O‟zbekistonga xuruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularning turlari:
1.
Diniy ekstremizm va fundamentalizm.
2.
Buyuk davlatchilik va agressiv millatchilik.
3.
Narkobiznes.
4.
Xalqaro terrozim.
5.
Axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi ommaviy axborot tizimlari.
Tarixiy qonuniyat: bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish dav-rida g‘oyaviy-
mafkuraviy sohada ham muayyan muammolarni hal etish zaruriyati yuzaga keladi.
Buni chizma shaklida quyidagicha izohlash mumkin.
Mamlakatimizdagi barqarorlik va mustaqillikni mustahkamlashga halaqit beruvchilarning
niyati istiqlol yo‘lidan borayotgan O‘zbekistondagi g‘oyaviy bo‘shliqni o‘z g‘oyalari bilan
to‘ldirib, mamlakatimiz hududidagi beqiyos boyliklarga egalik qilish, xalqimizni o‘z siyosati, o‘z
hukmronligiga bo‘ysundirishni, eng yomoni, mana shu muhim geopolitik maydonni o‘z ta‘sir
doirasiga olishdan iboratdir.
Mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatimizda eski mafkura asoratlariga, quruq
safsatabozlikka, xalqimiz manfaatlariga zid bo‘lgan sobiq siyosiy va mafkuraviy tuzilmalarga
barham berildi. Ijtimoiy adolat, xavfsizlik, ijtimoiy muhofaza, millati, dini va e‘tiqodidan qat‘iy
nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha‘ni va qadr-qimmatini, qonunning ustuvorligini
ta‘minlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ko‘rildi. Jamiyatdagi sog‘lom ijtimoiy-siyosiy
muhitni buzadigan, odamlar fikrini chalg‘itadigan noxush holatlarga barham berildi. Mamlakat
va xalq manfaatlari yo‘lida birlashish, hamjihat bo‘lish, barcha imkoniyatlardan ehtiroslarga
berilmay, aql-idrok bilan foydalanish yo‘li tutildi.
Aslida «fundamentalizm» va «ekstremizm» g‘oyalarining Markaziy Osiyoga kirib
kelishidan ko‘zlangan maqsad - dinning qadriyatlarini qaytadan tiklash emas, balki ana shu
g‘oyalardan vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo
nizolarni vujudga keltirish, oxir - oqibat esa hokimiyatni qo‘lga kiritishdir. Bu urinishlarda
tuzatib bo‘lmas fojialarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, tarix sahifasida qolib ketgan xalifalikni
tiklash g‘oyasiga ham zo‘r berilishi bilan bog‘liq. Bugun diniy ekstremizm va fundamentalizm
oqimlari tomonidan Markaziy Osiyoda olib borilayotgan qo‘poruvchilik va terroristik harakatlar
ham ana shunday maqsad, yo‘l va uslublarga tayanmoqda.
O‘zlarini islom dinining «himoyachilari» deb ko‘rsatishga urinayotgan terroristlarning asl
niyati chinakam islomiy qadriyatlarni tiklash emas, balki hokimiyatni qo‘lga kiritish, Markaziy
Osiyodagi mamlakatlarni o‘zlari tanlagan yo‘ldan qaytarish va butun mintaqada o‘z
hukmronligini o‘rnatishdir.
Umuman, XXI asr boshidagi mafkuraviy kurashlarni targ’ibotlar kurashi davri, deb
tavsiflash mumkin. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor», «ommabop» bo‘lib
ko‘rinsada, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir emas. Chunki ularning targ‘iboti
oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g‘oya, maqsad shakli
o‘zgargan. Masalan, ana shunday g‘oyalardan biri «Xalifalik davlatini tuzish» g‘oyasidir.
«Xalifa» so‘zining lug‘aviy ma‘nosi - «o‘rinbosar», terminologik ma‘nosi «musulmon jamoasi
va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig‘i» deb talqin etiladi. Xalifalik davlati
mutlaq monarxiya tipidagi davlat bo‘lib, davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatining
boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan belgilanadi. «Hizbut-tahrir» da‘vo qilgan
xalifalik davlati esa «Islom Nizomi» nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan
boshqariladi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan rivoyat qilingan ushbu Hadisi sharifda
aniq aytilgan: «Xalifalik mendan so‘ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik
bo‘ladi». Hozirda «Hizbut-tahrir» tarafdorlari minglab begunoh kishilarning nohaq qoni
to‘kilsa-da, xalifalik barpo etilishini majburiy, deb da‘vat etmoqdalar.
«Hizbut-tahrir» - sunniylik doirasidagi diniy-siyosiy partiya bo‘lib, 1952 yilda Quddus
shahrida tashkil etilgan. Bu partiya falastinlik Taqiyiddin Naboxoniy (1909-1978) tomonidan,
«Al-Ixvon al musliman» rahbari Sayid Qutb bilan kelisha olmay qolganlaridan keyin tashkil
etilgan. «Hizbut-tahrir» (Ozodlik) partiyasi g‘oyasiga ko‘ra musulmon davlatlarida mavjud
bo‘lgan tuzumni o‘zgartirib, «xalifalik» davlatini tuzishlik va bu maqsadni amalga oshirishlik
uchun «Islom dini» niqobi ostida «Ozodlik» partiyasiga asos solinib, bu «Hizbut-tahrir»
partiyasining idoraviy to‘plamlari va boshqa qonunlari ishlab chiqilgan
14
...
5.Xalifalikni tiklash.
6.Islom modernizmi.
7.Islom traditsionalizmi.
8.Islom fundamentalizmi.
Bu oqimlar diniy va dunyoviy hokimiyatni o‘zida mujassamlashtirgan xalifa rahbarligidagi
yagona musulmon davlatiga birlashtirishni ko‘zlagan, sog‘lom mantiqqa mutlaqo zid da‘vodan
iborat. XX asr 80-yillarida «Musulmon birodarlari» tashkilotining fraktsiyalarga bo‘linib ketishi
natijasida quyidagi diniy tashkilot va partiyalar ham yuzaga kelgan:
1) «Islom ozodlik partiyasi»
2) «Sotsial islohotlar jamiyati»
3) «At - Takfir val - Hijra»
14
Ergashev I. va boshq. Milliy istiqlol g‘oyasi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim bakalavriat bosqichi uchun
darslik. -T.: Akademiya, 2005. 106-113-bet.
4) «Junud Alloh»
5) «Jihod»
6) «Hizbulloh» kabi.
Bundan boshqa yana quyidagi diniy oqimlar ham mavjud:
7) Vahhobiylik (XVIII asrda paydo bo‘lgan). Hozir Salafiylik deyilmoqda.
8) Ahmadiya (IX asrda Pokistonda).
9) Hizb-at-tahrir (1953 yilda Isroilda - tushuntirish, harakat, to‘ntarish).
10)Tablig‘chilar - etkazish ma‘no. XX asr Hindistonda, islomga chorlash.
11)Akromiylar - 1997-1999 yillarda Farg‘onada va 2005 yil 12-13 mayda Andijon
oqim sardoriga bo‘ysunish (Akrom Yo‘ldoshev boshchiligidagi).
12)Nurchilar - Turkiyada, hokimiyat uchun kurashga chorlash.
13)Tavba-ekstremistik ruhdagi harakat. Bokuda va O‘zbekistonga (1991 yil).
14)Islom uyg‘onish partiyasi - 1989-1991 yillarda Tojikistonda.
15)Islom lashkarlari - 1990-1992 yillarda Namanganda «Otavalixon» masjidida.
16)Adolat - 1990-1992 yillarda Namanganda paydo bo‘ldi.
1991 yil 14 iyunda O‘zbekiston Oliy Kengashining 12-chaqiriq 5-sessiyasida «Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‟g‟risida»gi qonuni qabul qilingan edi. «Vijdon erkinligi va
diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri 1998 yil 1 mayda Oliy Majlisning II-
sessiyasida qabul qilindi.
Umuman, Islom ekstremizmi, fundamentalizmi tomonidan O‘zbekiston xavfsizligiga
solinayotgan tahdidlar quyidagilardan iborat:
1)Dindor musulmonlarning islohotchi davlatga ishonchini yo‘qotish, demokratik jamiyatni
obro‘sizlantirish, barqarorlikni va milliy totuv-likni buzishga urinmoqda.
2)Asossiz da‘vatlar orqali yoshlarni mutelik, erksizlik holiga tushirib qo‘yish, aqliga va
taqdiriga hukmron bo‘lish.
3) Qarama-qarshilikni keltirib chiqarib mamlakatni parchalab tashlash.
4) Din uchun kurashuvchi jangarilarning yangi avlodini vujudga keltirish.
5) Musulmon va nomusulmon mamlakatlar orasida O‘zbekiston obro‘sini to‘kish,
obro‘sizlantirish.
6) Islom va boshqa sivilizatsiyalar o‘rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarish.
7) Omma ongida soxta tasavvurlarni qaror toptirish.
«Bu radikal guruhlarning barchasini birlashtirib turadigan umumiy bir xususiyat bor. Ular,
mohiyat e‘tiboriga ko‘ra, biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan bir maqsadni - diniy davlat, musulmon
xalifaligini o‘rnatishni targ‘ib qilmoqda»
15
.
Adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
k‘otaramiz. 1-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. -592 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild, -
Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018.
3. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch. - Toshkent: Ma‘naviyat, 2008. – 176 b.
4. Ergashev I. va boshqalar. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fani bo‗yicha
darslik. T., «Akademiya», 2005
15
Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bO‘lmaydi. -T.: O‘zbekiston, 2005. 53-bet.
5- Мa‟ruza. Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi.
Reja.
1.
Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta‘minlash zarurati.
2.
Mafkuraviy gegemonizmning vujudga kelishi.
3.
Mafkuraviy xurujlarning namoyon bo‗lishi va unga qarshi ximoya (profilaktika) vositalari.
4.
Axborot kommunikatsiyalarida mafkuraviy xurujlarning namoyon bo‗lishi. Internet va
virtual mafkuraviy xurujlarining oqibatlari.
5.
Geosiyosiy manfaatlar axborot xavfsizligi omili.
Tayanch so‘zlar.
Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta‟minlash zarurati. Jamiyatning
mafkuraviy muqobillashish sabablari. Mafkuraviy gegemonizmning vujudga kelishi.
Gegemonizmning shakllari. Muqobil mafkuraviy qarashlarning jamiyat rivojlanishiga ta‟siri va
ularni muvofiqlashtirish imkoniyatlari.
Mafkuraviy tahdidning oshkora va yopiq xarakteri. Axborot xavfsizligi va biologik
xavfsizlikning mutanosibligi. Axborot kommunikatsiyalarida mafkuraviy xurujlarning namoyon
bo„lishi va unga qarshi himoya (profilaktika) vositalari. Internet mafkuraviy xuruj obyekti.
Virtual mafkuraviy xurujning oqibatlari. Axborot xurujiga qarshi axborot xavfsizligini
ta‟minlashning zaruriyati va ahamiyati. Mintaqaviy va global axborot xavfsizligi.
Axborot xavfsizligining lokal va global ahamiyati. Axborot xavfsizligining ijtimoiy
madaniy meros bilan bog„liqligi va uning yangi voqelikka mutanosibligi. Geosiyosiy manfaatlar
axborot xavfsizligi omili. Biosiyosatda axborot xurujlariga irsiy munosabatning namoyon
bo„lishi.
1.Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta‟minlash zarurati.
Bugungi dunyo yaxlitlikni tashkil etsada, undagi mintaqa va davlatlar, millat va xalqlar
tarixiy shart-sharoit, jo‗g‗rofiy joylashuvi, geostrategik holatiga ko‗ra turli mavqega ega. Hozirgi
davr – dunyoda g‗oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro
poligonlaridan ham kuchliroq bo‗lib borayotgan davr. Shunday ekan, ularning o‗ziga xos
manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta‘sir usullari bo‗lishi shubhasiz.
Jahon siyosiy xaritasida ko‗plab davlatlar mavjud bo‗lib, ularda turli siyosiy kuchlar,
partiyalar, din va diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat ko‗rsatmoqda. Ular
o‗zaro farqlanadigan, ba‘zan bir-biriga zid bo‗lgan manfaatlarga ega. Aynan mana shu
manfaatlar o‗zga xalqlar, turli mintaqalar, davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga,
turmush tarziga ta‘sir o‗tkazish, ularni bo‗ysundirish uchun yo‗naltirilgan maqsadlarni
shakllantiradi. Bundan ko‗zlangan asosiy maddao esa muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy,
siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali o‗z manfaatlarini ta‘minlashga intilishdir.
Bunday ta‘sir o‗tkazishning tinch yo‗li ko‗zlangan maqsadga olib kelmaganda boshqa
mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, mavjud vaziyatni ataylab keskinlashtirish, kuch
ishlatish yo‗li bilan bo‗lsa ham, ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirishga harakat qilinadi.
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasiga nazar tashlansa, aksariyat ilg‗or davlatlarda
umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan mafkuralar amal qilmoqda.
Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson va jamiyat kamolotiga xizmat qiladigan umuminsoniy
g‗oyalar ustuvordir. Shu bilan birga, inson ongida yangicha dunyoqarash va tafakkur tarzi
shakllanayotgan hozirgi davrda muayyan kuchlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga,
o‗z ta‘sir doirasini kengaytirishga qaratilgan intilishi kuchayib bormoqda. Tajovuzkor
millatchilik va shovinizm, neofashizm va terrorizm, irqchilik va ekstremizm mafkurlari shular
jumlasidandir. Xususan, turli shakllarda namoyon bo‗layotgan terrorchilik kuchli moddiy asosga
ega bo‗lib, mafkuraviy xavfi ortib bormoqda. Bundan tashqari, e‘tiqod umumiyligiga asoslanish
(mas. panislomizm), etnik birlikka urg‗u berish (mas. Panslavizm, paneronizm, panturkizm) va
yagona ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy makonda yashash natijasida yuzaga kelgan bog‗liqlik
asosida (mas. pansovetizm) yakka mafkuralar hukmronligini ta‘minlash va shu yo‗l bilan jahon
maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‗lib olinishga urinishlar ham ko‗zga tashlanmoqda.
Lekin bular bugungi dunyodagi mafkuraviy jarayonlarni to‗la-to‗kis aks ettira olmaydi.
Chunki globallashuv sharoitida bu jarayonlar yangicha tus va shakllarda namoyon bo‗lib,
g‗oyaviy-mafkuraviy ta‘sir o‗tkazishning nihoyatda o‗tkir quroliga aylanib bormoqda. Bunday
tahdidlarning xatarli jihati shundaki, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘biri bilan aytganda,
―... agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‗lsa, buni sezish, ko‗rish, oldini olish mumkin, ammo
mafkuraviy tazyiqni, uning ta‘siri va oqibatlarini tezda ilg‗ab olish nihoyatda qiyin‖.
Shuning uchun dunyoning mafkuraviy manzarasida yuz berayotgan o‗zgarishlar
mohiyatini teran anglash, tahlil etish va zarur xulosalar chiqarish muhim ahamiyatga ega.
ularning mintaqamiz va mamlakatimizga ta‘siri masalalari, bu borada respublikamiz amal
qiladigan tamoyillar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida ayniqsa, ―O‗zbekiston
XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖ kitobida
atroflicha tushuntirib berilgan. Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatiga xos asosiy geosiyosi
tamoyillar ana shu asosda amalga oshirilmoqda.
2013 yilda o‗zbek tilida e‘lon qilingan «Ma‘naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‗ati»da
―mafkuraviy tahdid‖ tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berilgan: ―Mafkuraviy tahdid — ijtimoiy -
siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o‗z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‗rqituv, zo‗rlik
yo‗li bilan boshqalarga tiqishtirish. Mafkuraviy tahdid jamiyat, davlat yoki xalq, millat yoki elat
taqdiriga xavf solib turgan, fojeali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‗lgan mafkuraviy xavf-
xatarlar majmuasidir‖. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, dunyoning ayrim
hududlarida ana shunday harakatlar natijasida ma‘naviy yo‗qotishlar yuz berayotgani, millatning
asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va
jamiyat hayoti ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin.
O‗zbekiston ham bunday tahdidlardan chetda qolayotgani yo‗q. Mamlakatda insonparvar,
demokratik jamiyat qurilayotgan hozirgi sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatiga siyosiy
ekstremizm, diniy va fundamentalizm, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va
jinoyatchilik, mahalliychilik va urug‗-aymoqchilik, ekologik muammolar ―ommaviy madaniyat‖
tajovuzi va hokazolar mafkuraviy tahdid shaklida namoyon bo‗layotir. Ayniqsa, o‗rta asr
xalifaligini qayta o‗rnatish g‗oyasi hamda xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm markazlari
orqali moddiy-g‗oyaviy ta‘minlanayotgan aqidaparastlar mafkurasi bugun mintaqamizdagi
tinchlik va barqarorlik uchun katta xavf bo‗lib turibdi. Shu bilan bir qatorda adabiyotlarda
―mafkuraviy tajovuz‖ tushunchasi ham unga yaqin ma‘noda qo‗llaniladi.
Professor Q.Nazarov mas‘ul muharrirligida 2004 yild a nashr etilgan ―Falsafa‖ qomusiy
lug‗atida ―mafkuraviy tajovuz‖ tushunchasi quyidagicha izohlangan: ―Mafkuraviy tajovuz -
muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va
konstitutsion tuzumni zaiflashtirish va buzishga yo‗naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga
tahdid soluvchi g‗oyaviy-nazariy qarashlar va unga asoslangan amaliyot majmui. Mafkuraviy
tajovuz yovuz kuchlar va har xil markazlar tomonidan biron-bir mamlakatga nisbatan ichkaridan
yoki tashqaridan turib bevosita amalga oshiriladigan g‗oyaviy buzg‗unchilikning bir shaklidir‖.
Ular o‗z jirkanj maqsadlariga erishish uchun har qanday usullardan, odamlarning diniy, milliy
hissiyotlari, hayotda mavjud bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklardan, shuningdek,
zamonaviy texnika, telekommunikatsiya vositalaridan ustalik bilan foydalanishga harakat
qiladilar. Bugungi kunda mafkuraviy tajovuz deganda, aholining ma‘lum bir qatlamlari, ayniqsa,
yoshlarning qarashlarini o‗zlariga ma‘qul bo‗lgan yo‗nalishda o‗zgartirish, buzg‗unchi g‗oyalar,
diniy ekstremizm, axloqsizlik g‗oyalarini singdirish kabi g‗arazli maqsadlar tushuniladi. Milliy
g‗oya o‗zining mazmun-mohiyati bilan ana shu kabi mafkuraviy tajovuzlarga qarshi tura
oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu borada barcha fuqarolarning ogohligi,
faolligi, ezgu g‗oyalarga xizmat qilishga tayyorligi katta ahamiyat kasb etadi.
Uning mazmun-mohiyati, zararli oqibatlari va ma‘naviy tahdidlarga qarshi kurashish
zarurligi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch»
asarida har tomonlama va ishonchli dalillar asosida ko‗rsatib berilgan. Ushbu asarda
ta‘kidlanganidek, tili, dini, e‘tiqodidan qat‘i nazar, har qaysi odamning tom ma‘nodagi erkin
bo‗lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini
ko‗zda tutadigan mafkuraviy, g‗oyaviy va informatsion xurujlar ma‘naviy tahdid hisoblanadi
16
.
Tahdidlar qaysi ko‗rinishda namoyon bo‗lishidan qat‘i nazar, ularning negizini manfaatlar
tashkil qiladi va ular bir tomonning ustuvorligini ta‘minlashga qaratiladi
17
. Mafkuraviy tajovuz
vayronkor kuchlarning o‗z moddiy, siyosiy manfaatlarini ko‗zlagan holda har xil markazlar
tomonidan biron-bir mamlakatga nisbatan ichkaridan yoki tashqaridan turib bevosita amalga
oshiriladigan ma‘naviy buzg‗unchilikning muayyan shaklidir. Ular o‗z maqsadlariga erishish
uchun har qanday usullardan, odamlarning ma‘naviy-ruhiy hissiyotlari, milliy tuyg‗ulari, har
qanday jamiyatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy muammolardan, shuningdek, zamonaviy
texnologiya, telekommunikatsiya, OAV, Internetdan ustalik, g‗irromlik, noxolislik bilan
foydalanishga harakat qiladi. Hozirgi davrda mafkuraviy tajovuz deganda, aholining ayrim
qatlamlari, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbiga ta‘sir qilib, ularning qarashlarini o‗zlariga ma‘qul
yo‗nalishda o‗zgartirish, diniy ekstremizm, vayronkorlik, buzg‗unchilik, axloqsizlik g‗oyalarini
zimdan targ‗ib-tashviq etib singdirish kabi g‗arazli maqsadlar anglanadi. Ma‘naviyatga qarshi
qaratilgan har qanday tajovuz, tahdid o‗z-o‗zidan mamlakat xavfsizligi, uning milliy manfaatlari,
jismonan va ma‘nan sog‗lom avlod kelajagini ta‘minlash yo‗lidagi jiddiy xatarlardan biriga
aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin. Ma‘naviy tajovuzkorlar
ko‗pincha turli niqoblar, jozibali shior va g‗oyalar niqobi ortida ish ko‗radi. Bunday kuchlar
ixtiyorida juda katta moddiy, moliyaviy resurslar va imkoniyatlar mavjud bo‗lib, ular puxta
o‗ylangan hamda davomli maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Hozirgi davrda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida katta
ma‘naviy yo‗qotishlar yuz bermoqda, millatlarning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va
turmush tarzi izdan chiqmoqda, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy
xavf ostida qolmoqda. Eng yomoni, bunday ma‘naviy xurujlarning pirovard maqsadi odamni
o‗zi tug‗ilib o‗sgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‗ularidan mahrum etishga va
hamma narsaga loqayd bo‗lgan shaxsga aylantirishga qaratilgan. Xudbinlik va loqaydlik,
mahalliychilik, korrupsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik, hasad, sotqinlik singari
illatlar ham mafkuraviy tajovuzlar tarkibiga kiradi. Birinchi Prezidentimiz ogohlantirgani kabi,
hozirgi davrda turli eski va yangi g‗oyalar kurashi har qachongidan ham ko‗ra shiddatli tus
olmoqda. Rang-barang, ba‘zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar siyosiy, milliy, diniy
oqimlar, mazhab va sektalar o‗rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib,
qonli to‗qnashuvlar, ommaviy qirg‗inlarga sabab bo‗lmoqda, odamlar boshiga behisob qayg‗u-
kulfatlar solmoqda. Bu tortishuvlardan ko‗zlangan asosiy maqsad – inson, avvalambor, yoshlar
qalbini egallash, muayyan mamlakatyoki mintaqadagi biror mamlakatyoki xalqning ongiga,
uning sezgi-tuyg‗ulariga ta‘sir o‗tkazish, uni o‗z dunyoqarashiga bo‗ysundirish, ma‘naviy
jihatdan zaif va tobe‘ qilishdan iboratdir.
Mafkuraviy tajovuz va xatarlarga qarshi o‗z vaqtida qat‘iyat va izchillik bilan kurash olib
borilmasa, turli zararli oqimlar O‗zbekistonga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarni o‗z
girdobiga tortib ketishi, oqibatda ular ota-ona, el-yurt oldidagi burchi va mas‘uliyatini
o‗ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudbinlarga aylanib qolishi mumkin.
Bizga ma‘naviy-mafkuraviy tahdid solishi mumkin bo‗lgan ayrim tashkilotlar o‗rta asrlarda
mavjud bo‗lgan musulmon xalifaligini tiklash yo‗lida faoliyat ko‗rsatmoqda. Albatta, bundan o‗n
to‗rt asr burungi voqelikni bugun amalda qayta tiklab bo‗lmasligi ayon. Lekin ularning niyati –
yagona ma‘naviy-mafkuraviy makon barpo etib, islom dinini siyosiylashtirish va shu asosda
hukmronlik qilish, hokimiyatni qo‗lga kiritishdan iborat.
Hozirgi davrda xalifalik kabi, «erkin demokratiya» va turli «ochiq jamiyat modellari»ni
eksport qilish, jamiyat va davlat qurilishining «universal loyiha»larini tashqaridan import qilish
yoki tiqishtirish yo‗lidagi urinishlar ham mafkuraviy tajovuz sifatida baholanmog‗i lozim.
16
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T., ―Ma‘naviyat‖, 2008, 13-14 betlar
17
Otamurodov S. Globallashuv va milliy – ma‘naviy xavfsizlik. T.,‖O‗zbekiston‖, 2015, 262 bet
Aslida, insoniyat tarixida barchaga birdek ma‘qul bo‗ladigan boshqaruv modeli hech qachon
bo‗lmagan. Mafkuraviy tajovuzning «ommaviy madaniyat» niqobi ostida axloqiy buzuqlik va
zo‗ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‗oyalarini tarqatish va shuning hisobidan boylik
orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an‘ana va qadriyatlari, turmush tarzining
ma‘naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‗porishga qaratilgan shakllari ham mavjud. Hozirgi
vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma‘naviy qadriyatlarni mensimasdan,
eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‗liq holatlar taraqqiyot va yoshlar tarbiyasiga tajovuz
qilmoqda.
Mafkuraviy tajovuz shakllarining aksariyati informatsion xuruj va uydirmalarni tarqatish
orqali yuz bermoqda. Bugungi kunda tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi
doimo sergak, ogoh va hushyor bo‗lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har
tomonlama chuqur o‗ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda
olib boriladigan ma‘naviy tarbiya bilan javob berish mumkin.
Hozirgi davrda har birimiz mafkuraviy tajovuzlarga nisbatan loqaydlik, beparvolik va
beg‗amlik illatidan xalos bo‗lishimiz, har bir fuqaro yurtimizda, jahonda sodir bo‗layotgan har
qanday voqea, hodisa, jarayonlar menga, mening taqdirimga bevosita daxldor deb hisoblamog‗i
darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |