A razzoqov, sh. Tashm atov


partiyaviylik  va  boshqalar)  siyosat  bu  m a m la k atlar  inqirozini



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/82
Sana06.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#323497
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
Iqtisodiy ta`minotlar tarixi.Razzoqov A


partiyaviylik  va  boshqalar)  siyosat  bu  m a m la k atlar  inqirozini 
kuchaytirdi.  Buning  oqibati  esa  barchaga  m a’lum.  XXR va  VSR o‘z 
iq tiso d iy o tin i  isloh  qilish d a  m uhim   y u tu q la rg a   erishm oqda. 
Yuqoridagilardan  shunday  xulosa  chiqarish  m um kinki,  iqtisodiy 
siyosatni ishlab chiqishda yakka-yu yagona nazariya yoki ta’limotga sof 
holda asoslanish qiyin. Amalda bir qancha nazariya va ta ’limotlaming 
qorishmasidan  foydalaniladi.  Shuning  uchun  ham ,  mavjud  iqtisodiy 
ta ’limotlami  sinchiklab  o‘rganish  va  ulami  m a’lum   tarixiy,  milliy, 
an ’anaviy, ijtimoiy va boshqa sharoitlami hisobga oigan holda qo‘llash 
samarali natija beradi.
Har qanday nazariya, ta ’limotning asosiy m ezoni amaliy hayotdir.


M U H IM   SANA,  TUSHUNCHA  VA  IZOHLAR* 
(GLOSSARIY)
Miloddan  awalgi  (m.av.)  IY ming yillik -   Sharqdagi dastlabki  qul- 
dorlik davlatlari paydo bo‘ldi,  ilk iqtisodiy qarashlar shakllandi.
Xammurapi  (m.av.  1792-1750)  —  Bobil  (Vavilon) podshosi  toshga 
o‘yib yozilgan o‘z qonunlarida quldorlik tuzumining xarakterli belgilarini 
aks ettirgan (282 ta). Bu yodgorlik Parijda Luvr muzeyida saqlanmoqda.
Zardushtiylik  (Zoroastrizm,  otashparastlik)  -  islomgacha  0 ‘rta 
Osiyo, Ozarbayjon va Eron xalqlarining dini. Bunda, ayniqsa, tabiatni 
va hayvonot dunyosini asrash va boshqa iqtisodiy masalalarga alohida 
urg‘u  berilgan.
«Avesto»  — Zardushtiylikning muqaddas to‘plami, oromiy yozuvida 
bitilgan.  m.av.  VII  asrda Markaziy Osiyoda qadimgi davrdagi iqtisodiy 
hayot aks etgan. Mehnatga, chorvachilikka alohida e’tibor berilgan. Ko‘p 
qismi yo‘q bo‘lgan, to ‘liq emas. Rus va o‘zbek tillariga taijima qilingan. 
Bu  kitob  2700  yil  aw al  yozilgan  bo'lib,  unda  «ezgu fikr,  ezgu  so‘z va 
ezgu amal»  prinsiplari ilgari  suriladi.
«Artxashastra» -  m.av. IV-III asrlarda Hindistondagi siyosiy va iqtiso­
diy hayotni aks ettirgan. Ish haqi tushunchasi ish vaqti bilan ifodalangan.
Konfutsiy  (Kun-Szi,  m.av.  551-479)  -   Xitoydagi  konfutsiychilik 
iqtisodiy  ta ’limotining  asoschisi.  «Lunyu»  suhbatlar  va  mulohazalar 
to'plam ini yaratgan.  «Xalqlar otasi»  iborasining muallifi.  Oz iste’mol 
qilib, ko‘proq ishlashni targ'ib etgan. Odat bo‘yicha boshqarish tarafdori 
(ota-bola;  podsho-xalq,  oila  kabi  b o ‘lishi  kerak)
L eg istlar  —  Xitoydagi  (m .av .V I-III  asrlar)  iqtisodiy  oqim. 
Konfutsiylikka  qarshi.  Boshqaruv  qonunlar asosida  bo‘lish  tarafdori. 
Don masalasini hal qilish bosh vazifa deb qaraladi. Dehqonlami ro‘yxat 
qilish, soliq tizim ini tartibga solish tarafdorlari.
«Guan-Szi»  (m.av.  IV asr) — Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy asar, unda 
xo‘jalikni davlat tomonidan tartibga solish tizimlari mukammal berilgan.
*  Izohlar tarixiy va  mazmunan izchillik tartibida  keltirilgan.


M.av.  II mingyillik -  G‘arbda (Qadimgi Gretsiya -  Y unoniston va 
Italiyada) quldorlik tuzumi yuzaga keldi. Quldorlik klassik shaklda amal- 
gaoshdi.
Gomer  (m.av.  XII-VII  asrlar  oralig‘i)  —  «Iliada»  va  «Odisseya» 
asarlarida natural xo‘jalik konsepsiyalarini ilgari surgan.
Solon  (taxm.  m.av.  640/635-559)  -  Yunoniston  siyosiy  arbobi, 
islohotlar o‘tkazgan. Qullarni qarzga berishni man etgan (chet elliklar 
bundan mustasno).
Perikl  (m.av.  490-429)  -   qadimgi  yunon  siyosiy  arbobi.  Qul 
ekspluatatsiyasini  keng  qo‘llagan,  lekin  savdo  va  pul  xo‘jaligini  ham  
rivojlantirgan. Afina eng rivojlangan davrda uni boshqargan.
Ksenofont  (m.av.  430-335/354)  —  yunon  yozuvchisi  va  tarixchisi. 
QuldorLikni qo‘llab-quwatlagan.  «Dehqonchilik barcha san’atlam ing 
onasi  va  boquvchisi»  degan  iboraning  muallifi.  «Ekonomiya»  (uy 
xo‘jaligi)  so‘zini  birinchi  bo‘Iib  ishlatgan.
Mehnat taqsimotiga alohida urg‘u bergan va uni bozor ko‘lami bilan 
bog‘lagan. Pulning almashuv va jamg'arish (ikki) funksiyalarini tan olgan.
Platon (Aflotun, m.av. 428/427 - 348/347) -  «Davlat» va «Qonun- 
lar* asarlarining muallifi. Jamiyatni ish quroli - natural ishlab chiqarish 
deb  qaragan,  natural  xo‘jalikni  qo‘llagan,  pulni  jamiyatdagi  dush- 
manlikning bosh sababchisi deb bilgan.
Aristotel (Arastu, m.av. 384-322) - yirik yunon olimi, «Nikomaxov 
axloqi»  va  «Siyosat»  asarlarini  yozgan.  Aflotundan  ta ’lim   olgan. 
Aleksandr  Makedonskiyga  tarbiyachilik  qilgan.  Qulchilikning  prin- 
sipial  tarafdori  bo'lgan.  Qul  -  jonli  (gapiruvchi)  qurol,  qul  -  tirik 
mulk, degan fikrda bolgan. Qiymatning dastlabki shaklini tahlil etgan: 
buyumdan m a’lum talabni qondirish va almashish uchun foydalanish 
mumkin,  degan,  natural  xo‘jalik  (T-T),  tovar  (T-P-T)  va  pulning 
kapital  shaklidagi  aylanishini  (P -T -P )  tahlil  etgan.  Tovar  ishlab 
chiqarish  uchun  qo‘llaniladigan  harakatni  qo‘llab-quwatlagan.  P-T- 
P,  P-P  shaklini  inkor  etadi.
Xrematistika  (xrema -  mulk,  egalik)  -  mulk orttirish san’ati,  ya’ni 
foyda va boylikni pul shaklida to ‘plashga yo‘naltirilgan faoliyat.  Kapital 
qo‘yish va jamg‘arish san’atidir. Amaliyotda kam qo‘Uaniladi.Aristotel 
tomonidan kiritilgan.
K atta  Katon  (m.av.  234-149)  -  Qadimgi  Rimdagi  qulchilikni 
himoya qilganlardan. Dehqonchilik to‘g‘risidagi asarida qishloq xo‘jaligiga


k o ‘proq  e ’tibor  berislini  taklif etadi,  ko‘proq  sotish  va  kam  olishni 
m a ’qullaydi.  Qullar  m ehnatidan  ratsional  foydalanishni  taklif etadi 
(Villa  xo‘jaligi).  Yaxshi  ishlagan  qulning  sharoitini  yaxshilash,  lekin 
gunohkor  qattiq jazolanishi  kerakligini  ta’kidlaydi.
V arron 
(m.av.  116-27)  va 
Lyutsiy  Kolumella 
(  milodiy  I  asr)  -  
Rim   agronomlari.  Qul  xo‘jaligini  samarali  tashkil  etishga  ahamiyat 
berdilar,  dehqonchilik  va  chorvacliilikni  ham  rivojlantirishni  zarur 
deb  bilganlar.  Qul  m ehnatining  samarasiz  ekanligini  tushungan  va 
dehqonchilikni erkin kolonlarga berishni taklif etganlar.
A ka-uka  G rakxlar,  Tiberiy 
(m.av.  162-133)  va  Gay  (m.av.  153- 
121)  —  Rim  davlatida yer  islohotining rejasini  tuzganlar.  Har bir yer 
egasidan  125 ga (500  yuger)  dan  ortiq erlar tortib olinib  (oilaga  1000 
yuger -  250 ga),  boshqalarga  30  yugerdan bo‘lib berish  taklif etilgan. 
M ayda dehqon manfaatlari himoya qilingan.  Islohotlar natija bergan. 
A m m o  aka-ukalarning  o‘limidan  keyin bu  islohotlar bekor  qilindi.
Latifundiva 
-  yirik yer egaligi (pomestye). Dastlab Qadimgi Rimda 
m.av.  II asrda paydo bo‘ldi,  milodiy I asrda keng tarqaldi.  Feodalizm 
davrida avj oldi. Prussiya va AQSHda rivoj topdi. Inqiloblar tufayli tugatildi.
S p artak  
(m.av.  71  yilda halok bo‘ldi) - qullar qo‘zg‘o!oniga (m.av. 
73-71) rahbarlik qildi. Qo‘zg‘olon bostirildi. Ammo qulchilik tuzumiga 
zatba berildi.
X ristianlik  (nasorolik) 
—  jahondagi  keng  tarqalgan  uch  dindan 
biri,  buddizm  va  islom  bilan  bir  qatorda  milodning  I  asrida  Rim 
imperiyasinig sharqiy provinsiyasi(Falastin)da mazlumlar va ezilganlar 
dini  sifatida  paydo  bo‘lgan,  muqaddas  kitobi  Injilda  «Ishlamagan 
tishlamas»  prinsipi  ilgari  surilgan  (havoriy  apostol  Pavelning  fikri). 
325-yildan  Rim  imperiyasining  davlat  dini,  unda  mulk,  iqtisodiy 
tenglik, hamkorlik va boshqa g ‘oyalar ilgari suriladi.

asrda  G ‘arbiy  Yevropada  (Rim  imperiyasining  qulashi)  qullik 
tu g atilib ,  feodalizm m unosabatlari tarkib topdi  (V-XV I-XV Il asrlar). 
S h a rq   m am lakatlarida  feodalizmning  shakllanishi  III-Y II  asrlarda 
r o ‘y berdi.  Bu davrdagi  iqtisodiy g‘oyalar tovar-pul munosabatlarining 
rivoji  bilan  bogiiq.
Islom  
-   VII  asrda  (hijriy  622-yil)  dastlab  Arabistonda  tarqalgan 
so ‘nggi  muqaddas  din.  Islomning  muqaddas  kitobi 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish