2.Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari. "Mafkuraviy taxdid"
muayyan millat, jamiyat, davlatning tinch-ligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va
konstitutsi-on tuzumni zaiflashtirish hamda buzishga yo‗naltirilgan, shaxs va jamiyat xavfsizligi,
ma‘naviy, mafkuraviy, ruhiy dunyosiga tajovuz qiladigan g‗oyaviy-nazariy qarashlar va ularga
asoslangan amaliyot majmuini ifodalaydigan tushunchadir. Uning mazmun-mo-hiyati, zararli
oqibatlari va unga qarshi kurashish zarurligi O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom
Karimovning «Yuksak ma‘naviyat — yengilmas kuch» asarida har tomonlama va ishonchli
dalillar asosida ko‗rsatib berilgan. Ushbu asarda ta‘kidlanganidek, tili, dini, e‘tiqodi-dan qat‘i
nazar, har qaysi odamning tom ma‘nodagi erkin bo‗lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan
ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‗zda tutadigan mafkuraviy, g‗oyaviy va in-
formatsion xurujlar bu boradagi tahdid va tajovuz hisoblanadi.
Mafkuraviy tahdid va tajovuz vayronkor kuchlarning o‗z mod-diy, siyosiy manfaatlarini
ko‗zlagan holda har xil markazlar tomonidan biron-bir mamlakatga nisbatan ichkaridan yoki
tashqa-ridan turib, bevosita amalga oshiriladigan buzg‗unchilikning muayyan shaklidir. Ular o‗z
maqsadlariga erishish uchun har qan-day usullardan, odamlarning ruhiy hissiyotlari, milliy tuy-
g‗ulari, har qanday jamiyatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy mu-ammolardan, shuningdek,
zamonaviy texnologiya, telekommunika-siya, OAV, Internetdan noxolislik bilan foydalanishga
hara-kat qiladi.
Hozirgi davrda mafkuraviy tahdid deganda, aholining ayrim qatlamlari, ayniqsa, yoshlar
ongi va qalbiga ta‘sir qilib, ular-ning qarashlarini o‗zlariga ma‘qul yo‗nalishda o‗zgartirish, di-
niy ekstremizm, vayronkorlik, buzg‗unchilik, axloqsizlik g‗oyala-rini zimdan targ‗ib-tashviq
etib, singdirish kabi g‗arazli maq-sadlar ham anglanadi. Ma‘naviyatga qarshi qaratilgan har
qanday tajovuz, tahdid o‗z-o‗zidan mamlakatning milliy manfaatlari, jismonan va ma‘nan
sog‗lom avlod kelajagini ta‘minlash yo‗li-dagi jiddiy xatarlardan biridir.
Mafkuraviy tahdid shakllari xilma-xil. Zero, tahdidchi-lar ko‗pincha turli niqoblar, jozibali
shior va g‗oyalar niqobi ortida ish ko‗radi, turli-tuman usullardan foydalanadi. Bundai kuchlar
ixtiyorida juda katta moddiy, moliyaviy resurslar va imkoniyatlar mavjud bo‗lib, ular puxta
o‗ylangan hamda da-vomli maqsadlarga xizmat qilmoqda. Hozirgi davrda dunyoning ayrim
hududlarida ana shunday harakatlar natijasida katta yo‗qotishlar yuz bermoqda, millatlarning
ma‘naviy qadriyatla-ri, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqmoqda, axloq-odob, oila va
jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolmoqda. Eng yomoni, bunday mafkuraviy
xurujlarning pirovard maqsadi odamni o‗zi tug‗ilib o‗sgan yurti va xalqidan tonishga,
vatanparvarlik tuyg‗ularidan mahrum etishga, hamma narsaga loqayd bo‗lgan shaxsga
aylantirishga qaratilgan.
Xudbinlik va loqaydlik, mahalliychilik, korrupsiya va man-faatparastlik, boshqalarni
mensimaslik, hasad, sotqinlik singa-ri illatlar ham ma‘naviy tahdid va tajovuzlar tarkibiga kiradi.
Prezidentimiz ogohlantirgani kabi, hozirgi davrda turli eski va yangi goyalar kurashi har
qachongidan ham ko‗ra shiddatli tus olmoqsa. Rang-barang, ba‘zan bir-biriga mutlaqo zid
dunyoqarashlar siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o‗rtasidagi fikr tala-shuvlari
goho bahs-munozara doirasidan chiqib, qonli to‗qnashuv-lar, ommaviy qirg‗inlarga sabab
bo‗lmoqsa, odamlar boshiga behisob qayg‗u-kulfatlar solmoqda. Bu tortishuvlardan ko‗zlangan
asosiy maqsad — inson, avvalambor, yoshlar qalbini egallash, muayyan mam-lakat yoki
mintaqadagi biror xalqning ongiga, uning sezgi-tuyg‗ula-riga ta‘sir o‗tkazish, uni o‗z
dunyoqarashiga bo‗ysundirish, mafku-raviy jihatdan zaif va tobe qilishdan iborat.
Mafkuraviy tahdidlarga qarshi o‗z vaqtida qat‘iyat va iz-chillik bilan kurash olib
borilmasa, turli zararli oqimlar O‗zbekistonga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarni o‗z
girdobiga tortib ketishi, oqibatda ular ota-ona, el-yurt oldi-dagi burchi va mas‘uliyatini
o‗ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan egoist-xudbinlarga aylanib qolishi
mum-kin. Bizga mafkuraviy tahdid solishi mumkin bo‗lgan ayrim tash-kilotlar o‗rta asrlarda
mavjud bo‗lgan musulmon xalifaligini tiklash yo‗lida faoliyat ko‗rsatmoqda. Albatta, bundan o‗n
to‗rt asr burungi voqelikni bugun amalda qayta tiklab bo‗lmasligi ayon. Lekin ularning niyati —
yagona mafkuraviy makon barpo etib, islom dinini siyosiylashtirish va shu asosda hokimiyatni
qo‗lga kiritib, hukmronlik qilishdan iborat.
Hozirgi davrdagi "erkin demokratiya" va turli "ochiq jamiyat modellari"ni eksport qilish,
jamiyat va davlat qurilishi-ning "universal loyiha"larini tashqaridan tiqishtirish yo‗li-dagi
urinishlar ham mafkuraviy tahdid va tajovuz sifatida baholanmog‗i lozim. Aslida, insoniyat
tarixida barchaga birdek ma‘qul bo‗ladigan boshqaruv modeli hech qachon bo‗lmagan.
Mafkuraviy tahdidning "ommaviy madaniyat" niqobi ostida axloqiy buzuqlik va zo‗ravonlik,
individualizm, egotsentrizm g‗oyalarini tarqatish, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa
xalqlar-ning necha ming yillik an‘ana va qadriyatlari, turmush tarzi-ning mafkuraviy negizlariga
bepisandlik, ularni qo‗porishga qaratilgan shakllari ham mavjud. Hozirgi vaqtda axloqsizlik-ni
madaniyat deb bilish va aksincha, asl mafkuraviy qadriyatlar-ni mensimasdan, eskilik sarqiti deb
qarash bilan bog‗liq holat-lar taraqqiyot va yoshlar tarbiyasiga tajovuz qilmoqda.
Mafkuraviy tahdid shakllarining aksariyati informatsion xu-ruj va uydirmalarni tarqatish
orqali yuz bermoqda. Bugungi kunda tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi
doimo sergak, ogoh va hushyor bo‗lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har
tomonlama chuqur o‗ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etil-gan, muntazam va uzluksiz
ravishda olib boriladigan mafkuraviy tarbiya bilan javob berish mumkin. Har birimiz mafkuraviy
tah-didlarga nisbatan loqaydlik, beparvolik va beg‗amlik illatidan xalos bo‗lishimiz, xar bir
fuqaro yurtimizda, jahonda sodir bo‗la-yotgan har qanday voqea, hodisa, jarayonlar menga,
mening taqdi-rimga bevosita daxldor deb hisoblamog‗i darkor. Prezidentimiz ta‘-kidlaganidek,
"Hozirgi o‗ta murakkab bir zamonda xalqaro maydon-da sodir bo‗layotgan jarayonlarning tub
mohiyatiga yetib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo‗lish bugungi kunning eng
dolzarb vazifasi, desak, hech qanday xato bo‗lmaydi"
Mafkuraviy tahdid o‗z mohiyatidan kelib chiqib, eng avvalo, inson ongiga, tafakkuri va
xulq-atvoriga xavf-xatar solmoqda. Inson ongi va qalbini vayronkor hamda buzg‗unchi g‗oyalar
bilan izdan chiqarishga harakat qilish mafkuraviy taxdidning eng aso-siy mazmun-mohiyatini
belgilaydi. Mafkuraviy tahdid muayyan jamiyat a‘zolarini yagona maqsad va muddaolardan
chalg‗itib, mil-liy mentalitetga mos kelmaydigan begona g‗oyalar, fikrlar, maq-sadlar va
qarashlarni chetdan turib eksport qilish jarayonida o‗zini yanada aniqroq namoyon qiladi.
Hozirgi vaqtda mafkuraviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo„lmoqda:
yurtimizdagi demokratiya qadriyatlari va demokratik ta-raqqiyot imkoniyatlariga nisbatan
shubha bilan qarash holatini vujudga keltirish;
odamlarni ezgu g‗oyalardan chalg‗itish, xayoliy farovon tur-mush tarzini va‘da qilish;
jamiyat a‘zolari, ayniqsa, yoshlar tafakkurida milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‗ularini
zaiflashtirish;
—- xalqimiz urf-odatlari, milliy mentalitetiga begona odatlarni kiritishga intilish;
ekstremistik ruhdagi diniy g‗oyalarni tiqishtirishga in-tilish;
aholi o‗rtasida milliy taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg‗otish;
— jamoaparvarlik, ijtimoiy hamkorlik ruhini inkor etib, individualizm g‗oyalarini sun‘iy
ravishda tiqishtirish.
Mafkuraviy tahdidlarning nihoyatda keng qamrovli ekanligidan kelib chiqib, ularni
quyidagicha toifalash mumkin:
Birinchidan, jamiyatimiz a‘zolarining ongi va tafakkuriga ta‘sir qilishga qaratilgan
xurujlar. Ma‘lumki, xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelayotgan milliy ongi va
dunyoqara-shida hamda xulq-atvor normalarida ota-onaga, o‗zi yashayotgan mahalla jamoasiga,
katta yoshdagi kishilarga chuqur hurmat bi-lan qarash, muayyan voqea va hodisalarga bosiqlik,
mulohaza va andisha bilan munosabatda bo‗lish, jamoa fikriga nisbatan alo-hida ehtirom
ko‗rsatish kabi xislatlar ustuvorlik qiladi. Qolaversa, aynan mana shu qadriyatlar jamiyatimiz
ma‘naviyatining tamal toshini tashkil qiladi.
Bunday vaziyatni yaxshi o‗rgangan g‗animlarimiz bizga qarshi ma‘naviy xurujlarni amalga
oshirishda xalqimizning mana shun-day ulug‗vor qadriyatlariga mutlaqo teskari va begona
bo‗lgan, asosan «individualizm», «egoizm», «kosmopolitizm», «zo‗ravon-lik», "diniy
mutaassiblik" g‗oyalarini iloji boricha chiroyli niqoblarga o‗rab, jamiyatimizga olib kirishga
urinmoqda. G‗anim-larimizning xalqimiz milliy ongiga ta‘sir ko‗rsatishdan ko‗zlan-gan asosiy
maqsadi Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov xulosa qilgani-dek: «O‗zbekistonda hukm
surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo
etayot-gan farovon va osuda hayotni buzish, tobora kuchga kirayotgan dav-latimizni ag‗darish,
tanlagan yo‗limizdan qaytarishdir. Odamla-rimizning yuragiga vahima va qo‗rquv solish
hisobidan ularning ertangi kunga bo‗lgan ishonchini yo‗qotish, bir-biriga qarshi qo‗yish,
yurtimizda, mintaqamizda o‗z manfaati, o‗z siyosatini o‗tka-zishdan iborat».
Ikkinchidan, milliy urf-odatlarimizga bo‗layotgan xurujlar. Ma‘lumki, xalqimizda o‗ziga
xos milliy odatlar, an‘analar shakllangan. Jamoa bo‗lib yashash, qarindosh-urug‗larga mehribon-
lik, to‗y va ma‘rakalar, bayramlar, tarbiya masalalarida, hasharlarda ijtimoiy hamkorlikning
boshqalarda uchramaydigan o‗ziga xos yuqori darajasining namoyon bo‗lishi shular jumlasi-dan.
Xalqimizning bu urf-odatlari asrlar davomida jamiyat mustahkamligining asosi bo‗lib xizmat
qilib kelmoqda. Davla-timiz rahbari ta‘kidlaganidek: «Xalqimizning donologi, bag‗-rikengligi,
sabr-bardoshi bizni har qanday balo-qazolardan as-rab, idrokimizni, aql-zakovatimizni charxlab,
yurtimizda oso-yishtalik va millatlararo, fuqarolararo tinchlikni saqlab qolishga xizmat qildi»
43
.
Milliy an‘analarimiz va urf-odatlarimizning mamlakatimiz taraqqiyoti uchun naqadar
ulkan ahamiyatini sezgan tahdidchilar bu borada ham muayyan xurujlarni amalga oshirmoqda.
Shu maqsadga erishish uchun ular global aloqa tizimlari va boshqa vositalar orqali ma‘naviy
qashshoqlikka, tarkidunyochilikka, odamlarga nis-batan oqibatsizlik va shafqatsizlikka olib
keluvchi g‗oyalarni hamda urf-odat normalarini zo‗r berib targ‗ib qilmoqsa. Bular orasida,
ayniqsa, odamovilik, ota-onaga nisbatan bepisand qarash, shaxsiy hayotni ulug‗lash kabi g‗oya
va qarashlar ustuvorlik qilmoqda.
Uchinchidan, milliy madaniyatimizga bo‗layotgan xurujlar. Sir emaski, xalqimizning
milliy madaniyati o‗zining qadimiyligi, boyligi bilan alohida ajralib turadi. Markaziy Osiyo
tarixida aql-idrok bilan ma‘naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bi-lan qomusiy bilimdonlikni
o‗zida mujassam etgan allomalar ko‗p bo‗lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin
Naqsh-band, Xoja Ahmad Yassaviy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo
Ulug‗bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko‗plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni
rivojlantirishga ulkan hissa qo‗shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‗lib qoldilar. Ularning
nomi, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‗shgan buyuk hissasi hozirgi kunda butun dunyoga
ma‘lum.
Ma‘naviy xuruj uyushtirayotgan kuchlar jamiyatimiz a‘zola-rini milliy madaniy boyliklar
va imkoniyatlardan begonalashti-rishga harakat qilmokda. Shu maqsadda ular Internet
tarmog‗idan, kinofilmlar va san‘at turlaridan foydalangan holda nihoyatda ohanrabo, lekin
yengil-yelpi, inson tafakkurini rivojlantirishga emas, aksincha uning sayozlashuviga xizmat
qiluvchi namunalarni jamiyatimizga olib kirishga intilmoqda. Bunday san‘at va mada-niyat
namunalarida behayolik, mantiqsizlik g‗oyalarining targ‗ibo-ti yetakchilik qilmoqda. Vaholanki,
bu mamlakatlarning o‗zlari millatlarni parokandalikka olib boradigan, insoniyat uchun shar-
mandali vaziyatlarni demokratiya, inson huquqlari kabi oliy qad-riyatlar shiori ostida targ‗ib
qilmoqsa.
Mana shunday holatlardan kelib chiqib xulosa qilish mum-kinki, bugungi kunda
mamlakatimizning har bir fuqarosida sa-marali va mustahkam ma‘naviy immunitetni
shakllantirish ke-chiktirib bo‗lmaydigan vazifaga aylandi. Ma‘lumki, Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimovning 2000 yilda «Fidokor» gazetasi muxbiri-ga bergan intervyusida mafkuraviy
immunitetning mohiyati va zarurligi asoslab berilgan edi. O‗zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek: «Bir xalqni o‗ziga tobe qilishni istagan kuchlar, avvalo,
uni o‗zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. ...Shunga o‗xshash zararli ta‘sirlar
davom etaversa, millat o‗zli-gini yo‗qotishi, ming yillik an‘analarini boy berib, olomonga
aylanib qolishi ham hech gap emas. Tabiiy savol tug‗iladi: bunday mafkuraviy ta‘sirlar salbiy
oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak? Buning yo‗li — odamlarimiz, avvalambor,
yoshlarimizning iymon-e‘tiqodini mustahkamlash, irodasini ba-quvvat qilish, ularni o‗z mustaqil
fikriga ega bo‗lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‗zligini unut-
maslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror
43
Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‗z kuch-qudratimizga hamjihatligimiz va qat‘iy irodamizga bog‗liq 12-
jild. - T.:"O‗zbekiston", 2004. 250-bet.
toptirish. Ularning, men o‗zbek farzandiman deb, g‗urur va iftixor bilan yashashiga eri-shishdir.
Bugun kuchli davlatlarning targ‗ibot va tashviqotlari natijasida uchinchi dunyo mamlakatlari
o‗zlarining yuqori mala-kali mutaxassislaridan ajralmoqdalar. Oddiygina raqamlarga murojaat
qilganimizda buning tasdig‗ini ko‗ramiz. G‗arb ommaviy axborot vositalarining doimiy tarzda
olib boradigan targ‗ibot va tashviqotlari natijasida kambag‗al Afrika mamlakatlari uchun yuqori
malakali mutaxassislarga bo‗lgan ehtiyoj yuqori bo‗lib turgan bir paytda, oliy va yuqori malakali
xodimlarning har uchtasidan bittasi rivojlangan davlatlarga ketib qolmoqda. Har yili Afrikadan
o‗rtacha 23 000 ilmiy xodim va o‗qituvchi chiqib ketmoqda. Keyingi besh yil mobaynida qit‘a
davlatlari 60 ming-dan ortiq o‗rta va yuqori bo‗g‗indagi boshqaruv xodimlaridan mah-rum
bo‗ldi. Ma‘lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga
qarshi immunitet hosil qilina-di. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona - Vatanga, boy tarixi-
mizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‗lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta‘bir
joiz bo‗lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur» .
Fuqarrlar siyosiy ongi hamda milliy qadriyatlarga nisbatan xurujlar va ularni asrash
zarurligi bugungi muhim masalalar-dan biridir. Albatta, bu masala barcha zamonlarda buyuk
mutafak-kir, ma‘rifatparvar bobolarimizni o‗ylantirib kelgan, xalqi-miz e‘tiboridan hech qachon
chetda qolmagan. Lekin bugun biz mut-laqo boshqa davrda yashamokdamiz, endi hayot talablari
o‗zgacha. Bi-nobarin, o‗zini asrashni o‗ylagan har bir xalq ko‗proq kelajagi haqida qayg‗urmog‗i
kerak. Xalqimizning jahon taraqqiyotiga qo‗shgan hissasi o‗tmishda qanchalik ulkan bo‗lmasin,
shuning o‗zi bilangina hozirgi davrda taraqqiy etgan davlatlar orasida munosib o‗rin egallash
qiyin. Fakdt milliy istiqlol g‗oyasigina millatning kuch-qudratini, salohiyatini ro‗yobga
chiqarishi, xalqimizni bunyodkor-likka safarbar etishi, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha
fuqarolarni jipslashtirishi, dunyoga hukmronlik qilishga intilayotgan, g‗arazli maqsadlarni
ko‗zlayotgan kuchlar, buzg‗unchi g‗oyalar-ga qarshi ishonchli to‗siq bo‗lishi mumkin. Shu bois
ham jamiyati-miz a‘zolari siyosiy ongini oshirish masalasiga sifat jihatidan butunlay yangicha
asoslarda yondashish davrimizning eng asosiy mud-daosini tashkil etadi. Chunki yuqorida
ta‘kidlanganidek, o‗z mil-liy manfaatlarini ta‘minlay olgan jamiyatninggina umri boqiy bo‗ladi.
Bu har birimizning burchimiz va uni ta‘minlashda quyi-dagilarga e‘tibor berish maqsadga
muvofiq: 1) milliy ma‘naviy qadriyatlarni avaylab-asrash; 2) yoshlarni milliy ruhda tarbiya-lash;
3) milliy manfaatlarni himoya qilish; 4) targ‗ibot ishlari-ni yanada kuchaytirish.
Zero, bugungi davr voqeligi har bir masalada yangicha tamo-yillar asosida yondashishni
taqozo etmoqda. Muayyan tushunchalar, g‗oyalar yoki tamoyillarni anglab olish ishning bir
qismi, xolos. Shu ma‘noda, milliy ma‘naviy tahdidlarga qarshi kurashda ama-liy ishlarga e‘tibor
berish asosiy masaladir.
Axborot texnologiyalari orqali xurujlar avj olayotgan bu-gungi kunda ulardan saqlanish
zarurati mafkuraviy tahdidlar-ni bartaraf etish borasidagi muhim masalalardan biridir. Bu-gun
dunyo axborot asriga kirib ulgurdi. Eng taraqqiy etgan dav-latlarning mavqei, salohiyati ko‗plab
omillar bilan birga OAV-ning nechog‗lik rivojlangani bilan ham belgilanmoqda. Taraqqi-
yotning bosh belgisi esa jamiyatning axborotlashganligida o‗z ifo-dasini topmoqda. Yaqin-
yaqinlargacha axborotlashuv jarayonlari faqat ommaviy axborot vositalarining faoliyati bilan
bog‗liq bo‗lgan edi, xolos. Hozir esa manzara tamoman o‗zgacha. Endilikda axborot
texnologiyalari shu qadar rang-barang tus oldiki, kecha-gi o‗lchamlar, mezonlar, tushunchalar,
imkoniyat va vositalarni tubdan yangilash zarurati ko‗ndalang bo‗lmokda. Kompyuter texni-kasi,
Internet tizimi, telekommunikatsiya imkoniyatlari tasav-vurimizdagi "ommaviy axborot vositasi"
degan tusho‗nchani tamo-man o‗zgartirib yubormoqda. Shuni ham aytish kerakki, «zamonaviy
integratsiya» tushunchasi dunyo axborot makonidan mustahkam o‗rin egallashni taqozo
etmoqda.
3. “Ommaviy madaniyat”ning oqibatlariga nisbatan immunitetni shakllantirishning
zaruriyati. Globallashuv ―ommaviy madaniyat‖ni yoymoqda. U o‗zbeklarning tafakkuriga,
musiqasiga, didiga, kiyinishiga, menyu, imorat qurish, o‗zaro muomala, oilasiga, oilaviy
munosabatlariga, hatto orzulariga ham chang solmoqda.
―Ommaviy madaniyat‖ globallashuv davrining maxsuli bo‗lgan OAVning yangi
ko‗rinishlari ta‘sirida dunyo mamlakatlarining barchasiga ―zamonaviy madaniyat‖ sifatida kirib
bordi. U XX asr o‗rtalarida ommaviy muloqot va axborot vositalarining jamiyat hayotiga chuqur
kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar uchun yetarli bo‗lishi natijasida shakllangan va
mohiyatan barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bo‗lgan madaniyat namunalari (ommaviy
estrada musiqasi, sirk va h.k.) qadriyatlaridir. ―Ommaviy madaniyat‖ning keskin rivoji XX
asrning o‗rtalariga to‗g‗ri keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va hujumkorlik bilan
tarqala boshladi. Ommaviy axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televideniye, ko‗p nusxali
gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi – globallashuv
jarayoni bunga sabab bo‗ldi.
Chunki globallashuv davrida har qanday jarayon dunyoning u chetidan bu chetiga tez
sur‘atlar bilan ko‗chib o‗tishini inkor eta olmaymiz. Eng umumiy ma‘noda, globallashuv
muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzini qamrab olganini
hamda ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanini anglatadi. Globallashuv jarayonining
hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sababi esa, Prezidentimiz qayd
etganlaridek, bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq
qo‗shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog‗lanib
borayotganidadir. Biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib
kelmaydi. Bu borada hind xalqining davlat arbobi Maxatma Gandiga ―Globallashuv jarayoniga
qanday qaraysiz?‖ degan savolni berishganda, u shunday ma‘noda javob bergan ekan: ―Men
tashqaridagi bo‗rondan qo‗rqib, derazamni yopib qo‗ya olmayman, chunki menga toza havo ham
kerak. Shu bilan birga, toza havo kerak ekan, deb derazamni katta ochib ham qo‗ya olmayman,
chunki uyimni chang-to‗zon bosib ketishini ham xohlamayman‖. Demak, biz o‗sha kirib
kelayotgan vositalarga filtr o‗rnatishimiz kerak, xolos.
Globallashuv jarayonining yana bir o‗ziga xos jihati uning mafkuraviy ta‘sir o‗tkazish
ko‗lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham
ko‗rinadi. ―Mana shunday vaziyatda, – deb yozadi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, –
odam o‗z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‗tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‗lom
negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‗lmasa, har turli ma‘naviy
tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‗rinishdagi ta‘siriga bardosh berishi
amrimahol‖.
Shunday ekan, biz ham ommaviy madaniyat bilan ―ommaviy madaniyat‖ning farqiga
borishimiz hamda ―ommaviy madaniyat‖ning ayanchli oqibatlarining oldini olish uchun
kurashishimiz lozim. Buning ayanchli oqibatlari esa ma‘lum: axloqiy buzuqlik va zo‗ravonlik,
individualizm, egotsentrizm g‗oyalarining keng tarqalishi.
―Ommaviy madaniyat‖ning maqsadi nima? Xizmat yuzasidan mamlakatimizning turli
hududlaridagi har xil soha vakillari, jumladan, ziyolilari bilan suhbatda bo‗lamiz. Ana shunday
suhbatlarda ―Ommaviy madaniyat‖ nima? degan savolga hatto aksariyat ziyolilar ham ijobiy
hodisa sifatida tasnif berishadi. Albatta, tushunish mumkin og‗zaki nutqda qo‗shtirnoqqa olib
gapirib bo‗lmaydi. Balki shuning uchun ular adashtirishayotgandir, deb o‗zimizga taskin berdik
dastlabki so‗rovlar vaqtida. Lekin keyinchalik bu savolni yozma shaklda, ya‘ni aynan
qo‗shtirnoqqa olingan holda berganimizda ham natija o‗zgarmadi. Demak, bu tushunchaning
salbiy ekanligini xalq orasida targ‗ib qilish va bu bo‗yicha tushuntirish ishlari olib borish bugun
shu soha vakillarining asosiy vazifalaridan biri ekan.
―Ommaviy madaniyat‖ o‗z ma‘nosida emas, balki ko‗chma ma‘noda ishlatilmoqda.
Chunki u qo‗shtirnoqqa olingan. Bu tushuncha haqida ko‗plab olimlarimiz ta‘rif berishdi. Biz
ham o‗z tadqiqotlarimiz tahlilidan kelib chiqib, quyidagicha ta‘rif tuzdik:
Ma‘lum bo‗lishicha, ―ommaviy madaniyat‖ asosan zamonamiz vakillarining yangi-yangi
―moda‖lari asosida boyib boradi. Go‗yoki kim o‗sha ―moda‖ga amal qilsa, u madaniyatli deb
topiladi. Hamma ommaviy ravishda ana shu moda asosida yashashi kerak bo‗ladi. Aks holda u
zamondan orqada qolgan – madaniyatsiz deb hisoblanadi. Chunki u bugunning modasini
bilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ―ommaviy madaniyat‖ bu – ommaviy
―moda‖ niyat, ya‘ni yangicha modani niyat qilish, unga erishish va uni ommaviylashtirish
demakdir. Moda esa kimningdir foydasini ko‗zlagan holda ommaviylashtiriladi. Uning natijasida
esa inson salomatligiga zarar yetadi.
E‘tibor bering-a, ―ommaviy madaniyat‖ ham ma‘naviy saviyamizni tushirishga harakat
qilib, o‗zligimizdan ayirishga intilayotir, ham sezdirmagan holda sog‗ligimizga hujum qilayotir.
Chunki u jismonan nosog‗lom odam kimningdir ―muruvvati‖ga muhtoj bo‗lishini biladi-da.
Bundan tashqari, ko‗rib turganingizdek, ―ommaviy madaniyat‖ axloqsizlikni targ‗ib
qilmoqda va uni odamlarga madaniyat deb o‗rgatmoqda. Bu zamonaviy ma‘naviy tahdid nafaqat
axloqiy buzuqlikni, balki zo‗ravonlik, individualizm va egotsentrizmni ham keng
ommalashishiga xizmat qilmoqda. Chunki ―ommaviy madaniyat‖ ma‘naviy tuban odam
kimgadir so‗zsiz bo‗ysunishiga ishonadi-da.
Xullas, ―ommaviy madaniyat‖ning maqsadlaridan biri – odamlarni bir-biriga qarama-
qarshi qo‗yib, bir-birini va shu bilan birga, o‗zini o‗zi o‗ldirishigacha olib borish. Natijada esa
uning tarqatuvchilari dunyo va undagi boyliklarga yagona hukmron bo‗lib qolishni xohlaydilar.
Hozirgi zamon madaniyatshunosligida, odatda, ommaviy madaniyatning uchta asosiy
darajasini ko‗rsatadilar:
Kitch-madaniyat (past darajadagi, vulgar, behayolar madaniyati)
Mid-madaniyat (―o‗rtamiyona‖ madaniyat);
Art-madaniyat (ma‘lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega madaniyat).
―Kitch‖ so‗zi nemislarning ―kitschen‖ olmoshidan hosil bo‗lgan va saviyasi past, arzon va
jo‗n asar yaratib, sotishni bildiradi. Bunday asarlar haqiqiy san‘at durdonalari soyasida paydo
bo‗ladigan bo‗sh, esdan tez chiqib, unutiladigan madaniyat mahsulotlaridir.
Muammolarni cheklangan, hayotdan uzoq qilib tasvirlash, obrazlarni, g‗oya va syujetlarni
qolipga solish, mayda turmush tashvishlariga o‗ralashib qolgan qatlamga mo‗ljallangan
madaniyat asarlarini yaratish.
Mid-madaniyatning qamrovi keng, darajasi ancha baland. U an‘anaviy madaniyatning
ayrim xususiyatlarini aks ettirsa ham, ommaviy madaniyatga bevosita taalluqlidir.
Art madaniyati odatda, aholining bilimli qismiga mo‗ljallangan ommaviy madaniyatdir.
Uning vazifasi ommaviy madaniyatni maksimal darajada an‘anaviy madaniyat standartlariga
yaqinlashtirishdan iborat.
Bundan tashqari ba‘zi bir mutaxassislar ommaviy madaniyatning yana ikki alohida turini –
Do'stlaringiz bilan baham: |