noyob o‟zgarishlar ro‟y bermoqda. Bu o‟zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar
o‟rtasidagi o‟zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini
chuqur o‟ylab ko‟rishni, balki ko‟p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. «Sovuq
urush» davrida xalqaro munosabatlarga asos bo‟lgan ko‟p qoidalar, tamoyillar va
g‟oyalarni tubdan qayta ko‟rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga
bog‟liq tizim bo‟lib bormoqda, unda o‟zi - o‟zidan qanoatlanishga va mahdudlikka o‟rin
yo‟q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan
o‟zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha
yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo‟ymoqda»
1
.
Jahon maydonlarini mafkuraviy bo‟lib olishga urinishlar:
1. Siyosiy (buyuk davlatchilik shovinizmi).
2. Diniy (diniy ekstremistik va aqidaparastlik, panislomizm).
3. Badiiy (G‘arb turmush tarzini targ‘ib qiluvchi, Amerikacha turmush tarzini targ‘ib
qiluvchi, zo‘ravonlik, yovuzlik va boshqa axloqsizliklarni targ‘ib qiluvchi).
XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib kommunistik va sotsialistik partiya ta‘siridagi
sotsializm lageri parchalandi. Dunyo mamlakatlari rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga
bo‘lindi. Ana shu rivojlangan ba‘zi mamlakatlar o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgan, rivojla-
nayotgan mamlakatlarni, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinmoqdalar.
Bular quyidagi holatlarda ko‘rinadi:
Dunyoni bo‟lib olishga urinayotgan mafkuralarning shakllari:
1. Buyuk davlatchilik mafkurasi.
1
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yO‘lida. T.: 6. - T.: «O‘zbekiston», 1998, 240-241 - betlar.
2. Diniy ekstremistik mafkuralar.
3. Pansovetizm mafkurasi.
4. Panislomizm mafkurasi.
5. G‘arb turmush tarzini ifodalagan mafkuralar.
6. Amerikacha turmush tarzini ifodalagan mafkuralar.
7. Turli diniy sektalarning g‘oyalarni ifodalovchi mafkuralar.
1. Buyuk davlatchilik shovinizmi - (Shovinizm - fran. burjua millatchiligining o‘ta
reaktsion formasi). Shovinizm siyosati boshqa millat va xalqlarga nafrat va dushmanlikni avj
oldirishga qaratilgan. Shovinizm go‘yo to‘laqonli bo‘lmagan boshqa millatlar va irqlar ustidan
hukmronlik qilishga da‘vat etilgan bir millatning alohidaligini («mumtozligini») targ‘ib etadi.
Shovinizm ba‘zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida, balki uni
o‘rab turgan jo‘g‘rofiy - siyosiy makonda ham o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish uchun
kurashda namoyon bo‘ladi. Davlat etakchi mavqe (davlat)ga ega bo‘lgan, o‘z millatini «oliy»
millat deb e‘lon qilgan millat hukmron ekspluatator sinflarining ideologiyasi va siyosati bo‘lgan
buyuk davlatchilik shovinizm, shovinizm va millatchilikning bir turidir.
Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o‘zaro madaniyatli
hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy imperiyalardir. Bu
imperiyalarning iqtisodiyoti bosib olingan hududlarni ekspluatatsiya qilar va hatto ularning
hayotiy manbalari hisobiga yashar edi. Ayni chog‘da bo‘ysundirilgan xalqlarga ularga madaniy
jihatdan va umuman milliy jihatdan norasoligi haqidagi halokatli g‘oya singdirilar edi.
Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik bir-birini to‘ldiradi, bular o‘z
davlati manfaatini ilgari surib, milliy qadriyatlarni tayyorlashda, milliy madaniyatlar va
ma‘naviy qadriyatlarni oyoq osti qilishda, avtoritar tuzum o‘rnatishda, boshqa mamlakat
xalqlarini itoatgo‘y qilib saqlab turishda, hozir esa sobiq Ittifoqni tiklash uchun qilayotgan
harakatida, o‘z ta‘sir doirasini boshqa mustaqil davlatlarda saqlab qolish uchun intilishda,
millatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlik tug‘dirishda, xalqaro-huquqiy me‘yorlarni inkor etishda,
tashqi iqtisodiy aloqalarni to‘sishda, yangi mustamlakachilikni zo‘rlab qabul qildirish harakatida
yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Birinchi Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...» asarida
shovinizmga «Shovinizm ba‘zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida,
balki uni o‘rab turgan jo‘g‘rofiy-siyosiy makonda ham o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish
uchun kurashida namoyon bo‘ladi» deb ta‘rif bergan (Karimov I.A. Asarlar. T. 6. 65-bet).
Bunday davlatlarga ko‘proq iqtisodiy jihatdan zaif, ichki beqaror davlatlar nishon bo‘ladi.
O‘zbekistonni, avvalo Rossiya imperiyasi, keyin sovet imperiyasi yuritgan buyuk
davlatchilik shovinizmi jafolarni tortgan hozirgi paytda, XXI asr boshlariga kelib bu davr
turlicha talqin etilmoqda. Bu talqinlarning 2 tasi haqida «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...»
asarida fikr yuritilgan:
1) «Birinchi andozaning» mualliflari, - deyiladi asarda, - ehtimol samimiy tarzda, mintaqa
Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston muxtoriyati sifatida rivojlanib, o‘z metropoliyasidan
zarur rag‘batlarni olib turar edi. Chunki podsho Rossiyasi mahalliy an‘analar va asoslarni yo‘q
qilmagan va buzmagan holda o‘lkaning burjuacha tadrijiy rivojlanishini rag‘batlantirgan edi, deb
hisoblaydilar». Ushbu guruh mualliflari mintaqada o‘tkazilgan bolshevikcha tajriba, shu
jumladan, milliy davlat chegaralanishi, iqtisodiyotning haddan tashqari ixtisoslashtirilishini
keskin tanqid qiladilar va bularni Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirgi ziddiyatlarning asosiy
sabablari, deb hisoblaydilar. Shu bilan birga ular kommunistik tuzumdan keyingi yangi Rossiya
Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlashtiruvchi rolni o‘ynash uchun juda mos keladi, degan
g‘oyani ilgari suradilar.
2) Boshqa fikrga ko‘ra, mintaqadagi muammolarni o‘lkaning mustamlaka o‘tmishi keltirib
chiqargan. Bu fikr tarafdorlari o‘lkani o‘z tarixiy va milliy negizlariga qaytarishni taklif qiladi.
Bunga musulmon davlat-larga ergashgan, ular bilan yaqinroq integratsiyaga kirishgan
taqdirdagina erishish mumkin, deb hisoblaydilar.
Ikkala nuqtai nazarda ilmiylikka nisbatan siyosat va ehtiroslar ustunligi yaqqol ko‘rinib
turibdi. Bu nuqtai nazarlar ayni buyuk davlat-chilik shovinizmi va agressiv millatchilikning
hurujlari tufayli kelib chiqqan.
Mustaqillikka erishib, bugungi kunda rivojlanayotgan Markaziy Osiyo respublikalarini
asabiylik bilan, alam bilan qarshi olmoqdalar. Bunga Rossiya matbuotida chiqayotgan tahlilliy
materiallar yaqqol misol bo‘la oladi. 1997 yil 26 martda «Novaya nezavisimaya gazeta» sonida
bosilgan «MDH: tarixining ibtidosimi yoki intihosi» bosh maqolasida «sobiq Sovet
respublikalari uchun mustaqil davlatga aylanish imkoniyatini berishdan iborat Rossiyaning
xatosi», bu «xato»ni to‘g‘rilash haqidagi imperiyachilik da‘volari bilan chiqqan edi.
Maqolada go‘yo Rossiyaga «Janub tahdidi» deb atalgan tahdid vujudga keldi, Rossiya
shakllanib borayotgan Markaziy Osiyo hamdo‘stlik blokini parchalab yuborishi zarur, degan
agressiv takliflar ilgari suriladi.
Prezident Islom Karimov 2005 yil 14 yanvarda «Nezavisimaya gazeta» (Moskva)
muxbirining savollariga javobi «Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb
hisoblashar edi» deb nomlanib, mazkur intervyuda bunday holatlarga o‘z vaqtida javob berib,
Ukrainadagi «Zarg‘aldoq inqilobi», «Gruziya va Ukrainada so‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan
voqealarni», O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi o‘zgarishlar bilan chuqur tahlil qilib
berdi.
1
Hozirgi kunda buyuk davlatchilik g‘oyalari mazmunan o‘sha-o‘sha bo‘lsada, unga
endilikda o‘ta zamonaviy shakl berilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida bular rus
millatining mumtozligini tiklash, Rossiya tevaragida kuchli jo‘g‘rofiy - siyosiy maydon yaratish,
«Yagona va ahil xalqlar oilasi»ni tiklash, yangi mustaqil davlatlarning qaysi biri bilan hamkorlik
qilish, qaysilarini ajratib qo‘yish va boshqa sohalarda ko‘rinmoqda.
Mustaqil O‘zbekiston uchun bugungi kunda buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv
millatchilik tug‘dirayotgan tahdidlarning real xavfi quyidagilardan iborat:
1)Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni kelti-rib chiqarish.
2)Xalqaro-huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro‘yobga chiqarishga qarshilik
ko‘rsatish.
3)O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ular-ni teng huquqli
bo‘lmagan sharoitga solib qo‘yishga urinish.
4)Mamlakatimiz aholisiga elektron, radio-axborot vositalari orqali mafkuraviy yo‘l bilan
tazyiq o‘tkazish, jahon afkor ommasida O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga
intilish.
5)Millatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni
keskinlashtirish.
6)Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo‘rlab qabul qildirish,
hamma sohalardagi o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi.
Genosid (yun. genos – nasl-nasab va lot. saedere – o'ldirish, yo'q qilish) – odam zoti va
insoniyatga qarshi eng og'ir jinoyatlardan birini anglatuvchi tushuncha. Aholining ayrim
guruhlarini irqi, millati, etnik yoki diniy belgilariga qarab yo'q qilish, ularni qasddan butkul yoki
qisman qirib tashlashni ko'zda tutadigan shart-sharoitlarni vujudga keltirish, shuningdek, bolalar
tug'ilishini cheklashga qaratilgan choralar. Genosid atamasi 1943 yilda asli kelib chiqishi
yahudiy bo'lgan polshalik yurist Rafael Lemkin tomonidan kiritilgan bo'lib, 1948 yilda xalqaro
huquq maqomini olgan. 1948 yildan e'tiboran genosid BMT tomonidan xalqaro jinoyat sifatida
tan olingan. Genosidni sodir etish va unga jazo qo'llash bo'yicha Konvensiyada u inson hayotiga
qarshi qaratilgan og'ir jinoyat sifatida baholangan. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida
ham tinchlik, inson xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyat sifatida qayd etilgan. Genosid XVIII-
XIX asrlarda ayrim Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosatida yaqqol namoyon bo'ldi.
Masalan, yevropaliklar Tasmaniya oroli aholisini qirg'in qilganlar, oxirgi tasmaniyalik 1843
yilda otib o'ldirilgan. Genosid aparteidga xos bo'lgan ayrim xususiyatlarni o'z ichiga oladi.
1
Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. - T.: «O‘zbekiston», 2005. -
64 b.
―Genosid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazolar to'g'risida‖gi Xalqaro Konvensiyasiga
binoan (1948) genosidi sodir etishga aybdor deb topilgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
XX asrda usmoniylar tomonidan armanlarni o'ldirish va quvg'in qilish; II jahon urushi davrida
natsistlar Germaniyasi tomonidan yahudiylarni qirib tashlash; xorvatiyalik Pavelich rejimi
tomonidan serblarni ommaviy qirg'in qilish; 1975-1979 yillarda Kambodjada Pol Pot va Ieng
Sari jallodlari tomonidan 3 mln.dan ortiq kambodjaliklarni o'ldirib tashlash; 1994 yilda
Ruandada xutu qabilalari tomonidan 800 mingga yaqin tutsi qabilalarining qirg'in-barot qilinishi
genosid jinoyatiga misol bo'la oladi. Sobiq mustabid tuzum davrida ham genosid turli xalqlar va
millatlarga qarshi amalga oshirilgan, ko'plab ommaviy qatag'on, qurbonlarga olib kelgan.
Shuning uchun genosid qanday shaklda namoyon bo'lishidan qat'i nazar, dunyo jamoatchiligi
tomonidan insoniyatga qarshi eng dahshatli jinoyat sifatida qoralanadi.
Fashizm (ital. fascismo, fascio — bog'lam, aloqa, bog'liqlik) — mustabidlik ruhidagi
siyosiy harakatlar, partiya va rejimlarni bildiradi. Bu oqim I jahon urushidan keyin Yevropa
mamlakatlaridagi tajovuzkor ta'limotlar asosida paydo bo'ldi. Fashizm paydo bo'lishining asosiy
sababi — jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlarni qamrab olgan uzoq muddatli global inqiroz
bilan bog'liq edi. Fashizm mafkurasi va amaliyoti ana shu inqirozdan tez va nisbatan samarali
chiqishga urinish sifatida namoyon bo'ladi. Fashizm milliy safarbarlik va birdamlikka asoslangan
mafkura bo'lib, I jahon urushida mag'lubiyatga uchragan davlatlarni birlashtirishni nazarda
tutgan edi. Bu — jamiyat tuzilishi va tizimini yangicha tashkil etishga qaratilgan millatchilik va
irqchilik shakllarining yig'indisidir. U jamiyatni majburiy tarzda «biznikilar» va «begonalar»ga
ajratib, irqchilik, militarizm g'oyalari asosida «begonalar»ni yo'q qilishni targ'ib etadi. Fashizm
— ommaviy siyosiy harakat bo'lib, ulkan targ'ibot-tashviqot apparati asosida ommaning xulq-
atvori va dunyoqarashini boshqaradigan g'oyaviy mafkuraviy texnologik majmuadir.
Fashizmning boshqa reaksion diktaturalardan farqi shundaki, u jamiyat ijtimoiy guruhlarining
kattagina qismi tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Fashistik harakat va tuzumlarning ijtimoiy asosi
turli mamlakatlarda nisbatan turlicha bo'lib, ular, birinchi navbatda, inqirozdan zarar ko'rgan o'rta
va quyi qatlam vakillari hisoblanadi. Ba'zi mutaxassislar o'rta sinfning industrlashtirish davridagi
xususiy manfaatlarining cheklab qo'yilishi sababli paydo bo'ldi desa, boshqalari fashizmning
ijtimoiy asosini o'rta sinfning ekstremistik qismi tashkil etadi, degan fikrni ilgari suradi. Fashizm
o'ziga xos totalitar yoki avtoritar siyosiy madaniyatning shunday turini yaratadiki, u insonlarning
oila, kundalik turmush, ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi munosabatlariga, ya'ni ijtimoiy
hayotning barcha jabhalariga bevosita ta'sir o'tkazadi. Fashizm siyosiy harakat va tuzum sifatida
turli ko'rinishlarda — monarxistik (Ispaniyada Franko boshchiligida), harbiy-fashistik (Chilida
Pinochet boshchiligida) tuzumlar shaklida namoyon bo'lishi mumkin. Natsizm esa I Jahon
urushidan keyin Germaniyada tashkil topgan natsional-sosialistik ishchi partiyasi bilan bog'liq
bo'lgan doktrina va siyosiy harakat, keyinchalik Adolf Gitler va uning tarafdorlari tomonidan
targ'ib qilingan ta'limot. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida marksizm bilan bog'liq ta'limotning
keng yoyilishi va shu asosda kommunistik partiyalarning tashkil topishi, xususan, Rossiya
imperiyasi va uning mustamlakalari, atrofidagi mamlakatlarda kommunistik harakatning g'alaba
qozonishi, oqibatda davlat boshqaruvi tizimi, jamiyat qatlamlariga munosabatning keskin
o'zgarishi va bu voqealar ta'siri G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ham sezila boshlashi jamiyatlar,
xalqlar, ular tepasida turgan siyosiy tizimlar o'rtasidagi kelishmovchiliklarni borgan sari
keskinlashtirdi. Ayni vaqtda I Jahon urushi oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz G'arbiy
Yevropa xalqlarining quyi tabaqalariga og'ir ta'sir ko'rsatishi bu mamlakatlarda ―kommunistik
xavf‖ning yanada avj olishiga sabab bo'ldi. Ishchi-dehqonlar tomonidan bildirila boshlangan
ochiq noroziliklar davlat hukumatlarini larzaga keltirib, tashkil etilgan namoyishlar inqilobiy tus
ola boshladi. I Jahon urushidan og'ir yo'qotishlar bilan chiqqan Germaniya bunday
harakatlarning markaziga aylanib qolgan edi. Mana shunday holat va jarayonlardan unumli
foydalana olgan Gitler hamda uning partiyasi o'nglar va so'llar, Sharq bilan G'arb o'rtasida o'ziga
xos uchinchi pozisiyani egallashga harakat qildi. Partiya yetakchilari tomonidan olib borilgan
ayyorona harakat natijasida o'nglar va so'llar, antikommunistlar va sosialistlar tomonidan ilgari
surilgan g'oyalar nasional-sosialistlar partiyasi g'oyalari sifatida keng targ'ib qilinishi tez orada
bu partiyaning ham burjuaziya, ham harbiy tabaqa, ham ishchi-dehqon sinfining bir qismini
o'ziga og'dirib olishiga imkon berdi. Partiya g'oyalari va harakatlarining ushbu tabaqalar
tomonidan qo'llab-quvvatlanishi tez orada uning mamlakat boshqaruv tizimini qo'lga olishiga
imkoniyat yaratdi. Neofashizn yetakchilari tomonidan kommunistik g'oyalar nemis xalqining
bo'linib ketishi va oxir-oqibatda millatni barbod qilishi mumkinligi, bu xavflarga qarshi nemis
millati jipsligi va qudratini namoyon etishi lozimligi g'oyalari natsizmning asosiy g'oyalari
sifatida targ'ib qilindi.
Gitler hukumati vujudga kelgan qulay imkoniyatdan foydalanib, keng targ'ibot-tashviqot
ishlarini olib borgan va bunda nemis millatini eng ulug', tanlangan, oriy millat ekani, barcha
millatlar undan past turishi va unga xizmat qilishi lozimligi g'oyasini ilgari surgan edi. Bu g'oya
natsizmning asosini tashkil etib, natsistlar uni ilmiy jihatdan asoslashga harakat qilgan edi.
Masalan, Arastuning yunonlar oliy xalq va barcha qolgan xalqlar varvarlardir, ular yunonlarga
bo'ysunib yashashlari kerak, Nitsshening hayotda eng kuchlilargina yashashga haqli va ular o'zga
xalqlar ustidan hukmron bo'lishi lozimligi yoxud G. Karl Yungning xristianlikning obro'-
e'tiborini kuchaytirish va undagi bo'shliqni g'oyaviy ma'naviy va mafkuraviy jihatdan to'ldirish
zarurligi haqidagi qarashlariga tayanib, A. Gitler keng miqyosda targ'ibot-tashviqot ishlarini
yo'lga qo'yib, o'ta keskin va tajovuzkorona natsizmni ishlab chiqdi va amaliyotga joriy eta
boshlaydi. Natsizmning agressiv siyosati XX asr o'rtalarida yuz bergan va jahon xalqlariga og'ir
talofatlar etkazgan II Jahon urushini keltirib chiqardi.
Natsizm g'oyalarining amalda namoyon bo'lishi ushbu urush oqibatlarida keng darajada
ko'zga tashlanadi va shunga ko'ra, natsizm jahon xalqlari tomonidan inson erkinligini bo'g'ish,
uni xo'rlash, unga nisbatan yovuzlarcha munosabatda bo'lish, xalqlarni mensimaslik, inson or-
nomusini toptash, millatlararo ixtiloflarni keltirib chiqaruvchi, tajovuzkor xarakterga ega ta'limot
sifatida e'tirof etiladi.
Shu jihatdan, natsizm g'ayriinsoniy ta'limot hisoblanadi. Natsistlarning o'zlarini millat
uchun kurashuvchilar, millat fidoyilari deb ko'rsatishlari ular tomonidan ilgari suriladigan
g'oyalar, amalga oshiriladigan xatti-harakatlar o'zga xalqlarni kamsitish yoki ayblash hisobidan
amalga oshirilishi bilan ko'zga tashlanib turadi. Shuningdek, o'zga barcha xalqlarga, ularning
qadriyatlariga nafrat bilan qarashni butun millat ma'naviyatiga singdirish, millat tafakkuriga
aylantirishga urinish natsizmning g'ayriinsoniy mohiyatini yaqqol namoyon etadi. Natsizmning
davlat darajasidagi tizimlarda asosiy aqidaga aylanishi insoniyat uchun o'ta xavfli ekani tarixda
o'z isbotini topganiga qaramay, ba'zi siyosiy doiralarda hozirgi vaqtda ham natsistik
qarashlarning paydo bo'lishi va avj olishini kuzatish mumkin. XXI asrda natsizm va fashizm
jabr-sitamlarini tortgan bir qancha mamlakatlarda, shu jumladan, Germaniyaning o'zida ham,
neofashizm yoshlar o'rtasida yana qayta bosh ko'tara boshladi. Yevropaning qator mamlakatlari
va sobiq sovet hududining Rossiya, Ukraina va Boltiqbo'yi davlatlarida sodir bo'layotgan
voqealar bunga misol bo'la oladi. Fashizm va natsizmning insoniyat boshiga solgan kulfatlari
Nyurnberg sud jarayonida har tomonlama o'z bahosini olgan edi. Jahonda ularning qayta bosh
ko'tarmasligi uchun barcha davlatlar birgalikda harakat qilishga kelishib oldi. Ammo tarixdan
saboq va xulosa chiqara olmagan kuchlar ulardan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga
urinmoqda. Dunyo xalqlari II Jahon urushi ishtirokchilari va faxriylari bilan birgalikda har yili 9
may kuni fashistlar qo'lida halok bo'lgan, konslagerlar azob-uqubatlarini tortgan kishilar ruhini
yodlab va xotirlab, yoshlarni natsizm va fashizm balosidan ogohlantiradi.
Irqchilik-odamlar o'rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zo'ravonlik va urushlarni
kishilarning turli irqlarga mansubligi bilan oqlashni targ'ib etadigan g'ayriinsoniy ta'limot.
Irqchilar insonlarning ijtimoiy mohiyatini ularning biologik – irqiy belgilari bilan bog'lab, ularni
oliy va quyi, bekamu-ko'st va noraso irqlarga ajratadi. Unga ko'ra, oliy irqlar xo'jayinlik qilishi,
qolganlar esa ularga xizmat qilishi, bo'ysunishi shart. Irqchilik ta'limoti boshqa xalqlarga
nisbatan bosqinchilik, talonchilik, mustamlakachilik siyosatini asoslashga harakat qiladi.
Fashistlar Germaniyasi aynan mana shunday mafkuraga tayanib ―oliy german irqi‖
hukmronligini o'rnatish maqsadida Ikkinchi jahon urushini boshlagani bunga yaqqol misoldir.
Hozirgi ham reaksion mafkuraga asoslangan kayfiyatdagi guruhlar, ularning nazariyotchilari
irqchilik g'oyalarini targ'ib etib, go'yo ―qoloq‖ xalqlarning mustaqil rivojlanishga ruhiy tayyor
emasligi haqidagi puch da'volar bilan chiqmoqda. Bunday qarashlar xalqlarning ozodligini
bo'g'ish, ularning ustidan hukmronlik o'rnatishga bo'lgan intilish natijasida yuzaga kelgan. Sobiq
Ittifoq parchalanib ketganidan so'ng imperiyacha fikrlaydigan ba'zi nazariyotchilar qarashlarida
ham irqchilik kayfiyatlari paydo bo'lganini kuzatish mumkin. Bunday qarashlarning qanchalik
asossiz ekanini hayot ko'rsatmoqda. Tarixiy taraqqiyot davomida turli irq vakillarining
aralashuvi, irqiy belgilarning o'zgarishi kabi holatlar ham yuz bermoqda. Bu yerda barcha irq
vakillarining madaniy taraqqiyotga birdek qobiliyatli bo'lib, biror-bir millat yoki elatni irqiy
jihatdan kamsitish har tomonlama o'rinsiz ekanini isbotlamoqda.
Irqchilik insoniyatga qarshi jinoyatdir. O'zR Konstitusiyasida barcha irqlar va millatlarning
teng huquqliligi belgilab qo'yilgan. Bu qoida jahon hamjamiyatining xalqaro huquq me'yorlariga
javob beradi.
XX asrning oxirgi o’n yili jahon xaritasini o’zgartirib yubordi, sobiq ittifoq barham
topdi, mustaqil davlatlar shakllandi. O‟tgan o‟n yil O‟zbekiston uchun ham qutlug‟ keldi -
mamlakatimiz Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida mustaqillikka erishdi. Milliy
davlatchilik an‟analarini tikladi. Yangi Konstitutsiya qabul qilindi, jamiyat hayotining barcha
soha-larida tub o‟zgarishlar sodir bo‟ldi, mamlakatimiz o‟ziga xos va mos rivoj-lanish yo‟li -
taraqqiyotning o‟zbek modelini amalga oshirishga kirishdi.
Shu bilan birga o‘tish davri - faqat yutuq va muvaffaqiyat emas, balki hayotning barcha
sohalarida totalitarizmdan qolgan salbiy oqibatlarga barham berish, fuqarolar ongini o‘zgartirish,
iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy sohada tub burilishlar qilish bilan bog‘liq yillari bo‘ldi.
Tarixdan ma‘lumki, umrini o‘tab bo‘lgan g‘oya, aqida yoki mafkura taraqqiyot nuqtai
nazaridan inkor etilishi natijasida g‘oyaviy bo‘shliq vujudga kelib, turli mafkuraviy tahdidlar
kuchayishi mumkin. Shu ma‘noda, Birinchi Prezident Islom Karimovning quyidagi fikrlari katta
ahamiyatga ega: «Men ko‘hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bo‘shliq
bo‘lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo‘shliq vujudga kelishiga aslo yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishganidan keyingi taraqqiyoti bu fikrni naqadar
to‘g‘ri ekanini yaqqol ko‘rsatadi».
G‘oyaviy, mafkuraviy tahdid kuchaygan joyda aholi keng qatlamlari, xususan, yoshlarning
qalbi va ongini egallashga qaratilgan urinishlar kuchayib borishi mumkinligi chuqur anglab
olindi. Holbuki, bugungi kunda ayniqsa, dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan, katta
moliyaviy va mafkuraviy ta‘sir kuchiga ega bo‘lgan ba‘zi g‘oyaviy markazlar istiqlolning
dastlabki yillaridagi vaziyatdan foydalanib, o‘z yovuz niyatlarini amalga oshirish yo‘lida
kechayu kunduz harakat qiladilar. Bu masalalar Birinchi Prezidentimizning «O‘zbekiston XXI
asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida
atroflicha tahlil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |