Birinchi bosqichda
faol xususiylashtirish boshtangan. Bunda, asosan
uy-joy fondi va kichik korxonalar xususiylashtirilgan va jamoa mulkiga
aylantirilgan. Qishloq joylarda har bir oilaga tomorqa yer uchastkasi
berilgan.
Ikkinchi bosqichda
o ‘rta va yirik yengil sanoat mashinasozlik, qurilish
materiallari ishlab chiqarish sohasidagi 50 mingdan ortiq korxonalar
ochiq turdagiaksiyadorlikjamiyatlariga (mehnat jamoasi - 25%, davlat
- 26%, erkin sotuvda - 30%, aralash korxonalarga - 10%, xorijiy
investorlarga - 10%) aylantirildi. Bozor infrastrukturasi rivojlandi
(biija, bank, xususiy sug‘urta kompaniyalari).
Uchinchi bosqichda
esa eng yirik aksiya nazorat paketi davlat ixtiyorida
b o ‘lgan korxonalar (jam i 3146 ta) islohoti boshlandi. Xususiy-
lashtirilmaydiganlaming tarkibiy ro'yxati Oliy Majlis va Vazirlar Mah-
kamasi tomonidan belgilab berildi: suvdan foydalanish obyektlari,
meliorativ tarmoqlar, muzeylar, sanepidemiya stansiyalar, strategik
va harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan budjetdan tashqari fondlar shular
jumlasidandir.
To'rtinchi bosqichga
kelib xususiylashtirilgan obyektlardan bujdetga
mablag‘ tushurish, xususiylashtirilgan obyektlarga xorijiy investitsiya-
lam i jalb qilish, yangi mulkchilik munosabatlarining to ‘liq faoliyati
u chun sharoit yaratish ham da boshqaruv samaradorligini oshirish
choralariga e’tibor kuchaytirildi.
Bu bosqichda xususiylashtirishni guruhlashtirish sohasidagi
vazifalar aniqlashtirildi:
•
xususiylashtirishning miqdoriy ko'rsatkichlaridan tarmoqlami
chuqur restrukturizatsiyalash hamda korxonalami xususiylashtirish-
dan so‘ng quwatlash;
• tarmoq va hududlardagi xususiyatlami to ‘liq hisobga olish uchun
xususiylashtirish usullarini kengaytirish;
• xususiylashtiriladigan mulkni baholashning tender asosida sotish
uchun takomillashtirish;
• tadbirkorlikni faol quvvatlash, sanatsiya va restrukturizatsiyalash
protseduralarini amalga oshirish, zararga ishlayotgan korxonalarga
barham berish.
Mulkdorlar sinfining shakllanishi tadbirkorlikni rivojlantirilish bilan
bog‘Iiq institutsional islohotlar ham 4 bosqichda tasniflanadi.
Bunda ham tayyorlov bosqichga alohida e’tibor beriladi, ya’ni 1990-
1991 -yillarda mulkchilik va tadbirkorlik to ‘g ‘risidagi va boshqa
qonunlaming qabul qilinishi qayd etiladi.
1-bosqichda
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul
qilinishi, «Hususiy mulkchilik himoyasini ta ’minlash, tadbirkorlikni
rivojlantirish» to‘g‘risidagi (1994-yil yanvar), «Davlat mulkini bosh-
qarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash Davlat Q o‘mitasini tashkil
etish to‘g‘risida»gi Prezident farmonlari muhim hujjat bo‘ldi.
2-bosqich
Respublika Prezidentining xususiy tadbirkorlikni
rag‘batlantirish to ‘g‘risidagi Farmoni bilan boshlandi. Sobiq sovet res-
publikalari ichida birinchi marta xususiylashtirishdan tushgan mab-
lag‘ning 50% kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantirishga qaratildi. Bu
bosqichda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlintirish to ‘g‘risida»gi
(1995-yil dekabr), «Aksiyadorlikjamiyatlari va aksiyadorlik xuquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida»gi (1996-yil aprel) qonunlar qabul qilindi.
Eng muhimi, real ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllanishiga erishildi,
nodavlat sektori mustahkamlandi. Nodavlat sektom ing ulushi milliy
daromadda 69% ga yetdi. Salkam 6 min. aholida mulkdorlik hissi vujudga
keldi.
3- bosqich
chet el sarmoyalarini jalb etish asosida xususiylash-
tirishning chuqurlashtirilishi bilan tavsiflanadi. E ’tibor ko‘proq xusu-
siylashtirishning samaradorligiga qaratildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlashning ko‘p
bosqichli tizimi shakllandi. Bular:
1. Davlat mulkini boshqarish Qo‘mitasi va uning hududiy bo‘lin-
malari.
2. Tadbirkorlikning jamoat tashkilotlari (savdo-sanoat palatasi, deh-
qon va fermer xo‘jaliklari assotsiatsiyasi, tadbirkor ayollar uyushmasi).
3. M oliya-kredit institutlari (Mikrokreditbank).
4. Sug‘urta ta ’minoti («Agrosug'urta») va tadbirkor kadrlami
tayyorlash va axborot - maslahat bilan quwatlash institutlari (biznes
- inkubator va biznes - maktablar).
5. Xomashyo va materiallar ta’minoti, shuningdek, tayyor mahsulot
sotish infrastrukturalari ( 0 ‘zulguiji biija savdo, Agrosanoat biija,
0 ‘zsavdomarkaz, mintaqaviy va ixtisoslashgan bozorlar). Natijada jami
huquqiy shaxslaming 89% i Kichik va o‘rta korxonalar (160 ming)
egasiga aylandi. Kichik va o‘rta korxonalar solig‘i qishloq xo‘jaligida -
27%, sanoatda -12% ga yetdi.
IV
bosqich iqtisodiyotni erkinlashtiruv islohotlarini chuqurlashti-
rishdan keyin boshlandi. Tekshirishlami rokyxatga olish kitobi joriy
etildi. 270 m ingdan ortiq kichik va o ‘rta biznes subyektlari 2006-yil
oxiriga kelib ro ‘yxatdan o ‘tdi. Shundan 200 mingdan ortig‘i - mik-
rofirmalardan iborat.
0 ‘zbekistonda 2006-yilda YAIM 7,3 foizga o‘sdi: sanoat 10,8, qish
loq xo‘jaligi 6,2, investitsiya 11,4, qurilish pudrat ishlari 12,8, xizmat
ko‘rsatish 19,5 foizga o ‘sdi. 2007-yil I chorak davomida iqtisodiy o ‘sish
9,1 foizga teng bo'ldi. Bu tanlangan yo‘lning nihoyatda to ‘g‘ri
ekanligining yorqin dalilidir.
Qisqacha xulosalar
1917-yildagi oktyabr to‘ntarilishi va sho‘rolar hokimiyati (1917-
1990) davrida sobiq SSSR va xususan 0 ‘zbekistonda m a’muriy-
buyruqbozlikka asoslangan imperativ rejali iqtisodiyotga o ‘tildi.
Nokapitalistik konsepsiya, ya’ni bozor munosabatlarini inkor etuvchi
yo‘l tanlab olindi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti tufayli erishilgan ayrim
yutuqlar vaqtincha samara berdi. Markaz tomonidan olib borilgan
siyosat oqibatida katta potensialga ega bo‘lgan 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti
bir tomonlama agrar- xomashyo yo‘nalishida rivojlandi, sanoat tovarlari
ishlab chiqarish cheklangan edi, paxta yakkahokimligi ijtimoiy-ekologik
muammolarni keltirib chiqardi, yerlaming sho‘rlanishi, botqoqlashuvi
kuchaydi, Orol dengizi quriy boshladi, xalqning moddiy farovonligi
keskin ortda qoldi. Ilg‘or mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanish tarixi
bozor iqtisodiyotini qo‘llash yo‘li bilangina taraqqiyotga erishish
mumkinligini k o ‘rsatmoqda. Ko‘p yillar davomida imperativ rejali
iqtisodiyot yuritgan sobiq SSSR va boshqa «sosialistik» deb atalgan
davlatlar iqtisodiyoti inqirozga uchradi va bu bozor iqtisodiyotiga o ‘tishni
taqozo etmoqda. Oczbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o ‘z
mustaqilligiga erishgandan so‘ng (1991) оЧа boshladi. Bu bozor
iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi m a’muriy-buyruqbozlikka asoslangan
rejali (planli) iqtisodiy tizimdan erkin bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning
qonun-qoidalari va uning 0 ‘zbekistondagi milliy xususiyatlarga xos
ilmiy qarashlar majmuyidan iboratdir.
Respublikamizning bozor munosabatlariga o ‘tish konsepsiyasi
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, akademik Islom Karimovning
asarlari, risola va nutqlarida izohlab berilgan. O‘zbekistonning tarixiy,
ilmiy, an ’anaviy, ekologik va boshqa sohalardagi tajribaiariga asoslanib,
respublikada ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o ‘tish yo‘li
maqbul deb topildi. Bu o‘tish yo‘li tadrijiy (evolutsion) ketm a-ket,
bosqichma-bosqich amalga oshadi. Jamiyat rivoji tarixi shuni aniq
ko‘rsatadiki, bir ijtimoiy tizimdan boshqa tizimga ko‘chish uchun
ma’lum o ‘tish davri bbyektiv zaruriyatdir. Bu zarurat eskirgan hayot
ukladi o‘rniga yaratiladigan yangi ukladni vujudga keltirishdagi siyosiy-
ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar bilan chambarchas bo g‘liqdir.
0 ‘zbekiston sharoitida bu o‘tish davri bir necha bosqichdan iborat
boiadi. Birinchi bosqich 1991-1994-yilIar, ikkinchi bosqich 1994 -
1999-yillarda amalga oshirildi, uchinchi bosqich 2000-yildan boshlandi.
0 4 ish davrining davom etish vaqti va bosqichlari soni o‘tish davrida
qo‘llaniladigan qator aniq obyektiv va subyektiv omillar va uslublarga
bog‘liqdir. Uni nisbatan tezroq va to ‘fonlarsiz amalga oshirish bosh
vazifa hisoblanadi. O kzbekistonda sobiq sho‘ro davlatlari orasida
birinchilardan bo'lib mustaqillikning o‘n yili davomida muhim yutuqlar
qo‘lga kiritildi. Inqirozlar davri tugab (1996), iqtisodiyotning jadal
o ‘sish davri boshlandi. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi, milliy
valutamiz bo‘lgan so‘m mustahkamlandi, xususiylashtirish jarayoni
chuquriashdi va kengaydi. Yoqilg‘i-energetika va don mustaqilligi
ta ’minlandi, iqtisodiyotda tarkibiy o ‘zgarishlar keng quloch yoydi,
yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Iqtisodiyotda sezilarli siljishlar
amalga oshirildi. Bozor infrastrukturasi yaratildi, asosiy iqtisodiy
ko‘rsatkichlar o‘sishi ta’minlandi. Bu tanlab olingan iqtisodiy islohotlar
yo‘lining to‘g‘riligi natijasidir.
Bozor iqtisodiyotiga o £tish, m a’muriy-buyruqbozlik tizimi, musta-
bid tizim merosi, o ‘tish zaruriyatining omillari, «o‘zbek modeli»,
o ‘tish davri davomiyligi, o ‘tish davri bosqichlari, tartibga solinadigan
bozor iqtisodiyotiga yondashuvlar, iqtisodiyot negizi, ustuvor yo‘na-
lishlar, tarkibiy o ‘zgarishlaming maqsadlari, inson taraqqiyoti indeksi,
islohotlami tasniflash, yutuq va muammolar.
N azorat va mulohaza uchun savollar
1. M a’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyati va uning
oqibatlarini izohlang.
2. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish deganda nimani tushunasiz?
3. 0 ‘tish davri davomiyligi qancha bo‘lishi mumkin?
4. 0 ‘tish davridagi umumiy qoidalar nimadan iborat?
5. « 0 ‘zbek modeli» nima?
6. Milliy iqtisodiyotning negizini nima tashkil etadi?
7. Milliy iqtisodiy islohotlar modelining xususiyatlari.
8. Islohot bosqichlariga oid qanday qaraslilar mavjud?
9. Milliy iqtisodiyotning ilmiy-nazariy manbalarini kengaytirishga
hissa qo ‘shayotgan olimlar kimlar?
Taniqli iqtisodchi olim Mark Blaugning ta ’kidlashicha, iqtisodiyot
fani va ta’limotlarining tarixi o'ziga xos laboratoriyadir. Har bir iqtisodchi
buni tushungan va tushunmagan holda bu laboratoriyani olzi bilan
biiga olib yuradi (Блауг М. Экономическая мыслъ в ретроспективе,
с.659). Bu laboratoriya doim harakatda, doim izlanishda b o ‘lib,
o'tm ishdoshlar tom onidan qoldirilgan intellektual merosni bilish
muhimdir.
Oddiy tushunchalardan boshlangan iqtisodiy g‘oyalar tarix i
davomida bir nechta muhim yo'nalishlarni ajratish mumkin. Bular
boylikning asosi muomala sohasida degan aqidaga asoslangan
merkantilizm iqtisodiy ta’limotigacha bo'lgan davr, merkantilizmning
o ‘zi, klassik iqtisodiy maktab, sotsialistik yo‘nalish va maijinalizmdir.
Hozirgi davr iqtisodiy ta ’lim otlarida vujudga kelgan u ch asosiy
yo‘nalish tamoyillari turli mamlakatlaming iqtisodiy siyosatlariga asos
qilib olingan.
Sotsialistik deb atalgan yo‘ldan borgan 28 davlat 90-yillar boshida
bozor iqtisodiyotiga qaytishni yoki o ‘tishni m a’qul deb hisobladilar.
Bu davlatlaming bozor munosabatlariga o ‘tishi o‘ziga xos bo'lib, «o‘tish
davri iqtisodiyoti» sifatida qaraladi. Albatta, bu o‘tish klassik m am la-
katlar (Angliya, Fransiya, AQSH, Germaniya va boshqalar) rivojlani-
shidan ancha farq qiladi, chunki bu yerda gap m a’muriy-buyruqboz-
likdan erkin bozor munosabatlariga o ‘tish to‘g‘risida boradi. K o‘pchilik
mamlakatlarda o'tishning dastlabki qiyinchiliklari bartaraf etilib, norm al
rivojlanish davri boshlangan. Shu bilan birga, ko‘p yillardan buyon
bozor munosabatlarida yashayotgan, am m o qoloqlik va qashshoqlik-
dan chiqa olmayotgan davlatlar ham ko‘pligini alohida ta ’kidlash ke-
rak. Demak, gap samarali bozor iqtisodiyoti to ‘g‘risida borishi zarur.
Bozor iqtisodiyotining muhim afzallik tomoni shundaki, u barcha
tadbirkorlar (sohibkor)lar uchun teng erkin imkoniyatlar beradi,
xususiy mulk asosiy o ‘rinni egallagani uchun yaratuvchanlikka rag‘bat
(ishtiyoq)qa sharoit yaratiladi, boqim andalik (ilgarigi sotsialistik
jamiyatdagi) kayfiyatini inkor etadi. Cheklangan moddiy-texnika
resurslaridan samarali foydalanib, tobora oshib borayotgan talablarni
to ‘laroq qondirish imkoni yaratiladi.
K o‘rinib turibdiki, bozor munosabatlari rivojlanish uchun bir
vosita, undan unumli foydalanib, yutuqqa erishayotgan mamlakatlar
talaygina, ammo shu yo'ldan borayotgan, lekin qoloq davlatlar ham
ko‘p. Gap shundaki, xuddi tabiatdagi kabi umumiy va xususiy holat-
lam ing birligida. Masalan, bizga oq bo'lib ko‘ringan rang prizmada
yettita boshqa-boshqa rangga ajraladi, undan esa minglab boshqa ranglar
hosil bo‘ladi. Muzikada yettitagina nota mavjud, ammo undan minglab,
millionlab ohanglar vujudga keladi.
Bozor tizimi hozirgi davr iqtisodiyotining eng samarali usulidir,
ammo bu tizim bekam-u ko‘stmi degan savol tug'iladi. R.Xeylbroner
va L.Tyugolarning fikricha, («Экономика для всех», c.296-298),
bozoming uchta nozik joyi, muammosi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |