5.Dunyoda tinchlik o„rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy-
siyosiy hamkorlik g„oyalarining ustuvor ahamiyati. Insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanish
tarixi, ayniqsa, globallashgan dunyo voqeligi shundan dalolat berib turibdiki, alohida olingan bir
davlatdagi mojaro uzoq vaqt davomida milliy chegaralar doirasida qolib ketmaydi. Bir qancha
sabablarga ko‗ra, bunday mojaro nazorat qilib bo‗lmaydigan darajada yoyilib ketishi muqarrar.
Bu esa ertamikechmi, qo‗shni davlatlar uchun talay salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi, jiddiy
muammolarni ko‗ndalang qilib qo‗yishi, hatto, mintaqadagi vaziyatni butunlay izdan chiqarishi
mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mojaroning yashirin va oshkora tarzda
baynalmilallashuvi tanglikni chuqurlashtiradi. Chunki turli maqsadlarni ko‗zlaydigan va tanglik
mavjud bo‗lgan hududda o‗z manfaatlarini ta‘minlashga intiladigan tashqi kuchlar hamma vaqt
shay turadi.
Markaziy Osiyoning ba‘zi mamlakatlari o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritib, taraqqiyot sari
qadam tashlayotgan hozirgi sharoitda ham jahondagi ma‘lum bir siyosiy kuchlar, mafkuraviy
poligonlar ulkan iqtisodiy salohiyat va qulay geosiyosiy mavqega ega bo‗lgan bu mintaqani o‗z
manfaatlari doirasiga tortish harakatlaridan to‗xtagani yo‗q. Ular o‗z maqsadlariga erishish
uchun ta‘sir va bosim o‗tkazishning barcha shakllarini qo‗llamoqda. Jumladan, Markaziy Osiyo
mamlakatlarining o‗zaro munosabatlari jarayoniga to‗sqinlik qilish, ularda turli sabablarga ko‗ra
(masalan, transchegaraviy daryolar tufayli) birbiriga nisbatan norozilik kayfiyatini uyg‗otish
kabi mafkuraviy ta‘sir o‗tkazish holatlari sodir bo‗layotganini ta‘kidlash mumkin. Shu maqsadda
mintaqada tarixan shakllangan ijtimoiyiqtisodiy, madaniy, ma‘rifiy aloqalarni izdan chiqarish,
do‗st va qardosh davlatlar, xalqlar va millatlar o‗rtasiga nizo solish, keskinlik o‗choqlarini
keltirib chiqarish uchun turli g‗oyaviy, diniy va mafkuraviy vositalar ishga solinmoqda.
Ayniqsa, xalqlarimiz dunyoqarashi va ma‘naviyatida islom dinining mustahkam o‗rin
egallaganidan foydalanib, ularga islomiy "saboq" berish, islomni qayta tiklash bayrog‗i ostida
mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmni keng tarqatish borasida olib borilayotgan
qo‗poruvchilik harakatlari sodir etilmokda.
Aslida "fundamentalizm" va "ekstremizm" g‗oyalarining Markaziy Osiyoga kirib
kelishidan ko‗zlangan maqsad diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash emas, balki ana shu
g‗oyalardan vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo
nizolarni vujudga keltirish, oxiroqibat esa hokimiyatni qo‗lga kiritishdir. Bu urinishlarda tuzatib
bo‗lmas fojialarga olib kelishi mumkin bo‗lgan, tarix sahifasida qolib ketgan xalifalikni tiklash
g‗oyasiga ham zo‗r berilmoqda. Ana shu yo‗lda islom fundamentalizmi vakillari, hatto diniy
e‘tiqod darajasida, inson qalbi ma‘naviy boyligining ajralmas qismi bo‗lgan milliy o‗ziga
xoslikni "qurbon" qilish g‗oyasidan ham toymayapti. Aynan ana shu xattiharakatlar bugungi
kunda o‗z mavqeidan butunlay mahrum bo‗lgan marksizmleninizm ta‘limotini eslatib turadi.
Masalan, Rossiyada marksistlarning eng jangari oqimi bolsheviklar millati va irqidan qat‘i
nazar, dunyoda yashayotgan barcha xalqlarni birlashtirish g‗oyalarini ilgari surib, terror yo‗li
bilan hokimiyatni qo‗lga kiritgan edi. Ularning asosiy fojialaridan biri ham milliy va diniy
omillar hamda tadrijiy taraqqiyot tamoyillari ahamiyatini tan olmaganlarida edi. Shuning uchun
ham ular tarixda zo‗ravon ekstremistik g‗oyalar targ‗ibotchi va amaliyotchilari sifatida nom
qoldirdi.
Bugun diniy ekstremizm hamda fundamentalizm tarafdorlari tomonidan Markaziy
Osiyoda olib borilayotgan qo‗poruvchilik hamda terroristik harakatlar ham ana shunday maqsad,
yo‗l va uslublarga tayanmoqda. Diniy ekstremizm va fundamentalizmning mintaqamiz, xususan,
mamlakatimiz taraqqiyotiga xavf tug‗dirayotganini Prezidentimiz teran anglab, bu qanday
dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan hammamizni ogoh qilgan edi. Toshkentda 1999
yil fevral fojialari sodir etilmasdan ikki yil oldin Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov
"O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari" nomli fundamental asarida shunday deb yozgan edi: "Ko‗plab siyosatchilar, olimlar,
jurnalistlar XX asr oxirida yuz bergan "islom uyg‗onishi", "qayta islomlanish", "islom
fenomeni" va boshqa turlituman nomlar bilan atalgan hodisaning sabablarini tushuntirib
berishga harakat qildilar. Bu tushunchalar haqida munozaraga kirishmagan holda, e‘tiborni
jahon hamjamiyati hayotida islom qadriyatlarini tiklash bayrog‗i ostida ro‗y berayotgan
hodisalar g‗oyat xilmaxil, ko‗p qirrali, ba‘zan ziddiyatli va hatto qaramaqarshi qutbli ekanligiga
qaratmoqchiman. Shu bilan birga, aniqravshanki, jahon jamoatchiligi bu jarayonlarga juda katta
qiziqish bilan qarabgina qolmayapti. Uning diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi keskin
hodisalar munosabati bilan bezovtalanayotganligi ba‘zan esa, hatto xavfsirayotgani ham ko‗zga
tashlanmokda.
Afsuski, hozirgi zamon sharoitida ana shu o‗ta keskin ko‗rinishlar jiddiy mojarolarni,
ziddiyatlarni keltirib chiqarishi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligi
insoniyatni cho‗chityapti. Shundan darak beruvchi fikrlar anchamuncha to‗planib qolgan.
O‗zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta‘minlash zarurligi nuqtai
nazaridan qaraganda, bu hodisalar bizda ham jiddiy tashvish tug‗dirmoqda" . Bu fikr haqiqat
bo‗lib chiqdi. Ekstremistlar 1999 yilning 16 fevralida o‗zlarining qora niyatlariga erishish
maqsadida Toshkentda qo‗poruvchilikni amalga oshirdi. Bu qo‗poruvchilik harakatlari orqasida
katta kuchlar borligi ayon bo‗lib, ularning maqsadi, Birinchi Prezidentimiz ta‘kidlaganidek,
xalqimizning tinchligini buzish, qo‗rqitish, yuragiga vahima solish, yuritayotgan siyosatimizga
ishonchini so‗ndirish, amalga oshirayotgan ulkan ishlarga zarba berishdan iborat edi.
Xo‗sh, nima uchun bu fojialar O‗zbekistonda sodir etildi, uning Markaziy Osiyodagi
boshqa davlatlarga ta‘siri bo‗lishi mumkinmidi? Buning asosiy sababi shuki, yurtimizda olib
borilayotgan siyosatning yutuqlari jahon jamoatchiligi tomonidan e‘tirof etilmoqda. Nisbatan
qisqa davr ichida O‗zbekiston ijtimoiysiyosiy jihatdan barqaror, umuminsoniy qadriyatlar
ustuvor bo‗lgan, ma‘naviy meros va diniy qadriyatlarni tiklab, inson huquqlarini ustuvor soha
darajasiga qo‗tara olgan mamlakatga aylandi. Xalqining Prezideshta, davlatga ishonchi
nihoyatda mustahkam bo‗lgan O‗zbekiston Markaziy Osiyoda barkarorlikni ta‘minlash va
mintaqa davlatlarining o‗zaro integratsiyalashuvi jarayonida yetakchilik qilmoqda. Xuddi mana
shu goyat muhim ahamiyatga ega bo‗lgan omillar xalqimiz va mamlakatimiz taraqqiyotining
dushmanlarini vahimaga solmoqda.
Markaziy
Osiyo
mintaqasida
tinchlik
va
barqarorlikning
naqadar
zarurligi,
umummintaqaviy mafkuraviy tamoyillarga ehtiyoj O‗zbekistonning bu jarayondagi o‗rni va roli
naqadar katta ekanligi Qirg‗izistonda, uning janubida, O‗sh va Jalolobod hududlarida ro‗y
bergan mojarolar misolida yanada yaqqol namoyon bo‗ldi. Turli muammolar va mojarolar
iskanjasiga tushgan bu joylardan hayoti xavf ostida qolgan 150 mingdan ortiq qochoqlar
mamlakatimizdan o‗z yurtlariga qaytib ketganlariga qadar boshpana topdilar. Markaziy Osiyoni
"yoqib" yuborish mumkin bo‗lgan urush xavfining oldi olindi, mamlakatimiz aholisi hayotida
Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi g‗oyalari ustuvor bo‗lgan milliy istiqlol
g‗oyasining qadri va ahamiyati namoyon bo‗ldi. Agar mintaqada dushmanlarimiz mo‗ljallagan
maqsadlar amalga oshsa, bu nafaqat bizda, balki butun mintaqa davlatlarida ham ko‗plab salbiy
jarayonlar sodir bo‗lishiga sabab bo‗lishi, mintaqaviy munosabatlarga o‗zining ulkan salbiy
ta‘sirini o‗tkazishi mumkin edi. G‗animlarning amalga oshirgan harakatlari bilan ko‗zlagan
maqsadiga yetmadi va yetolmaydi ham.
Umuman, Markaziy Osiyo xalqlari o‗zaro hamkorligi va do‗stligining ahamiyatini alohida
ta‘kidlash lozim. Chunki, mintaqa tub xalqlarining ma‘naviy ildizlari bir, ruhi, turmush tarzi
yaqin, ular ana shu boy manbadan birdek bahra oladi. Shu ma‘noda, ular birligini
mustahkamlash umummintaqaviy ma‘naviy yuksalishga ijobiy ta‘sir etishi shubhasiz. Bu
jarayonga qarshi qaratilgan har qanday mafkuraviy ta‘sir yoki terroristik harakatlar
umummintaqaviy qarshilikka uchramog‗i va barbod bo‗lmog‗i lozim.
Markaziy Osiyo mintaqasidagi mafkuraviy jarayonlar tizimida Afgonistonda davom
etayotgan urush ham alohida o‗rin egallab turibdi. Qirq yildan buyon davom etib kelayotgan
harbiy mojarolar oqibatida umuminsoniy sivilizatsiyadan uzilib qolgan Afg‗oniston xududi
xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm, qurolyarog‗ va giyohvand moddalarning noqonuniy
savdosi o‗chog‗i bo‗lib qoldi. Bu esa turli zararli g‗oyalarning terrorchilik, tahdid va tahlika
yo‗li bilan butun mintaqaga yoyilish xavfini tug‗dirmoqsa. Mustaqil taraqqiyot, erkin va farovon
hayotga bo‗lgan ishonch e‘tiqodni mustahkamlash yo‗lida xavfxatarlarning oldini olish uchun
muttasil ogoh bo‗lib yashash, birgalikda kurash olib borish mintaqa xalqlari uchun hayotiy
zaruratga aylanib qoldi. Shu ma‘noda, Uzbekistonning "6+3" tamoyilini ko‗llash to‗g‗risidagi
tashabbusi muhim ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi
uchrashuvlari umumiy xavfsizlikni ta‘minlash, mintaqa xalqlarining o‗zaro do‗stligini
mustahkamlash va mavjud iqtisodiy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shu ma‘noda,
Markaziy Osiyo mamlakatlarining tinchligi va barqarorligiga, mazkur mintaqada yashovchi
xalqlarning xavfsizligiga daxl qiluvchi tajovuzlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi
hamjihatligini mustahkamlash, ularning bu yo‗ldagi sa‘yharakatlari, imkoniyatlari,
salohiyatlarini muvofiklashtirish va birlashtirish, ayniqsa, muhim.
Xullas, bugungi qunda mintaqaning mafkuraviy manzarasini sog‗lomlashtirish, umumiy
xavfsizlikni ta‘minlash bilan bog‗liq muammolarni hal etish mintaqadagi barcha
mamlakatlarning istiqbolini ham bir qadar belgilab beradi. Shu bilan birga, bu mintaqada
yashayotgan xalqlarning azaliy hamkorligi va yaqinligini mustahkamlash ham o‗ta muhim
ahamiyatga molik masala bo‗lib qolaveradi. Xuddi shuningdek, mintakaga qarshi qaratilgan
mafquraviy ta‘sirlarga qarshi kurashni kuchaytirishda umummintaqaviy hamjihatlikni
mustahkamlashning ahamiyati ham oshib boraveradi.
Adabiyotlar
1. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‗zbekiston, 2019.
2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga k‘otaramiz. 1-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. -592 b.
3. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild,
- Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018.
4. Karimov . O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xafsizlikka tahdid, barqororlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. –T.: O‗zbekiston, 1997.
5. Karimov I. A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‗lida. T. 6. – T., 1998.
6. Karimov I.A. Biz kelajagimizni O‗z qo‗limiz bilan quramiz. -T.7. T.: «O‗zbekiston»,
1999.
7. Karimov I.A. Rus provaslav cherkovi Toshkent va O‗rta osiyo yeparxiyasining 125
yilligiga bag‗ishlangan tantanali majlis ishtirokchilariga tabrigi. – Toshkent: 1996. 13
noyabr
8. Karimov I.A.Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining10 yilligiga
bag‗ishlangan tantanali majlis qatnashchilariga tabrik xafsizlik va tinchlik uchun
kurashamiz.10 jild –T: ―O‗zbekiston‖, 2002.
9. Karimov I.A. O‗zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‗lmaydi. -T.: O‗zbekiston,
2005.
10. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,
mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. -T.: O‗zbekiston, 2005.
11. O‗zbekiston Respublikasi: Mustaqil davlatning bunyod bo‗lishi. – T. : O‗zbekiston, 1992
.
12. Ubaydullayev R. Bekmurodov M. Prioritet lichnostnogo razvitiya Pravda Vostoka, 2004,
13 fevral‘
13. Vladimir (Ikim). Ma‘naviyatning gullashi. Mustaqillik va dinlararo totuvlik //
demokratlashtirish va inson huquqlari. 1999. №3-4.
14. Saidov A.X. Religioznaya tolerantnost i svetskaya gosudarstva a Uzbekistan po prav
cheloveka, 2002.
15. Ochildiyev A. Millatlararo totuvlik- barqarorlik va taraqqiyot omili. –T .: ―Akademiya‖,
2005.. 12-20-bet.
16. Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur
G‗ulom‖ NMIU, 2007.
9- Мa‟ruza. Tafakkur o„zgarishi va ma‟naviy yangilanishda milliy g„oyaning
roli
Reja:
1. Bozor munosabatlariga o‗tishning inson tafakkuriga ta‘siri.
2. ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ tamoyili, uning barcha sohalardagi
ma‘naviy yangilanish va tafakkur o‗zgarishidagi o‗rni va ahamiyati.
3. ―Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch‖ asarining yangi dunyoqarash va zamonaviy
tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati.
4. Milliy o‗zlikni anglash va ma‘naviy yuksalishning strategik va taktik vazifalari.
Tayanch so„zlar.
Bozor munosabatlariga o„tishning inson tafakkuriga ta‟siri. Tafakkurga jamiyat, maktab,
oila va tarbiyani amalga oshiruvchi boshqa omillar ta‟sirining o„zaro nisbati. Milliy g„oyaning
tafakkur konservatizmini bartaraf qilishdagi o„rni.
Milliy g„oya qonun ustivorligiga asoslangan demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati
barpo etishning asosiy omili. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish va jamiyat hayotini
modernizatsiyalashning g„oyaviy asoslari. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari”
tamoyili, uning barcha sohalardagi ma‟naviy yangilanish va tafakkur o„zgarishidagi o„rni va
ahamiyati.
1.Bozor munosabatlariga o„tishning inson tafakkuriga ta‟siri. Dunyoda yangi
jamiyatni barpo etish va unga mos g‗oyalar tizimi-ni shakllantirishning tayyor andozasi yo‗q. Bu
borada hatto ja-hondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham to‗la-to‗kis qo‗llash
qiyin. Chunki har bir mamlakat hayotining tarkibiy tuzilishi, xalqining mentaliteti, aholi tarkibi
va taraqqiyot tamoyillari boshqa davlatnikiga aynan o‗xshamaydi. Ba‘zi mamlakatlarda
yaxshigina samara beradigan g‗oyaviy tamo-yillar o‗zga davlatlarda hech qanday natija
bermasligi yoki aksincha, muammolarni yanada chuqurlashtirishi ham mumkin.
Shu bois yurtimiz istiqlolga erishganidan keyin taraqqiyot tamoyillari tanlab
olinayotganida rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan birga, xalqimizning tarixiy qadriyatlari,
mentaliteti, turmush va tafakkur tarzi, milliy davlatchilik an‘analari, xalqimiz boshidan
kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlariga alohida e‘tibor qaratildi.
Vatanimiz mustaqillikni qo‗lga kiritgach, hayotimizda tub o‗zgarishlar yuz berdi, xalqimiz
tabiati va dunyoqarashiga yot bo‗lgan mustabid tuzum va uning mafkurasi barham topdi. O‗z
umrini o‗tab bo‗lgan eski mafkura o‗rnida yangi ijtimoiy munosabatlar, xalqning asl
maqsadmuddaolarini ifoda etuvchi ilg‗or va bunyodkor ta‘limot milliy istiqlol g‗oyasi
shakllandi.
Yurtimizda shakllanayotgan yangi g‗oyalar tizimining asoslari qanday yaratildi? Ushbu
yo‗nalishdagi ustuvor vazifalar nimalardan iborat? Prezident Islom Karimovning asarlarida,
ayniqsa, «Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch" kitobi va "Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi"da ushbu
savollarga to‗liq javob berilgan. Bunday maqsad jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor
ko‗pdanko‗p siyesiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy vazifalarni amalga oshirishni takrzo etmokda.
Insoniyat tarixida ro‗y bergan turli voqealar, islohotlar va tub burilish jarayonlarining
tahlili shundan dalolat beradiki, hech bir mamlakatda yangi jamiyat barpo etish va unga mos
g‗oyalar tizimini shakllantirish, birdaniga, bir kunda amalga oshib qoladigan oddiy hodisalar
emas. Balki bu har bir davlat va jamiyat hayotida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va
ma‘naviyma‘rifiy sohalarda kechadigan murakkab va serqirra jarayonlarning hosilasi, muayyan
muddatda ro‗y beradigan o‗zgarishlarning natijasidir.
Ma‘lumki, sobiq totalitar g‗oya va yakka mafkura tizimi yangi jamiyat qurish talablariga
mos kelmasligi tabiiy edi. Shu sababdan ham o‗tgan yillarda jamiyatimiz hayotining barcha
sohalarida bo‗lgani kabi, g‗oya va mafkura sohasida ham tub o‗zgarishlar ro‗y berdi. Mazkur
jarayonning mazmunmohiyatini belgilaydigan asosiy jihatlar mamlakatimizda amalga oshirilgan
tub islohotlar va o‗zgarishlar bilan uzviy bog‗liq.
Bu, avvalo, sobiq ittifoqning parchalanishi va mamlakatimiz mustaqilligining qo‗lga
kiritilishi tasodif yoki "fojia" emas, balki totalitar tuzum va kommunistik mafkuraga xos ko‗plab
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ziddiyatlar asosida sodir bo‗lgan qonuniyat ekanidan dalolat beradi.
Shu ma‘noda, mustaqillik oson va o‗zo‗zidan qo‗lga kiritilmagan, ya‘ni O‗zbekistonning
istiqloli kimningdir in‘omi emas, balki muttasil kurashlar natijasida qo‗lga kiritilgan ulkan
tarixiy yutuqdir.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgan dastlabki kunlardan boshlab o‗zi uchun bozor
munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishga
qaratilgan mustaqil taraqqiyot yo‗lini aniq belgilab oldi. Bu xalqimiz va jamiyatimiz tarixi
hamda bugungi hayotini belgilaydigan tadrijiy xususiyatlarni chuqur o‗rganish va tahlil qilish,
hozirgi zamonda butun dunyo va O‗zbekistonda ro‗y berayotgan jarayonlarning kelajagini
oldindan ko‗ra bilish asosida tanlab olingan taraqqiyot yo‗lidir. Mazkur taraqqiyot yo‗li, o‗z
navbatida, islohotlarning dastlabki yillaridan boshlab, boshqa mamlakatlarda turli sohalarda ro‗y
bergan shoshmashosharlik va buzilishlarning oldini olish imkonini berdi, demokratiyaning
xalqarb andozalari hamda milliy an‘analarga sodiqlikning asosiy omili bo‗ldi.
Shu ma‘noda, O‗zbekistondagi bugungi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
fuqarolik jamiyati barpo etishda ham ana shunday omillar ta‘sirini, mazkur jarayonning samarali
kechishini taminlayotgan bunyodkor g‗oyalar ahamiyatini anglab olish nihoyatda muhim. Zero,
yangi g‗oyalar tizimining shakllanishi respublikamiz milliy mustaqillikka erishganidan buyon
uzluksiz ro‗y berayotgan barcha ijtimoiyiqtisodiy, siyosiyhuquqiy va ma‘naviyma‘rifiy
islohotlarning asosiy bo‗g‗ini, ularning mazmunmohiyatini belgilovchi mezonlardan biridir. Bu
jarayon dastlabki yillarda sobiq ittifoqqa xos bo‗lgan totalitar tuzum, yakka mafkuraga
asoslangan siyosatning tanazzuli, fikr qulligi va qaramligiga tayanadigan ijtimoiy tafakkur
tamoyillaridan voz kechish sifatida ro‗y berdi. O‗sha davrda jamiyatda ana shu tuzum o‗rnida
shakllanayotgan yangi davlat va jamiyatning tarkibiy qismlarini yaratish, bunda yangi g‗oyalar
tizimiga xos bo‗lgan umuminsoniy andozalar va milliy xususiyatlardan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etgan edi.
Mustaqillikni mustahkamlash jarayoni bu vazifalarni muttasil hal qilish, g‗oyaviy tarbiya
ishlarini doimiy olib borish, o‗sibunib kelayotgan yosh avlod mafkuraviy immunitetini uzluksiz
shakllantirib turishni zaruratga aylantirdi. Mamlakatimiz rivojlanishiga xos g‗oyaviy
tamoyillarning hayotbaxshligi taraqqiyotning o‗zbek modelini amalga oshirishda yaqqol
namoyon bo‗ldi. Jahonda tan olingan bu modelning ratsional mag‗zi jamiyatni inqilobiy tarzda
emas, balki evolyutsion tadrijiy ravishda isloh etish g‗oyasini bosqichmabosqich amalga
oshirishni nazarda tutadi. Uning ko‗pchilik boshqa milliy modellardan farq qiladigan xususiyati
shundaki, u faqat iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng ma‘nodagi yangi jamiyatni barpo etish
modelidir. Bu borada jahon tajribasida mavjud bo‗lgan Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya,
Janubiy Koreya, Fransiya, Xitoy kabi mamlakatlarning taraqqiyot modellari ko‗proq iqtisodiy
modellar edi. Ular siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotni tubdan yangilashni nazarda tutgan emas.
Ushbu mamlakatlarning birortasida, iqtisodiy islohotlar davrida, milliy davlatchilikni, madaniy
meros va ona tilini qayta tiklash singari masalalar ham dolzarb bo‗lmagan (faqat Janubiy
Koreyada davlat qurilishi muhim ahamiyat kasb etgan). Ulardan farqli ravishda, o‗zbek modeli
iqtisodiy
munosabatlarni
isloh
qilish
bilan
birga,
davlat
qurilishi,
jamiyatni
demokratiyalashtirish, mulkdorlar sinfini, xususan, o‗rta sinfni shakllantirish, kadrlar tayyorlash,
madaniy meros va ma‘naviyat bilan bog‗liq boshqa ko‗plab sohalarni qamrab oladi. Bu uning
o‗ziga xos ustuvor xususiyatlaridan biri bo‗lib, uni amalga oshirishda jamiyatni isloh etishning
chuqur ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyili muhim ahamiyatga ega bo‗ldi.
2. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili, uning barcha
sohalardagi ma‟naviy yangilanish va tafakkur o„zgarishidagi o„rni va ahamiyati. "Kuchli
davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari" dasturiy vazifasining mazmunmohiyati shundan
iboratki, jamiyatning ijtimoiysiyosiy, ijtimoiyiqtisodiy qudrati mustahkamlanib, jamiyatning
siyosiyhuquqiy madaniyat saviyasi yuksalib borgani sari mamlakatni isloh qilishning tanlab
olingan shakli mantig‗ining o‗zi mamlakatni kelgusidagi demokratik yangilanish borasidagi
vazifalar va eng avvalo, boshqarishda fuqarolarning rolini kuchaytirish borasidagi vazifalarni
ilgari sura boshlaydi.
Bu, birinchi navbatda, davlatning rolini bosqichmabosqich va izchil kamaytirib borish
hamda bir vaqtning o‗zida fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari — mahallaning
vazifalari va vakolatlarini kengaytirish, aholining turli qatlam hamda guruhlari manfaatlarini
ifodalovchi va himoyalovchi siyosiy, ijtimoiy institutlarning rolini oshirishga doir masalalarga
tegishli. Shunisi ham o‗ta muhimki, ular markazda va joylarda davlat hokimiyatini
shakllantirishda, ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishda fuqarolar ishtirokini
kengaytirish masalalariga ham tegishli.
Aholining keng qatlamlari qo‗llabquvvatlaydigan, xalq orasida chuqur ildizga ega bo‗lgan
mustaqil, mustahkam, barqaror, ixcham turlituman fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish
ham O‗zbekistonda rivojlangan bozor iqtisodiyoti bilan demokratik jamiyat qurishning eng
muhim tarkibiy qismiga aylanmoqsa. Xalqning an‘analari va madaniyatini aks ettiruvchi,asrlar
davomida shakllangan o‗zini o‗zi boshqarish tajribasi zamonaviy demokratik jarayonlarga ham
o‗z ta‘sirini ko‗rsatmoqda.
2008 yilning yanvaridan kuchga kirgan "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini
kuchaytirish to‗g‗risida"gi Konstitutsiyaviy qonun bu boradagi imkoniyatlarni yanada
kengaytirdi. Mazkur qonun mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati
qurish yo‗lidan izchil va olg‗a qarab borishida yana bir muhim qadamdir.
Umuman olganda, O‗zbekistonda o‗zining yangilanish va taraqqiyot modeli asosidagi
davlat va jamiyat qurilishi tizimini rivojlantirish quyidagilarga imkon yaratdi:
birinchidan, ijtimoiysiyosiy va ijtimoiyiqtisodiy tizimni isloh qilish va modernizatsiyalash
jarayonlarining bosqichmabosqichligi va izchilligini ta‘minlash;
ikkinchidan, milliy an‘analar va qadriyatlarni avaylabasrashni ko‗zda tutuvchi milliy
davlatchilikni tiklash;
uchinchidan, huquqiy davlat qurilishining ustuvor yo‗nalishlari, vazifalari va tamoyillarini
belgilash
hamda
davlat
va
jamiyat
institutlari
tizimining
yanada
shakllanishi,
mustahkamlanishiga ko‗maklashish;
to‗rtinchidan, ta‘sirchan ko‗ppartiyaviylik tizimi va boshqa jamoat tashkilotlarini vujudga
keltirish, davlat markaziy organlarining ayrim vakolatlari va vazifalarini mahalliy hokimiyat
organlari, ijtimoiy tuzilmalar, fuqarolarning o‗zinio‗zi boshqarish organlariga bosqichmabosqich
va izchil o‗tkazishni ko‗zda tutuvchi "Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari"
konsepsiyasini hayotga joriy qilish.
Bir so‗z bilan aytganda, mamlakatimizda siyosiy sohadagi islohot va modernizatsiya
strategiyasini amalga oshirish erkin saylovlar va siyosiy partiyalarning jahon andozalari va
jamiyatimiz taraqqiyoti tamoyillariga mos yangi tizimi shakllanishiga olib keldi. Bu
o‗tkazilayotgan islohotlarning tizimliligi, izchilligi va uzviy bog‗liqligini ko‗rsatib turibdi.
Jamiyat hayotida yangi goyalar tizimini shakllantirishning asosiy tamoyillari orasida
umuminsoniy jihatlar va milliy xususiyatlarga tayanish zarurati alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur jarayon ana shu ikkita omil asosida amalga oshayotganligi va ularning har biriga xos
rivojlanish qonuniyatlarini o‗zida uyg‗unlashtirgani bilan tavsiflanadi. Bu nuqtai nazardan
mamlakatimizga xos yangi g‗oyalar tizimi shakllanishining quyidagi tamoyillari alohida ajralib
turadi:
1)
tarixiylik, ya‘ni shu sohada insoniyat taraqqiyotining hozir gi davrgacha o‗lgan
yutuqlariga asoslanish bilan birga, xalqi mizning shu kungacha erishgan barcha yutuqlari, amaliy
faoliyati natijalaridan, milliy qadriyatlari, ma‘naviy boyliklari va an‘analaridan unumli
foydalanish;
tizimlilik jamiyat hayotining ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, ma‘naviyma‘rifiy sohalarida
amalga oshirilayotgan o‗zgarishlarni bir butun va yaxlit jarayon sifatida qarash;
ijtimoiy o‗zgarishlarning ortga qaytmasligi, doimo o‗tmishdan bugun orqali kelajak tomon
uzluksiz jarayon sifatida amalga oshishini hisobga olish. Shu asosda yangiliklar orasidan ijobiy
jihatlar va xususiyatlarga ega bo‗lganlarini ajratib olish, tanlash va ularni hayotga tadbiq etish;
umuminsoniylik va milliylik tamoyillari ham yangi g‗oyalar tizimi shakllanishida muhim
o‗rin tutadi. Jamiyatimizni yangilashda, bir tomondan, yurtimiz tarixi, milliy an‘analar va
xalqimizning o‗tmishda to‗plagan tajribasi, ikkinchi tomondan esa, bugungi dunyoda ro‗y
berayotgan o‗zgarishlar va yangilanishlar, umumbashariy andozalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu, avvalo, O‗zbekistonni jahon hamjamiyatining tarkibiy qismi va xalqaro munosabatlarning
teng huquqli a‘zosi sifatidagi o‗rni, mavqeini belgilashning asosiy omillaridan biri bo‗lmoqda;
yangi g‗oyalar tizimi shakllanishi ko‗pmillatlilik va ko‗p konfessiyalik sharoitida
jamiyatning barcha a‘zolari, aholi qatlamlarining hamjihatligi va ijtimoiy bag‗rikenglik
tamoyiliga ham asoslanadi. Bu tamoyil istiqlolning dastlabki kunlaridanoq mamlakat hayotini
demokratlashtirish va liberallashtirishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgani bejiz emas;
an‘anaviylikka tayanish va yangilanishga intilish tamoyili ham O‗zbekistonda yangi
g‗oyalar tizimi shakllanishi jarayonining tarkibiy qismidir. Ya‘ni, O‗zbekiston misolida yangi
g‗oyalar tizimi shakllanishi jarayonini ilmiyfalsafiy nuqtai nazardan o‗rganish, uning birbiri
bilan uzviy aloqador tushunchalar, chunonchi, "an‘ana va yangilanish", "inkor va vorislik"
bog‗lanishlari orqali amalga oshayotganini ko‗rsatadi. Xuddi shu ma‘noda, istiklol , ning
dastlabki yillaridayoq mamlakatimiz hayotiga xos o‗zgarish va yangilanishlar jarayonining
asosiy tamoyillari sifatida "Yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik", "O‗tmishni yozg‗irishdan
ko‗ra ezgulik, yaratuvchanlik va bunyodkorlik yo‗lidan og‗ishmasdan borish» to‗g‗risidagi
xulosalar asos qilib olingani bejiz emas.
Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Uzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisidagi (2010 yil) "Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
Konsepsiyasi" haqidagi ma‘ruzasi bu borada yangi bosqichning boshlanganini anglatadi. Ushbu
Konsepsiya hozirgi davrda jamiyatimizni bosqichmabosqich yangilash, mamlakatni isloh etish
va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o‗rin olishiga xizmat qiladigan jarayonning umumiy
tamoyillari va xususiyatlariga asoslangan yaxlit tarixiy hujjatdir. U istiqlol yillarida
mamlakatimizda amalga oshirilgan tub islohotlarning mantiqiy natijasi, jamiyat hayotini
yangilash yo‗lidagi muhim qadamdir.
Konsepsiyada o‗tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday
o‗zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishilgani, yurtimizning ijtimoiy
yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini
barpo etish yo‗lida qanday sur‘atlar bilan rivojlanib borayotganiga alohida e‘tibor qaratildi. Bu
borada xalqimiz oldiga qo‗ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya‘ni zamonaviy rivojlangan
demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotning barqaror o‗sishini ta‘minlash, hayot sifatini
yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‗rin egallash borasidagi sa‘yharakatlarga bugungi
kun nuqtai nazaridan xolisona baho berildi.
Mazkur Konsepsiyaning tahlili bugungi kunda mamlakatimizda yangi g‗oyalar tizimining
shakllanishi yana quyidagilarda namoyon bo‗layotganidan dalolat beradi:
qonunchilik hokimiyati bo‗lmish parlamentning roli va ta‘sirini kuchaytirish,
hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o‗rtasida yanada mutanosib, barqaror
muvozanatga erishish;
hokimiyatning barcha tarmoqlari qatori sudhuquq tizimini yanada liberallashtirish;
demokratik yangilanish jarayonini chuqurlashtirish va fukarolarning erkinliklarini
ta‘minlash, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining o‗rni hamda ahamiyatini yanada
oshirish;
bu jarayonning muhim sharti ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun
demokratik andozalarni joriy etish bo‗yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirish;
bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida kuchli
ijtimoiy himoya siyosatini yanada samaraliroq amalga oshirishga erishish.
Ushbu Konsepsiyani amaliyotga tadbiq etishda quyidagilarga e‘tiborni oshirish zarur.
Birinchidan, bu borada mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va
jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarimizda
milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy madaniyatni shakllantirish muhim
ahamiyatga molik. Bu esa yurtimizda barpo etilayotgan jamiyatda hokimiyatning barcha
tarmoqlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolik institutlari faoliyatining samarasini oshirishga
jiddiy e‘tibor qaratilayotganini anglatadi. Bu, o‗z navbatida, yuksak siyosiy madaniyatga ega
bo‗lishni, hayotni erkinlashtirish orqali fuqarolardan o‗z manfaatlarini davlat va jamiyat
manfaati bilan uyg‗unlashtirishni talab qiladi.
Ikkinchidan, jamiyatimizdagi turli manfaatlar, xilmaxil kuchlar va harakatlar o‗rtasidagi
muvozanatni ta‘minlaydigan samarali mexanizmni takomillashtirish, siyosiy hayotda haqiqiy
ma‘nodagi ijtimoiy sherikchilik tamoyilini qaror toptirish ham dolzarb masalalar qatoriga kiradi.
Uchinchidan, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko‗rsatishi uchun yanada
kengroq shartsharoit yaratish, hokimiyatning konstitutsiyaviy bo‗linish tamoyiliga qat‘iy amal
qilish, jamiyat a‘zolarining barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini, tashabbus erkinligini ro‗yobga
chiqarish uchun zarur imkoniyatlarni ishga solish islohotlarjarayonining tarkibiy qismiga
aylandi. Bu mamlakatimizda demokratiya tamoyillariga asoslangan, qonun ustuvorligi tamoyili
asosida ishni faol tashkil qiladigan, o‗z mohiyatiga ko‗ra, jamiyatning olg‗a siljishiga xizmat
qiladigan samarali tizimni yanada takomillashtirish demak.
To‗rtinchidan, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarining
faoliyat doirasini kengaytirish, nodavlat va jamoat tuzilmalarining huquqi va nufuzini oshirishni
ko‗zda tutadigan "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" konsepsiyasini amalga oshirish
zaruratini yanada chuqurroq anglash, bu borada mamlakatni yanada demokratlashtirish hamda
modernizatsiya qilishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish lozim. Bu hech qaysi zamonda
osonlikcha hal bo‗lmaydigan, odamlarning tafakkuri va dunyoqarashi o‗zgarishini taqozo
etadigan, jamiyatni tubdan yangilashni talab qiladigan serqirra va murakkab jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |