„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana16.01.2020
Hajmi1,85 Mb.
#34834
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Миллий ғоя МАЪРУЗА 2019-20120


Adabiyotlar. 
1.  Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga 
k‘otaramiz. 1-jild,  - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. -592 b. 
2.  Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild,  - 
Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018. 
3.  Karimov I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 
taraqqiyot kafolatlari. T. 6-T; «O`zbekiston», 1997 yil,  
4.  Karimov  I.  A.  Jamiyat  mafkurasi  xalqni-xalq,  millatni-millat  qilishga  xizmat  etsin.  T.7.  -T; 
«O`zbekiston», 1999 yil, 84-102 bet 
5.  Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.8.-T; 
«O`zbekiston», 2000 yil 
6.  Karimov I. A. 
Yuksak ma‘naviyat- yengilmas kuch. –T.:―О‗zbekiston‖, 2008. 
7.  Ergashev  I.A.  va  boshqalar.Milliy  istiqlol  g‗oyasi.О‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  ta‘lim 
bakalavriat bosqichi uchun darslik. ―Akademiya‖ nashriyoti.-T.:2005 yil. 
8.  Milliy  g‗oya  va  rahbar  mas‘uliyati.Q.Nazarov,  I.Ergashev  va  boshqalar  –  T.:  Akademiya, 
2007 yil. 
9.  G‗oyalar falsafasi. Mas‘ul muharrir Q.Nazarov. T., ―Akademiya‖, 2011. 
10. Ma‘naviyat:  asosiy  tushunchalar  izohli  lug‗ati.  Q.Nazarov  mas‘ul  muharrir.  T.,  ―G‗afur 
G‗ulom‖ NMIU, 2013. 
 
 
8- Мa‟ruza. Jamiyat barqarorligini ta‟minlashning ijtimoiy-g„oyaviy asoslari. jamiyat 
barqarorligini ta‟minlashda iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy - ma‟naviy omillarning 
mushtarakligi. 
Reja: 
1.  O‗zbekistonning o‗ziga xos milliy siyosat modeli va yagona Vatan g‗oyasi 
2.  O‗zbekistonda millatlararo totuvlikni taminlanishining huquqiy asoslari 
3.  Milliy-madaniy markazlarning  ijtimoiy adolat ustuvorligini ta‘minlashdagi roli. 
4.  Dinlararo bag‗rikenglik (tolerantlik) – ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash sharti. 
5.  Dunyoda  tinchlik  o‗rnatishda  barqaror  demokratik  taraqqiyot,  erkinlik,  ijtimoiy-siyosiy 
hamkorlik g‗oyalarining ustuvor ahamiyati. 
Tayanch so„zlar 
Milliy  g„oyaning  etnosiyosat  va  etnomadaniyat  rivojiga  ta‟siri.  O„zbekistonda  milliy 
siyosatning amalga oshirilishi va unda etnik birliklar manfaatlari himoya qilinishining huquqiy 
va ijtimoiy asoslari.  O„zbekistonda milliy madaniy markazlarning  tashkil qilinishi  millatlararo 
barqarorlikni  ta‟minlash  vositasi.  Madaniy  muloqot  ko„p  millatli  aholi  orasidagi  barqarorlik 
omili. Til madaniy muloqot va barqarorlikning muhim vositasi.O„zbekistonda rasmiy tan olingan 
diniy konfessiyalar faoliyatining millatlararo totuvlikni ta‟minlashdagi roli.  
 

1. O„zbekistonning o„ziga xos milliy siyosat  modeli va yagona Vatan g„oyasi.  Tarixiy 
tajriba  ko‗p  millatli  davlatning  barqarorligi  millat-lararo  munosabatlarga  daxldor  huquq  va 
erkinliklarni to‗g‗ri belgilab qo‗yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik rioya qilishga 
ham bog‗liqligini ko‗rsatadi. 
Inson ongi hayotining 6 ming yili davomida 14513 ta turli darajadagi urushlar sodir bo‗lib, 
bunda  3  milliard  640  mln.  kishi  qurbon  bo‗lgan.  Ikkinchi  jahon  urushi  davrida  Osvensem 
lagerida  4  mln.  begunoh  odam  tiriklayin  yoqib  yuborilgan,  kuli  ekinzorga  sepilgan.  5  ming  yil 
ichida insoniyat bor-yo‗g‗i 292 yil urushsiz tinchlikda yashagan. 
Bemalol  aytish  mumkinki,  jahonning  turli  nuqtalarida  alangalanib  turgan  bunday  nizolar 
aksariyat  hollarda  millatlararo  munosabatlarda  millatlararo  totuvlik,  bag‗rikenglikning  yo‗qligi 
ham  sabab  bo‗lmoqda.  Shu  nuqtai  nazardan,  Respublikamiz  milliy  siyosatining  asosiy 
tamoyillari hayotda ham o‗z ifodasini topmoqda. 
Istiqlol yurtimizdagi turli millat va elat vakillariga o‗zining tarixiy vatanlari bilan aloqalar 
o‗rnatishga  imkon  berilmoqda.  O‗rnatilgan  aloqalar  ona  tilini  o‗qitish  va  o‗rganishni  yo‗lga 
qo‗yish,  turli  qo‗llanmalar  va  adabiyotlarni  o‗z  vaqtida  olish,  yoshlarga  ta‘lim  olish  uchun 
rivojlangan mamlakatlar, ba‘zan esa ularning tarixiy vataniga  yuborish imkoniyatlarini  yaratdi. 
Shuningdek, keng qamrovli madaniy-ma‘rifiy dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit  yuzaga 
keldi. 
Respublikada istiqomat qilib turgan 136 millat va elatning har biri o‗ziga xos madaniyatga 
va ko‗p asrlik  an‘analarga  ega. O‗zbekiston Respublikasi o‗tkazayotgan  milliy siyosatning eng 
muhim  ustuvor  yo‗nalishi  barcha  millatlarning  ravnaqi  uchun  tinch  sharoit  va  imkoniyat 
yaratish,  millatlararo  munosabatlarni  uyg‗unlashtirishdan  iborat.  Bu  sohada  keyingi  yillardagi 
eng  katta  yutug‗imiz  umumiy  uyimizdagi  tinchlik  va  barqarorlik,  millatlararo  va  fuqarolararo 
totuvlikdir. Odamlarimiz ongida ana shu qadriyat va uning o‗zgarmas ahamiyati tushunchasi kun 
sayin oshib bormoqda». 
Dunyoning  qariyib  barcha  mamlakatlari  ko‗p  millatli.  Respublikamiz  ham  ana  shunday 
boy, turfa madaniyatlar gullab-yashnayotgan mamlakatlardan biri ekani har bir o‗zbekistonlikka 
iftixor  baxsh  etadi.  O‗zbekistonni  o‗z  Vatani  deb  bilib,  uning  taraqqiyoti  yo‗lida  fidokorona 
mehnat  qilayotgan  turli  millatga  mansub  yurtdoshlarimizdan  har  biri  buni  dildan  teran  his 
qilmoqdalar.  Olib  borilayotgan  oqilona  milliy  siyosat  tufayli  respub-likamizda  qaror  topgan 
tinchlik, ijtimoiy totuvlik, o‗zaro hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. 
O‗zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar manfaat-larini uyg‗unlashtirish, ular 
orasida  totuvlikni  ta‘minlash  taraqqiyotning    hal  qiluvchi  omillaridan  biri  hisoblanadi.  Zero, 
millatning  istiqboli  boshqa  xalqlar  va  mamlakatlarning  taraqqiyoti  butun  jahondagi  vaziyat  va 
imkoniyatlar bilan ham bog‗liqdir. 
Xalqimizning  «Qo‗shning  tinch  -  sen  tinch»,  «Yon  qo‗shni  -  jon  qo‗shni»
49
  degan 
maqolida  ana  shu  haqiqat  nazarda  tutilgan.  Butun  dunyoda,  birinchi  navbatda,  qo‗shni 
mamlakatlarda  yonma-yon  yashayotgan  etnoslar  orasida  tinchlik,  osoyishtalik,  barqarorlik, 
hamkorlik  hamjihatlik,  tenghuquqli  munosabat  bo‗lmasa,  ulardan  hech  biri  o‗zining  porloq 
istiqbolini ta‘minlay olmaydi. 
Birinchi  Prezidentimiz  Islom Karimov O‗zbekistonning bu boradagi  o‗ziga xos  siyosatini 
bayon etib, quyidagicha ta‘kidlagan: «Respublika aholisi o‗rtasida ko‗pchilikni tashkil qiladigan 
o‗zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o‗z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina 
iborat  emas,  balki  birgalikda  hayot  kechiruvchi  kam  sonli  halqlarning  taqdiri  uchun,  ularning 
o‗ziga  xos  madaniy-ma‘naviy  xususiyatlarini  saqlab  qolish  uchun,  kamol  topishi  va  o‗zligini 
namoyon  etishi  uchun  ularga  teng  sharoit  va  imkoniyatlar  yaratib  berish  borasida  mas‘ul 
bo‗lishdan  ham  iboratdir».  Bunday  muhit  millatlararo  munosabatlarda  turli  muammolar 
tug‗ilishiga  aslo  yo‗l  qo‗y-maydi  va  Vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi,  halq  farovonligi  kabi 
umummilliy  g‗oyalarni  hamkor  va  hamjihat  bo‗lib  amalga  oshirishda  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi. 
                                                 
49
 Karimov I.A. O‗zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‗lmaydi. -T.: O‗zbekiston, 2005. 136-bet. 

Necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, olija-noblik va insonparvarlik, 
millatlararo  totuvlikka  intilish  xalqimizning  eng  yuksak  fazilatlaridan  hisoblanadi.  Bu  boradagi 
an‘analar avloddan-avlodga avaylab o‗tkazib  kelinmoqda. 
Mustaqillik  yillarida  millatlararo  totuvlik  g‗oyasi  ilgari  suril-gani  va  amalda  unga 
erishilgan O‗zbekiston rivojida qo‗lga kiritilgan eng katta yutuqlardan biridir. 
Mamlakatimiz  rahbariyati  milliy  masalani  oqilona,  xalqaro  tamo-yillarga  mos  yo‗l  bilan 
yechish,  millatlararo  munosabatlarni  uyg‗unlash-tirish  chora-tadbirlari  ko‗rib  kelinmoqda.  Bu 
borada  konstitutsiyaviy  talablar  asosida  ish  tutilmoqda.  Yurtimizning  ko‗pmillatli xalqi  ongida 
«O„zbekiston  -  yagona  Vatan»  degan  g‗oya  asosida  haqiqiy  vatandoshlik  tuyg‗u-sini 
shakllantirish bu boradagi ishlarning muhim yo‗nalishiga aylandi. 
Diniy  bag‗rikenglik  va  millatlararo  totuvlik  masalasi  boshqa  davrlarda  bo‗lgani  kabi, 
O‗zbekistonda  ijtimoiy-siyosiy  va  huquqiy  islohotlarning  yangi  bosqichida  ham  Prezident 
Shavkat  Mirziyoyev  tomonidan  ustuvor  yo‗nalish  sifatida  e‘tirof  etib  kelinmoqda.  Xususan, 
Prezidentning  2018  yil  28  dekabrdagi  oliy  Majlis  palatalariga  Murojaatnomasida  ham  bu 
masalaga alohida e‘tibor qaratildi. Jumladan, Prezident quyidagi fikrlarni bildirdi: «O‗zbekiston 
millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‗rikenglik  sohasida  o‗z  an‘analariga  doimo  sodiq  bo‗lib,  bu 
yo‗ldan  hech  qachon  og‗ishmasdan  ilgari  boradi.  Mamlakatimizda  turli  millat  va  diniy 
konfessiyalar  vakillari  o‗rtasida  o‗zaro  hurmat,  do‗stlik  va  ahillik  muhitini  mustahkamlashga 
birinchi darajali e‘tibor qaratiladi. Bu – bizning eng katta boyligimiz va uni ko‗z qorachig‗idek 
asrab-avaylash  barchamizning  burchimizdir.  Xabaringiz  bor,  yaqinda  Birlashgan  Millatlar 
Tashkiloti  Bosh  Assambleyasining  yalpi  majlisi  tomonidan  muhim  bir  hujjat  –  «Ma‘rifat  va 
diniy  bag‗rikenglik»  rezolyutsiyasi  qabul  qilindi.  Ushbu  rezolyutsiyani  qabul  qilish  tashabbusi 
2017  yil  19  sentabrda  Bosh  Assambleyaning  72-  sessiyasida  O‗zbekiston  tomonidan  ilgari 
surilgan edi. Bizning taklifimizni Bir- lashgan Millatlar Tashkilotiga a‘zo bo‗lgan 193 ta davlat 
keng  qo‗llab-quvvatlagani  jahon  hamjamiyati  tomonidan  O‗zbekistonning  sa‘y-harakatlariga 
berilgan  yuksak  baho  va  e‘tirof  sifatida  barchamizga  katta  mamnuniyat  va  g‗urur-iftixor 
bag‗ishlaydi. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, bugungi anjumanimizda ishtirok etayotgan xorijiy 
davlatlarning  muhtaram  elchilariga,  xalqaro  tashkilotlar  vakillariga  samimiy  minnatdorlik 
bildirishga ruxsat etgaysiz»
50

 
          2.O„zbekistonda millatlararo totuvlikni taminlanishining huquqiy asoslari. 
Hozirgi kunda, O‗zbekistonda 138 ta milliy madaniy markazlar, 16 ta diniy kon- fessiyalar 
vakillari, 35 ta do‗stlik jamiyatlari faoliyat yuritib kelmoqda. 
O‗zbekiston  millatlararo  munosabatlar  va  diniy  bag‗rikenglik  masalalari  bo‗yicha  milliy 
siyosatni  bevosita  hayotga  tatbiq  etayotgan  tashkilotlatlardan  biri  -  O‗zbekis-  ton  Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik 
aloqalari  qo‗mitasi  hisoblanadi.  Qo‗mita  2017  yil  19  mayda  O‗zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  PF-5046-sonli  farmoniga  binoan  tashkil  etilgan.  O‗zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  2017  yil  23  maydagi  №  PQ-2993-sonli  qaroriga  muvofiq  Qo‗mita  tomonidan 
«O‗zbekiston»  jurnali  nashr  etila  boshladi.
51
  Ushbu  jurnal  boshqa  nashrlar  qatori 
mamlakatimizda  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‗rikenglik  g‗oyalarini  targ‗ib  qilishda  o‗z 
o‗rniga ega bo‗lishi nazarda tutilgan. 
Taniqli faylasuf olim Ibrohim Mo‗minov ta‘kidlaganlaridek, milliy munosabatlar ijtimoiy-
siyosiy  hodisa  bo‗lib,  sof  holda  mavjud  bo‗lmaydi,  ya‘ni  u  iqtisodiy,  siyosiy  va  ma‘naviy 
munosabat tomonlaridan biri sifatida namoyon bo‗ladi. 
Statistik  ma‘lumotlarga  ko‗ra,  dunyoda  30  millionga  yaqin  o‗zbeklar  yashaydi.  1991-yil 
mamlakatimiz aholisi 20 million 500 ming kishi  edi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz aholsi 
33 millionga yetdi. 
Umuman, milliy siyosatda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilmoq lozim: 
                                                 
50
 O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning oliy Majlisga Murojaatnomasi. «Xalq so‗zi» gazetasi, 2018 yil 29 
dekabr, № 271–272 (7229–7230). 
51
 «O‗zbekiston» журнали 2018 йил 1–2-сон. 

1)  Davlatning  etnik  siyosati  shaxs  huquqlarini  himoya  qilishning  ustuvor  bo‗lishiga 
asoslanishi darkor, shuningdek, milliy ozchilikning  huquqlari  ham kamsitilmasligi shart. 
2)  Davlatning  etnik  siyosatidagi  bosh  yo‗l  millatlararo  ziddiyatlarni  amaliy  tarzda  hal 
qiladigan usullarga asoslanishi lozim. 
3)  Odamlarni  ijtimoiy  himoyalashning  kuchli  mexanizmini  ta‘min-lab,  respublikada 
yashayotgan barcha millatlarga mansub aholining manfaat-larini  hisobga olish zarur. 
Abdulloh  Ansoriy:  «Jamiyatning  4  asosi  bor:  tinchlik,  barqarorlik,  ezgulik,  xotirjamlik» 
degan edilar. Demak, «Aholining barcha qatlamlarida mafkuraviy, madaniy-ma‘rifiy, tarbiyaviy 
ishlarni  izchil  ravishda  olib  borish  -  bu  zamon  talabidir.  Mafkura  har  qanday  jamiyat  hayotida 
zarur, chunki mafkura bo‗lmasa odam, jamiyat, davlat yo‗lini yo‗qotishi muqarrar»
52

O‗zbekistonga etnik guruhlarning mamlakat bo‗ylab tarqoq yashashini ifodalaydigan ko‗p 
millatlilik  bilan  bir  qatorda,  muayyan  millatlar  vakillarining  aloxida  xududlarida  zich  yashash 
holatini  nazarda  tutadigan  mul‘timillatlilik  ham  hosdir.  Demak,  oqilona  tashkil  etilgan  milliy 
siyosat mamlakatimiz uchun ham muhim xayotiy ahamiyatga ega. 
Ma‘lumki,  millatlararo  munosabatlar  millatlar,  elatlar,  etnik  gruxlarning  o‗zaro  va  turli 
etnoslar  vakillarining  shaxslarining  aloqasi,  munosabatidek  ikki  shaklda  mavjud  bo‗ladi. 
Stukturaviy  nuqtai  nazardan  esa,  u  ijtimoiy  xayoti  soxalariga  mos  ravishda  iqtisodiy,  ijtimoiy, 
siyosiy va ma‘naviy munosabatlar ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. 
Mazkur  holat  birinchidan,  jamiyat  milliy  tuzulishining  tarkibiy  qismi  hisoblangan  
etnoslarning  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  madaniy  ehtiyoj  va  manfatlarini  ro‗yobga  chiqarish  va 
oldindan  ko‗rish,  ikkinchidan,  millatlararo  munosabatlarda  kechayotgan  jarayonlarni  to‗g‗ri 
baholash  hamda  mavjut  muammolarni  hal  qilishga  qaratilgan,  kompleks  xarakturga  ega  chora-
tadbirlarni  ishlab  chiqishidek  bir-biri  bilan  uzviy  bog‗liq  ikki  vazifani  hal  etishni  taqoza  etadi. 
Ularning  muvafaqiyatli  hal  qilinishi  milliy  xayotda  kechayotgan  o‗zgarishlarining  xarakteri  va 
yo‗nalishini, nazoratini tashkil etish va yechish imkoniyatlarini beradi. 
Qayd  etilgan  vazifalarning  qanday  maqsadlarni  ko‗zlab  xal  etilishi  esa  mohiyat-e‘tibori 
bilan stixiyalilikka  deyarli o‗rin qoldirmaydigan, ijobiy yoki salbiy mazmunga ega millatlararo 
munosabatlar  tilini  shakllantirish  asos  bo‗ladi.  Xususan,  milliy  tungsizlik,  o‗zga  millatlarga 
nisbatan  bepisantlik  bilan  qarash,  muayyan  xollarda  esa  antagonizning  ustuvorligi  millatlararo 
munosabatlarning salbiy mazmunga egaligidan dalolat beradi. 
Millatlararo  munosabatlardagi  barqarorlik  o‗z-o‗zidan  yuzaga  kelmaydi.Mamlakatimizga 
nisbatan tatbiqan olinganda esa, millatlararo munosabatlarning teng xuquqiylik, o‗zaro xurmat, 
do‗stlik va hamkorlikka asoslangan o‗ziga xos sifatiy xolati millatlararo totuvlik qaror topganini 
alohida qabul etishi lozim. Boshqacha aytganda, oqilona tashkil etilgan milliy siyosat natijasida 
muayyan kuchlar alanga olishidan manfaatdor bo‗lgan, mustabid tuzum davrida, oqilona tashkil 
etilgan milliy siyosat natijasida muayyan kuchlar kuchlar alanga olishidan manfaatdor bo‗lgan, 
mustabir  tuzum  davrida  darz  keta  boshlagan  etnik  munosabatlar  istiqlol  tufayli  mutlaqo  yangi 
asosda rivoj topdi. 
O‗zbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  bu  haqda  to‗xtalib, 
―alohida g‗urur va iftixor bilan ta‘kidlab aytmoqchimanki, O‗zbekistoning boyliklari ko‗p, lekin 
biznig eng katta boyligimi, eng yuksak qadriyatimiz, bu-jamiyatimizda xukm surayotgan tinchlik 
millatlararo do‗stlik va hamjihatlikdir
53
‖ deb takidlagan  edi. 
Buni xorijlik mutaxsislar ham e‘tirof etishmoqda. Yaponiyalik olim SHen Vashanabekning 
fikricha,  milatlararo  munosabatlar  bilan  bog‗liq  muammolarni  yechshida  uch  xil  yo‗l  mavjud. 
Birinchi  AQSH,  Fransiya,  Germaniya  kabi  davlatlarga  xos  bo‗lib,  u  iqtisodiy  farovonlikni 
ta‘minlash, turli etnik guruhlarning moddiy ehtiyojlarini har tomonlama qondirishga asoslanadi. 
Iroq,  Afg‗oniston,  sobiq  Yugoslaviya  kabi  mamlakatlarda  namoyon  bo‗lgan  ikkinchi  yo‗l 
zo‗rlikka  tayanishi  va  har  qanday  milliylikni  bostirishga  intilishi  bilan  ajralib  turadi.  Uchinchi 
yo‗lning  eng  yorkin  timsoli  O‗zbekiston  bo‗lib  unda  millatlararo  hamjihatlikni  ta‘minlashda 
                                                 
52
 Karimov I.A. Biz kelajagimizni O‗z qo‗limiz bilan quramiz. -T.7. T.: «O‗zbekiston», 1999, 360–bet. 
53
  Karimov  I.A.Respublika  baynalmilal  madaniyat  markazi  tashkil  etilganining10yilligiga  bag‗ishlangan  tantanali 
majlis qatnashchilariga tabrik xafsizlik va tinchlik uchun kurashamiz.10 jild –T: ―O‗zbekiston‖, 2002, 181-bet        

milliylik  va  umuminsoniylikning  eng  yaxshi  jixatlarini  o‗zida  mujassam  ztgan  ma‘naviyat, 
ta‘lim, mehr muruvvat kabi qadriyatlar negizi asoslanib,  siyosat olib boriladi
54

Shu nuqtai nazardan qaraganda,  yuqorida qayd etilgani  nazariya va amaliyot  shakllaridan 
farq  qilgan  O‗zbekiston  milliy  siyosatining  moxiyati  Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimovning 
―Har qanday millat, u naqadar kichik bo‗lmasin   insoniyatning boyligidir va har qanday millat 
birlikning  uning  tili,  madaniy  va  boshqa  xususiyatlarining  yo‗q  bo‗lib  ketishi  yer  yuzidagi 
madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi,‖
55
- degan 
so‗zlarida o‗zining yorqin ifodasini topgan, deyish mumkin. 
Ayni paytda, Respublikamizda ko‗p millatlilikka  yaratuvchilik qudratiga ega bo‗lgan omil 
sifatida qaratilganini alohida takidlash lozim. 
Ayrim  salbiy  sovet  Respublikasidan  farqli  ravishda,  istibdod  davri  yo‗qotishlari  uchun 
―aybdor‖  larning  qidirilgani  ham  alohida  ahamiyatga  ega  bo‗ladi.  ―Istiqlologa  erishgan  xalq 
o‗zgalarga zug‗um qilmaydi, - deb yozadi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. Ma‘lumki, tayziq 
va taxqirdan qutulgan, o‗z qadrini bilgan xalqimiz. O‗z kuniga ishongan va o‗zlariga hamdard 
bo‗la olishgan qodir erkin halqimiz‖. 
O‗zbekistonda  millatlararo  totuvlikni  ta‘minlanishining  huquqiy  asoslari.  Jamiyat 
taraqqiyotining  istiqboli,  insonlarning  baxt-saodati  farovon    hayot  kechirishi  millatlar,  elatlar, 
barcha  ijtimoiy  guruhlar  o‗rtasidagi  hamkorlik,    hamjihatlik  munosabatlarning  takomillashuvi 
bilan  uzviy  bog‗liqdir.  Mavjud  ma‘lumotlarga  ko‗ra,  hozirgi  kunda  ikki  yuz  yigirma  to‗qqiz 
davlat , o‗n ikki mingdan ortiq ijtimoiy etnik birliklari mavjud. Sayyoramizdagi davlatlar asosan 
ikki turdan ko‗p elatli va bir elatli davlatlardan tarkib topgan. Masalan, Rossiya Federatsiyasida  
yuzdan  ortiq  millatlar  va  elatlar  yashaydi.  Xitoy,  Hindiston,    AQSH,  Kanada  ,    va  boshqa 
davlatlarda  ham  ko‗plab    ijtimoiy  etnik  birliklarning  vakillari  yashaydi.  O‗zbekiston 
Respublikasi  ham  ko‗p  elatlar  davlatlar  sirasiga  kiradi.  Unda  1989  yili  o‗tkazilgan  aholi 
ro‗yxatiga  muvofiq  126  millat  va  elatlar  yashaydi.  Hozir  esa  136  taga  yetdi.  Yer  yuzida  yuz 
milliondan  ortiq  kishidan  tashkil  topgan  millatlar  ham  shuningdek  uning  va  hatto  yuz  kishidan 
iborat bo‗lgan. Qabilalar va etnik guruhlar ham istiqomat qiladi. Mavjud millatlar va elatlarning 
1600 tasi Osiyo va Afrika mamlakatlarda qariyb 100 tasi rivojlangan mamlakatlarda 250 tasi XX 
asr oxirlarida mustaqillikni e‘lon qilgan. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda yashaydi. 
Ijtimoiy  taraqqiyotning  mahsuli  bo‗lgan  ijtimoiy  etnik  birliklar  bir-birlaridan  o‗zining 
turmush tarzi turli tarixi madaniyati, urf-odati, iqtisodiy rivojlanishi darajasiga ko‗ra farq qiladi 
xar bir millatning qiyofasi, uning katta va kichikligidan qatiy nazar, eng avvalo, o‗zining milliy  
ongi  va  psixalogiyasi  ifodalanadi.  Muayyan  jamiyatda  istiqomat  qiluvchi  xar  bir  millatning 
ma‘naviy qiyofasi o‗sha jamiyatning moddiy  ijtimoiy tarixiy sharoitlariga qarab o‗zgarib boradi. 
Millatning  ruhiy    ma‘naviy  qiyofasi  mavjud  ijtimoiy  ong  shakllarida  o‗z  ifodasini    topadi. 
Ijtimoiy  ong  progressiv  shakllari    har  bir  millat  kishilarining  ruhiy  ,  ma‘naviy  qiyofasi  asta-
sekininlik bilan o‗zgarib borishiga olib keladi.  
Mana  shu  o‗zgarish  jarayonlari  tarixiy 
bosqichda, progressiv  ham regressiv bo‗lishi mumkin. Bunday tarzda ijtimoiy ong shakllarining 
o‗zgarishlari o‗z navbatida ko‗p millatli davlatlarda negizida turadi. 
Xalqlarning  milliy    o‗zligini  anglash  jarayoniga  ham  ijobiy,  ham  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatishi 
muqarrardir  tarix  saboqlari  shundan  dalolat  beradiki,  agar  mavjud  ijtimoiy  etnik  guruhlar 
o‗rtasida hamjihatlik, an‘anaviy uyg‗unlik vujudga kelmagan bo‗lsa, ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot 
jadallashadi.  Millatlarning  va  ma‘daniyatlarning  bir-biriga  ta‘sir  ko‗rsatishi  bu  davlatlarda 
yashayotgan  xalqlarning  ma‘naviy  aqliy  boyishi  uchun  yaxshi  manbaa  bo‗lib  xizmat  qiladi. 
Aksincha ko‗p elatli Davlatlardagi millatlararo munosabatlarda totuvlik, hamjihatlik, uyg‗unlik,  
hamkorlik,  barqarorlik  mavjud  bo‗lmasa  ijtimoiy  taraqqiyotning    ravonlashiga  katta  putur 
etkazilishi    tayindir.  Shuning  uchun  ham  ko‗p  millatli  davlatlarda  istiqomat  qiluvchi    ijtimoiy 
etnik  birliklar  o‗rtasidagi  munosabatlarga  extiyotkorlik,  ziyraklik  bilan  yondoshish  muxim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Ijtimoiy    taraqqiyot  jarayonida  milliy  o‗zlikni  anglashining  o‗sishi  tufayli 
                                                 
54
 Убайдуллаев Р. Бекмуродов М. Приоритет личностного развития Правда Востока, 2004, 13 феврал 
55
  I.  A.  Karimov  .    O‗zbekiston  XXI  asr  bo‗sag‗asida:  xafsizlikka  tahdid,  barqororlik  shartlari  va  taraqqiyot  
kafolatlari. –T.: O‗zbekiston, 1997, 73-74 betlar 

o‗z davlatchiligiga ega bo‗lmagan etnik guruhlar tomonidan milliy ozodlik harakatlarini keltirib  
chiqarishi tabbiy xoldir. Milliy ozodlik harakatlarinng asosiy maqsadi- mustamlakachilik zulmini 
yo‗q qilish. Mustaqil milliy davlatlar tuzish, millatlarning o‗z taqdirini o‗zi hal qilishga erishishi, 
chet  el  davlatlarda  xukmronligini  tugatish,  milliy  qadryatlarini,  odamlarning  o‗ziga  xos 
xususuyatlari va an‘analarini saqlab qolishga qaratilgan obyekt extiyojidir. 
―Xar  qanday  millat  u  naqadar  kichik  bo‗lmasin    insoniylikning  bo‗lagidir  va  har  qanday 
milliy birlikning  uning til. Madaniy va boshka xususiyatlarining yo‗q bo‗lib ketishi yer yuzidagi 
madaniy  va  fanning,shaxs  imkoniyatlarining    qashshoqlashuviga  olib  keladi.  Shu  bois    xar  bir  
etnik birlikni saqlab qolish va unga mansub odamlarning eng muxim maqsadi  bo‗lishi kerak va 
bu  maqsad,  birinchi  navbatda,  ushbu  etnik  guruhlarni  o‗z  ichiga  oluvchi  xar  bir  aholida 
davlatning  vazifasidir‖
56
 deydi - Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. 
O‗zbekiston  Xalqining  etnik  tarkibida  tub  axoli  ustun  mavqeni  egallaydi.  Shu  bilan  bir 
vaqtda  respublikamiz  xududida  o‗z  madaniyati  va  ananasiga  ega  bo‗lgan  yuzdan  ziyod  millat 
vakillari  yashab turibdi . O‗rta Osiyoning tub xalqlari tabiatida boshqa millatlarning vakillariga 
nisbatan  keng  fellikning  mavjudligi  bilan  ajralib  turadi.  ―Xalqimiz,  -  deydi    Birinchi 
Prezidentimiz  I.A.Karimov,  -  va  davlatimizning  tarixiy  xotirasida  antisemitizm,  irqchilik  va 
o‗zga millatga, o‗zga xalqqa mensimasdan, xurmatsizlarcha munosabatning boshqacha shakllari 
namoyon  bo‗lgan  sharmandali  saxifalar  yo‗qligi  bilan  faxrlanadi‖
57
.  Millatidan  qati  nazar 
odamlarga xayrixoxlik bilan munosabatda bo‗lish, o‗zgalar kulfatiga hamdard bo‗lish va o‗zaro 
yordam  ko‗rsatish  O‗zbekiston  xalqiga  xos  fazilatlardandir.  Bu  xalqimiz  tinchligining  asosiy 
manbaidir. 
Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  takidlaganidek,  Markaziy  Osiyoning  bir  xalqini 
boshqasiga  qarama-qarshi  qo‗yish,  milliy  ustunlik  mavjudligi  to‗g‗risidagi  afsonalarni  tarqatish 
yo‗lidagi  xar  qanday  urinishlarning  oldini  olish  lozim.  Mintaqamizda  barqarorlik,  tinchlik  va 
osoyishtalikni  saqlab  turish  uchun  milliy  siyosat  yurgizishda  quyidagilarni  esdan  chiqarmaslik 
kerak: 
-    tarkib topgan davlat chegaralarini ularning daxlsizligini tan olish; 
- mustaqillik tufayli xalqlar milliy o‗zligini anglashning rivojlanishi orqaga qaytmaydigan 
jarayon ekanligini xisobga olish
-  mintaqada  yashayotgan  xalqlarning  o‗zaro  yaqinligi  millatlararo  munosabatlarda  ijobiy 
tasir ko‗rsatishini inobatga olish; 
-  mintaqada  integratsiya  jarayonlari  ham  barcha  xalqlar  ko‗p  millatli  axolining  davlat 
vamilliy manfaatlarning eng maqbul darajada uyg‗unlashtirishiga asoslangan xolda rivojlanishini 
taminlash. 
O‗zbekiston o‗zi  tanlagan bu  yo‗lning moxiyatini  mustaqillikning ilk kunlaridanoq ochiq 
bayon  qilib,  bu  borada  tegishli  huquqiy  zamin  yarata  boshlagan  edi.  Xususan,  O‗zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligi to‗g‗richidagi Oliy Kengash  Bayonotida  O‗zbekiston o‗z 
xududida  yashovchi  barcha  xalqlarga  teng  siyosiy  xuquqlarni  va  ijtimoiy-iqtisodiy  hamda 
madaniy  rivojlanishda  imkoniyatlarni  kafolatlashi,  irqchilik,  shovinizm,  millatchilikni, 
xalqlarning  huquqlarni    cheklash  yo‗lidagi  har  qanday    urinishlarga  qat‘iyan    qarshi  chiqishi 
e‘lon  qilingan  edi.  Bunday  qoida  1991  yilning  31  avgustida  qabul  qilingan  ―O‗zbekiston 
Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  asoslari    to‗g‗risida‖gi    Qonunda  ham  mustahkamlab 
qo‗yildi‖
583

O‗zbekiston  o‗zining  milliy  siyosat  modelining  tanlar  ekan,  mazkur  sohada  xalqaro 
huquqning  ham  sodiqligini  e‘lon  qilgannini  alohida  qayd  etish  zarur.  1992  yil  26  fevralda 
O‗zbekiston  Respublikasining  Xelsinki  yakunlovchi  aktiga  imzo  chekish  marosimida  so‗zga 
chiqib,  Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  umumbashariy  qadriyatlr,  inson  huquqlari  va 
                                                 
56
  I.  A.  Karimov  .    O‗zbekiston  XXI  asr  bo‗sag‗asida:  xafsizlikka  tahdid,  barqororlik  shartlari  va  taraqqiyot  
kafolatlari  –T.: O‗zbekiston, 1997, 73-74 betlar 
57
  I.  A.  Karimov  .    O‗zbekiston  XXI  asr  bo‗sag‗asida:  xafsizlikka  tahdid,  barqororlik  shartlari  va  taraqqiyot  
kafolatlari.  –T.: O‗zbekiston, 1997, 81- bet. 
58
 O‗zbekiston Respublikasi: Mustaqil davlatning  bunyod bo‗lishi. – T. : O‗zbekiston, 1992 , 7-8, 12, betlar   

erkinliklarni  ta‘minlash,  oz  sonli  millatlarni  himoya  qilish,  millati  va  dinidan,  ijtimoiy  nasl- 
nasabi  va  mavqeidan  qati-nazar,  davlatning  har  bir  fuqarosi  uchun  munosib  tirmush  sharoitini 
yaratish  talablari  bizga  yaqin  va  tushunarli  ekanini  ta‘kidlab,  ―men  xalq  va  hukumat  nomidan 
millatlarni  himoya  qilish,  millati  va  dinidan,  ijtimoiy  nasl-  nasabi  va  mavqeidan  qati-nazar, 
davlatning  har  bir  fuqarosi  uchun  munosib  tirmush  sharoitini  yaratish  talablari  bizga  yaqin  va 
tushunarli ekanini ta‘kidlab, ―Men xalq va hukumat nomidan huquqiy demokratik davlat barpo 
etish yo‗lida chaqirishning asosiy kafolati bo‗lishi fuqarolar va millatlararo inoqlikni, fikr vijdon, 
din va e‘tiqod erkinliklarini saqlab qolamiz va har tomonlama mustaqilligimiz deb atayman va 
bunga qatiy  qarorlari deb atayman va bunga qati  kafolat beraman 
1
‖-degan edi. Respublikamiz 
amalda shu qarorga qati rioya qilmoqda. 
O‗zbekistonning milliy siyosat modeli uning tashqi siyosat sohasidagi faolyatida ham o‗z 
ifodasini  topgan.  Bu  mamlakatlarimizning  BMT  va  boshqa  xalqaro  hamda  mintaqaviy 
tashkilotlarining hamkorlik, tinchlik, etnik mojarolarini tinch yo‗l bilan hal qilish faolyatiga mos 
siyosat olib borilayotganda ham yaqqol ko‗rinmoqda. 
Republikamiz  millat  va  elatlar  xuquq  va  erkinliklarni    muxofaza  qilishga  doir  xalqaro 
bitimlarni  amalga  oshirish  xalqaro  maydonda  etnik  birliklarning  xuquqlarini  ta‘minlash 
masalasiga  doir    tamoillar  ishlab  chiqish  jarayonida  ham  faol  qatnashmoqda.  Xususan, 
O‗zbekiston  fuqarolik  va  siyosiy  xuquqlar  to‗g‗risidagi  xalqaro  fakt,  irqiy  kamsitishlarning 
barcha  turlariga  barham  berish  to‗g‗risidagi  xalqaro  konvensiya,  genotsit  jinoyatlarining  oldini 
olish  va  unga  nisbatan  jazolar  to‗g‗risidagi  konvensiya,  millati,  elati,  dini  yoki  tili  nuqtai 
nazaridan kam sonli bo‗lgan guruhga  mansub shaxslarning xuquqlari    to‗g‗risidagi deklaratsiya 
kabi  qator  xujjatlarni  imzolagani  ham  mazkur  yo‗nalishdagi  harakatlar  ko‗lamini  belgilab 
beradi
59

Yuqorida  qayd  qilingan  tamoyillarga  asoslangan  va  oqilona  tashkil  etilgan  siyosat  tufayli 
millatlardan  qati  nazar,  barcha  fuqarolari  jamiyatimiz  ijtimoi-siyosiy,  manaviy  hayotida  faol 
ishtirok  etib,  mustaqilligimizni  mustahkamlash  yo‗lida  samarali  mehnat  qilib  kelmoqda.  Ular 
O‗zbekistonni  o‗z  Vatan  ,  taqdiri  O‗zbekiston  taqdiri  tutash,  o‗z  milliy  madaniyatlari  rivojini 
O‗zbekiston taraqqiyotining uzviy qismi deb bilmoqda. 
Jahon  keng,  dunyoda  mamlakat  ko‗p,  lekin  bu  olamda  betakror  ona  yurtimiz, 
O‗zbekistonimiz  yakka-yu  yagonadir.  O‗zbekiston  deb  atalmish  yurtning  yagonaligi  uning 
betakror tabiati, boy tarixi, mehnatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat 
vakillarining  yagona  oila  farzandlaridek  yashashlarida  namoyon  bo‗lmoqda.  Bunday  ahillik, 
do‗stlik  va  hamkorlik  o‗zining  chuqur  tarixiy  ildizlariga  va  asosiga  ham  ega.  Bu  asoslar 
mamlakatimiz Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‗yilgan. 
Xususan,  uning  18-moddasida  barcha  fuqarolar  bir  xil  huquq  va  erkinliklarga  ega  bo‗lib, 
jinsi,  irqi,  millati,  dini,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  e‘tiqodi,  shaxsi  va  ijtimoiy  mavqeidan  qat‘iy 
nazar,  qonun  oldida  tengdir»
60
,  -  degan  qoida  ana  shu  bag‗rikenglikning  zamonaviy  siyosiy-
huquqiy ifodasidir. 
Mazkur  qoidada  milliy  hayotga,  fuqarolarning  milliy  his-tuyg‗u-lariga  daxldor  muhim 
ahamiyatga ega bo‗lgan bir qator tamoyillar belgilab qo‗yilgan. 
Birinchidan,  fuqarolarning  milliy  mansubliklaridan  qat‘iy  nazar  qonun  oldida  tengligi 
mustahkamlangan. 
Ikkinchidan,  fuqarolarning  diniy  e‘tiqodidan  qat‘iy  nazar  bir  xil  huquq  va  erkinliklarga 
egaligi ta‘kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma‘naviyatining ajralmas qismi  ekanini inobatga 
oladigan bo‗lsak, mazkur qoidaning amaliy  ahamiyati oydinlashadi. 
Uchinchidan,  fuqarolarning  irqiy  tengligi  qayd  etilgan.  Irqchilik-dan  g‗ayriinsoniy 
mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatil-maganini alohida qayd etish lozim. Ammo 
ayrim  mintaqalarda  tajovuzkor    millatchilik  g‗oyalari  bilan  qurollangan  ayrim  guruhlar  diniy 
aqidapa-rastlik  va  irqchilik  qarashlaridan  o‗z  maqsadlari  yo‗lida  foydalanishga  urinayotganini 
ham unutmaslik zarur. Demak, muayyan hollarda ular uyushgan shaklda ham chiqishi mumkin. 
                                                 
59
 Права человека. Выпуск1. –T.: 1997,5-6-betlar 
60
 O‗zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi. – T.: O‗zbekiston, 2019. 

Islom  dinini  siyosatga  aylantirayotgan,  yovuzlik  va  terrorchilik  mafkurasini  yaratayotgan 
ko‗plab  radikal  va  ekstremistik  markazlarning,  birinchi  navbatda,  yoshlar  ongini  zaharlab, 
zombiga  aylan-tirib,  ulardan  terrorchilar  tayyorlash  bo‗yicha  konveyyer  tashkil  etayotgan, 
xalifalik tuzishdek turli xomxayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini 
qirqib tashlash kerak
61

Axborot  globallashuvi  kuzatilayotgan  bugungi  kunda  turli  g‗oyalar  hech  qanday 
chegaralarni tan olmay kirib kelishini e‘tiborga oladigan bo‗lsak, ushbu  tamoyilning ahamiyati  
yanada yaqqol namoyon  bo‗ladi. 
Milliy-madaniy  markazlar  -  xalqlarning  ma‘naviy  yaqinligi  man-baidir.  O‗zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasining  8-moddasida  «O‗zbekiston  xalqini,  millatidan  qat‘i  nazar, 
O‗zbekiston  Respublikasining  fuqarolari  tashkil  etadi» 
62
,  deb  aniq  belgilab  qo‗yilgan. 
«O‗zbekiston  xalqi»  tushunchasi  mamlakatimizda  yashab,  yagona  maqsad  yo‗lida  mehnat 
qilayotgan  turli  millat  va  elatlarga  mansub  kishilar  o‗rtasidagi  o‗zaro  hurmat,  do‗stlik  va 
hamjihatlik  uchun ma‘naviy asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Bundan  tashqari  Konstitutsiyamizning  4-moddasida  «O‗zbekiston  Respublikasi  o‗z 
hududida  istiqomat  qiluvchi  barcha  millat  va  elatlarning  tillari,  urf-odatlari  va  an‘analarini 
hurmat qilinishini ta‘minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi», deb ta‘kidlangan
63

Bu borada hayotimizda ko‗plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Bular    konstitutsiyamizda  mustahkamlab    qo‗yilgan  va  ta‘biri  joiz    bo‗lsa  ,  ―etnik  rang‖ 
kasb etgan tamoyillardir. Aslida esa  ―O‗zbekiston  halqini  millatidan qati  nazar, O‗zbekiston 
Respublikasining fuqarolari  tashkil etadi‖,

degan qoidadan kelib chiqilsa, Asosiy qonunimizda 
belgilab qo‗yilgan xuquq va erkinliklar barchaga birdek tegishli ekani anglashdir.Demak, milliy 
siyoatimizning  asosiy  maqsadi  qishloqlarimizning,  etnik  va  boshqa  belgilaridan  qat‘i  nazar 
yagona O‗zbekiston xalqi sifatida jipslashuvi va birligiga erishishdir. 
Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish