A razzoqov, sh. Tashm atov



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A

1997-yildan B M T
 
Bosh  kotibi tinchlik bo*yicha  Nobel mukofoti laureati  Koß Annan)
  o ‘z 
nutqida  so‘nggi  yillarda  kambag‘allar  va  boylar  o ‘rtasidagi  tafovut 
kuchayib,  1960-yildagi  nisbat  13:1  dan  hozirgi  o ‘n   yillikda  60:1  ga 
yetganligini qayd etdi.  Hozirgi davrda bu nisbiy 75:1.  Sayyoramizning
1,5  milliard aholisi (27,3 foiz) og‘ir iqtisodiy ahvolda kun kechirmoqda. 
Bunday diñerensiatsiya xavfli oqibatlarga olib kelishi mum kin. Bundan 
tashqari,  dunyoda  ekologik  m uam m o  kuchayib  bormoqda.  Sog‘liqni 
saqlash (SPID  va boshqa yuqumli kasalliklar), narkobiznes masalalari 
lobora avj olmoqda.
0 ‘zaro iqtisodiy,  ayniqsa,  savdo munosabatlarining nafi hammaga 
ayon bo'lishiga qaramay,  davlatlar o ‘rtasidagi  munosabatlar,  odatda, 
g arm o n iy a  asosida  em as,  b a lk i  q a ra m a -q a rs h ilik la r  aso sid a 
rivojlanmoqda.  Boy  va  kambag‘al  mamlakatlar  o ‘rtasida  savdodan 
tushadigan  daromadlami  taqsimlashda  kelishmovchiliklar  kuchayib 
bormoqda.
Lekin  keyingi  davrda  olib  borilgan  to‘g‘ri  iqtisodiy  siyosat  tufayli 
ilgari qoloq bolgan davlatlaming ayrirnlari rivojlanish, taraqqiyot yo‘liga 
kirib oldilar. Ularning soni tobora oshib bormoqda. U lam ing ayrirnlari 
Lotin  Amerikasida  (Braziliya,  Argentina,  Meksika),  ko ‘pi  janubi- 
sharqiy  Osiyodadir  («to‘rt  ajdaho»  -  Koreya  Respublikasi,  Tayvan, 
Syangan va  Singapur).
Malayziya, Tailand, Vyetnam,  lndoneziya va boshqa mamlakatlar 
bular qatoriga kelib qo'shilmoqda.  Bu davlatlarga xos bo clgan xususiyat 
shuki,  bozor  munosabatlari  keng  qo ‘llanilmoqda,  sanoat  (indus- 
triya)ning  rivojiga  alohida  e ’tibor  berilmoqda,  xorijiy  investitsiyalar 
(qo‘shma  korxonalar  juda  ko ‘p)  ko‘p  ishlatilmoqda  va  oqibatda 
iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari yuqori  (5-10,  hatto  14-15  foiz).  Xitoy 
Xalq  Respublikasi  ham  1979-yildagi  iqtisodiy  islohotlar  tufayli  ta­
raqqiyot yo'liga kirdi (ayniqsa, ocliiq iqtisodiy hududlarda o ‘sish katta).
Shular  tufayli  bu  sohada  iqtisodiy  ta’limotlarda  ham   o £ziga  xos 
yo‘nalishlar  yuzaga  keldi.  Hozirgi  davr  iqtisodiyotchilari  U.Rostou, 
R .Em erson,  P.Samuelson  va  boshqalar  kolonializm ning  ijobiy 
tomonlarini, uning qoloq mamlakatlarga «taraqqiyot» olib borganligini


b o ‘rttirib  ko‘rsatishga  intilmoqdalar.  Go‘yoki  mustamiakalar  ilg‘or 
mamlakatlar yordamida o ‘z mustaqilligini ta’minlashga erishganlar. Bn 
tu zu m   ilg‘o r  va  qoloq  m am lakatlarga  birdek  n a f  keltirgan  deb 
hisoblaniladi.  R.Emerson  fikricha,  kolonializm  Sharq xalqlari uchun 
taraqqiyot yo‘lidan borishga imkoniyat yaratdi.
Ayrim  iqtisodchilar  kolonializmning  salbiy  tom onlarini  inkor 
etmagan holda, uni XIX asr oxiri va XX asrdagi kapitalistik mamlakatlar 
«deformatsiya»ga uchradi, mustamlaka davlatlarining do‘stiga aylandi, 
dem oqdalar.  «Yaxshi  kolonializm»  iqtisodiy  rivojlanishni  rag‘bat- 
lantiradi,  bu  davlatlaming  o ‘z -o ‘zini  boshqarishini  ta ’minlaydi.
G ‘arbda «noiloj rivojlanish», «tashqi turtki» nazariyalari keng tarqal- 
gan  (R.Nurkse,  E.Xagen),  unda  ozodlikka  erishgan  davlatlar dastlab 
musibatlarga uchrashi tabiiy, shu sababli ularning ahvoli og‘ir bo‘ladi. 
Ochlik-yalang'ochlikka mahkum etiladi. Daromadning kamligi jamg‘ar- 
malar paydo bo‘lishiga to'siqdir va kapital qo‘yilmalar ham past darajada 
saqlanadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy daromad o ‘sishiga yo‘l bermaydi 
va  kam bag‘allik  ham da  nochorlikni  keltirib  chiqaradi  (Ilojsizlik 
rivojlanishi).  Bu  og‘ir  ahvoldan  chiqishning  birdan-bir yo‘li  -  tashqi 
«turtki  yo‘li»  hisoblanadi.  M inimum  kapital  qo‘yilmalaming  asosan 
tashqi  investitsiyalar hisobiga  asta-sekin  o‘sishiga,  rivojiga  erishiladi. 
Kapital  qo‘yilmalar  miqdori  m a’lum  kritik  darajadan  yuqori  bo‘lishi 
kerak,  shu  bilan  tuig‘unlik  holatidan  chiqib  olinadi.  Bu  tadbirkorlik 
faoliyatini  kuchaytiradi  va  xorijiy  investorlar  uchun  qulay  «iqlim»ni 
yuzaga keltiradi. G ‘arbdagi ko‘p iqtisodchilar bu mamlakatlarda chuqur 
ijtim oiy-iqtisodiy  islohotlar  o ‘tkazishni  ham   taklif  etm oqdalar. 
Mustamlaka  mamlakatlari  bilan  metropoliya  o‘rtasidagi munosabatlar 
hech vaqt tenglik asosida bo‘lmagan, noekvi valent almashuv yo‘li bilan 
qo‘shimcha boylik orttirish imkoni bo‘lgan.  Ilgari mustamlaka bo‘lgan 
q aram   davlatlar  m ustaqillikka  erishgandan  keyin  ham   aw algi 
metropoliyaga ko'p vaqt davomida ko‘p jihatdan bog'liq bo‘lib qolaverdi.
Yana bir eng dolzarb masala bu -  demograftya muammosidir. BMT 
m a’lumotlariga ko‘ra,  1945-2000-yillar davomida jahonda aholi  soni
2,5 milliarddan 5.5 milliardga yetdi.
I.Fisher, R.Dombush, R.Shmalenzilamingta’kidlashicha, kamba- 
g ‘al  m am lakatlar  masalasi  kam bag‘al  Janub  bilan  boy  Shimol 
o ‘rtasidagi  muammolar  sifatida  tobora  kuchayib  bormoqda.  Janub 
mamlakatlari o‘z qiyinchiliklarini jahon iqtisodiyotidagi mavjud awalgi


tartibdan deb bilmoqdalar. Bu tartib go‘yoki ularga qarshi qaratilgandir. 
1974-yilda  BMT  Bosh  Assambleyasi  yangi  xalqaro  iqtisodiy  tartib 
joriy  etishni  qo‘llab-quwatlovchi  rezolutsiyani  qabul  qildi  (NIEO).
Qabul qilingan yangi tartib uch qoidaga asoslanadi:
1. Xalqaro aloqalar ma’lum tartibga solib turiladi va bu turli davlatlar 
tomonidan siyosiy yo‘l bilan amalga oshiriladi.
2.  Ishlab  chiqarilgan  tovarlarning  davlatlararo  taq sim o tid a 
rivojlanayotgan  mamlakatlar  manfaati  ham   hisobga  olinishi  shart  va 
shuni  ta’minlaydigan  yo‘Uar  yaratilishi  kerak.
3.  Barcha  iqtisodiy  munosabatlar tizimi  demokratiya  asosida  olib 
borilishi  zarur,  har  bir  davlat  o‘z  ichki  tuzum idan  qat’i  nazar,  shu 
munosabatlarda qatnashishga haqlidir.
Keyingi davrda BMT tomonidan «Insoniy rivojlanish konsepsiyasi» 
ilgari surildi. Iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi daromadning ko‘payishi 
va  insoniy  farovonlikning  yaxshilanishi  orasidagi  aloqani  aniqlashda 
muhim xizmatni ado etadi.
Mamlakatning insoniy rivojlanish darajasi  qanday baholanadi?  Bu 
muammoning  zamonaviy  yechimlariga  bir  oz  to ‘xtalamiz.  M am la­
katning rivojlanganlik darajasini baholashning yaqingacha yagona usuli 
jon  boshiga  YaMM  bo‘lganligi  sababli,  mukammalroq  ijtimoiy-iqti- 
sodiy ko‘rsatkichni  kashf qilish  davr talabi  edi.  Izlanishlar  natijasida 
insoniy  rivojlanish  indeks  (IRI)  ko‘rsatkichi  kashf etildi.  IRI  inson 
rivojlanish  darajasini  ko‘rsatuvchi  uch  asos  -  umrboqiylik,  ta ’lim  va 
yashash darajalaridan iborat integral ko‘rsatkichdir.  Uzoq um r ko‘rish 
kutilayotgan  hayot  davomiyligi  orqali  o ‘lchanadi.  Ta’lim  darajasi 
ko‘rsatkichning 2/3 qismini tashkil etuvclii katta yoshlilar savodxonligi 
va  1/3 qismini hosil qiluvchi ta’limning o ‘rtacha davomiyligi ko‘rsat- 
kichlari orqali ifodalanadi. Yashash hayotning mahalliy qiymati (sotib 
olish  pariteti  yoki  PPP  -  «purchasing  pow er  parity»)  ga  nisbatan 
to‘g‘rilangan  jonboshiga  real  yalpi  ichki  mahsulot  (YalM)  orqali 
baholanadi.  Nimaga  faqat  uch  ko‘rsatkich?  -  degan  savol  tug‘ilishi 
tabiiy. Inson hayotining hamma jabhalarini aks ettirish a’lo bo‘lar edi. 
Ammo m a’lumotlaming to ‘liq emasligi bir oz cheklanishlar tug‘diradi 
va bu  m a’Iumotlarga ega bo'Iinganda,  balki  ulami ham hisobga olish 
ayni  muddao  bo‘lar  edi.  Ammo  ko‘proq  ko‘rsatkichlami  qo ‘shish 
har doim ham yaxshiroq natijalarga olib kelavermaydi.  Uiaming b a ’zi 
birlari ishlatilayotgan ko‘rsatkichlar bilan korrelatsiya qilingan bo‘lishi


mumkin.  Bolalar  o ‘limi  darajasi,  masalan,  kutilayotgan hayot  davo- 
miyligida o ‘z aksini topgan. 0 ‘zgaruvchilaming ko‘proq sonini qo‘shish 
umumiy manzarani xiralashtiradi va asosiy yo‘nalishlardan chalg'itadi.
Insoniy rivojlanish tushunchasi so‘nggi yillarda barqaror rivojlanish 
g‘oyasi  bilan  to ‘ldirildi.  Buning  m a’nosi  shuki,  hozirgi  avlodning 
insoniy rivojlanish jarayoni kelajak avlod insoniy rivojlanishi hisobiga 
ro‘y bermasligi darkor.  Barqaror rivojlanish konsepsiyasi dastlab atrof- 
muhitni  muhofaza  qilish  harakati  tomonidan  kiritildi,  bu  harakat 
namoyandalari  rivojlanish  tushunchasi  «avlodlar  o'rtasidagi  muno- 
sabatlar» kabi g'oyani ham o‘z ichiga olishini himoya qilmoqdalar. Tabiiy 
resurslaming  kamayib  borishi  kelajak  avlodlar  rivojlanishi  muam- 
molarini  keltirib  chiqarishi  mumkin.  «Barqaror  rivojlanish»  konsep- 
siyalari  atrof-m uhit  va  tabiiy  resurslar  doirasidagina  qo‘llanilishi 
mumkin bo‘lmay, balki insoniy imkoniyatlar, «insoniy kapital»ga qo‘- 
yiladigan  investitsiyalaiga ham tegishlidir.
Insoniy rivojlanish konsepsiyasi  BMTTaraqqiyot Dasturi (FNDP) 
tomonidan  izchil  targ‘ib  qilinib  kelmoqda.  Bu  sohadagi  izlanishlar 
yillik 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish