popmadaniyat va rokmadaniyatni ham ko‗rsatadilar, chunki hayot ularning ham
yashovchanligini hamda muayyan tabaqadagi kishilarning ongini egallaganligini ko‗rsatdi.
Buning boisini amerikalik siyosatshunoslar ham tan olishdi. Bu haqda Zbignev Bjezinskiy
shunday degan edi: ―Agar Rim dunyoga – huquqni, Angliya – parlamentni, Fransiya – madaniyat
va milliy respublikachilikni bergan bo‗lsa, AQSH – dunyoga ilmiy-texnika revolyutsiyasini va
ommaviy madaniyatni tortiq qildi‖.
AQShda bo‗sh vaqt, ya‘ni dam olishni sanoat asosiga ko‗chirgan. Aholining badiiy
jihatdan unchalik yuksak bo‗lmagan talablarini qondirish (yoki ushbu talablarni shakllantirish)
maqsadida ommaviy badiiy adabiyot (fantastika, sarguzasht, bulvar adabiyoti, ―ayollar‖ romani)
dunyoga keldi. Shuningdek, arzon-garov jangari, triller, melodrama va boshqa filmlarning
g‗oyasi va o‗lchami bitta – odamlarning amerikacha munosabatlarini qaror toptirish, musiqa
janrida ham asosan ana shu maqsad kuzatiladi.
XX asrda jazning yuzaga kelishi va rivojlanishi bilan dunyo musiqa madaniyatini
o‗zgartirib yubordi. Jaz XX asr arafasida dunyoga keldi. Uning tomiri negrlarning an‘anaviy
madaniyatiga borib taqaladi. Musiqadagi ritmik pauzalarning kuchayib, pasayib turishi qora
tanlilarning ―sprichuels‖, regtaym va blyuz kabi o‗ziga xos o‗yinlarini eslatib turadi.
XX asrda o‗yin madaniyati mislsiz miqyosda tarqaldi. Jahonni egalladi. U bo‗sh vaqtni
o‗tkazish vositasiga aylandi. Dansing va diskotekaga sig‗inish yuzaga keldi. Musiqa shaklining
rivojlanishi, eskilarining yo‗qolishi va o‗yinda yangi stil usullarining kirib kelishiga sabab bo‗ldi.
1920 yillarda ―Charlston‖ modada bo‗lsa, keyinchalik uning o‗rnini ―step‖, ―chechetka‖, jazdan
ajralib chiqqan irland jigisi keyinroq, 50 yillarda ―rok-n-roll‖, 60 yillarda ―sheyk‖ va ―tvist‖
xitga aylandi va uning ommaviyligini ta‘minlashda barcha vositalar ishtirok etdi:
gramplastinkalar chiqarildi, televideniye va radiomahsulotlar tarqatildi. Bu ―ommaviy
madaniyat‖ tarqatilishidagi eng omadli tijorat loyihasi edi.
– Disko o‗yin yo‗nalishi hozirgi kunlarimizgacha yetib keldi, u juda ommaviy bo‗lmasada,
hali bor.
―Ommaviy madaniyat‖ bugun iqtisodiyotning eng daromadli tarmog‗iga aylanib
bormoqda. Uni hozir ―qiziqishlar industriyasi‖, ―tijorat madaniyat‖, ―pop-madaniyat‖, ―bo‗sh
vaqtdan foydalanish industriyasi‖ deb atay boshladilar. Ma‘lumki, mehnatkashlarning ma‘lum
qismida bo‗sh vaqt serob. ―Ommaviy madaniyat‖ mazmunini boyitishni taqoza qiladi, chunki
mamlakatimizda ishlab chiqarishning tobora sanoatlashishi, avtomatlashtirish jarayonida aholi
o‗rtasida ―bo‗sh vaqtni yopish ehtiyoji‖ ham oshib bormoqda. Ana shu jarayondan hosil
bo‗ladigan muammolarni hal etish ehtiyoji ―ommaviy madaniyat‖ni yuzaga keltirmoqdaki, bu
ayniqsa odamning ongiga, ya‘ni adabiyot va san‘atning barcha turlariga bevosita bog‗liqdir.
Keyingi o‗n yillikda madaniyatni demokratlashtirishda kino, televideniye, kasseta, sport albatta
(uning tomoshabinga taalluqli qismi) juda muhim kanallar hisoblanmoqda. Ular ayni paytda turli
toifadagi odamlarning to‗planishiga sabab bo‗lmoqda. Ko‗pincha ularni birlashtirgan istak –
o‗zlarini psixologik jihatdan bo‗shatib olish istagidir.
―Ommaviy madaniyat‖ bozordagi tovarga aylanib, muayyan xususiyatlar kasb etdi.
Avvalo, u ―oddiy‖ (buni jo‗nlik deb atasa ham bo‗ladi). Chunki ko‗pincha bunday mahsulotlar
―ko‗cha odami‖ga mo‗ljallangandir. ―Ommaviy madaniyat‖ o‗z vazifasini to‗la bajarishi, ya‘ni
ishlab chiqarishdagi asabiyliklarni olib tashlashi uchun u eng kamida qiziqarli bo‗lishi lozim.
Albatta, bunday madaniy mahsulotlar intellektual jihatdan yetarlicha rivojlanmagan odamlar
ehtiyojini qondirishi mumkin va inson ongi, kechinmalariga ta‘sir etadi. Shuning uchun ham
―Ommaviy madaniyat‖ning ―eng qiziqarli‖ va hammaga tushunarli mavzulari – muhabbat, oila,
karyera, jinoyatchilik va xo‗rlash, sarguzasht, qo‗rqinch va hokazolardir.
Mavzular ekspluatatsiyasidan uning egalari katta daromadlar olmoqdalar.
―Ommaviy madaniyat‖ baynalminal va milliy bo‗lishi mumkin. Estrada musiqasi bunga
misol bo‗ladi: u hammaga tushunarli va barcha yoshdagilarga, bilim darajasidan qat‘iy nazar,
aholining barcha qatlamlariga o‗ng‗ay.
―Ommaviy madaniyat‖ning badiiy qimmati xalq madaniyatidan pastroq bo‗ladi. Lekin
uning auditoriyasi kengroq, chunki u muallifli, u odamlarning hozirgi daqiqalardagi ehtiyojini
qondiradi, har qanday yangi voqea va hodisalarga xozirjavob bo‗ladi. Ma‘lum vaqt o‗tgach, ular
o‗z dolzarbligini yo‗qotadi, eskiradi va modadan qoladi. Yuksak darajadagi asarlar va xalq
madaniyati bunday qismatga uchramaydi.
Ma‘lumki, o‗smirlar, yoshlar, talabalar yangilikka intiluvchan, tengqurlariga havasmand,
modaparast, xorij standartlarini oson qabul qilishga ruju qo‗ygan bo‗ladi. Ulardagi ana shu
ijtimoiy-psixologik holat kirib kelayotgan shubhali qadriyatlarga tanqidiy yondashuvni cheklab
qo‗ymoqda. Maqbul yoki nomaqbulligi haqida muayyan fikr-mulohazasi bo‗lmagan yoshlar
hayotimizga, milliy mintalitetimizga mos kelmaydigan mafkuraviy mahsulotlarni matbuot orqali
qabul qilishga oshiqmoqda. ―Ommaviy madaniyat‖ tashqi ko‗rinishi, oson o‗zlashtirilishi bilan
ularni qiziqtirmoqda. Turfa g‗oya va ramzlar zamonaviy modalar ommaviy madaniyat
mahsulotlari yoshlardan chuqur fikr-mulohaza yuritishni talab etmaydi, har xil hayot
tashvishlaridan, turmush muammolaridan ―xalos‖ etadi, jasadni va ruhni dam oldirish, ularni
o‗qishga, bilim olishga emas, balki o‗ynab-quvnab, ―yashab olish‖ga chaqiradi. Aslida
―ommaviy madaniyat‖ning, uni tarqatayotganlarning ham asl maqsadlari shundan iborat.
Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etishini va ―ommaviy madaniyat‖
mualliflari aynan ana shu auditoriyani nazarda tutayotganini e‘tiborga olsak, vazifalarimiz
mas‘uliyati aniq ayon bo‗ladi.
Yoshlarning badiiy ehtiyojlarini qondirish, ular o‗rtasida ―ommaviy madaniyat‖
mahsulotlarining tarqalmasligi uchun muayyan ishlar amalga oshirilayotir, albatta ularning
san‘atga, adabiyotga va boshqa ma‘naviy mahsulotlarga bo‗lgan ehtiyojlarini o‗rganib borish
hozir izchil olib borilmoqda.
Bitiruvchilarda esa aksincha, san‘atni kundalik tashvishlardan xalos etish vositasi deb
qarash eng yuqori ball, ya‘ni 53,5 foiz ovoz oldi, ya‘ni so‗rovda qatnashgan bitiruvchilarning
shunchasi san‘atga shunday vosita deb qarar ekan. Ularning orasida san‘atga estetik zavq berish
manbasi deb qarovchilar ham oz emasligi ma‘lum bo‗ldi. Birinchi kurslarga nisbatan san‘atni
ijodga rag‗batlantiruvchi vosita deb qarovchilar 7,7%, qadriyatlarni shakllantirish vositasi deb
qarovchilar esa 5,2% kam ekan.
―Ommaviy madaniyat‖ning hayotimizga bostirib kelishida dastlab ommaviy axborot
vositalari asosiy rolni o‗ynadi. Bugunga kelib esa, reklama uning ajralmas yo‗ldoshiga aylanib
qoldi. Bozor qonuniyatlari ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlarini keng tarqatishdan manfaatdor
bo‗lib maydonga chiqmoqda. Zamonaviy audio-videotexnikalar, ovoz yozish va kuchaytirgich
asboblarining yuzlab turlari ―ommaviy madaniyat‖ mahsulotlari reklamasi bilan kun
ko‗rmoqdalar. U sanoat asosiga ko‗chirilgach, o‗rtacha, bo‗sh ―ommaviy madaniyat‖
mahsulotlarini ko‗paytirish va sotish bo‗yicha qudratli tizim yaratildi. Istagan do‗kondan
dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo‗shiq, klip audiovideotasmasini
topish mumkin. San‘atga, ―ommaviy madaniyat‖ga mas‘uliyatsizlik bilan munosabatda
bo‗ladigan, yengil-yelpi ijod bilan elga tanilgan san‘atkorlar armiyasi paydo bo‗ldi. O‗zlari shoir,
o‗zlari kompozitor bo‗lgan, musiqiy maxsus bilimi bo‗lmagan juda ko‗plab guruhlar paydo
bo‗ldi va ular o‗z mahsulotlarini istagancha reklama qilmoqdalar. Yoshlar esa ana shunday
siyqasi chiqqan, lekin ma‘lum ma‘noda ―o‗z auditoriyasini topgan‖, ―san‘atkor‖lar armiyasi
bilan yuzma-yuz turibdilar. Reklama – yaratuvchi kuch emas, balki u ommaviy psixologiyani
aks ettiruvchidir.
Ba‘zan kliplarda chiroyli qizlar va yigitlar nima deyayotganligini o‗zlari ham
tushunishmaydi. Kuchli musiqa sadosi ostida nimalardir deyishadi, mashinalarga o‗tirib
qayerlargadir borishadi. ―Ommaviy madaniyat‖ mahsuli bo‗lgan bunday ―asarlar‖ millat
mentalitetini pasaytirishga xizmat qilayotgani sir emas. Reklama nima deydi? Birorta shirin
ichimlikni iste‘mol qilib cheksiz rohat va farog‗at olish mumkin. Biror narsaga erishish uchun
jon kuydirish, ter to‗kib, mehnat qilish shart emas, ichimlikni sotib olish kerak va uni iste‘mol
qilish kerak. Yoki yozib olingan fonogrammaga mos qilib, labni qimirlatib turaverish kerak,
tamom vassalom. Endi o‗sib, jamiyatga kirib kelayotgan yoshlarga, o‗smirlarga ham OAVlar
shunday ta‘lim bermoqdalar va u qay bir darajada o‗z xaridorini topmoqda hamda ongiga ta‘sir
etmoqda. Demak, ―ommaviy madaniyat‖ning ana shunday siyqalanib, jo‗nlashib borishi
hammamizni ogohlikka chorlashi lozim.
“Ommaviy madaniyat” yoshlarga taklif qilayotgan lug„at:
TUSHUNCHA
“OMMAVIY MADANIYAT”
MILLIY MADANIYAT
ISROFGARCHILIK
boylik belgisi
resursni befoyda sarflash, inqiroz sari
birinchi qadam
YOSHLIK
tez o‗tib ketadigan, lazzatlanib
oladigan vaqt
har bir daqiqasida bilim olish,
komillikka intilish vaqti
VAFO, SADOQAT
eskilik sarqitlari
komil insonga xos belgilar, ezgu
amallar
HAY, IBO
Axloqsizlik
axloq-odob belgisi, ijobiy fazilat
INSOF QILISH
imkoniyatni boy berish
vijdon bilan ish tutish
SAXOVAT
resursni maqsadsiz sovurish
o‗zgalarga beminnat yordam,
oliyhimmatlik
YAXSHI OTA
bola qo‗liga katta pul beruvchi
pozitiv partner
bolasining kasb-hunar o‗rganishi va
ilm olishiga ko‗maklashuvchi ota
OILA
shaxs erkinligini bo‗g‗uvchi
zanjir
mehr-muhabbatga asoslangan eng
yaqin kishilar guruhi, oliy qadriyat
XIYONAT
erkinlik belgisi, kechirilishi
kerak bo‗lgan ish
bevafolik, sotqinlik, xoinlik
XUDBINLIK
o‗zi uchun yashab qolish, oila
uchun qayg‗urmaslik, yaxshi
odat
faqat o‗zinigina o‗ylash, o‗zgalarga
hurmat-e‘tiborsizlik, yomon odat
«Ommaviy madaniyat»ning ko„rinishlari
«Ommaviy madaniyat» vakillari deganda asosan ana shu to‗rtta illat – axloqiy buzuqlik va
zo‗ravonlik, individualizm, egotsentrizmning kelib chiqishiga sabab bo‗ladigan odatlarni o‗ziga
kasb qilib olgan va ularni madaniyat deb hisoblagan kishilar nazarda tutiladi. Bu to‗rt illat ham
o‗z ichida bir necha qismlarga bo‗linib ketadi. Quyida ana shulardan ayrimlarini sanab o‗tamiz.
A) AXLOQIY BUZUQLIK.
1. Kashandalik (ayniqsa, xotin-qizlarning sigareta chekishga berilishlari).
Biz bolalarimizni jismonan yetuk va aqlan barkamol avlod etib tarbiyalaymiz, deb jon
kuydirib turgan bir paytimizda xomilador ayollarimizning sigareta chekishini qanday baholash
mumkin. Eng qizig‗i, ana shu ayollar uchun ayol kishinining sigareta chekishi bu – zamonaviy
madaniyatning bir turi.
Bugun tamakiga yo‗q deya olmagan bu ojizalarning ertaga giyohvandlik moddalarini
iste‘mol qilmasligiga hech kim kafolat bermaydi, albatta.
2. Alkogolizm (ayniqsa, xotin-qizlarning spirtli ichimliklar ichishga ruju qo„yishlari).
Buni ilgarilari faqat shahar joylaridagina ko‗rar edik. Hozir esa qishloqda ham
ayollarning, ayniqsa, yosh qizlarning spirtli ichimliklar ichib yurishganining guvohi
bo‗lmoqdamiz. Go‗yoki ular ichishmasa, o‗zlarini zamondan orqada qolgan, madaniyatsiz va
tahqirlangan deb his etishar emish. Anglab turganingizdek, ichish undaylar uchun madaniyat.
Demak, ayollarning spirtli ichimliklarni ichib yurishlari ―ommaviy madaniyat‖ niqobi ostida
kirib kelmoqda. Nima qilibdi ayollar ichsa, deydiganlar ham yo‗q emas, albatta. Birinchidan,
bizning dinu diyonatimizga to‗g‗ri kelmaydi, ikkinchidan ichkilik insonning ham jismoniy, ham
ruhiy sog‗ligiga jiddiy salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Spirtli ichimlik ichgan ayoldan esa sog‗lom bola
tug‗ilishi dargumon. Mamlakatimizda ichuvchi ayollarimiz ko‗payaversa, ularning aksariyat
qismi yo tug‗ishdan bosh tortadi (chunki kayfu safoga berilgan ona farzand tarbiyasi bilan
o‗ralashib yurishni xohlamaydi), yoki tuqqan bolasi ma‘lum bir darajada nomukammal bo‗ladi.
Natijada kelajak avlodimiz barkamolligini yo‗qotish xavfi tug‗iladi. Chunki, olimlarning
kuzatuvlariga ko‗ra, inson miyasida o‗n yetti milliarddan ortiq hujayra bor ekan. Bu
hujayralarning har biri mikrokapellyar qon tomirlari orqali oziqlanadi. Ular shunchalik nozikki,
qon tarkibiga alkogol qo‗shilganda, qurum paydo bo‗lib, hujayralarga qon o‗tmaydi, yetti-sakkiz
daqiqadan keyin esa millionlab hujayralar o‗la boshlaydi va boshqa tiklanmaydi…
Yuqoridagi illatlarning oldini olish uchun muntazam sport bilan shug‗ullanish lozim. Zero,
Yurtboshimiz ta‘kidlaganlaridek, ―… sport – sog‗lom avlod, sog‗lom kelajak degani. Binobarin,
faqat sog‗lom xalq, sog‗lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo‗ladi.
…bolalar va yoshlarning sport bilan ommaviy ravishda shug‗ullanishi ularning xarakterini
toblaydi, kuchli, mard va jasur bo‗lib kamol topishiga xizmat qiladi, qat‘iyatli, hayot sinovlari va
qiyinchiliklarini mardona yengib o‗tishga qodir insonlar etib tarbiyalaydi‖.
3. Haddan tashqari tor va ochiq, badani, ayniqsa, hatto ayollik belgilari ham ko„rinib
turadigan darajadagi kiyimlar kiyish.
Bunday holatni ilgari boshqa millat vakillarida uchratar edik. Hozir o‗zbek millatiga
mansub qizlarimiz, qolaversa katta yoshli ayollarmizni ham shunday kiyimda ko‗rishga majbur
bo‗lib qoldik. Eng achinarlisi, o‗qituvchilarimizning shunday ahvolda kiyinishlaridir. Ayniqsa
boshlang‗ich sinf o‗qituvchilari. Buni ko‗rib tarbiya olayotgan bolalarimizni kelajakda
bundanda badtar holatda ko‗rmaymiz deb kim kafolat bera oladi. Axir, qush uyasida ko‗rganini
qiladi, qolaversa ibrat ma‘rifati degan tushuncha bor. Bugungi har bir murg‗ak qalb katta
avloddan o‗rnak olib tarbiya topadi. Hozirgi o‗qituvchilarimiz esa bolalarimizni milliy-ma‘naviy
ruhda tarbiyalash o‗rniga ―ommaviy madaniyat‖ bobida namuna bo‗lmoqdalar, xolos. Ba‘zi
o‗qituvchilarimizning (ular ham kimningdir qizi, opasi, singlisi, onasi yoki suyukli rafiqasi)
kiygan kiyimlari shunchalik yupqaki, ulardan odam anatomiyasi darslarida ko‗rgazmali vosita
sifatida foydalanish ham mumkin.
4. Balog„atga yetmagan yosh yigit-qizlarning jamoat joyida o„pishib, quchoqlashib
turishlari.
Bunday voqealarga bugungi kunda ko‗proq shahar joylarida guvoh bo‗lasiz. Eng qizig‗i,
shundaylar o‗zlari qilayotgan ishlarini madaniyat deb biladilar. Agar millatimiz vakillarining
aksariyati ana shu odatni kasb qilib olsa, bizda milliy ma‘naviyat, yuksak madaniyat degan
tushunchalar qayoqqa ketadi. Qizlardagi or-nomus, hayo va ibo, sharm va iffat qayoqqa ketadi.
Bizning milliyligimiz ana shu qadriyatlarda emasmi?
Barcha dinlar, milliy madaniyatlar o‗smir qizlarga ―O‗zingni bokira tut. Asra‖, deb keldi.
Ommaviy madaniyat esa ―Kontratseptivdan foydalan. Partneringni hadeb almashtiraverma.
Xo‗p-mi!‖, deb nasihat qilmoqda. Bugun u o‗z nasihatini o‗zbeklarning qizlariga aytish uchun
kelayotir. Chet el telekanallari va turli xorijiy filmlar ta‘siriga tushib qolayotgan yigit-qizlarimiz
ommaviy madaniyatga ergashdi, lekin uning nasixatlarini ham to‗la-to‗kis bajarmayaptilar.
YA‘ni hech qanday kontratseptivdan foydalanishmayotir va tez-tez partnerlarini almashtirib
turishibdi.
5. Ayollarning erkakcha so„kinishlari.
Buning isbotini siz poytaxtdagi bozorlarda savdo qiladigan ayrim ayollarning joy
talashishlari jarayonida yoki militsiya xodimining biror ayolni mahkamaga olib ketayotganidagi
holatda ko‗rishingiz mumkin. Buni albatta eng yorqin misol sifatida keltirdik, xolos. Aslida
boshqa joylarda, ya‘ni ta‘lim muassasalari hamda boshqa mehnat jamoalarida ham bunday
holatni kuzatish mumkin. Ayol kishi bo‗la turib badjaxl erkak ham og‗ziga olmaydigan so‗zlar
(―d...‖, ―p...‖, ―s...‖, ―onang...‖, ―g...‖ va hokazolar) bilan so‗kinishi uning uchun madaniyatning
bir turi bo‗lsa kerak, menimcha. Bizning milliy ma‘naviyatimizda esa bundaylarni axloqi buzuq
odamlar deyiladi.
6. Ota-ona va boshqa katta yoshlilarga nisbatan hurmatsizlik.
Bu odatni ham ko‗proq o‗zga millat vakillarida kuzatar edik. Bugunga kelib sof
o‗zbeklarimiz ham shu odatni qabul qilishgan. Ota-onalariga ruscha murojaat qilishadi va
―Mama, ti...‖, ―Papa, ti...‖ kabi so‗zlardan ham foydalanishadi, avtobus yoki boshqa jamoat
transportlarida kattalarga joy berishmaydi va hokazo.
7. Pornografiya.
Bunday holatlarni avvallari internet klublarida ko‗rardik. Bugun ular nazoratga olinib,
tanqid va ta‘qib qilinganidan keyin, endi yashirin ravishda disk sotish, uyatsiz rasmlar sotish va
boshqa shu kabi axloqsizliklar avj olib bormoqda. Milliy mentalitetimizga zid bo‗lgan bunday
odatlar esa yoshlarning ma‘naviy tubanlashishiga, o‗g‗il bolalarning yigitlik xususiyatini
yo‗qotishgacha olib kelayotganini e‘tibordan chetda qoldirmaslik lozim.
8. Starizm (sub‟ektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar,
sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish).
Yosh yigit-qizlarning shaxsiy xonalariga kirsangiz, yo chet el aktyori, yo chet el
qo‗shiqchisi, yo chet el telediktori yoki chet sportchisining bir necha yuzlab rasmlarini
devorlarga yopishtirib tashlaganiga ko‗zingiz tushadi. Eng qizig‗i ular ana shu qahramonlarining
rasmini (!) yaqin kishilaridan ham ustun qo‗yishadi (Birorta rasmni yirtsangiz, ―Bu sendan
qimmat turadi, nega yirtding!?‖ deb o‗dag‗aylashidan ham buni bilish mumkin). Ular qorinlari
och qolsa ham non olmasdan o‗zlari sevgan qahramonlarining rasmi yoki ijod namunasini
olishadi. Ana shu qahramonlari uchun hech narsadan toymaydilar, hatto o‗zgalarga shikast
yetkazishdan ham.
9. Bilimsizlik, axloqsizlik, madaniyatsizlik, tartibsizlikni qo„llab-quvvatlash.
Yoshlar orasida ―Xeh, pat-t-trio-o-o-ot!!!‖ degan istehzo bilan bilimli, odob-axloqli,
madaniyatli bolalar ustidan kulish va mazaxomuz ohangdagi so‗zlarni aytib, uni yakkalash
holatlarini kuzatish mumkin. Bundaylar sinfdosh yoki guruhdoshlari uy vazifasini tayyorlab
kelgan bo‗lsa, unga qarata: ―Endi o‗zingcha bilimdonsan-da, a?!‖, ―Aqllilik qilyapsan-da, a!?‖
kabi gaplar bilan madaniyatli, axloq-odobli bolalarning g‗ashiga tegishadi va shu yo‗l bilan
ularni ham o‗z saflariga, ya‘ni ishyoqmas, dangasa, axloqsiz, bilimsiz bezorilar safiga qo‗shishga
harakat qilishadi. Ajablanarlisi, ma‘lum bir ma‘noda maqsadlariga erishishadi ham. Natijada
bilimli, yuksak didli va madaniyatli yoshlar soni kamayib boradi.
10. Xullas, yuqorida sanab o‗tilgan illatlarga chalinib qolmaslik uchun har bir yosh doimiy
bilim olishga intilib yashashi kerak. Chunki muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
e‘tirof etganlaridek, ― Biz haqiqatan ham o„z farzandlarimiz va nabiralarimiz bilan
faxrlanishni istasak - ular zamonaviy bilim va tajribaga ega, iymonli-e‟tiqodli bo„lishlariga,
Vatanimiz tarixida o„chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizning ishlarini davom
ettirishlariga erishishimiz lozim”.
11. Tatuirovka.
Tatuirovka – teri ostiga rang yuborib, turli xil shakl va naqshlar chizish. Tatuirovka
qildirish avvallari mahbuslarga xos odat edi. Hozir esa u ommaviylashib, yoshlarning sevimli
―madaniyat‖iga aylandi. Aslida u turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarish ―ommaviy
madaniyat‖ni tarqatuvchilarga oydek ravshan.
Tarixiy kitoblarda yozilishicha, tatuirovkaning qadimiy ko‗rinishlari ibtidoiy jamoa tuzumi
davrida qabilalar orasida vujudga kelgan. Avvaliga bir qabila a‘zolarini boshqa bir qabiladan
ajratib ko‗rsatish uchun qo‗llanilgan belgi keyinchalik tarixda ashaddiy jinoyatchilar uchun jazo
vositasiga aylangan. Ammo qaysi manbani qidirmang, xalqimiz o‗tmishida tatuirovka to‗g‗risida
biror ma‘lumot topilmaydi. Unga nisbatan begonalik kayfiyati ham ana shundan, desak
mubolag‗a bo‗lmaydi.
Hozirgi kunga kelib «tatuirovka» termini yevropa davlatlarida sekin-astalik bilan tarqala
boshladi, har xil tillarga kiritilib, leksikada aniq nima haqida gapiralayotganini ifodalovchi so‗z
bo‗lib o‗rnashib keldi. 1856 yilda P.Nisten tarafdan tayyorlangan «Tibbiyot lug‗ati»da
«tatuirovka» so‗zi butun dunyoda tatuirovkani xillarini anglatovchi so‗z bo‗lib ilk bor kiritildi.
Undan keyin E.Littre «Fransuz tili katta lug‗ati»ga kiritdi.
44
Bir jinsli nikoh. Erkakning erkakka intilishidan jamiyat nafratlanib kelgan, ko‗payishiga
yo‗l qo‗ymagan... Endilikda esa bunday «oila» qurishga turli mamlakatlarda qonun yo‗li bilan
ruxsat berishga intilish bor. Eng dahshatlisi shundaki, ularga bola boqib olishga ham ruxsat
etilyapti. Tabiiy savol tug‗iladi: ―Ular boquvidagi bola qanday tarbiya ko‗radi, kim bo‗lib
yetishadi?‖ Ular boqqan bola ota-onam deb emas, balki yo ona-onam yoki ota-otam deb katta
bo‗ladi. Uning ma‘naviyati qay darajada bo‗lishi haqida esa o‗zingiz xulosa qilavering.
Bu illatning aksi sifatida bizda oila atalmish qadriyat bor. Har bir yosh oilaga sadoqatli,
ota-onaga hurmat ruhida tarbiya topsa, milliy an‘analarimizga qat‘iy amal qilsa, har holda
bunday xunuk ishlarga qo‗l urmasdi. Sababi ―Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar
to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilish, ochiq ko‗ngillilik, millatidan qat‘i nazar odamlarga xayrixohlik
bilan munosabatda bo‗lish, o‗zgalar kulfatiga hamdard bo‗lish va o‗zaro yordam tuyg‗usi
kishilar o‗rtasidagi munosabatlarning meyori hisoblanadi‖
45
.
Do'stlaringiz bilan baham: |