125
– savol berish orqali tinglovchining ma’lum sohani yoki ma’lumotni qay
darajada
tushunganligini aniqlash, uning bilimini tekshirish;
– tinglovchilarda darsdan tashqari, kundalik hayotlarida so‘roq-lash orqali
muammoning asl mohiyatini ochishga o‘rgatish.
Suqrot metodi ta’limda savol berishning qanchalik darajada muhim va kerakli
ekanligini ko‘rsatib beradi. Bu metod orqali o‘rganish usuli izchil tarmoqlangan
hamda tartibga solinmagan bilimlar o‘rtasidagi farq oydinlashtiriladi. U bizga
fikrlarimizni yanada chuqurroq mushohada qilishni o‘rgatadi.
Mashg‘ulotlarda o‘qituvchilar tomonidan Suqrot metodining quyidagi olti
ko‘rinishidan foydalanish mumkin:
1.
Tinglovchilarni o‘z fikrlarini aniqlashtirishga undash
. Masa-
lan, «Bu bilan nima demoqchisiz?», «Shu masalada qo‘shimcha tarzda yana
nimalar deya olasiz», kabi savollar orqali bildirilayotgan fikrni to‘ldirish,
boyitishga undash mumkin.
2.
Tinglovchilarni taxmin qilishga o‘rgatish.
Bunda «Bu fikr har doim to‘g‘ri
bo‘lishi mumkinmi?», «Nega bu taxmin shu fikrga nisbatan o‘rinli deb o‘ylaysiz?»
kabi savollar orqali gap ketayotgan munozaradan tashqariga chiqib, tinglovchining
muammoga yana boshqa taxminiy yechimlarni qidirishga harakat qilishiga undashi
mumkin.
3.
Bahsning asosini isbot tashkil etishini o‘rgatish.
«Nimaga
asoslanib
shunday deyapsiz?», «Bu fikrga shubha bilan qarashingizga asos bormi?» kabi
savollar tinglovchilarni o‘z bildirayotgan fikr-larini isbot bilan mustahkamlashga
undaydi.
4.
Qarshi fikr mushohadasini hisobga olish.
«Bu aksincha bo‘li-
shi ham mumkinmi?», «Kimda bu holatga qarama-qarshi bo‘lgan fikr bor?» kabi
savollar orqali gap ketayotgan mavzu mazmuniga qarama-qarshi fikrlarni
o‘rganish, yuzaga keltirish mumkin.
5.
Fikrlashda uzviylikni ta’minlash.
«Agar...
sodir bo‘lganda,
...qanday natija bilan tugagan bo‘lardi?», «… qanday qilib…ga ta’sir ko‘rsatishi
mumkin?» kabi bir tushunchaning boshqa bir tushunchaga ta’sir etishi, uning
126
mazmun-mohiyatini to‘liq o‘zgartirib yuborishi mumkinligini ko‘rsatuvchi savollar
fikrlashdagi uzviylikni ta’minlaydi.
6.
Savolni so‘roqlashga o‘rgatish.
«Nega bu savolni berdim deb
o‘ylaysiz?»,
«nega men bergan bu savol shunchalik muhim?», «Savollardan qaysi biri ko‘proq
foydali deb hisoblaysiz?» kabi berila-yotgan savollarni mushohada qilishga
undovchi savollar nafaqat savolning o‘zini yaxshiroq tushunib olishga, balki uning
berilishi sabablarini ham tahlil qilishga o‘rgatadi.
Suqrot metodidan foydalanish izchil fikrlashning asosi hisoblanadi, chunki u
bahslashilayotgan fikrni mushohada etishning barcha jihatlarini qamrab oladi.
Suqrot metodining asosiy maq-sadi haqiqatni topish uni yuzaga chiqarish
bo‘lganligi sababli bu usulda o‘rganish sinchkov fikrlash usuli bilan bir xil. Har
ikkala-si ham mavjud ma’lumotlarni kuzatish, rivojlantirish, qayta ishlash hamda
qayta yo‘naltirish bilan shug‘ullanadi. Ta’limda fikrlashga o‘rgatishning asosiy
maqsadlari ham huddi shunday.
DISKUSSIYA
DISKUSSIYA (lotincha discussio — tadqiq etish, muhokama qilish) — bu
munozarali savolni yig‘ilish, suhbat yoki bahs-munozara davomida atroflicha
muhokama qilishdir. Boshqacha aytganda, diskussiya qandaydir savol, muammo
yoki solishtirilgan axborotlar, g‘oyalar, fikr va takliflarni jamoa bo‘lib muhokama
qilishdan iboratdir. Diskussiya o‘tkazishning maqsadlari turli xil bo‘lishi mumkin:
o‘rganish, trening, diagnostika, qayta ishlab chiqish, yo‘l-yo‘riqni o‘zgartirish,
ijodkorlikni rag‘batlantirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: