Sust metod
(rasm
1.1) –
bu o‘qituvchi va tinglovchi o‘zaro muno-sabatining
shunday shakliki, unda o‘qituvchi harakatdagi asosiy shaxs bo‘lib, darsning
borishini boshqaradi, tinglovchi esa o‘qituv-chining ko‘rsatmalariga bo‘ysunuvchi
darsning sust qatnashchisi roli-da ishtirok etadi. Sust shakldagi darslarda
o‘qituvchi va tinglovchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqa so‘rovlar, mustaqil nazorat ishlari,
testlar va boshqalar vositasida amalga oshiriladi. Tinglovchilarning o‘quv
materialini o‘zlashtirish samaradorligi va zamonaviy pedagogik texnologiyalar
nuqtai nazaridan sust metod kam samarali hisoblanadi, biroq shunga qaramay
ushbu metodning ham bir qator afzal tomonlari mavjud. Bu o‘qituvchining
mashg‘ulotga nisbatan osonroq tayyorgarlik ko‘rishi va tinglovchilarga
mashg‘ulotning chegaralangan vaqti doirasida nisbatan ko‘proq o‘quv materialini
yetkazish imkoniyatining mavjudligidir.
124
Do'stlaringiz bilan baham: |