RADIO UZATUVCHI QURILMALAR RADIO QABUL QILUVCHI QURILMA
Reja:
Radio kabul kiluvchi kurulmalar xakida umumiy tushunchalar.
Radio kabul kiluvchi kurulmalarning asosiy parametrlari.
Bevosita kabul kiluvchi kurulmaning struktura sxemasi va undagi bloklarning vazifalari.
Bevosita kabul kiluvchi kurulmalarning afzallaiklari va kamchiliklari.
Radiopriyomnik, radio signallarni tarkatuvchi stansiyalarning signallarini kabul kilib, ularni kuchaytiruvchi sungra tovush chastotali signallarga aylantiruvchi kurilmadir. Ular yordamida radioeshittirish, televideniye, turli obyektlarning joylashgan urnini aniklash (radiolokatsiya), samolyotlarning uchish va kemalarning suzishini boshkarish (radionavigatsiya), korrespandentlar urtasida aloka urnatish (radioaloka), turli kurilmalarni boshkarish (radiotele boshkarish) va shunga uxshash ishlar amalga oshiriladi. Kabul kilish kurilmalaridan shuningdek, radiospektroskopiya va radioastronomiyada xam foydalaniladi.
Xamma radio kabul kilish kurilmalari yagona umumiy maksad uchun muljallangan buladi, ya’ni radioperidatchiklardan nurlantiruvchi radiotulkinlar energiyasini chikarib olish, filtrlash, kuchaytirish vafoydali informatsiya signaliga uzgartirishdan iborat.
Xozirgi vaktda radiosanoatimiz, ma’lum maksadda foydalanilishi sxematik jixatdan kurilishi va boshka kursatkichlari bilan bir- biridan farklanuvchi kup sonli radiopryomniklar ishlab chikarmokda. Ular ma’lum maksadda kullanilishi buyicha radioeshittirish, telivizion aloka, radionavigatsion, radiolakatsion va radiotele boshkaruv priyomniklariga bulinadi. Sxematik kurilishi buyicha detektorli, tugri kuchaytiriluvchi priyomniklar, regenerativ va supergeterodin tiplarga ajratiladi. Ular samarodorlik darajasi va ish sifatini xarakterlovchi klasslarga bulinadi. Priyomniklar urnatilish joyiga karab, priyomniklar kuchirilib yuruvchi, avtomabillar xamda samalyotlarga muljallangan va boshkalar bulishi mumkin.
Priyomniklarni inergiya bilan ta’minlanishi sistemasi buyicha elektr tarmokli, batareyalar va unversal ta’minlanuvchi bulishi mumkin. Priyomniklar kuyidagi asosiy kursatkichlarga ega: sezgirlik, selektivlik, kabul kilish tulkinlarining diyapazoni, kaytariladigan chastotalar diyapazoni, shu diyapazondagi tovush bosimi va chikishda signalni takrorlashning boshka sifat kursatkichlari.
Priyomnik sezgirligi.
Kuchlanishning berilgan kiymatida (Mk V) tashki antenna kirilishdan berilgan foydali informatsiyaning normal kabul kilinishini ta’minlovchi priyomnikni kobiliyati sezgirlik deb ataladi. Normal kabul kilish deganda priyomnikning chikish kurilmasi radiokarnay yoki telefonning ish rejimini nominal ta’minlash tushuniladi. Priyomniklarning vazifasiga kura ularning sezgirligi keng chegarada uzgarishi mumkin. Masalan: Radioeshittirish priyomniklarida u 2,5,,,3000 mk V chegarada uzgaradi xamda rpiyomniklarning tulkin diapozoni va klassiga karab bu mikdor turlicha bulishi mumkin. Statsionar priyomniklar DV diapazonda kuyidagi sezgirlikga ega: a) yukori klassda – 50 mkV, b) birinchi klassda –150 mkV, v) turtinchi klassda-300 mkV.
UKV diapazondagi sezgirlik: a) yukori klassda – 2,5 mkV, b) birinchi klassda –5 mkV, v) turtinchi klassda-15 mkV. Sezgirlik mikdori asosan priyomnikning kuchaytirish xususiyati va sxemaning tuzilishiga boglik.
Priyomnikning selektivligi.
Priyomnikning ishlayotgan stansiyalar va radioxakitlar tomonidan antennada xosil kilingan EYKning yigindisidan kabul kilinuvchi signalni ajratib olish kobiliyati selektivlik (tanlovchanlik) deb ataladi.
Mikdor jixatdan tanlovchanlik kobiliyati ditsibellarda ulchanadi. Kushni kanal buycha selektivlik kabul kilingan signal mikdori sozlanishining ± 9 k Ts buzilishlarda susayishini ulchash bilan baxolanadi. Masalan: GOST reglamenti buycha DV av SV yukori klass statsinar radioeshittirish priyomniklarning selektivligi 55 DB ga teng. Kuzgu kanali buycha selektivligi 60 DB ga teng kilib olinadi. Chikishdagi signal xalakit nisbatlari 20 DB kilib olinadi va xokozo. Priyomsnikning kabul kilish chastotasi signalini ajratib olish kobilyatini baxolash uchun rezonansli amplituda-chastota xarakteriskasi (ACHX) xizmat kiladi.
I rasmda priyomnikning ideal (a) va (b) ACHX berilgan. Grafikdagi absissa uki buyicha tashuvchi chastotalar ƒo (kabul kilinuvchi, ƒo1, ƒo2 va boshka ishlayotgan)ga ega bulgan
diapazonda ishlayotgan radiostansiyalar, radiochastotalar spektori joylashtirilgan. Ordinata uki buyicha kabul kilinuvchi stansiya signali (ƒo) chastotasiga kat’iy sozlangandagi priyomnik sezgirligini uning sozlanishi buzilgandagi sezgirligiga nisbatni xarakterlovchi b mikdori kuyilgan. Yukori sifatni kabul kilishni ta’minlovchi priyomnikning ideal xarakteristkasi utkazish polosasi kengligiga 2∆Fga teng bulgan P-simon shakilga ega. Unga signalning Gn va Gyu yon chastotalari xam joylashtiriladi. Real xolda ACHX idealdan farklanuvchi shakilga ega buladi. bu xolda b-1 kiymat fakat priyomnik stansiyasining tashuvchi chastotasi ƒo anik sozlangan nuktasiga mos keladi. Chastota ketib kolsa signalni kabul kilish susayadi. Shuning uchun real sharoitlarda priyomnikning utkazish polasasi 2∆ƒ deganda egrilikning tushishidagi kabul kilinuvchi tebranish spektori susayishi ƒ/№2=0.707 kiymatdan ortmaydigan chegaralardagi ƒn dan ƒyu gacha bulgan chastotalar soxasi tushiniladi.
Kabul kilish tulkinlarining diapazoni.
Radioeshittirish uchun xozirgi zamon radiotexnikasida keng elektromagnit tebranishlari spektoridan foydalaniladi. Ularning chastotalari kator ajratilgan tulkin diapazoni chegaralarida yotadi.
Shu jumladan:
a) DV 150 kGs…350 kGs ( =2000… 840.3 m)
b) SV 525 kGs… 1605 kGs ( =571.4…186.9 m)
v) KV 3.95 mGs…12.1 mGs ( =75.9… 24.8 m)
g) UKV 65.8 mGs…73 mGs ( =4.56…4.11 m)
Priyomnik uz klassiga karab bir necha diapazonni, shu jumladan chuzilgan diapazonni xam uz ichiga olishi mumkin. (masalan,”KV-1”,”KV-2”, va x) xar bir diapazon chegarasida zarur stansiyaga sozlanish, kondensatorlarning sigim mikdori(“sozlash dastasi”)ni ravon uzgartirish bilan amalga oshiriladi.
Kaytariladigan chastatalar diapazoni.
Chikishdagi foydali signalni sifat jixatdan baxolash
uchun GOST tomonidan, priyomnikning klassi va urnatilishi joyiga karab uning nominal kaytariladigan chastata diapazoni kuzda tutilgan. Ovoz chikarishning sifati va uning tabiiyligi diapazon kengayishi bilan ortadi. Masalan: Yukori klassdagi statsionar priyomniklar foydali signallar chastotalarini 40… 16000 Gs chegaradagi nominal diapazonda kaytaradi. Uchinchi klassdagi avtomobil priyomniklari esa fakat 125… 3550 Gs chegaradagi diapazonga ega. Priyomnikning ovoz chikarish sifati kancha yukori bulsa uning konstruktiv sxemasi, kurish va remont vaktida uni sozlash shuncha murkkab buladi.
Tovush bosimi va priyomnikning chikish kuvvati.
Priyomnik radiokarnayiningtovush chikarishi intensivligini baxolovchi akustik parametr tovush bosimi deb ataladi. Uning mikdori priyomnikning joylashishi urniga va klassiga boglik.
Radioeshittirish priyomniklari uchun paskal (Pa ) xisobida ulchanadigan kaytariladigan chastatalarning nominal diapazondagi urtacha standart tovush bosimi 0.2…1 Pa ga teng. ( 1Pa=1 N/ m2 =9.87.10-6 atm ) Kishi kulogining ogrikni sezish busagasi 63Pa ga teng.Boshka ishidagi chikish kurilmasi priyomniklar uchun signalining effektivligi chikish kuvvati yoki uning kuchlanishi bilan baxolanadi.
Takrorlash sifati.
Foydali infarmatsiya signalini takrorlash sifati priyomnikning chikishida peredatchik tamonidan uzatilgan axborot ( modullovchi signal ) obrazini anik takrorlash kobiliyati bilan xarakterlanadi.Kabul kilingan signalni filtrlash, kuchaytirish va uzgartirish jaryonida priyomnikda modullovchi signal spektori buziladi , ya’ni turli xil buzilishlar ruy beradi. Nochizikli chasotatali va faza buzilishlar bor.
Priyomniklarga kuyiladigan texnikaviy talablar ruyxatiga shuningdek konstruktiv, texnologik va ekspluatatsion talablar xam kiritiladi. Bu talablar normasi xar bir priyomnik uchun aloxida beriladi.
Adabiyotlar.
1.N.Turdiyev.Radioelektronika asoslari.T.1992 yil.
2.Y.F.Kolontayevskiy.Radioelektronika.M.1988 yil.
1.Y.A.Ganin, E.M.Tuxtasinov.Radiotexnika.
2.V.T.Polyakov.Posvyasheniye v radioelektroniku
Do'stlaringiz bilan baham: |