N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdiraz а kov, M. X. Ashurov


III.5-rasm .  Standart toraytiruvchi qurilmalar sxemasi



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/243
Sana11.01.2022
Hajmi2,58 Mb.
#346286
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   243
Bog'liq
fayl 1732 20210906 (1)

III.5-rasm

Standart toraytiruvchi qurilmalar sxemasi



 diafragma, b 

 soplo, c 

 Venturi soplosi, d 

 Venturi quvuri. 
 
Bu yerda, bosimlar farqi natijasida suyuqlikning teskari yo‘nalishdagi harakati 
yoki  ikkilamchi  oqim  paydo  bo‘ladi.  Suyuqlikning  qovushqoqligidan  asosiy  va 
ikkilamchi oqim bir-biriga qarama-qarshi harakat qilib, uyurmalar hosil qiladi. Bunda 
diafragma  orqasida  birmuncha  energiya  sarflanadi,  demak,  bosim  h
am  ma’lum 
darajada  kamayadi.  Diafragma 
oldidagi  zarrachalar  yo‘nalishining  o‘zgarishi  va 
ularning  diafragma  orqasidagi  siqilishi  potensial  energiyaning  o‘zgarishiga  deyarli 
ta’sir ko‘rsatmay
di. 
III.5-rasm, 
a
 
da ko‘rsatilganidek, 
P
1
 
va 
P
2
 bosimlar diafragma diskining oldi va 
orqasida  o‘r
n
atilgan  alohida  teshiklar  yordamida  o‘lchanadi.  Soplo
ning  (III.5-rasm, 
b
) kirish qismi ravon toraygan, chiqish qismi esa silindrdan iborat. Soploning profili 
sharrachaning  to‘liq  siqilishini  ta’minlaydi  va  soplodagi  silindr  teshigining  yuzi 
oqimning minimal kesimiga teng deb hisoblanishi mumkin. 
Soploning  orqa  qismida  hosil  bo‘ladigan  uyurmali  harakat  diafragmadagiga 
ko‘ra kam energiya yo‘qotishlarga olib kelad
i. Soploning old va orqasidagi  P
1
 va P
2
 
bosimlar xuddi diafragmanikidek o‘lchanadi.
 
III.5-rasm, 
c
  da  Venturi  soplosi  tasvirlangan.  Venturi  soplosi  qisqa  silindrik 
qismga o‘tuvchi silindrik kirish qism 
va  kengayuvchi  konussimon  diffuzor  qismdan 
iborat.  Toraytirish  qurilmasining  bunday  shaklida,  chiqish  diffuzori  mavjudligi 
tufayli  bosim 
yo‘qolishi
  diafragma  va  soplodagi  bosim 
yo‘qolishiga
  nisbatan  ancha 
kam  bo‘ladi.  P
1
  va  P
2
  bosimlar  Venturi  so
plosining  ichki  bo‘shlig‘i  bilan  aylana 
bo‘yicha  joylashgan 
teshi
klar  orqali  bog‘langan  xalqa  kameralar  yordamida 
o‘lcha
nadi. 


36 
 
III.5-rasm, 
d
  da  Venturi  quvuri  tasvirlangan.  Venturi  quvuri  kirish  silindrik 
quvuri, kirish konusi, o‘rta silindrik quvuri va diffuzor chiqish konusidan tuzilgan. 
P
1
 
va 
P
2
  bosimlar  kirish  konusi
ning oldi  va  o‘rta  silindrik  quvurining  o‘rta  qismlarida 
o‘rnatilgan alohida teshiklar yordamida o‘lchanadi.
 
Toraytirish qurilmalari vujudga keltirilgan bosimlar farqi orqali  modda sarfini 
o‘lchash  prinsipi  va  ularning  asosiy  tenglamalari  toraytirish  quril
malarining  barcha 
turlari  uchun  bir  xil.  Faqat  bu  tenglamalardagi  tajriba  orqali  aniqlanadigan  ba’zi 
koeffitsiyentlar bir-biridan farq qiladi.  
Siqiluvchi  muhit  (gaz,  bug‘)  sarfini  o‘lchashda,  ayniqsa,  bosimlar  farqi  katta 
bo‘lganda,  modda  oqimi  toraytirish  qurilmasidan  o‘tayotgandagi  bosimning 
o‘zgarishi natijasida modda zichligining o‘zgarishini e’tiborga olish zarur. Lekin gaz 
yoki  bug‘ning  toraytirish  qurilmasidan  o‘tish  vaqti  ko‘p  bo‘lmagani  sababli, 
moddaning  siqilishi  va  kengayishi  adiabatik  ravishda
,  ya’ni  issiqlik  almashinuvisiz 
o‘tadi.
 
Sarfni  o‘lchashga  mo‘ljallangan  toraytirish  qurilmalari
ni  tartibi  Davlat 
Standartlar Qo`mitasi 
tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatda: «Gaz va suyuqliklar 
sarfini standart toraytirish qurilmalari orqali o‘lchash qoidalari» (RD 50
-213-80)  da 
aniqlangan. 
Standart  toraytirish  qurilmalariga  RD  50-213-80  qoidalari  talablarini 
qanoatlantiruvchi  va  modda  sarfini  individual  darajasiz  o‘lchashda  qo‘llanadigan 
diafragmalar, soplolar, Venturi soplolari va Venturi quvurlari kiradi. 
1982 yildan boshlab «Gaz va suyuqlik sarfini standart toraytiruvchi qurilmalar 
RD 50-213-
80 yordamida o‘lchash qoidalari» joriy etildi.
 
Difmanometrning turi va xili quyidagi shartlarga ko‘ra tanlanadi:
 
1)
 
difmanometr  ayni  asbobni  ishlatishga  oid  qo‘llanmada  ko‘rsatilgan 
muhitlarni
gina sarfini  o‘lchash  uchun  qo‘llanishi  mumkin  (agar  difmanometr  sezgir 
elementini uzluksiz himoya qilinmayotgan yoki ajratuvchi idishlar qo‘llanmayotgan 
bo‘lsa);
 
2)
 
elektr  energiyadan  foydalanuvchi  difman
ometr  mos  me’yoriy  hujjatla

talabini qondirishi lozim; 


37 
 
3)
 
 quvurdagi  maksimal  ish  bosimi  toraytiruvchi  qurilma  oldida  difmanometr 
mo‘ljallangan maksimal ish bosimidan katta bo‘lmasligi kerak.
 
Asbobsozlik  sanoatida  quyidagi  qatordagi  bosimlar  farqi  chegaralariga  mos 
keladigan  difmanometrlar  chiqariladi:  10;  16;  25;  40;  63;  100;  160;  250;  400;  630; 
1000;  1600;  2500;  4000;  6300;  10000;  16000  va  25000  Pa  hamda  0,04;  0,063;  0,1; 
016;  0,25;  0,4;  va  0,63  mPa.  Difmanometrning  yuqori  o‘lchash  chegarasi  berilgan 
eng katta sarfga mos kelishi kerak. 
Eng katta sarf quyidagi qatorga mos kelishi zarur: 1,0; 1,25; 1,5; 2,0; 3,2; 4,0; 
5,0; 6,3; 8,0; 10 va hokazo. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish