗rgatish, milliy a‘nalarni
tiklashni o‗zining asosiy vazifalaridan biri deb bildi. Endilikda Toshkent san‘at institutida koreys
dramasi artistlari tayyorlanmoqda, Sharqshunoslik institutida esa koreys filologiyasi fakulteti
ochildi.
Ana shularga asoslanib ta‘kidlash mumkinki, butun mamlakatimizda ish olib borayotgan
milliy-madaniy markazlar turli millat va elatlarning o‗ziga xosligini saqlab qolish sohasidagi
muhim vazifani amalga oshirmoqdalar. Ular ma‘naviy turmushning benazir makonlarigina bo‗lib
qolmay, ayni vaqtda ijtimoiy-siyosiy va madaniy qurilishga samarali hissa qo‗shmoqdalar.
Insonning ma‘naviy hayotida g‗oyaviy-fuqarolik negizlarini shakllantirish mazkur markazlar
faoliyatidagi asosiy vazifalardan biriga aylangan. Bu vazifani onda-sonda o‗tkaziladigan
tadbirlar bilan emas, kun sayin zo‗r g‗ayrat bilan qilinadigan ishlar orqali amalga oshirish
mumkin. Shu boisdan ham respublika rahbariyati milliy-madaniy markazlarga katta g‗amxo‗rlik
ko‗rsatib, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turibdi.
Milliy-madaniy markazlarning faol ishtirokchilari hukumatning yuksak mukofotlari, orden
va medallari bilan taqdirlanayotganligi, ularga ko‗rsatilayotgan yuksak diqqat-e‘tiborning yorqin
namunasidir.
O‗zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning madaniyat markazlarini tuzish
g‗oyasini shaxsan O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshlab berdi. Bu
ish 1989 yilda boshlangan bo‗lib, endilikda ularning faoliyati gurkirab rivojlanmoqda.
O‗zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi huzurida Respublikada tuzilgan millatlararo
madaniyat markazi ularning faoliyatini uyushtirib va muvofiqlashtirib turadi.
1993 yilda bu markaz mustaqil Respublika baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi.
U milliy-madaniy markazlarning faoliyatini uyushtirib, O‗zbekistonda yashovchi milliy
guruhlarning madaniy ehtiyojlarini o‗rganib, qondirish borasida davlat idoralariga va jamoat
tashkilotlariga ko‗maklashmoqda. Markaz vazifalari: milliy-madaniy markazlarga amaliy va
uslubiy yordam berish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, respublikada
yashovchi xalqlar va milliy guruhlarning milliy an‘analari, urf-odatlari va rasm-rusumlari,
madaniyati va ma‘naviy qadriyatlarini tiklash va rivojlantirishga ko‗mak berish, yaqin va olis
xorijdagi milliy hamda baynalmilal madaniy markazlar bilan aloqa va hamkorlik o‗rnatib,
rivojlantirish, millatlar va elatlarni baynalmilal ruhda jipslashtirish, millatlararo munosabatlarni
uyg‗unlashtirishga yordam berishlardan iboratdir.
O‗zbekistonning hozirgi ko‗p millatli aholisi asosan etnogenetik jihatdan bog‗liq bo‗lgan
ikkita katta xalqdan iborat. Ularning biri 83,1%ni tashkil etuvchi turkiyzabonlardan iborat bo‗lsa,
ikkinchisi 9,2%ni tashkil etuvchi rusiyzabon (slavyan)lardan iboratdir.
Ularning har biri katta umumiy lug‗aviy zahiraga, umumiy tarixiy o‗tmishga egadir.
Rusiyzabon aholi vakillari katta qismining ota-bobolari o‗zbeklar diyorida ko‗p yillardan beri
yashab kelayotganliklari yuqorida qayd etib o‗tildi. O‗zbekiston aholisining etnik tafovutlari
millatlararo hamjihatlik uchun to‗siq bo‗la olmaydi. O‗zbekiston rahbariyati turli etnik
birliklarning oz-ko‗pligidan qat‘i nazar, ular o‗rtasida mushtaraklik ruhini saqlab qolish uchun
milliy siyosatga eng maqbul tarzda yondoshish yo‗llarini qo‗llanmaqda. Aniq maqsadni
ko‗zlovchi insonparvarlik ruhidagi milliy siyosat, o‗zbek bo‗lmagan aholining ilg‗or ijtimoiy
qatlamlarini faollashtirish jarayonini rivojlantirishga, O‗zbekistondagi barcha xalqlar vakillarini
umumdavlat milliy-siyosiy birligi, vatanparvarlik tuyg‗usi va o‗z mamlakati uchun faxrlanish
ruhida tarbiyalashga ko‗maklashib kelmoqda.
Birinchidan, ular milliy qo‗shiq, raqs, ananalarni saqlab qolish va rivojlantirish yo‗lida
amaliy ishlarni bajarmoqda. Milliy – madaniy markazlar qoshida qirg‗izlarning ―Sayra Qomuz‖,
ukrainlarning ―Djerello‖, dunganlarning ―Chinmyo‖ folklor ansambli kabi 40 dan ortiq badiiy
jamoalar faoliyat ko‗rsatgani bunga misol bo‗la oladi.
Ikkinchidan, professional sanat namunalarini targ‗ib qilishga alohida etibor berilmoqda.
Qozoqlarning ―Koktem‖, armanlarning ―Xoravaq – shou‖, ruslarning ―Tryadushiye‖,
nemislarning ―Yugenshbern‖, mesxeti turklarining ―Miko‖ teatr – studiyalari, ruslaring
―Veteran‖, polyaklarning ―Plyast‖, beloruslarning ―Katyusha‖, yaxudiylarning ―Shalom‖, kabi
xor jamoalari va cholg‗u asboblari orkestri kabi 30 dan ortiq badiiy jamoalar faoliyatida buning
isbotini ko‗rish mumkin.
Uchinchidan, har bir millat istiqboli tabiiy ravishda yoshlar bilan bog‗liq. Shu nuqtai
nazardan qaraganda, milliy – madaniy markazlar yoshlarni milliy madaniyatga muhabbat, etnik
qadriyatlarni o‗rganish va ezozlashga muhabbat ruhida tarbiyalashga alohida etibor bermoqda.
Buni ruslarning ―Topatushki‖, koreyslarning ―Sa – mul‖, nemislarning ―Nashi xoroshki‖,
polyaklarning ―Mazurchek‖ kabi jami 15 ga yaqin bolalar ansambllari faoliyatida ko‗rsa bo‗ladi.
Milliy – madaniy markazlarning qayd etilgan yo‗nalishlardagi faoliyati, bir tomondan,
diaspora vakillarini milliy tarix, urf – odat va ananalardan xabardor qilishga boshqa tomondan,
etnik o‗z – o‗zini anglashga tasir qilib, milliy birlikning mustaxkamlanishiga xizmat qilmoqda.
Talim tizim millatlararo totuvlik g‗oyasini singdirishga xizmat qiluvchi muhim mexanizm
tasir qilishi bilan bir qatorda, tabir joiz bo‗lsa, millatlararo munosabatlarning ahvolini
ko‗rsatuvchi o‗ziga xos lakmus qog‗ozi hamdir.
Shunday ekan, talim tizimda ijtimoiy adolat ustuvorligini asosiysi, bu mezonlar hamisha
aniq ko‗rinishga ega bo‗ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, milliy siyosatimizda talim bilan
bilan bog‗liq masalalarga alohida etibor berilmoqda. Xususan, mamlakatimizda o‗rta va oliy
talim 7 tilda olib borilayotgani (o‗zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‗iz, turkman),milliy
tillarda bog‗chalar, maktablar tizimini rivojlantirish, ularni pedagogik kadrlar va zaruriy o‗quv
dasturlari hamda darsliklar bilan taminlashga alohida etibor berish milliy siyosatimizda markaziy
o‗rinni egallaganini takidlash joiz.
Ayni paytda, mustaqillik milliy hayotda mutlaqo yangilik bo‗lgan yakshanba
maktablarining paydo bo‗lishi va rivojlanishiga zamin yaratganini qayd etish zarur. Aynan
yakshanba maktablari respublikamizda yashovchi diasporalarga o‗z ona tillari, millat tarixi va
madaniyatini o‗rganish uchun imkoniyat yaratib bermoqda. Masalan, arman madaniy markazi
qoshidagi yakshanba maktabida bugungi kunda arman tili va adabiyoti bilan bir qatorda halq
xoreografiyasi hamda folkloridan talim beriladi.
Polyak, ukrain, grek milliy – madaniy markazlari qoshida tashkil etilgan yakshanba
maktablarida tahsil olgan o‗nglab yoshlar bugungi kunda Polsha, Ukraina, va Gretsiya oliy o‗quv
yurtlarida tahsil olmoqda.
Kamsonli diasporalarning o‗z tillari, tarixi va madaniyatini o‗rganishi haqida gap ketar
ekan, mamlakatimizda yashovchi yahudiylar uchun ham xuddi shunday imkoniyat yaratilganini
takidlash zarur. Xususan, Toshkent, Buxoro va Samarqand shaxarlarida tashkil etilgan
maktablarda yahudiy millatiga mansub bolalar ivriy tili, yahudiy xalqi tarixi, madaniyatini
o‗rgana boshlangani mustaqillik bergan imkoniyatlar samarisidir.
Oliy talim tizimida esa o‗qish milliy tillarda olib boriluvchi maxsus fakultet va bo‗limlar
faoliyati ko‗rsatmoqda. Xususan bir qator o‗quv yurtlarda rus, tojik, qozoq, turkman filologiyasi
fakultetlari, pedagogika va boshlang‗ich talim metodikasi mutaxassislari tayyorlovchi bo‗limlar
mavjudligi fikrimizning dalilidir. Umuman olganda, qardosh tillarda faoliyat ko‗rsatayotgan
fakultet va bo‗limlarning 30 foizi mustaqillik sharoitida tashkil etilganligini takidlash zarur.
Yuqoridagi misollar respublikamizdagi har bir millat vakilining istedodi va salohiyatini
ro‗yobga chiqarish, qadriyat, ananalarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan milliy
siyosatimizning asosiy tamoyillari hayotda o‗zining aniq yechimini topayotganligining isbotidir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, avvalo ma‘naviy sohada va shu jumladan, til
siyosatida yangilanish jarayonlari uchun katta imkoniyat yo‗llari ochildi. O‗zbekiston
Respublikasining ―Davlat tili to‗g‗risida‖gi qonunining qabul qilinishi, milliy ko‗pchilik
aholisining tiliga davlat tili maqomi berilishi, O‗zbekistondagi barcha xalqlar vakillarining
to‗g‗ri, tushunganligini alohida qayd etish kerak. Jamiyat hayoti va faoliyatining barcha
sohalariga sovet davrida rus tili majburan faol joriy etib kelinganligini, endi tarixiy o‗tmish
sifatidagina esga olish mumkin. Masalan, o‗tgan asrning 30-yillarida o‗rta maktabdagi 10 yillik
ta‘lim davomida rus tilini o‗qitishga hammasi bo‗lib 400-500 soat ajratilgan bo‗lsa, 80-yillarga
kelib, bu holat 1600-1850 soatni tashkil etdi. Umuman, O‗zbekistonda birinchi sinfdan boshlab
to institutni tugatgunga qadar tub joy millatining bolalari uchun rus tili va adabiyotini
o‗rganishga 3670 soat, ona tilini o‗rganishga esa 1675 soat ajratilar edi. Hatto 1991 yilda
respublika oliy o‗quv yurtlari barcha talabalarining 39,5%i barcha fanlar bo‗yicha o‗zbek tilida,
47,7%i esa rus tilida shug‗ullangan bo‗lib, holbuki talabalar orasida o‗zbeklar 63,5%, ruslar esa
15,8%ni tashkil qilar edi.
Milliy an‘analar va o‗ziga xoslikni qayta tiklash va rivojlantirish sohasidagi ishlar iqtisodiy
va moddiy sohalardagi nuqsonlarni tugatish bilan birga olib borildi. Chunki, insonning ona tilida
gapirish va yozish imkoniyatidan mahrum bo‗lishi, o‗z xalqining tarixi, madaniyatini bilmasligi,
o‗zlikni anglamaslikka, ma‘naviyatdan mahrum bo‗lishga olib borar edi. Ma‘naviyat va
madaniyatni tiklash hamda yangilash esa millatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun qudratli
poydevordir.
Ta‘kidlash joizki, rus millatiga mansub kishilar orasida ham turli sohalarda o‗zbek tilidan
ko‗proq foydalanayotganliklari sotsiologik tadqiqot natijalarida o‗z ifodasini topmoqda. Davlat
tilini yanada rivojlantirish yo‗lini respublika aholisining ko‗pchiligi qo‗llab-quvvatlamoqda.
Savol-javob qilinganlarning yarmidan ko‗prog‗i davlat tilini o‗rganish uchun mavjud shart-
sharoit va imkoniyatlarni yaxshilash choralarini ko‗rishni xohlamoqda. Ularning beshdan bir
qismi esa bu jarayonni sekin-astalik bilan evolyutsion tarzda o‗tkazish kerak deb hisoblaydi.
Shu bilan birga hozirgi vaqtda millatlararo aloqa tili sifatida o‗zbek tili targ‗ibotini
kuchaytirishga ehtiyoj sezilmoqda. Sotsiologlar shunday bir qiziq holatni kuzatmoqdalar: o‗zbek
tilida so‗zlashuvchi suhbatdoshlar guruhiga, aytaylik rus millatiga mansub bir kishi kelib
qo‗shilishi bilanoq ular darhol rus tiliga o‗tadilar. Bu hodisa bir tomondan o‗zbeklarning ta‘lim-
tarbiyasi va odobidan, o‗zbek so‗zini tushunmaydigan kishini ranjitishni istamasligidan dalolat
bersa, ikkinchi tomondan tub joyli bo‗lmagan millatlarning ko‗pgina vakillari o‗zbek tilini
o‗rganishga harakat qilmayotganligidan dalolat beradi. Hayotiy hodisalar ham, sotsiologik
tadqiqotlarning ma‘lumotlari ham shu fikrni tasdiqlaydi.
Masalan, O‗zbekiston Milliy universiteti sotsiolog talabalari o‗tkazgan savol-javobdan
ma‘lum bo‗lishicha, rusiyzabon aholi ―baribir yaqin orada ko‗chib ketamiz‖ degan fikr bilan
o‗zbek tilini o‗rganishga qiziqmasligi, buning ustiga davlat tilini samarali o‗rganish uchun
hamma joyda ham qulay sharoit yaratilmaganligini ko‗rsatadi. Ruslar orasida ―bu jarayonga
aralashish kerak emas, hammasi avvalgi holida davom etaversin‖ deb hisoblaydiganlar soni
birmuncha ko‗payib qolgan (42,9%).
Xullas, hozirgi vaqtda o‗zbek tilining millatlararo aloqa tili sifatida ahamiyatini targ‗ib
qilishni kuchaytirishga ehtiyoj mavjud.
O‗zbek xalqining hayotida ro‗y berayotgan chuqur o‗zgarishlarda O‗zbekistonda
yashovchi boshqa xalqlarning vakillari ham bir jon, bir tan bo‗lib qatnashmoqdalar. Ana shu
xalqlarning hayotida ham chuqur tarixiy o‗zgarishlar faol sodir bo‗lmoqda.
Millatlararo hurmat va totuvlik ruhi bilan ajralib turadigan O‗zbekistonda millati, diniy
e‘tiqodi, tilidan qat‘i nazar, barcha fuqarolarning yakdilligini ta‘minlash siyosati yuritilyapti. Shu
munosabat bilan ta‘kidlash lozimki, bizning davlatimizda kam sonli xalqlar yoki etnik guruhlar
muammosi amaliy jihatdan muvaffaqiyatli hal etilmoqda. Umuman olganda esa kam sonli
xalqlar va etnik guruhlar muammosi butun dunyoda mavjud. Hozirgi kunda dunyoda ikki
mingdan ortiq turli etnik guruhlar mavjudligi, ularning 320 dan ortig‗i 1 milliondan ko‗proq
kishini tashkil etishi e‘tiborga olinsa, bu hol yanada aniq bo‗ladi. Sobiq sovet respublikalarini
ham qo‗shib hisoblaganda, BMT tan olgan suveren davlatlar soni 200 dan oshmaydi. Dunyodagi
har to‗rt davlatdan uchtasida aholining to‗rtdan bir qismidan kamrog‗ini tashkil etuvchi millatlar
yashaydi. Umuman yuz foiz bir millat yashaydigan davlatning o‗zi dunyoda yo‗q. Jahon
mamlakatlarining 40%ida etatnim va etnosnim bir-biriga mos keladi. O‗z nomi bilan aytiladigan
davlatlarning tashqarisida yashovchi yoki o‗z davlatiga ega bo‗lmagan guruhlar 60 million
kishidan oshadi yoki MDH aholisining 20% (Fransiyadagi jami aholidan ko‗proq kishini) tashkil
etadi.
Keyingi yillarda mazkur, nozik muammoga e‘tibor kuchaydi va turli mamlakatlarda bu
masalalarni hal etishga muayyan ta‘sir o‗tkazish muhim bo‗lgan bir qator tadbirlar amalga
oshirildi. Kopengagenda milliy ozchiliklarning huquqlariga bag‗ishlangan konferensiyaning
qarori, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‗yicha Kengash doirasida Sankt- Peterburg,
Moskva, Jenevada o‗tkazilgan insoniy o‗lchovlar Konferensiyalari qarorlariga o‗z ta‘sirini
o‗tkazdi.
Bizning nazarimizda kam sonli xalqlarga taalluqli masalalarni hal etishda ijobiy tajriba
to‗plagan va millatlararo munosabatlarda barqarorlikka erishgan O‗zbekiston Respublikasi
dunyodagi ko‗pgina mamlakatlar uchun namuna bo‗lishi mumkin.
O‗zbekistonda barcha millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan
mustahkamlangan. Buning ijobati maktablarimizda 9 ta milliy tilda o‗qitish ishlari, 20 tilda
ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko‗rsatayotganligida ko‗rinmoqda.
4. Dinlararo bag„rikenglik,(tolerantlik) – ijtimoiy barqarorlikni ta‟minlash sharti.
Din va e‘tiqod masalalari inson ma‘naviyatining uzviy qismi hisoblanadi. Mazkur
masalalarning mazmun-mohiyati haqida chuqur va asoslangan bilimlarga ega bo‗lish hayotiy-
amaliy faoliyatni to‗g‗ri tashkil etishga xizmat qiladi. Din va e‘tiqod masalalari inson
ma‘naviyatining uzviy qismi hisoblanadi.
Dinshunoslikda
ham
dinning
integratorlik,
regulyatorlik,
legitimlovchilik
va
boshqaruvchilik kabi ijtimoiy funksiyalari e‘tirof etiladi. shuning uchun ham tarixda ko‗plab
davlatlar va imperiyalar o‗z yaxlitligini saqlab qolish maqsadida odamlarni yagona diniy
ta‘limot atrofida birlashtirishga harakat qilganlar. Bu, masalaning siyosiy jihatlari edi.
Masalaning yana bir muhim – yuridik jihatini ham e‘tirof etish kerak.
Huquqshunoslikda dinga, e‘tiqodga ega bo‗lish va u bilan bog‗liq huquqlarni amalga
oshirish har bir insonning qonun bilan mustahkamlangan manfaatlari jumlasiga kiradi. E‘tiqodiy
tushunchalarni tahqirlash, mensimaslik esa shaxs tabiiy huquqlarining buzilishiga sabab bo‗ladi.
Chunki vijdon erkinligi ko‗plab davlatlar qatori O‗zbekiston qonunchiligida hamda xalqaro
konvensiyalarda huquqiy kafolatlangan.
Ma‘naviyatning o‗zagini tashkil etgan e‘tiqod masalasi ajdodlarimizdan bizga ulug‗
qadriyat sifatida meros bo‗lib kelmoqda. Xususan, Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining
72-sessiyasida ham, biz olib borayotgan insonparvarlik tamoyilla- riga asoslangan islohotlarni
faqat ajdodlarimizning ma‘naviy merosiga tayangan holda olib boramiz, deb ta‘kidladi. Ulug‗
mutafakkir Alisher navoiy asarlari ham
– ijtimoiy-falsafiy, ma‘naviy-ma‘rifiy, diniy-huquqiy ta‘limotlar tizimidan iborat. Uning
barcha asarlari kabi, «Siroj ul-muslimiyn», «Arba‘in», «Vaqfiya», «Munshaot», «Risolai tiyr
andoxtan» asarlari e‘tiqodiy muammolarning ijtimoiy- falsafiy tahliliga bag‗ishlangan.
64
64
T.O. Norov. Alisher navoiy insonparvarlik g‗oyalarining ma‘naviy va e‘tiqodiy zamini. Talaba-yoshlar tarbiyasida innovatsion
yondashuv: tarbiyaning yangi metodlari va unda AKTning o‗rni mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalar
to‗plami. – T.: 2018 yil 16 noyabr. 206–209-betlar.
Bu hol, O‗zbekistonda millatlararo munosabatlar va diniy bag‗rikenglik sohasida
dunyoning boshqa mamlakatlari va xalqlariga namuna bo‗larli darajada muvafaqiyatlarga
erishilgan bo‗lib, bu yutuqlar va andozalar namuna sifatida qabul qili- nayapti. Uning ijobiy
natijalaridan biri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yalpi majlisi
tomonidan – «Ma‘rifat va diniy bag‗rikenglik» rezolyutsiyasi O‗zbekiston Respublikasi
tomonidan taqdim etilgan namuna asosida qabul qilinganligi e‘tiborga loyiq.
Bunday e‘tiborning asosi bor albatta. O‗zbekistonning ijtimoiy-ma‘naviy boyligi, bu uning
ko‗pmillatli va turli diniy jamoalaridan iborat xalqi bo‗lishi bilan birga, bu halqlar va diniy
birliklar o‗rtasidagi do‗stona va bag‗rikenglik fazilatlarini ta‘minlashdek muhim vazifa mavjud.
2017 yil 15 iyun kuni Toshkent shahrida bo‗lib o‗tgan anjumanda Prezidentimiz «Ijtimoiy
barqarorlikni ta‘minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusidagi
ma‘ruzasi yurtimizda diniy bag‗rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, muqaddas
islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‗shgan buyuk allomalarimiz merosini o‗rganish, tadqiq etish,
farzandlarimizni turli zamonaviy yot g‗oya va tahdidlardan asrashga qaratilgani bilan
qalbimizdan chuqur joy oldi. Biz bir necha ming odamga yetkazishga uringan ezgu
g‗oyalarimizni Prezidentimiz dadil ohangda «biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl
insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz»
65
degan so‗zlar bilan
bayon qildi.
Mamlakatimizda vijdon erkinligini huquqiy himoya qiluvchi dastlabki qonun- ning paydo
bo‗lishi XX asrning 90-yillariga to‗g‗ri keladi. O‗tgan asrda sho‗ro tuzumi xalqimiz ongu
tafakkurida dinni afyun va zararli uydirma sifatida gavdalantirish- ga harakat qilayotgan bir
pallada O‗zbekistonda 1991 yil 14 iyunda ilk bor «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‗g‗risida»gi qonun qabul qilingan edi.
Mustaqillik yillarida fuqarolarimizning din bilan bog‗liq huquq va manfa- atlarini to‗liq
amalga oshirish, diniy va milliy qadriyatlarni tiklash sohasida qator ishlar amalga oshirildi. Eng
avvalo, vijdon erkinligining huquqiy bazasi mustahkamlandi. O‗zbekiston Respublikasi
konstitutsiyasida «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga
e‘tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e‘tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan
singdi- rishga yo‗l qo‗yilmaydi», degan huquqiy norma belgilandi (31-modda). Mazkur norma
asosida har bir shaxsning din bilan bog‗liq haq-huquqlari davlat tomonidan rasman kafolatlandi.
O‗zbekiston Respublikasi demokratik prinsiplarga sodiqligining ifodasi sifatda davlatning
din va diniy tashkilotlar bilan o‗zaro munosabatda quyidagi prinsiplarga amal qilishini e‘lon
qildi:
– dindorlarning diniy tuyg‗ularini hurmat qilish;
– diniy e‘tiqod fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
– diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan
fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta‘qib qilishga yo‗l qo‗ymaslik;
– ma‘naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy
uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‗llarini izlash
zarurati;
– dindan buzg‗unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‗l qo‗yib bo‗lmasligini e‘tirof etish.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risidagi normalarning qonunchilikka kiritilishi
natijasida diyorimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan barcha din vakil- lariga katta
imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, mustaqillikkacha respublikada bir necha cherkov va sinagoglar
faoliyat olib borgan bo‗lsa, qonun qabul qilingach, dunyoning turli mintaqalarida diniy
ibodatlarini amalga oshiruvchi yevangel-Lyuteran jamoa- si, Rim-katolik cherkovi, «yettinchi
kun adventistlari» diniy tashkiloti, Bahoiylar jamoasi, yahudiylar diniy jamoasi kabi o‗ndan
ortiq diniy konfessiyalar yurtimizda rasmiy faoliyat yurita boshladi.
Mamlakatimizda yashayotgan millat, elatlar va diniy jamoalar o‗rtasidagi do‗stona
munosabatlar boshqa mamlakat va xalqlar tomonidan ijobiy baholanmoqda.
65
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ma‘ruzasi. «Xalq so‗zi» gazetasi,
2017 yil 20 sentabr soni.
2018 yil 18 sentabrda O‗zbekiston Prezidenti AQshning diniy erkinlik sohasida alohida
topshiriqlar bo‗yicha elchisi – Samuel Braunbekni qabul qildi. Elchi ikki kun davomida bir
nechta uchrashuvlar o‗tkazdi va ayrim nashrlarga intervyu berib, O‗zbekistondagi e‘tiqodiy
masalalar va milliy totuvlik holatini yuksak baholadi.
66
Hukumatimiz tomonidan turli diniy tashkilotlarning o‗z faoliyatlarini amalga oshirish va
mamlakat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Jumladan,
O‗zbekiston Musulmonlari idorasining markaziy tele- videniye orqali ma‘naviy-ma‘rifiy
ko‗rsatuvlarni berib borishi, mashhur diniy arboblarning tavalludiga bag‗ishlangan
anjumanlarning keng ko‗lamda nishonlanishi kabi tadbirlarni aytib o‗tish o‗rinlidir.
Ammo yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan, xalqimizning bag‗rikengligini suiiste‘mol
qilgan ayrim diniy oqimlar faqat diniy g‗oya va aqidalarni emas, balki siyosiy va ekstremistik
maqsadlarni ko‗zlab ish olib borganlari achinarli holdir. ko‗p asrlardan beri hanafiy mazhabiga
ergashib kelgan xalqimiz uchun yot g‗oya va qarash- larni yoqlab chiqishlari barobarida hanafiy
mazhabi yo‗l-yo‗riqlari asosida ibodat qiluvchilarni mensimaslik, mazhab ulamolarini
haqoratlash, din arkonlarini ba- jarmayotgan shaxslarni kofirlikda ayblash, imomlar bilan masala
talashish, boshqa mazhab vakillariga shaklan taqlid qilish kabi holatlar kuzatildi.
Xorijiy davlatlardan diniy aqidaparastlikni targ‗ib etuvchi, odamlarda qo‗rquv va vahima
uyg‗otuvchi ko‗plab diniy adabiyotlar «Hizbut-tahrir», «Akromiylar», «Tavba», «Adolat
uyushmasi» kabi ekstremistik guruhlar tomonidan ommaga tarqatilib, mamlakat barqarorligiga
rahna solishga qaratilgan harakatlar yuzaga kela boshladi.
Asosiy maqsadi millat va jamiyatni diniy asosda bo‗lib tashlash bo‗lgan missionerlik
harakatlari turli yo‗llar bilan yurtimizga suqulib kira boshlagan edi. Respublikamiz
qonunchiligida missionerlik faoliyatiga huquqiy jihatdan yetarli darajada to‗siqning mavjud
emasligi bartaraf etib bo‗lmas darajada og‗ir oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Bu kabi
holatlar «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida»gi qonunni qayta ko‗rib chiqishni
taqozo etardi.
1998 yil 1 may kuni O‗zbekiston Respublikasi oliy Majlisining XI sessiyasida «Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida»gi qonunning 23 moddadan ibo- rat yangi tahriri qabul
qilindi va bu Qonunni ishlab chiqishda mamlakatimizning o‗ziga xos sharoiti, unda yashovchi
aholining huquq va manfaatlari hamda mentaliteti hisobga olindi. Qonunning asosiy maqsadi har
bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e‘tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat‘i nazar,
fuqarolarning tengligini ta‘minlash, shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‗liq
munosabat- larni tartibga solib turishdan iborat.
67
shuningdek, qonunning 3-moddasida «Dinga e‘tiqod qilish yoki o‗zga e‘tiqodlar erkinligi
milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi
va erkinliklarini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan daraja- dagina cheklanishi mumkin»ligi
belgilangan. Bu norma «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‗g‗risidagi xalqaro Pakt»ning 18-
moddasi 3-bandiga hamohang tarzda ishlangan.
shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining «Diniy toqatsizlikning barcha shaklla- rini
bartaraf etish to‗g‗risida»gi Rezolyutsiyasida ham bunday qoida mustahkamlangan bo‗lib, unda
tinchlik va jamoat xavfsizligini ta‘minlash maqsadlarida din yoki e‘tiqod erkinligi sohasida
ma‘lum cheklovlarga yo‗l qo‗yilishi belgilab o‗tilgan.
Missionerlik va prozelitizm borasidagi cheklovlarni ayni shunday senzlar jum- lasiga
kiritish mumkin. Hozirgi kunda, ko‗plab buzg‗unchi da‘vatchilar o‗z strukturala- rida
missionerlar tayyorlash kurslari, nashriyotlar, mintaqaviy tadqiqot markazlari, moliyaviy
ta‘minot markazlari bilan bir qatorda, go‗yoki, «inson huquqlari himoyasi» bilan
shug‗ullanuvchi, aslida esa missionerlarning «dushman»larini qoralashga qaratilgan markazlar
tuzishga ham alohida e‘tibor bermoqdalar.
66
Samuel Braunbek. Bu zaminda ko‗plab millatu elatlar, turli din hamda e‘tiqod vakillari o‗zaro tinch-totuv va hamjihat
yashayotgani e‘tirofga loyiq. «Xalq so‗zi» gazetasi, 2018 yil 19 sentabr № 193 (7151).
67
O‗zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida»gi qonuni.
Bugungi kunga kelib bunday soxta demokratlarning aslida kim ekani hech kimga sir
bo‗lmay qoldi. Afsuski, zamonaviy missionerlar ham, ayrim inson huquqlari «himoyachilari»
ham bu kabi holatlarni tushunishni istamayapti- lar. Vaholanki, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to‗g‗risida xalqaro Pakt»ning 18- moddasi 2-bandida e‘tiqodni o‗zgartirish majburiy xatti-
harakatlar bilan bog‗liq bo‗lmasligi, 20-moddasi 2-bandida esa dushmanlik va diniy g‗animlikni
keltirib chiqaradigan harakatlar qonun bilan taqiqlab qo‗yilishi zarurligi haqidagi qoidalar
mustahkamlab qo‗yilgan.
Yuqoridagi mulohazalardan ayrim vijdon erkinligi «himoyachilari»ning da‘- volari ortida
g‗arazli maqsadlar yotganini anglash qiyin emas. Bunday «demokratiya eksporti»ning
millatimiz, xalqimiz istiqboli va tinch-totuv hayotiga rahna solishdek strategiyaga qaratilgani
aniq-ravshan ko‗rinib turibdi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida»gi qonunning 5-moddasida
mustahkamlangan bir konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-
harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyatini cheklash
haqidagi qoida yurtimiz xavfsizligi, turli din vakillarining tinch-totuv yashashini ta‘minlashga
qaratilgan. Chunki inson o‗z dini va e‘tiqodini o‗zgartirishi ko‗p hollarda salbiy oqibatlarga olib
keladi. Ayniqsa, bunday harakatlar oqibatida oila muhitida ota-bola, aka-ukaning yuzko‗rmas
bo‗lib ketayotganini hech qanday yo‗l bilan oqlab bo‗lmaydi.
Qonunchilikda bunday holatlarga nisbatan javobgarlik ham belgilangan. Jumladan,
O‗zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksining 240-moddasi ikkinchi
qismida bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar
(prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati uchun eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz
ba- ravarigacha miqdorda jarima solish yoki o‗n besh sutkagacha muddatga ma‘muriy qamoqqa
olishga sabab bo‗lishi belgilangan bo‗lsa, Jinoyat kodeksining 2162-moddasi ikkinchi qismiga
asosan bunday xatti-harakatlar ma‘muriy jazo qo‗llanilganidan keyin sodir etilsa, eng kam ish
haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi nazarda tutilgan.
Qonunning diniy adabiyotlarga tegishli bo‗lgan 19-moddasi ham o‗zgartirildi. Unga ko‗ra,
«Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari diniy maqsadlarga mo‗ljallangan
buyumlar, diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot ma- teriallarini O‗zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqarishga, eksport va import
qilishga hamda tarqatishga haqlidir».
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 apreldagi 196-qa- rori
bilan tasdiqlangan, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari
bo‗yicha qo‗mita to‗g‗risidagi nizomning 7-bandiga muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‗yicha qo‗mita Respubli- kada chiqariladigan yoki chet
ellardan keltiriladigan diniy tusdagi mahsulotlarni (matbuot va elektron nashrlarni, audio, video
kassetalarni, CD, DVD va boshqa disk- larni) ekspertizadan o‗tkazadi va mazkur faoliyatni
muvofiqlashtiradi. Mazkur qoida orqali respublika hududiga diniy mazmundagi adabiyotlarning
olib kirish tartibi takomillashtirildi.
Qonunning 19-moddasida diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‗oyalari bilan
yo‗g‗rilgan matbaa nashrlari, kino, foto, audio, video mahsulotlari va shu kabi boshqa
mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish huquqbuzarlik ekanligi belgilab qo‗yildi.
Vijdon erkinligi qonunchiligi borasidagi islohotlar amalga oshirilishi lozim bo‗lgan
hayotiy zarurat hisoblanadi. Bu islohotlar jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas tarzda
rivojlanishda davom etadi. Jumladan, mavjud qonunchilik mohiyatini keng xalq ommasiga
to‗laqonli yetkazib berish maqsadida vako- latli davlat organlari tomonidan sohaga oid
qonunlarga huquqiy sharhlar berilishi, fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini ta‘minlashga
xizmat qiluvchi qonunosti hujjatlarining qabul qilinayotgani fikrimizning isbotidir.
Xulosa qilib aytganda, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida»gi qonunni
hayotga tatbiq etish va sohaga oid amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar natijasida diniy
tashkilotlarni ro‗yxatga olish hamda ularga rahbarlik qilish, no- an‘anaviy diniy oqimlarning
yoyilib ketishi oldini olish, diniy ta‘lim tizimini takomillashtirish, shuningdek, diniy
adabiyotlarni chop etish va tarqatish kabi diniy hayot barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan
vazifalarni bajarish uchun zamon talablariga mos huquqiy mexanizm yaratildi.
Biz hozirgi vaqtda yirik bir loyiha – O‗zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini
tashkil etish bo‗yicha katta ishlarni boshlab yubordik, dedi Prezidentimiz. Bu markaz avvalo
xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosni har tomonlama va jadal
rivojlanishini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiya qilish
va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish- dir. O‗zbekistonda islom dinining insonparvarlik
falsafasi, buyuk g‗oyalari yosh avlod yuragidan joy olishiga barcha sharoit yaratib berilgan.
Boshqacha qilib aytganda, farzandlarimiz dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy
to‗plagan hadislar, naqshband ta‘limoti, Termiziy o‗gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida
tarbiyalanmoqda.
Yoshlar tafakkuri sofligini saqlash, ularning kayfiyatlari, orzu-umidlari, intilishlarining
mazmun-mohiyatini o‗rganish, ulardan tegishli xulosalar chiqarish o‗ta dolzarb vazifadir. Diniy
ekstremizm va terrorizm ildiz otib borayotgan bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar tarbiyasiga
ahamiyat qaratish eng dolzarb vazifadir. Bugungi kunda BMTning xavfsizlik va terrorizmga
qarshi kurashish bo‗yicha maxsus bo‗linmalari faoliyati terrorizmga qarshi qaratilgan asosiy
xalqaro uyushmalar qatorida yetakchi o‗rin egallaydi.
68
Noan‘anaviy diniy harakatlar va tashkilotlarning ko‗pchiligi XX asrning 60–70- yillarida
AQsh va G‗arbiy yevropada paydo bo‗ldi, keyin butun dunyoga tarqala boshladi. Diniy jamoa
a‘zolarining turmush tarzi qat‘iy belgilab qo‗yilgan tartiblar, ijti- moiy hayotdan uzoqligi bilan
ajralib turadi, o‗z rahbarlariga so‗zsiz bo‗ysunishlari talab qilinadi. «Sevgi oilasi» sektasi hech
bir cheklanmagan munosabatlar vosi- tasida «diniy tozalanish» yo‗li bilan «xudoning o‗g‗li»
bo‗lishni tushuntirib beradi. Janubiy koreyalik San Mun asos solgan «Birlashgan cherkov»
sektasi asketik turmush tarzini targ‗ib qiladi.
69
«krishnani anglash xalqaro jamiyati»
noan‘anaviy diniy fan va ta‘limga oid barcha qadriyatlarni inkor qiladi»
70
.
N oan‘anaviy diniy harakatlar katta tashviqot va moddiy yordam berish orqaligina emas,
ma‘naviy qashshoqlik, maishiy buzuqlik kabi omillar tufayli ham ayrim guruhlarni o‗z ta‘sir
doirasiga oladi. «Yangi diniy harakatlarning asoschilari» faqat ulargina mutlaq haqiqatni, barcha
insoniy muammolarni hal qilishning to‗g‗ri yo‗lini, qayta tug‗ilish va u dunyoda o‗lmaslik orqali
abadiy farog‗atga erishishni bilishlarini da‘vo qiladilar. Ularning ta‘limotlari mistika, sirlilik
bilan yo‗g‗rilgan.
Hozirgi globallashuv jarayonida diniy bag‗rikenglik muammosi mamlakatlar uchun g‗oyat
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 1995 yil 16 noyabrda BMTning fan, ta‘lim va madaniyat
bo‗yicha
ixtisoslashgan
tashkiloti
YuneSko
tomonidan
Bag‗rikenglik
prinsiplari
deklaratsiyasining qabul qilinishi buning yorqin dalilidir. Ushbu deklaratsiyada e‘tiqod va vijdon
erkinligiga ham e‘tibor qaratilgan. O‗zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 18-moddasiga
ko‗ra, «O‗zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‗lib,
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat‘i,
nazar, qonun oldida tengdirlar».
Asosiy qonunimizda ushbu huquqning aks ettirilishi mamlakatimizda insonlar- ning vijdon
va e‘tiqod erkinligi ta‘minlanishining asosi bo‗lib xizmat qilmoqda. O‗zbekistonda diniy
bag‗rikenglik va millatlararo totuvlik tarixiy ildiz va mustahkam qonuniy asoslarga ega bo‗lib,
dunyoviy davlat va din orasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan.
2017 yil 16 noyabr kuni Toshkent islom universitetida Xalqaro bag‗rikenglik kuni
munosabati bilan «konfessiyalararo muloqot va diniy bag‗rikenglik – jamiyat barqarorligi
garovi» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‗lib o‗tdi.
68
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ma‘ruzasi. «Xalq so‗zi» gazetasi,
2017 yil 20 sentabr.
69
В.М. Межуев. културалогия как наука: за и против (матриали обсуждения) – «Вопросы филосо- фии», 2008. №11, 15-
б.
70
A.S. Ochildiev. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning maъnaviy-maъrifiy asoslari.
O‗zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 31-moddasida «Hamma uchun vijdon
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e‘tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e‘tiqod
qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‗l qo‗yilmaydi» deb
belgilangan. Ushbu moddani amalga oshirish mexanizmi 1998 yil 1 mayda qabul qilingan
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‗g‗risida»gi qonunda keng yoritib berilgan. Uning 3-
moddasiga ko‗ra, vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga e‘tiqod qilish yoki hech
qanday dinga e‘tiqod qilmaslikdan iborat ka- folatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-moddasida: «Har bir inson fikr, vijdon
va din erkinligi huquqiga ega, bu huquq o‗z dini yoki e‘ti- qodini o‗zgartirish erkinligini va
ta‘limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm- rusum hamda marosimlarni ommaviy yoki
xususiy tartibda ado etish, o‗z dini yoki e‘tiqodiga yakka tartibda, shuningdek, boshqalar bilan
birga amal qilish erkinligini o‗z ichiga oladi», deb belgilangan. Afsuski, hozirgi davrda ko‗plab
ekstremistik uyushmalar va aqidaparastlar turli dinlar, shu jumladan, xristianlik, yahudiylik,
islom dinlari ta‘limotidan foydalanmoqda.
Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholining keng qatlamlarida vahima
va qo‗rquv uyg‗otishga qaratilgan siyosiy kurashning yovuz usulidir. U yashirin tashkilotlar
tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadida
qo‗llanadi. Mana shunday sharoitda din niqobi ostidagi ayrim g‗arazli kuchlar O‗zbekistondagi
vaziyatni izdan chiqarish, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‗darish orqali islom davlatini
qurish g‗oyalarini ilgari surmoqda. Diniy ekstremistik kuchlar jamiyat uchun an‘anaviy bo‗lgan
diniy qadriyatlar va aqidaviy ahkomlar tizimini inkor etib, ularga zid bo‗lgan «g‗oyalar» va
amallarni agressiv tarzda targ‗ib qilishga intilmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‗ra, hozir
dunyoda
500 dan ortiq terrorchilik tashkiloti mavjud bo‗lib, ularning 80 foizi islom dini niqobi
ostida faoliyat yuritmoqda. Avvalo kundan-kunga kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi
doimo sergak, ogoh va hushyor bo‗lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har
tomonlama chuqur o‗ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda
olib boriladigan ma‘naviy tarbiya bilan javob berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |