2. Tarixiy xotira g‟oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma‟naviy omil.
Darhaqiqat, tarix - millatning tarbiyachisidir, o'zlikni anglash - tarixni bilishdan boshlanadi,
- isbot talab qilmaydigan bu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi lozim. Alohida inson
xotirasida o'zining hayotida nimalar qilganligi, uning aql-zakovati va irodasi nimalarga
sarflanganligi qay darajada o'rnashib qolsa, millat uchun ham u tomondan amalga oshirilgan
narsalar shu darajada yaqin va qimmatlidir. Tarix - bu insoniyatning, millatning ijtimoiy xotirasi,
uning o'z-o'zini bilishi va anglashidir: voqelikda yo'qolgan narsalar ongda, xotirada yashaydi.
O'tmishni bilish hozirgini yaratish uchun beqiyos ahamiyatga molik. Ijtimoiy hayotni
tushunishdagi birinchi qadam hozirning o'tmish tomonidan yaratilganligini tasavvur qilish bilan
bog'liqdir. Milliy g'oya xalqimiz tarixiga, uning tarixiy xotirasiga tayanadi. Tarixiy xotirasidan
judo bo'lgan xalq o'zini millat sifatida anglay olmaydi, millatning manfaat va ehtiyojlarini qalban
xis qila olmaydi. Binobarin milliy g'oya ham ratsional, ham irratsional mohiyatga ega bo'lib, u
milliy ruhiyat, kayfiyat, ichki uyushtiruvchi, yo'naltiruvchi, harakatga keltiruvchi, etaklovchi
milliy xis-tuyg'u hisoblanadi.
Istiqbolning yaratuvchisi hisoblangan milliy mafkura - muayyan jamiyatning tarkibidagi
millatlarning o'z mustaqilligini, mustaqillik manfaatlarini himoya qilish, rivojlantirish
yo'nalishidagi ichki intilishlari natijasida vujudga keluvchi tuyg'ulari, maqsadlari, hoxish-
irodalarini ifodalovchi g'oyalar majmuasidir. Milliy mafkuraning o'zagini milliy g'oya tashkil
etadi, u jamiyatda barqarorlik, tinchlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni ta'minlaydi. Milliy
g'oyaning asosiy tayanchi nuqtasi ham, harakatga keltiruvchi, uyg'otuvchi kuchi ham milliy
o'zlikni anglashdir. Millat o'zini xalq sifatida, millat sifatida, el sifatida anglamaguncha uning
obro'yi, qadr-qimmati, or-nomusi haqida qayg'urishi, milliy faxr va g'ururi uchun kurashishi
mumkin emas. O'zlikni anglash xalqni g'aflatdan uyg'otuvchi, faol harakatga keltiruvchi, ijtimoiy
uyushtiruvchi kuchdir.
Milliy his-tuyg'u va mustahkam e'tiqod - insoniy va milliy kamolotning ikki qanotidir.
To'maris momomiz va Alp Erto'nga bobomizdan to Abdulla Qodiriy va Ozod
Sharafiddinovgacha engilmas kuch-qudrat ato etgan narsa milliy his-tuyg'u va e'tiqodiy ruhdir,
desak xato qilmaymiz. Mustaqillik - o'zlikni tanimoqdir; o'zlikni tanishning, milliy g'urur va
iftixorni shakllantirishning asosiy vositasi xalqning tarixiy xotirasining tiklanishidir. Dastavval
zardo'shtiylikning tarmog'i sanalgan moniylik ta'sirida bo'lgan, keyinchalik xristianlikning
mashhur ilohiyotchisi sifatida tanilgan episkop Avreliy Avgustin ―g'aflatda yotgan xalqni
uyg'otmoqchi bo'lsang, uning tarixini uyg'ot‖ degan ekan. bizning jismiy va ruhiy vujudimiz, til
va
tafakkurimiz,
ma'naviy-axloqiy
dunyomiz,
milliy-etnik
qiyofamiz,
e'tiqod
va
marosimchiligimiz, udum va an'analarimiz, elu-yurt kabi muqaddas tuyg'ularimiz - bularning
barchasi Turon-Turkiston-O'zbekiston nomi bilan bog'liq.
3. Siyosat va mafkuraning o‟zaro aloqadorligi va farqi.
Mafkurasiz siyosiy hokimiyat bo'lmaganligi kabi davlat va uning siyosiy institutlarisiz
mafkura ham bo'lmaydi. Shu bois mafkura ijtimoiy hayotni tashkillashtiruvchi, boshqaruvchi va
muayyan
maqsad
sari
yo'naltiruvchi
dastur,
ta'limot
bo'lib
xizmat
qiladi. Mafkura asos e'tiboriga ko'ra siyosat bilan uzviy bog'liqdir. Siyosatning o'zgarishi
mafkuraga ham ta'sir ko'rsatadi. «Mafkura» arabcha so'zdan olingan bo'lib, tor ma'noda
qarashlar va e'tiqodlar tizimi, majmui degan ma'noni anglatadi. Keng ma'noda mafkura-
jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va
g'oyalar majmuidir. G'arb mamlakatlari tillarida mafkura «ideologiya» atamasi vositasida
qo'llaniladi. «Ideologiya» yunoncha «ideya» va «logos» so'zlarining birikmasidan tashkil topgan
bo'lib, g'oyalar haqidagi ta'limot degan ma'noni bildiradi. Bu atama ilk bor 1797 yilda fransuz
inqilobi davrida Destut de Tressi tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan.
Mafkura, xususan, siyosiy mafkura masalalari tahlili XIX asr oxiri XX asr boshlarida
taniqli nemis olimi M. Veber tadqiqotlarida yanada yuqori bosqichga ko'tarildi. Mafkuraviy
siyosat – muayyan g'oyaviy qarashlar tizimini odamlar ongiga singdirish, zararli ma'naviy-
mafkuraviy ta'sirlar, turli ko'rinishdagi tazyiqlarning oldini olishga qaratilgan uslub va vositalar
hamda ularni ishlab chiqish, tartibga solish va boshqarish bilan bog'liq faoliyat majmui.
Mafkuraviy siyosatni mafkuraviy vazifalarni amalga oshirish uchun bo'lgan harakat tarzida ham
tushunish mumkin. Bu vazifalar muayyan mamlakat yoki xalqning dunyo hamjamiyatida tutgan
o'rni, nufuzi, xalqaro iqtisodiy, siyosiy, diplomatik aloqalardagi mavqei, taraqqiyot darajasi kabi
bir qator ko'rsatkichlardan kelib chiqadi. Masalan, hozirgi davrda milliy mafkuramiz
mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, erkin va yorug' hayot
sari olg'a yurishga yo'naltirishi zarur. Odatda ichki hamda tashqi mafkuraviy siyosat bir-biridan
farqlanadi. Ichki mafkuraviy siyosat mamlakat, xalqning o'z oldiga qo'ygan strategik
maqsadlaridan kelib chiqib, taraqqiyotning yangi bir bosqichga ko'tarilishi uchun fuqarolarni
safarbar qilish vazifasini o'taydi. Tashqi mafkuraviy siyosat, o'z xalqi va mamlakatining xalqaro
maydondagi nufuzini mustahkamlash, mustaqil taraqqiyotning xalqaro munosabatlar bilan
bog'liq jihatlarini ta'minlash hamda begona mafkuralarning ta'siridan himoya qilishga qaratilgan
bo'ladi. Mafkuraviy siyosatning samaradorligi uning qanday vositalar, usullar va shakllarda
yuritilishiga bog'liq. Bu o'rinda ijtimoiy taraqqiyotdagi turli guruhlar, sinflar va qatlamlar
manfaatlarining hisobga olinishi muhim ahamiyatga egadir. Mafkuraviy ta'sir o'tkazish yo'llari
omma uchun qanchalik yaqin, tushunarli va tabiiy bo'lsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlariga
tayangan holda tashkil etilsa, mafkuraviy siyosat shunchalik samarali bo'ladi.
Shuni ta'kidlash zarurki, mafkura masalasi sobiq SSSRda o'ta mutlaqlashtirildi. Mafkura
va
siyosat
o'rtasidagi
muvozanatning
buzilishi
oqibatida
sinfiy
dushmanga
qarshi kurash niqobi ostida nafaqat kommunistik mafkuraga zid g'oyaviy unsurlar, balki har
qanday hurfikrlilik ta'qib ostiga olindi. Troskizmga qarshi kurash, kollektivlashtirish, madaniy
inqilob, stalincha qatag'onlar o'z qamroviga ko'ra fashizm mafkurasidan qolishmadi. Ikkinchi
jahon urushidan keyin NATO va Varshava Shartnomasi davlatlari o'rtasida vujudga kelgan
«sovuq urush» siyosati ham asos e'tibori bilan mafkuraviy tabiatga ega edi. Har qanday ilmiy va
madaniy hurfikrlilikka, agar u kommunistik mafkura qoliplariga to'g'ri kelmasa, g'ayriinsoniy,
zararli deb qaraldi. Bundan ilm-fan va madaniyat ravnaqi katta zarar ko'rdi. Sovet mafkurasining
tub xususiyatlaridan biri shunda ediki, u xalqlarning milliy o'zligini, madaniyati, axloqi va
ma'naviyatining betakror jihatlarini inkor etar, «sovet xalqi» degan mavhum tushuncha ostida
barcha millatlarni birlashtirishga urinar edi. Natijada, ayrim kam sonli xalqlar o'z tili, milliy
madaniyatini yo'qotishgacha etib bordilar. Aslida mafkura siyosatga oqilona yo'nalish berishi,
uni jamiyat hayotining turli jabhalaridagi real holat bilan tanishtirishi lozim. Siyosatning
mafkuraga tayanishining sababi — mafkuranidg jamiyat ma'naviy kayfiyatini, orzu-umidlarini,
maqsad va manfaatlarini ifodalovchi g'oyaviy dastur ekanligidadir. Bu borada siyosiy mafkura
alohida o'rin tutadi. Chunki u huquqiy mafkura kabi demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyatini shakllantirishda etakchi omillardan biri hisoblanadi. Siyosiy mafkurasiz biror-bir
siyosiy harakat bo'lmaydi. Siyosiy mafkura o'z tarkibiga ko'ra mavjud ijtimoiy voqelik, uning
kelajagi to'g'risidagi siyosiy tasavvur va tushunchalardan tashkil topadi.
4. Milliy g‟oyada mentalitetning namoyon bo‟lishi. Hozirgi paytda ijtimoiy
jarayonlar tahlilidan kelib chiquvchi muhim saboqlardan biri ham mentalitet orqali
o‗zgarishlarga erishish, uning mazmun-mohiyatiga ta‘sir ko‗rsatishdan iboratdir. ―Agar
mentalitetni atrofimizdagi hayot tarzining mahsuli sifatida qabul qilsak, uning ikkinchi jihati
shundaki‖, hayotning o‗zi ham, uning o‗zgarishlari ham odamzot tafakkurining o‗zgarishi bilan
chambarchas bog‗liq‖.
Milliy mentalitet fenomeni bo‗linish emas birlashishni, birdamlik va hamkorlikni taqozo
etadi. Dunyoda hech bir natijaga aql-zakovatni, kuch-harakatni, vaqt va imkoniyatlarni bir
nuqtaga jamlamasdan turib erishib bo‗lmaydi. Birlashish butunlikka erishish, bunyodkorlik
ishlarining debochasidir, chunki bunyodkorlikka intilish, bu yo‗lda umumxalq safarbarligi
holatini tarkib toptirish, eng muhimi fikr-qarashlar yakdilligini yuzaga keltirish – ruhiy birdamlik
kayfiyatiga erishish muhimdir.
Agar an‘anaviy jamiyatda tovar, industrial jamiyatlarda pul barcha masalalarni hal qiluvchi
asosiy vositalar rolini o‗ynab kelgan bo‗lsa, bugun biz yashayotgan postindustrial jamiyatda
shaxs qadriyatini belgilovchi asosiy tamoyillar sifatida informatsion bazis, intellektual
tayyorgarlik, bilim darajalari hal qiluvchi kuch tarzida maydonga chiqadi.
Shu boisdan ham yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan «Kuch – bilim va tafakkurda»
shiori postindustrial jamiyatning shiddatkor, jo‗shqin xususiyati tempi to‗lqinlarida
odamlarimizning erkin suzishlari, bu jarayonlarda o‗zligini yo‗qotib qo‗ymasligi, aksincha o‗z
ovozi, so‗zi, fikri va salohiyatlari bilan faol uyg‗unlashuviga yo‗l ochuvchi bir mayoq vazifasini
o‗taydi. O‗zgarayotgan ijtimoiy makon va zamon ruhida odamlarimizning doimiy aktualligini
ta‘minlovchi qudratli kuch ham tafakkur omilidir. Milliy mentalitet omili davrning jo‗shqin ruhi,
tez o‗zgarayotgan muhit ta‘sirida yemirilib ketmasligi xususida fikr yuritib, bunday inqirozlardan
saqlovchi kuch insoniylik ekanini asoslab beradi. Insoniylik mohiyati sifatida shaxs va
jamiyatning barcha jihatlariga ruh bag‗ishlaydi, unga jonlilik, tiriklik, yaratuvchanlik ruhini
singdirib turadi.
Insoniylik omilining real zohir bo‗lish belgilari esa, komil shaxsga xos bo‗lgan fayz,
tarovat, yuzi issiqlik, istara, o‗zi yonib boshqalarni ham yondira olish singari fazilatlardir. Ayni
chog‗da ta‘kidlash joizki, xalqimiz nazdida komillik tushunchasi rahbar siymosida ayniqsa
yorqin namoyon bo‗ladi. Shu boisdan ham, komillikning eng avvalo yetakchilarda, rahbar
shaxslarda yorqin ko‗rinishi kerak. ―Istarasi issiq degani, bu odamlarga ko‗ngli ochiq bo‗lish
demakdir. Ya‘ni, rahbar juda ortiqcha sirli bo‗lmasligi, bag‗rikeng va kechirimli bo‗lishi lozim.
Va kerak bo‗lsa, meni kechirasizlar-u, ochiq aytishim kerak, u qandaydir fayzli bo‗lishi zarur. Bu
fikrga qo‗shimcha qilib shuni aytmoqchimanki, bugungi kunda rahbar faqat o‗zi yonib qolmay,
unga ko‗z tikib, undan ko‗p narsani kutib turgan xalqni ham yondira olishi zarur. Men yondirish
deganda, avvalambor, odamlarni birlashtirish, odamlarni boshqarishni, ularni yuksak maqsadlar
sari safarbar etishni nazarda tutaman» .
Demak, milliy mentalitet asosidagi komil shaxs konsepsiyasi ikki muhim jihat, ya‘ni bir
tomondan o‗zidagi insoniylik fazilatlarini amaliy faoliyatlarda qo‗llay olish salohiyati bo‗lsa,
ikkinchi tomondan odamlarni bunyodkorlik ishlariga safarbar eta olish qobiliyatlarini yuzaga
chiqarish orqali namoyon bo‗ladi. Milliy mentalitet asosidagi komil shaxs shunchaki ko‗p
o‗qigan, ko‗p bilgan, ko‗p ko‗rgan yoki tajribasi katta odam bo‗lib cheklanmasdan, o‗zidagi
bilim va tajribalar, insoniy fazilatlarni ezgulik, yaratuvchanlik yo‗lida foydalana oluvchi,
voqelikni shunchaki bilish bilan cheklanib qolmagan, balki hayot o‗zgarishlarini anglashga
erishgan, nafsini jilovlab, meyorga keltira olgan, «qanoat», «shukur», «tavba» tushunchalariga
mustahkam tayanib ish tutuvchi, o‗z manfaatini umum manfaatlari bilan muvofiqlashtira olgan,
faol, harakatchan, tinib-tinchimas, o‗zi yonib o‗zgalarni ham yondirguvchi shaxsdir. Milliy
mentalitet bilan qurollangan komillik pirovard natijada odamlarni birlashtirish, aholi turli
qatlamlari vakillarini bunyodkorlik yo‗lida uyushtirish, ularni o‗zaro murosa, madora, ittifoqqa
keltirish yo‗liga olib chiqadi.
Xullas, milliy mentalitetga asoslangan bugungi faol shaxs falsafasi yangilanayotgan
borlig‗imiz ruhiga ayni muvofiq barkamol shaxs, har tomonlama rivojlangan inson, zukko, dono,
yaratuvchan, bunyodkor, bag‗rikeng, sahovatli, ochiq yuzli, istarali odamni tarkib toptirish
vazifasini dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‗yadi.
Milliy mentalitet Vatanni sevish omiliga ko‗p jihatlarga ko‗ra bog‗liqdir. Vatanni sevish
ulug‗ Navoiy ta‘kidlagani kabi shu yurt odamlarini sevishdan boshlanadi. Odamlarga bo‗lgan
muhabbat Vatan sevgisining debochasi va o‗zagidir. Navoiy muhabbatni ikki jihat, ya‘ni ilohiy
ishq va majoziy ishqqa bo‗lib talqin etadi hamda insonlarga bo‗lgan mexr-oqibat, hurmat,
sadoqatdan iborat ko‗ngil bog‗liqligi, ya‘ni majoziy muhabbat uning taqdirida ustunroq
ekanligini o‗z asarlarida takror-takror qayd etadi. Chin vatanparvarlik haqiqiy insonlik, insonga
muhabbat, unga himoyachi, fidoiy, kerakli bo‗lishdir. Demak, Prezidentimiz ilgari surayotgan
«insonning insonligini o‗ziga anglatish va shu maqsadni ro‗yobga chiqarish» g‗oyasi zamirida
ham Vatanga ishqni odamlarni sevishdan boshlash da‘vati mujassamdir. Odamlarni sevish va
Vatan sevgisi o‗zaro uyg‗un, chatishgan mohiyat kasb etganligi bois Vatanga muhabbat
tuyg‗usini tarkib toptirish dastavval shaxsning o‗z-o‗ziga bo‗lgan mas‘uliyati, talabchanligi
o‗zidan qoniqmaslik, o‗z-o‗zini doimiy taftish va nazorat qilishdan boshlanadi. Shu narsani
e‘tirof etish kerakki, xalqimizda insonni jamoatchilik fikri nuqtai nazaridan baholash ijtimoiy
nazorat qilib borish jihatlari yaxshi rivojlangan.
Milliy g‗oyaning ma‘naviy-madaniy tomonlari milliy manfaatlar-ning uyg‗unligini aniq va
ravshan ifodalaydi. Chunki unda til, milliy ruhiyat, milliy o‗ziga xoslik, milliy mentalitet
jozibador tarzda aks etadi. Shuning uchun ham milliy g‗oyani targ‗ib va tashviqot etishda
o‗zbeklarga xos mentalitet, uyat, or-nomus, vijdon, adolat, haqiqat, odillik, andisha, sharm-hayo,
qadr-kimmat kabi tushunchalar milliy, madaniy, ma‘naviy hayotimizning tarkibiy qismi sifatida
baholan-moqsa. Ushbu tushunchalar mazmun-mohiyatida xalqimizga xos his-tuyg‗u, o‗zga
millatlarga nisbatan odamiylik, insoniylik singari ezgu niyat-lar yotadi.
Uzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi hayotimizdagi, hatto tariximizdagi nihoyatda
katta voqea bo‗ldi. O‗zbekiston tilga oid har qanday masalani mustaqil hal qilish huquqiga ega.
Konstitutsiyamizda mustahkamlanganidek, "O‘zbekistan Respublikasining davlat tili uzbek
tilidir".
Milliy g‗oya o‗zbek tilining davlat maqomini to‗la ro‗yobga chiqarish, uning qo‗llanilishi
va muhofazasini ta‘minlashga ko‗maklashadi. Ayni paytda, u respublikamiz hududida yashovchi
millatlar va elatlar til-larining taraqqiyoti uchun imkoniyat hozirlashga yordam beradi.
Milliy g‗oya ma‘naviyatimizning asosi hisoblangan madaniy merosimizga munosabat
masalasida ham katta o‗rin tutadi. Madaniy, ma‘naviy meros avlod-ajdodlarimiz tomonidan
necha-necha asrlar davomida yarati-lib, asrab-avaylab kelinayotgan buyuk xazinadir. "Ota-
bobolarimiz-dan bizga boy ma‘naviy meros qolgan. Endi bizning qonimizga ko‗chgan, bizning
nasl-nasabimizga xos o‗sha ulkan ma‘naviy salohiyatni yanada yuksaltirishimiz, uni
farzandlarimizga, kelajak avlodga munosib meros qilib qoldirishimiz kerak". Madaniy merosga
bunday hurmat, birinchi navbatda, uning yaratuvchisi, avaylab-asraguvchisi va rivoj-
lantiruvchisi hisoblangan xalq ommasiga, millatga, uning o‗tmishiga cheksiz ehtirom, mehr-
oqibat mahsulidir. Madaniy merosini chuqur o‗rganmagan va e‘zozlamagan kishi o‗zining
shajarasi, avlod-ajdod-lari bosib o‗tgan yo‗l, milliy istiqlolimiz, erkimiz va ozodligimiz uchun
jasorat ko‗rsatgan ulug‗ zotlar haqida tasavvurga ega bo‗lmaydi.
O‘zbek mentaliteti, tafakkur tarzi, ma‘naviyati rivoji asrlar osha sayqal topgan go‗zal
axloqiy fazilatlar va milliy kadriyatlar mevasidir. Istibdod yillarida mustamlakachilar
xalkimizning bu be-nazir o‗ziga xosligini yo‗qotishga urindilar. Uning tarixiy xotirasi milliy
ma‘naviy merosga nisbatan bo‗lgan bunday tajovuzdan jiddiy talofat ko‗rgan bo‗lsa-da, o‗zak
tomirlarini shikastlardan saklay oldi, teranligini yo‗qotmadi. Xalq bunday xurujlar chog‗ida
dushmanlarga qarshi gohida ochiqdan-ochiq mardonavor kurashdi, zulm haddan oshgan
murakkab kezlarda esa bu bebaho qadriyatlarni yuragining to‗rida avay-lab asradi.
Tarixning guvohlik berishicha, ishlab chiqarish muttasil o‗sib, rivojlanib boradi. Ishlab
chiqarishning rivojlanishi esa, avvalo, uni amalga oshiruvchi insonning ma‘naviy-axlokiy kamol
topishi bilan bog‗liq. Agar texnika va texnologiyaning o‗sishi insoniyat taraqqiyoti-dan ilgarilab
ketsa, unda bu rivojlanish nomutanosib bo‗ladi va uzoq davom etmaydi. Ma‘naviy jihatdan
ildamroq taraqqiy etmas ekan, moddiy va iqtisodiy jihatdan ham tez rivojlanmaydi. Bundan
tashqari, texnika va texnologiyaning takomillashishiga ham inson ongi, bilimi va aqli rivojining
natijasi sifatida qarash lozim. Binoba-rin, "davlatimizning eng muhim vazifalari dan biri —
ma‘naviy jihatdan barkamol insonni tarbiyalash, ta‘lim va maorif tizimini takomillashtirish,
milliy uyg‘onish g‗oyasi asosida ma‘naviy va ruhiy jihatdan yangi avlodni voyaga yetkazishdir".
5. O‟zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‟oyalarning takomillashuv
jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo‟lishi. Dunyoda yangi
jamiyatni barpo etish va unga mos g‗oyalar tizimini shakllantirishning tayyor andozasi yo‗q. Bu
borada hatto jahondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham to‗la-to‗kis qo‗llash
qiyin. Chunki har bir mamlakat hayotining tarkibiy tuzilishi, xalqining mentaliteti, aholi tarkibi
va taraqqiyot tamoyillari boshqa davlatnikiga aynan o‗xshamaydi. Ba‘zi mamlakatlarda
yaxshigina samara beradigan g‗oyaviy tamoyillar o‗zga davlatlarda hech qanday natija
bermasligi yoki aksincha, muammolarni yanada chuqurlashtirishi ham mumkin.
Shu bois yurtimiz istiqlolga erishganidan keyin taraqqiyot tamoyillari tanlab
olinayotganida rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan birga, xalqimizning tarixiy qadriyatlari,
mentaliteti, turmush va tafakkur tarzi, milliy davlatchilik an‘analari, xalqimiz boshidan
kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlariga alohida e‘tibor qaratildi.
Vatanimiz mustaqillikni qo‗lga kiritgach, hayotimizda tub o‗zgarishlar yuz berdi, xalqimiz
tabiati va dunyoqarashiga yot bo‗lgan mustabid tuzum va uning mafkurasi barham topdi. O‗z
umrini o‗tab bo‗lgan eski mafkura o‗rnida yangi ijtimoiy munosabatlar, xalqning asl
maqsadmuddaolarini ifoda etuvchi ilg‗or va bunyodkor ta‘limot milliy istiqlol g‗oyasi
shakllandi.
Yurtimizda shakllanayotgan yangi g‗oyalar tizimining asoslari qanday yaratildi? Ushbu
yo‗nalishdagi ustuvor vazifalar nimalardan iborat? Birinchi Prezident Islom Karimovning
asarlarida, ayniqsa, «Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch" kitobi va "Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
Konsepsiyasi"da ushbu savollarga to‗liq javob berilgan. Bunday maqsad jamiyat hayotining
barcha sohalariga daxldor ko‗pdan ko‗p siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy vazifalarni amalga
oshirishni taqozo etmoqda.
Insoniyat tarixida ro‗y bergan turli voqealar, islohotlar va tub burilish jarayonlarining
tahlili shundan dalolat beradiki, hech bir mamlakatda yangi jamiyat barpo etish va unga mos
g‗oyalar tizimini shakllantirish, birdaniga, bir kunda amalga oshib qoladigan oddiy hodisalar
emas. Balki bu har bir davlat va jamiyat hayotida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va
ma‘naviyma‘rifiy sohalarda kechadigan murakkab va serqirra jarayonlarning hosilasi, muayyan
muddatda ro‗y beradigan o‗zgarishlarning natijasidir.
Jamiyat hayotida yangi goyalar tizimini shakllantirishning asosiy tamoyillari orasida
umuminsoniy jihatlar va milliy xususiyatlarga tayanish zarurati alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur jarayon ana shu ikkita omil asosida amalga oshayotganligi va ularning har biriga xos
rivojlanish qonuniyatlarini o‗zida uyg‗unlashtirgani bilan tavsiflanadi. Bu nuqtai nazardan mam-
lakatimizga xos yangi g‗oyalar tizimi shakllanishining quyidagi tamoyillari alohida ajralib
turadi:
1)
tarixiylik, ya‘ni shu sohada insoniyat taraqqiyotining hozirgi davrgacha bo‗lgan
yutuqlariga asoslanish bilan birga, xalqimizning shu kungacha erishgan barcha yutuqlari, amaliy
faoliyati natijalaridan, milliy qadriyatlari, ma‘naviy boyliklari va an‘analaridan unumli
foydalanish;
tizimlilik - jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqti-sodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalarida
amalga oshirilayotgan o‗zgarishlarni bir butun va yaxlit jarayon sifatida qarash;
ijtimoiy o‗zgarishlarning ortga qaytmasligi, doimo o‗tmish-dan bugun orqali kelajak tomon
uzluksiz jarayon sifatida amalga oshishini hisobga olish. Shu asosda yangiliklar orasidan ijobiy
jihatlar va xususiyatlarga ega bo‗lganlarini ajratib olish, tan-lash va ularni hayotga tadbiq etish;
umuminsoniylik va milliylik tamoyillari ham yangi g‗oyalar tizimi shakllanishida muhim
o‗rin tutadi. Jamiyatimizni yangi-lashda, bir tomondan, yurtimiz tarixi, milliy an‘analar va
xalqimizning o‗tmishda to‗plagan tajribasi, ikkinchi tomondan esa, bugungi dunyoda ro‗y
berayotgan o‗zgarishlar va yangilanishlar, umumbashariy andozalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu, avvalo, O‗zbekistonni jahon hamjamiyatining tarkibiy qismi va xalqa-ro munosabatlarning
teng huquqli a‘zosi sifatidagi o‗rni, mav-qeini belgilashning asosiy omillaridan biri bo‗lmoqda;
yangi g‗oyalar tizimi shakllanishi ko‗pmillatlilik va ko‗p konfessiyalik sharoitida
jamiyatning barcha a‘zolari, aholi qatlamlarining hamjihatligi va ijtimoiy bag‗rikenglik tamoyili-
ga ham asoslanadi. Bu tamoyil istiqlolning dastlabki kunlarida-noq mamlakat hayotini
demokratlashtirish va liberallashtirish-ning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgani bejiz emas;
an‘anaviylikka tayanish va yangilanishga intilish tamoyili ham O‗zbekistonda yangi
g‗oyalar tizimi shakllanishi jarayonining tarkibiy qismidir. Ya‘ni, O‗zbekiston misolida yangi
g‗oyalar tizimi shakllanishi jarayonini ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan o‗rganish, uning bir-biri
bilan uzviy aloqador tushunchalar, chunonchi, "an‘ana va yangilanish", "inkor va vorislik"
bog‗lanishlari orqali amalga oshayotganini ko‗rsatadi. Xuddi shu ma‘noda, istiqlolning dastlabki
yillaridayoq mamlakatimiz hayotiga xos o‗zgarish va yangilanishlar jarayonining asosiy
tamoyillari sifatida "Yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik", "O‗tmishni yozg‗irishdan ko‗ra
ezgulik, yaratuvchanlik va bunyodkorlik yo‗lidan og‗ishmasdan borish» to‗g‗risidagi xulosalar
asos qilib olingani bejiz emas.
Mamlakatimizda yangi g‗oyalar tizimini shakllantirishning strategik maqsadlari jamiyat
hayotining barcha sohalariga daxldor bo‗lgan bir qator tamoyillarni amalga oshirish bilan bog‗liq
Jamiyat hayotini yangilash jarayonini izchilligi va samaradorligini ta‘minlash bu boradagi eng
asosiy yo‗nalishdir. Mazkur yo‗na-lishda hayotning barcha sohalarini, davlat va jamiyat
qurilishini yanada erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, unda milliy va
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy ma-daniyatni shakllantirish muhim ahamiyatga
ega. Bu taraqqiyotimiz g‗oyaviy tamoyillarining siyosiy sohadagi namoyon bo‗lish xususiyat-
larini belgilaydi. Binobarin, siyosiy hayotni yangilashning asosiy shartlaridan biri xalqning
siyosiy ongini o‗stirish, unga demok-ratik erkinliklarning ma‘no-mohiyatini to‗g‗ri tushunib
olish va o‗zlashtirishga imkon yaratishdan iborat. Bu, bir tomondan, fuqarolarning, ikkinchi
tomondan, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamda xo‗jalik yurituvchi subyektlarning
qonunga so‗zsiz bo‗ysunishini taqozo qiladi. Demak, bunda nafakdt aholi huquqiy bilimlarining
oshishi, uning ongi yuksalishiga, balki hokimiyat-ning barcha mustaqil tarmoqlari, nodavlat
tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat samaradorligi ortishi ham jiddiy e‘tiborni
talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |