2. Mafkuraviy gegemonizmning vujudga kelishi. Hozirgi dunyoning geopolitik,
iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasi turli mafkuralar kurashi ostida
kechmoqda. Geopolitika – tashqi siyosatda biron bir davlat yoki mintaqaning hududiy o‗rni,
kommunikatsion imkoniyatlarini hisobga olib yuritiladigan qarashlar asosidagi faoliyat. U
dastlab jamiyat taraqqiyotida geografik shart-sharoitlarning o‗rnini yuqori darajaga ko‗tarish
tarzida namoyon bo‗ldi. Natijada ayrim davlatlarda ―tabiiy sarhadlarni kengaytirish zarurati‖
tarzida ekspansiyani asoslovchi siyosiy konsepsiya, deb qarashga olib keldi.
Gegemonizm (yunoncha, gegemoniya – ―yetakchilik‖, ―boshqarish‖) — turli sohalarda,
jumladan, ma‘naviy sohada ham ustunlik va o‗z hukmiga bo‗ysundirishni anglatuvchi tushuncha.
Gegemonizm mohiyatan dunyo barqarorligini ta‘minlash yoki uni mustahkamlashga qaratilgan
siyosatga zid hodisa bo‗lib, ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat barqarorligi va xavfsizligini izdan
chiqaradi
18
. Ba‘zi davlatlarning barcha sohalarda ustunlik qilish va dunyoni o‗z hukmiga
buysundirishga intilishi insoniyat tarixining turli bosqichlarida salbiy oqibatlarni keltirib
chiqargan. Gegemonizm biron-bir qudratli kuchning manfaatlarini ustuvor darajada, bir
tomonlama ta‘minlash maqsadini ko‗zlagani sababli u boshqa tomonning manfaatlariga zid
bo‗lib, ijtimoiy, siyosiy va ma‘naviy rivojlanishga putur yetkazadi. Bunday adolatsizlik yetarli
imkoniyatga ega bo‗lmagan davlatlar va millatlarning xalqaro jarayonlarda to‗laqonli ishtirok eta
olmasligiga sabab bo‗ladi. Natijada, tabiiy ravishda bunday mamlakatlar xalqlarida
gegemonlikka intilgan davlatlar va xalqlarga nisbatan nafrat, norozilik kayfiyati paydo bo‗ladi,
dunyo hamjamiyatining barqaror rivoji davlatlararo munosabatlarga salbiy ta‘sir etadi.
Ilmiy-texnikaviy imkoniyat jihatdan ancha ilgarilab ketgan G‗arb mamlakatlari
farovonligini saqlab qolishning birdan-bir chorasi o‗laroq Sharq mamlakatlariga nisbatan
mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi. Buning natijasida insoniy intellekt, ma‘naviyat
asosida shakllangan, bashariyatga behisob samara keltirgan muloqot chilparchin bo‗ldi.
Tamaddunlararo munosabat rishta lari uzildi. Sharq bilan G‗arb o‗rtasidagi minglab yillik
hamkorlik va aloqalar o‗rnini o‗zaro dushmanlik mafkurasi hamda siyosati egalladi. XIX asr
nemis faylasufi G.Gesse ta‘biri bilan aytganda: «Insoniyat mavjudligini saqlab turgan ikki qutb
— Sharq va G‗arb shu tariqa bir-biriga qarama-qarshi kuchga aylantirildi». G‗arbda Sharqqa
nisbatan ustuvor Yevropotsentrizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, mustamlakachilik, hududiy-
mafkuraviy ekspansionizm, imperializm, gegemonizm, mondializm va umumbashariy hakamlik
sari intilish bilan bog‗liq g‗oyaviy-siyosiy amaliyot ko‗rinishlari shakllandi. Pirovardida, har ikki
sivilizatsiyaga mansub xalqlar, mamlakatlar o‗rtasidagi ma‘rifiy munosabat pasayib bordi.
Nisbatan qoloq xalq va mamlakatlarni mulki, aqliy salohiyati hamda ma‘naviyatidan judo
etishning uslub-yo‗llari ketma-ket ishlab chiqildi. O‗sha davrlarda G‗arb geosiyosatida biron-bir
18
Ma‘naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‗ati. Q.Nazarov mas‘ul muharrir. T., ―G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2013, 50-51 betlar
makonni bo‗ysundirish, qaramlikka solish uchun u ikkinchi platsdarm deb e‘lon kilindi. Ya‘ni,
o‗zi uzoqda joylashgan, lekin strategik ahamiyatga ega bo‗lgan, hududga yetib olish uchun
ikkinchi bir hudud ustidan qon kechib o‗tishni yoqlovchi rejalar ishlab chiqildi. Ming yillarki,
Sharqu G‗arbning hayotiy ehtiyojlari tinch-totuv, bahamjihat yashashga beminnat xizmat qilib
kelgan Buyuk ipak yo‗li qon kechgan lashkarlar oyog‗i ostida toptaldi. Tabiiyki, bundan bizning
yurtimiz ham ko‗p zarar ko‗rdi
19
.
1997 yilda chop etilgan "AQShning keyingi asrdagi milliy xavfsizlik strategiyasi"dan
quyidagi parchani keltirish bugungi kunda. dunyoda kechayotgan hodisalarni tushunish imkonini
beradi: "Biz dunyodagi integratsion jarayonlarni zaruriy o‗zanga yo‗naltirish uchun, mavjud
siyosiy va iqtisodiy institutlar hamda xavfsizlik tuzilmalarini o‗zgartirish uchun, shuningdek,
bizning manfaatlarimiz va qadriyatlarimizni ilgari surish uchun zaruriy shart-sharoitlar yarata
oladigan yangi tashkilotlarni shakllantirish uchun AQShning yetakchilik rolidan foydalana
olamiz va foydalanishimiz kerak"
20
.
Bundan kelib chiqadigan xulosa – istiqlolga erishgan kunimizdanoq boshlangan, ammo
keyingi vaqtda kuchaygan buzg‗unchi ma‘naviy-mafkuraviy oqimlarning suverenitetimizga
taxdid solayotganiga O‗zbekiston Respublikasi kimningdir qo‗lida qo‗g‗irchoq bo‗lishdan bosh
tortayotgani sabab! Shu boisdan, yurtimizda demokratiya niqobi ostida gegemonizm
o‗rnatmoqchi bo‗lganlarga va neokolonializmga intilayotganlarga Birinchi Prezidentimizning
so‗zlari bilan javob qaytaramiz: "Biz hech qachon, hech kimga qaram bo‗lmaymiz!"
21
Jahonning istalgan nuqtasidagi har qanday ziddiyatni hal etishda AQShga teng keladigani
yo‗q. Mamlakatning bunday gegemonlik siyosatiga qarshi bo‗lgan har qanday harakat
Kissinjerning ta‘kidlashicha, "milliy manfaatlarga tahdiddir. Xo‗sh, Prezident G.Trumen
davridayoq mukammal tarzda yo‗lga ko‗yilgan, bugun esa yanada shiddatli va andishasiz
ko‗rinish kasb etayotgan bu gegemonizm nimalarda namoyon bo‗ladi?
Avvalo, siyosiy sohada. Bu borada amerikalik siyosatdonlar amalga oshirishga ulgurgan
ishlarga o‗nlab misollar keltirish mumkin. Buyuk davlatlar o‗z yo‗rig‗iga yurishni istamagan
davlatlarga, birinchi navbatda, siyosiy jihatdan bosim o‗tkazadi. Sanksiyalar qo‗llash bilan
tahdid qilish, axborot xuruji, siyosiy jihatdan yakkalash va mamlakatning xalqaro maydondagi
obro‗sini tushirish kabilar shunday vositalardandir. Qolaversa, BMT, Xalqaro Valyuta
Jamg‗armasi, Jahon Savdo Tashkiloti, Jahon banki singari dunyoning eng yirik xalqaro
tashkilotlaridagi yetakchi mavqei ham bosim o‗tkazishda katta imkoniyat beradi. Suriya, Sudan,
Shimoliy Koreya, Venesuela kabi davlatlarga nisbatan olib borilgan siyosat bunga misol bo‗la
oladi. Boshqa mamlakatlardan xalqaro huquq normalariga so‗zsiz amal qilishni talab qiladigan
AQShning o‗zi bu normalarni ko‗p marotaba buzgan yoki ularga umuman qo‗shilmagan.
AQSH tomonidan gegemonizm siyosati iqtisodiy siyosatda ham faol qo‗llaniladi. Xech
ko‗zingiz tushganmi, "Maykrosoft" korporatsiyasining mashhur kompyuter dasturlarini
o‗rnatayotganingizda dastavval ekranda "Litsenziya kelishuvi" degan oyna paydo bo‗ladi. Unda
shunday yozuv bor: "Siz ushbu kompyuter dasturini AQSH tomonidan cheklovlar joriy etilgan
davlatlar, jumladan, Kuba, Eron, Iroq, Liviya, Shimoliy Koreya, Sudan va Suriyaga olib
kirmaslik, bu davlatlar fuqarolariga vaqtinchalik foydalanish uchun bermaslik majburiyatini
olasiz". Bunday cheklov AQSH Savdo vazirligining Eksport nazorati byurosi tomonidan
Amerikada ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlarga belgilanadi. Ushbu taqiqning demokratiya
talablariga qay darajada mos kelishi masalasini inson huquqlari himoyachilariga qoldirgan holda
aytmoqchimizki, bu iqtisodiy bosim o‗tkazish yo‗llaridan biri, xolos.
Gegemonizmning uchinchi asosiy ko‗rinishi madaniy siyosatda namoyon bo‗ladi. Kissinjer
yozadi: "Biz bu millatni insonlarni ozod qilish uchun yaratdik, biz o‗z konsepsiyamiz va
maqsadlarimiz nuqtai nazaridan olib qaraganda, Amerika bilan cheklanmaymiz va endi barcha
insonlarning ozod bo‗ligli uchun harakat qilamiz. Agar bunday qilmasak, Amerikaning shon-
19
Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007, 86 bet.
20
Азроянц Э. Глобализация: катастрофа или путь к развитию? —М., "Новый век", 2002, Ст. 36.
21
Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007, 513 bet.
shavkati barbod bo‗ladi, uning qudrati esa havoga uchib ketadi". Amerikanizmning mohiyatini
mana shu so‗zlardan yanada mufassalroq anglab yetish mumkin.
Bunday siyosat odatda "madaniyatlarni boyitish", "demokratiya an‘analarini joriy etish"
yo‗llari bilan amalga oshiriladi. O‗z qadriyatlarini saqlashga urinib, bunday "madaniy
uyg‗unlik"ni, "demokratiya talablari"ni qabul qilmaydigan davlatlar oldida esa ikki yo‗l turadi:
yo bo‗ysunish, yo qoloqlik, xalqaro siyosatda yakkalanish, obro‗sizlanishga duchor bo‗lish
22
.
Bu va yuqorida sanab o‗tilgan boshqa holatlar buyuk davlatlar tomonidan qo‗llaniladigan
bosimlardan ayrim misollar xolos. Ularning bunday tashqi siyosatidan ko‗zlangan bosh maqsad -
insoniyatning eng muhim tabiiy, moliyaviy, intellektual va informatsion resurslari ustidan o‗z
nazoratini o‗rnatishdir.
3.Mafkuraviy xurujlarning namoyon bo„lishi va unga qarshi himoya (profilaktika)
vositalari. Mafkuraviy tahdidlar keng qamrovligi va uzoqni ko‗zlovchi xususiyatga egaligi bilan
ajralib turadi. Mafkuraviy tahdidlarning bugungi kunda quyidagi ko‗rinishlari ko‗zga
tashlanmoqda: milliy qadriyatlarni kamsitish, milliy axloq qoidalarini inkor qilish, mo‗tadil
qarashlarni pisand qilmaslik va bularning o‗rniga muayyan mafkuraviy markaz yo‗rig‗iga yurish,
kosmopolit qoidalarni maqtash, yot va begona g‗oyalarni, dunyoqarashni mutlaq haqiqat sifatida
targ‗ib qilish. Diqqat qilinsa, ijtimoiy ongda zararli maqsad-muddaolarni, tuyg‗u va fikr-
mulohazalarni hosil qilish mafkuraviy tahdidlarning negizini tashkil qiladi.
Mafkuraviy tahdidlar ―biz uchun mutloqo begona mafkura va dunyoqarashni avvalo
beg‗ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir‖.
23
Misol uchun, biz uchun begona dunyoqarashlardan biri – mutaassiblikdir. Unga ko‗ra, shaxs o‗z
tushunchalarini mutlaq haqiqat deb qabul qiladi va o‗zga qarashlarni esa asossiz inkor etadi.
Zero, biz uchun yot bo‗lgan mafkuralarda axloqsizlikni ideallashtirish va biz uchun yot
bo‗lgan dunyoqarashlarda esa mutassiblik, aqidaparastlikni tiqishtirish ko‗zga tashlanadi. Bir
so‗z bilan aytganda, yot mafkuralarda ma‘naviyatni zaiflashtirib gegemonlik qilish va yot
dunyoqarashlarda esa dogmatik fikrlar vositasida shaxs ongini diniylashtirish ustuvor darajada
namoyon bo‗lmoqda.
G‗oyaviy tahdidlarga kiruvchi tahdidlar inson ma‘naviy olamida yot g‗oyalar, qarashlar va
maqsad-muddaolarni shakllantirishga intiladi. Bugungi kunda g‗oyaviy tahdidlarning quyidagi
ko‗rinishlari namoyon bo‗lmoqda: axloqiy buzuqlik, zo‗ravonlik, egotsentrizm, individualizm,
―ommaviy madaniyat‖, milliy davlatning taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg‗otish, milliy
nizolar keltirib chiqarishga urinish, iqtisodiy tanglik joriy qilish, qo‗shni davlatlarni bir-biriga
qayrash, yoshlar ongini zaharlash. Bundan ko‗zlangan maqsad rivojlanayotgan davlatning
moddiy va ma‘naviy boyliklariga egalik qilishdir. Chunki g‗oyaviy tahdidlar oxir-oqibatda
davlatni inqirozga olib keladi, nega deganda, buning natijasida fuqarolarda xudbinlik, loqaydlik,
manfaatparastlik, hasad, sotqinlik, irodasizlik, beparvolik kabi ijtimoiy-axloqiy illatlar kelib
chiqadi.
Informatsion tahdidlar insonning ijtimoiy ongini noto‗g‗ri shakllantirish va shu tariqa
o‗zligiga ega bo‗lmagan olomonni tarkib toptirishni ko‗zlaydi. Bugungi kunda informatsion
tahdidlar asosan Internet vositasida chetdan turib uyushtirilmoqda va uning asosiy ko‗rinishlari
quyidagilardir: davlatning milliy siyosatini atayin tanqid qilish, soxta xabarlar tarqatish, kichik
muammoni katta (yirik) muammo sifatida tasvirlash, muxoliflarni gij-gijlash, rahbarlarni zolim
qilib ko‗rsatish, milliy qadriyatlarni noto‗g‗ri talqin qilish, yoshlarni chalg‗itish. Informatsion
tahdidlar – ba‘zida axborot xuruji deb ataladi – shaxsni ikkilantiradi, uni muammolar girdobiga
tashlaydi. Natijada fuqarolarning ijtimoiy ongi zaharlanib, jamiyatda ijtimoiy xastalik vujudga
keladi.
24
Shunday qilib ma‘naviy tahdidlarning mazmun-mohiyati, ko‗rinishlari va xususiyatlarini
anglab olish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‗lib turibdi. Shundagina jamiyatda
ularga qarshi kurashish ruhini tarkib toptirish mumkin.
22
Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur G‗ulom‖ NMIU, 2007, 530-532 betlar.
23
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T., ―Ma‘naviyat‖, 2008, 14 bet
24
Jo‗rayev T. Milliy davlatchilik va xavfsizlik. –T.: ―Akademiya‖. 2007, 113 bet.
Ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilib borishga doir bir qator qarashlar tizimi mavjud. Albatta,
ijtimoiy-falsafiy va ilmiy adabiyotlarda ma‘naviy tahdidlar tushunchasi davr taqozosi va
tarixiylik nuqtai nazardan ―tahdid‖, ―xavf-xatar‖, ―qo‗rquv‖ kabi bir necha atamalar bilan tilga
olingan. Buni e‘tibordan soqit qilib bo‗lmaydi. Bu o‗rinda ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilishga
doir eng muhim qarashlarni tahlil qilish bilan cheklanamiz.
Ma‘naviy tahdidlarni bartaraf qilish muammosi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning
doimiy diqqat-e‘tiborida bo‗lib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining konsepsiyasiga ko‗ra,
ma‘naviy tahdidlarni ―fikrga qarshi fikr, g‗oyaga qarshi g‗oya va jaholatga qarshi ma‘rifat bilan‖
bartaraf qilish mumkin.
25
Bu muhim qarash bo‗lib, hozirgi ma‘naviy-mafkuraviy faoliyatimizda
metodologiya vazifasini o‗tamoqda.
Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda avvalo mafkuraviy immunitet shakllanisha lozim.
―Immunitet‖- so‗zining ma‘nosi ―O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi‖da quyidagicha berilgan:
(lotincha-biron narsadan xalos, ozod bo‗lish, qutilish)-organizmning doimiy ichki barqarorligini,
saqlash, uning turli xususiyatlarga va ta‘sirdan himoyalanishi, qarshilik ko‗rsatishi,
rezistentligi‖
26
.
―Falsafa‖ qomusiy lug‗atida esa – ―mafkuraviy immunitet‖- shaxs, ijtimoiy guruh, millat,
jamiyatni turli zararli g‗oyaviy ta‘sirlaridan himoya qilishga xizmat qiladigan g‗oyaviy -
nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi, deyiladi
27
.
Mafkuraviy immunitet – shaxs-ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‗oyaviy
ta‘sirlaridan himoya qilishga xizmat qiladigan g‗oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi.
Immunitet (lot, immunitats – ozod bo‗lish, qutilish) tibbiy tushuncha bo‗lib, organizmning
doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‗zini turli ta‘sirlardan, tashqi infektsiyalar kirib kelishidan
himoya qilishga qodir bo‗lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Sodda qilib aytganda, immunitet
– kishi organizmining turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyatidir. Yuqoridan farqli
o‗laroq insonning umumiy immunitet tizimi tug‗ma bo‗lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirib
borish zarur. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun o‗ziga xos hususiyatga ega. Uchinchidan,
immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta‘minlash mumkin.
Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi elementi - bu, bilim. Ammo, bilimlarning
turi ko‗p. Buyuk davlatchilik shovunizmi yoki agressiv millatchilik mafkurasi tarafdorlari ham
muayyan ―bilimlarga tayanadilar, albatta. Shunday ekan, mafkuraviy immunitet tizimidagi
bilimlar obyektiv bo‗lishi, voqeylikni to‗g‗pi va to‗liq aks ettirishi, inson ma‘naviyatining
boyitishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ular, o‗z mohiyat e‘tiboriga ko‗ra, Vatan
va millat manfaatlari bilan uzviy bog‗liq bo‗lmog‗i kerak. Mafkuraviy immunitet tizimining
ikkinchi asosiy elementi ana shunday ilg‗or bilimlar zamirida shakllanadigan baholar, qadriyatlar
tizimidir. Zero, bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bo‗lsa, uning zamirida yuzaga kelgan
qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo‗ladi. Bir so‗z bilan aytganda, qadriyatlar tizimi
mafkuviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va zararli g‗oyalar yo‗lida mustahkam
qalqon bo‗lib xizmat qiladi. Ammo bilimlar va qadriyatlar tizimi mavjudligining o‗zi mafkuraviy
immunitetning mohiyatini to‗liq ifoda eta olmaydi. Zero, bu ikki element mafkuraviy
immunitetning uchinchi muhim elementi, ya‘ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy - ma‘rifiy
sohalardagi maqsadlar tizimi bilan bog‗liq. Ana shunday aniq maqsadlar tizimi bo‗lmas ekan,
inson, millat yoki jamiyat goh oshkora, goh pinhona mafkuraviy tazyiqlarga duchor
bo‗laveradi.
Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli
shakllardagi g‗oyaviy–tarbiyaviy, ma‘naviy–mafkuraviy ishlar majmui bo‗lib, u butun g‗oyaviy
tarbiya tizimini qamrab oladi. Mafkuraviy profilaktika g‗oyaviy bo‗shliqni bartaraf etish,
mafkuraviy parokandalikni oldini olish yoki biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli
g‗oyalar ta‘siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‗oyaviy ta‘sirning xilma-xil
usul va yo‗llaridan foydalaniladi, turli vositalar qo‗llaniladi.
25
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T.: ―Ma‘naviyat‖. 2008. 119 bet.
26
O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4-jild. T., 2002, 131 bet.
27
Falsafa qomusiy lug‗at. Mas‘ul muharrir Q.Nazarov. T., ―Sharq‖ NMAK, 2004, 247 bet.
Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur‘atlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qo‗llash lozim bo‗lsa,
ikkinchisida, doimiy va sobit qadamlik bilan ish olib borish ko‗proq natija beradi. Mafkuraviy
immunitet tizimini shakllantirishda ma‘naviy ta‘lim-tarbiya tizimiga tayangan mafkuraviy
profilaktikaning o‗rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g‗oyalarning kirib kelishining oldini olish va
ularni yo‗qotishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayanadi. Ta‘lim-tarbiya va targ‗ibot-tashviqot
tizimi Mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishga yordam beradi. Sog‗lom mafkurani xalq
qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat
va jamoat tashkilotlari ham unda o‗z o‗rniga ega. Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, do‗stlik
va birodarlikni, o‗zaro hurmat va bag‗rikenglikni targ‗ib-tashviq etuvchi ertaklaru dostonlar,
qo‗shiqlaru raqslar, turli ko‗rinish va mazmundagi ma‘n-y-ma‘r-y tadbirlar Mafkuraviy
profilaktikani amalga oshirish shakllaridir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tobora kuchayib
borayotgan turli xavf-xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‗lib yashashimiz
zarurligini uqdirib, ―Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‗ylangan, puxta ilmiy
asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz olib boriladigan ma‘naviy tarbiya‖ hal etuvchi
ahamiyat kasb etishini ta‘kidlagan edi.
Mafkuraviy tajovuzlarning oldini olishda shu sohadagi targ‗ibot va tashviqot muhim o‗rin
egallaydi. Bu avvalo, muayyan guruh, millat, jamiyat, irq, etnik guruh, hudud xalqlariga
ma‘naviy tizim va tamoyillarni singdirishga qaratilgan tizimli va maqsadli ma‘rifiy faoliyatni
ifodalaydigan jarayondir. Shu bilan birga «Ma‘naviy targ‗ibot» yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy
toifa, kasbu korga mansub bo‗lgan kishilarni ma‘naviy tajovuzlardan ogohlikka chorlash,
mavjud xavf va tahdidlarning mohiyatini anglab yetish, ular haqida jamoatchilik fikrini
shakllantirish, eng muhimi, milliy g‗oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh avlod
ongi va qalbida ezgu g‗oyalarga sadoqat tuyg‗ularini tarbiyalashga qaratilgan usul va amaliy
harakatlar majmuini anglatadigan tushuncha hamdir.
Barkamol farzand sog‗lom oilaviy muhitda voyaga yetadi. Bunga erishish uchun – birinchi
navbatda, ma‘naviy targ‗ibot-tashviqot ishlarini ota-onalar ongi, ularning farzandlariga bo‗lgan
munosabatini o‗zgartirishga yo‗naltirmoq lozim. Ma‘naviy targ‗ibot-tashviqotda ulug‗
ajdodlarimizning hayot yo‗li, qoldirgan merosini bir yoqlamalikka berilmay, to‗g‗ri va haqqoniy
aks ettirmog‗imiz darkor. Lekin, bunda faqat o‗tmishdagi siymolar bilan cheklanib qolmay,
bugungi kun qahramonlari, ilg‗or zamondoshlarimizdan o‗rnak olish ham muhim ahamiyatga
ega. Toki, ular yoshlar uchun tom ma‘noda ibrat namunasi bo‗lsin.
Ma‘naviy-ma‘rifiy targ‗ibot ishlarining ta‘sirchanligini ta‘minlaydigan zamonaviy
informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyat ma‘naviy immunitetini
kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari
hamda targ‗ibotchi-tashviqotchilar uchun tegishli tavsiya va qo‗llanmalarni tayyorlash bu
boradagi muhim vazifalar tarkibiga kiradi. Ma‘naviy targ‗ibot-tashviqotda keng qamrovlilik,
uzluksizlik, bosqichma-bosqichlik, meyoriylik, shaxsiy ibrat singari tashkiliy tamoyillarga amal
qilingan taqdirdagina ko‗zlangan samaraga erishish mumkin.
4. Axborot kommunikatsiyalarida mafkuraviy xurujlarning namoyon bo„lishi.
Internet va virtual mafkuraviy xurujlarining oqibatlari. Ommaviy axborot vositalari eng
asosiy, qudratli va ta‘sirchan mafkura vositasidir. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning
o‗ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning
ta‘sirchan quroli bo‗lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy
qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‗oya va demokratik tamoyillar targ‗ib-
tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so‗z erkinligining o‗ziga xos
o‗lchovi, ko‗rsatkichi bo‗lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik
taraqqyotni rag‗batlantiradi va mustahkamlaydi.
Xayotiylik - bugungi kunda ommaviy axborot voyeitalarining faoliyatiga quyilayotgan
asosiy talab - berilayotgan axborotlarning asosan yutuqlarni ko‗rsatish, maqtovlardan iborat
bo‗lishi targ‗ibotga qanchalik foydali yoki zararli ekanini chamalab ko‗rish lozim. Hayot bor
ekan, muammolar, kamchiliklar, nuqsonlar bulaverishi tabiiy Bu - isbot talab qilmaydigan
aksioma. Shunday ekan, muammolarning mavjudligiga fojea sifatida emas, odatdagi narsa deb
qarashga o‗rganish kerak. Ularning borligini ko‗rib, uzini ko‗pmaganlikka olish bilan faqat zarar
keltirishi mumkin. Demak muammolarni o‗z vaqtida tan olish, ularni hal qilishga kirishish lozim.
Ta‘kidlash joizki, targ‗ibotning negizida faqatgina g‗oyaga ishonch emas, g‗oyani targ‗ib
qilayotgan insonga ishonch ham yotadi. Shu bois, maqtash targ‗ibotning yagona va hatto eng
to‗g‗ri usuli ham emas. Demaq mafkurani hayotni faqat maqtash, uni benuqson tasvirlash orqali
targ‗ib qilish mumkin emas.
G‗arbda ommaviy axborot vositalariga qo‗pol bulsa ham jamiyat manfaatlarini
"qo‗riqlovchi ko‗prik", deb nisbat beradilar. Yetuk demokratik davlatlarda ular jamiyatning
"ko‗zlari", "quloqlari" vazifasini bajaradilar. Ogohlantiruvchi tizim sifatida ular jamiyatdagi
illatlardan xabar beruvchi, muammolarni dadil kutarib chiqib, ularning turli yechimlarini taklif
qiluvchi qudratli kuchga aylangan.Ta‘kidlash joizki, ommaviy axborot vositalari faoliyatining
plyuralizm tamoyili asosiga qurilishi demokratiyaning taraqyotiga xizmat qiladi. Buning uchun
qapamaqarshi nuqtai nazarlardan iborat bulgan dasturlarni yaratish, muqobil fikrlar
to‗qnashuviga erishish lozim. Shundagina ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shak-
llantirish va rag‗batlantirishga qodir bo‗ladi.
Biz demokratiyani qanday tushunsak, ommaviy axborot vositalariga ham shunday
vazifalarni yuklaymiz. Biz demokratiyani mustaqilliq erkinlik va mas‘uliyat deb tushunar
ekanmiz, ommaviy axborot vositalaridan ham mustaqillik, erkinlik va mas‘uliyatni kutamiz.
Demak, jurnalistlar bu tushunchalarini anglashi, ularga ehtiyoj sezishi, ularni qadplashi, ulardan
foydalana bilishi va ular uchun kurashishi zarur.
Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‗oyasini singdirishning yana bir muhim
jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish,
ma‘naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va o‗zbe-
kiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‗liq Ommaviy axborot
vositalarining ta‘sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g‗oya, uydirma
haftasiga uch martadan turt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" tayyor buladi, odamlar unga
chippachin ishonadilar".
Oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga
munosabatning uzgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol -
axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va
qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o‗q singari insonni jismonan yo‗q qila olmasa-da, uning
qo‗poruvchilik kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg‗in qurolinikidan kam
emas. Chunki bu qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni uz
manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demaq insonni boshqarish, uning ustidan
hukmronlik qilish imkonini beradi. Aslida, axborot maqcadga erishishning eng arzon vositasi
ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko‗p mehnat, u
qadap ko‗p harakat, u qadap ko‗p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya
otishmalar va qon tukishlarni keltirib chiqarmasa-da, milliy uzlikni anglashni zaiflashtirish
evaziga tanazzulga olib keladi.
Zamonaviy OAV, televideniye, kompyuter, Internet, uyali telefon va boshqa vositalar,
insonlar, ayniqsa, yoshlarning milliyligi, tafakkuri va dunyoqarashini o‗zgartirib yubormoqda.
Taraqkiy qilgan mamlakatlarning mazkur vositalar yordamida jahon xalqlari ongi, dunyoqarashi
va turmush tarzini bir qolipga solish hamda unga o‗zlari shakllantirayotgan «ommaviy
madaniyat»ni singdirishi bosh strategik siyosatga aylantirayotganligida yaqqol namoyon
bo‗lmoqda
28
.
Internet bugungi axborot makonining muhim bo‗g‗iniga aylandi. Hozirda internetdan
nafaqat kompyuter tarmog‗i, balki kosmik aloqa yo‗ldoshlari, radiosignal, kabel televideniyesi,
telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas
qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 2 milliard ortiqroq kishi u yoki bu darajada undan
foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‗g‗riligini tasdiqlaydi.
28
Otamurodov S. Globallashuv va milliy – ma‘naviy xavfsizlik. T.,‖O‗zbekiston‖, 2015, 266 bet
50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniyega 13
yil, kabel televideniyega 10 yil kerak bo‗lgani holda, bu bosqichni internet 5 yilda bosib o‗tdi
29
.
Internet odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta‘sir ko‗rsatishda katta
imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji g‗oyaviy ta‘sir o‗tkazishning miqyosi va
ko‗lamining keskin darajada o‗sishiga olib keldi.Internet bugungi axborot makonining muhim
bo‗g‗iniga aylandi.
Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotganini quyidagi raqamlardan
bilib olish mumkin: 2000 yildan 2012 yil oxiriga qadar dunyoda internetdan foydalanuvchilar
soni 9,6 barobarga oshib, 2,4 milliard kishiga etdi, mobil aloqa abonentlari soni esa 13,4
barobarga oshib, 6,7 milliardni tashkil etdi. Internetdan foydalanuvchilarning 44,8 % (1,1 mlrd.
kishi) Osiyo, 21,6 % (519 mln. kishi) Yevropa, 11,4 % (274 mln. kishi) Shimoliy Amerika
qit‘alariga to‗g‗ri keladi. Jahon veb-auditoriyasining 45 %ini 25 yoshgacha bo‗lgan shaxslar
tashkil etadi. Mazkur o‗smirlarning 68 % har kuni kimgadir SMS-xabar jo‗natadi, 51 % ijtimoiy
tarmoqlarga kiradi, 30 % elektron pochtadan foydalanadi. Ayni vaqtda virtual olamda 600
mln.ga yaqin internet saytlar mavjud bo‗lib, har oyda o‗rtacha 201,4 trln. videorolik ko‗rib
chiqiladi, har kuni 144 mlrd. elektron maktub jo‗natiladi
30
.
Hozirgi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 10 milliondan oshdi. 20
mingga yaqin ―uz‖ domenidagi veb-saytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq veb-sayt
ommaviy axborot vositasi sifatida ro‗yxatga olingan. Internetning ta‘sir kuchi beriladigan
materiallarning tezkorligi, ko‗tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va
mavjud muammolarning samarali echimlarini taklif etishiga ko‗p darajada bog‗liq.
Ana shunday vaziyatda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek, shuni
unutmaslik kerakki, ―bugungi kunda inson ma‘naviyatiga qarshi yo‗naltirilgan, bir qarashda
arzimas bo‗lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch
olib, ko‗zga ko‗rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‗lmaydigan ulkan ziyon
yetkazishi mumkin
31
‖.
Mamlakatimiz Prezidentining bunday ogohlantirishlari jiddiy asosga ega ekanini internet
keltirib chiqarayotgan bir qator salbiy jihatlarda ham yaqqol ko‗rinadi. Unda o‗z-o‗zini
o‗ldirishning oson yo‗llarini targ‗ib qiluvchi 9 mingdan, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod
saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo‗la oladi. Mutaxassislar o‗tkazgan maxsus
tadqiqotlar mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga egaligini ko‗rsatadi.
Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog‗idagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi,
ya‘ni komyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo bo‗lishi yo‗liga
to‗siq qo‗ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin pornografik mazmunga ega saytlar
internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat‘i nazar, ularning diqqatini torta oladi.
Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o‗smirlar onlayn pornografiya ta‘siriga tushishi qayd
qilinadi.
Shuningdek, mutaxassislar ma‘lumotlariga ko‗ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter
o‗yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‗ravonlik va yovuzlik ko‗rinishiga ega, 41 foiz jangari
(turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o‗yinlarda esa o‗yin qahramoni o‗z maqsadiga
etishish uchun shunday zo‗ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‗yinlarda ana shu
zo‗ravonlik va yovuzlikning o‗zi bosh maqsad hisoblanadi
32
.
Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o‗ziga xos qaramlikni ham keltirib chiqarmoqda.
Ma‘lumotlarga ko‗ra, dunyo bo‗yicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan 10 foizi unga
mustahkam bog‗lanib qolgan.
BMT Bosh assambleyasi 2006 yil 8 sentabrda qabul qilingan ―BMTning global aksilterror
strategiyasi‖da yangi uslublar qatorida bioterrorizm hamda internetdan terror maqsadida
foydalanishning oldini olish choralarini kuchaytirish alohida qayd etilgan. 2007 yil noyabrda
29
UmarovaN. Globallashuv sharoitida axborot hurujlariga qarshi kurash. - T.: Akademiya, 2005, 25-26 b.
30
http://uz.infocom.uz
31
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T.: ―Ma‘naviyat‖. 2008. 13 bet.
32
QahharovaI. Globallashuv global ma‘naviyatning g‗oyaviy asosi.T.: Tafakkur, 2009, 26 b.
AQSH Davlat departamenti ―Tashqi raqamli aloqalar guruhi‖ nomli maxsus axborot dasturini
joriy qilgan. Dastur maqsadi – arab, fors, urdu va boshqa tillardagi internet saytlari, chat va
bloglarda AQSH siyosati haqidagi dezinformatsiya (noto‗g‗ri ma‘lumotlar)ga qarshi kurash
hisoblanadi. Dasturga ko‗ra, zarur hollarda, departament xodimlari internet orqali rasman
muloqotga kirishi va savollarga javob berishi, aniq hujjatlar asosida ma‘lumot keltirishi ko‗zda
tutilgan.So‗nggi yillarda terroristik tashkilotlar g‗oyalarini targ‗ibtashviq qilishga qaratilgan veb-
saytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta
bo‗lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud
bo‗lib, ularga xizmat ko‗rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Bunday internet saytlar
to‗satdan paydo bo‗ladi, vaqt o‗tgach yo‗qoladi, mazmunini o‗zgartirmagan holda, tez-tez
nomlanishi va domenini o‗zgartirib turadi.
Internet quyidagilar bilan terroristlar uchun qulay hisoblanadi:
Internetga kirishning osonligi;
Foydalanuvchilar sonining ko‗pligi;
Aloqaning anonimligi;
Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani;
Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi;
Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi.
Terroristlar internetdan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:
Targ‗ibot va tashviqot maqsadida ma‘lumot tarqatish;
Yangi a‘zolarni yollash (verbovka);
A‘zolik va xayriya badallarini yig‗ish hamda ulardan foydalanish;
Tarmoq va shahobchalar tashkil etish;
Terroristlarni o‗qitish, ko‗rsatmalar berish;
Razvedka va ma‘lumot qidirish;
Yangi
terroristik
harakatlarni
rejalashtirish
va
boshqarish
33
.
Do'stlaringiz bilan baham: |