Mas’ul muharrir:
B.R.Adizov
- pedagogika fanlari doktori, professor
Taqrizchilar:
M. H. Mahmudov –
pedagogika fanlari doktori, professor
Sh.Sh. Olimov
–
pedagogika fanlari doktori, professor
Buxoro davlat tibbiyot institut kengashning 2020- yil 30-maydagi 12-son
majlisninig qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan.
4
ANNOTATSIYA
Bugungi O`zbekiston ta`lim tizimida tafakkur salohiyati yuqori, o`z kasbi
ravnaqiga xizmat qila oladigan jahon andozalariga mos, raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlash ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Shu nuqtai nazardan, “Kasbiy
pedagogika” fani oliy ta’lim muassasalari kasbiy ta’lim yo’nalishi talabalarida
kasbiy-pedagogik sifatlarni shakllantirish, ularni bo’lajak mutaxassis sifatida
tayyorlashda muhim o’rin egallaydi. Zamonaviy mutaxassis o’z kasbiy faoliyati
sohasidagi yangiliklarni egallab borishi, istiqboldagi taraqqiyot yo’nalishlari
hamda yuzaga keluvchi muammolarni echish yo’llarini ko’ra bilishi lozim. Bunday
talablar darajasidagi mutaxassisni tarbiyalash uchun ta’limini tashkil etish va
boshqarish, oliy ta’limda ishlab chiqarish ta’limini amalga oshirishning samarali
shakllari, faol metodlari ҳamda zamonaviy vositalari majmuasini ishlab chiqish
hamda ilmiy-metodik jihatdan asoslash lozim bo’ladi.
Ushbu qo`llanmada 5111000-Kasb ta’limi (5510100-Davolash ishi)
yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan “Kasbiy pedagogika” o’quv qo’llanmasi
mazmunida milliy va jahon ta’lim tizimidagi ilg`or g`oyalarning uyg`unligi, ta’lim
va ishlab chiqarish integrastiyasi, zamonaviy ilm-fan, texnika, texnologiyalar
taraqqiyotini o’ziga aks ettirib, hozirgi zamon kasbiy pedagogika fanining so’nggi
yutuqlari hamda uzoq yillar olib borgan ilmiy kuzatish va mazkur fanni o’qitish
tajribasiga tayanib, mazkur fanning ilmiy-metodik asoslari xususida fikr yuritilgan.
O’quv qo’llanmada kasbiy pedagogika fanining asoslari, kasbiy ta’lim
jarayoni, kasbiy ta’lim mazmuni, O’zbekistonda kasbiy ta’limni rivojlantirishda
xorijiy tajribalarni qo’llash, kasbga o’qitishda ta’lim oluvchilar shaxsi, kasbiy
ta’limda tarbiyaviy ishlar mohiyati, kasbiy ta’lim usullari, shakllari va vositalari,
zamonaviy dars turlari, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish, talabalarning
bilim, ko’nikma va malakalarini tashxis etish, kasbiy ta’limda innovastiyalar,
tibbiy ta’limda o’qitishning noan’anaviy usullari, testologiya va uning o’ziga xos
xususiyatlari, kasbiy ta’lim o’қituvchilarini tayyorlash, kasb ta’limida axborot
kommunikastion texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish ta’limini
rivojlantirish, kasbiy ta’limda malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish va
5
o’tkazish, kasbiy pedagogikada talabalarni motivlashtirish va faollashtirish, kasbiy
ta’limda pedagogik boshqaruv masalalari atroflicha yoritilgan.
O’quv qo’llanma pedagogik faoliyatga tayyorlanayotgan kasbiy ta’lim
yo’nalishlari talabalariga, shuningdek pedagogik mahoratni takomillashtirish
uchun muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |