www.ziyouz.com
kutubxonasi
20
IYMON KITOBI
1-bob
Iymon, Islom, ehson bayoni hamda Allohning taqdiriga iymon keltirishning
vojibligi, taqdirga ishonmaydigan kishilardan uzoq bo‘lishga dalillar va ular
haqida aytilgan mubolag‘ali so‘zlar bayoni
Abulhusan Muslim ibn Hajjoj al-Qushayriy, ya’ni Imom Muslim: «Allohning yordami ila
boshlaymiz va U bilan kifoyalanamiz. Bizning muvaffaqiyat qozonishimiz faqat Allohning
iznidadir», deb aytdilar.
92/1. Yahyo ibn Ya’mar aytdilar: «Basrada taqdir haqida birinchi bo‘lib (noo‘rin) so‘z
aytgan kishi Ma’bad al-Juhayniydir. Men va Humayd ibn Abdurahmon al-Himyariy haj
yoki umra ibodatini bajargani borib, agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
sahobalaridan biror kishini uchratsak, ana bular so‘zlayotgan taqdir haqida so‘raymiz,
deb aytdik. Nogahon masjidga kiraverishda Abdulloh ibn Umar ibn Xattobni uchratib
qoldik. Men va do‘stim u zotni ihota qilib, birimiz o‘ng tomondan, ikkinchimiz chap
tomonlaridan o‘rab oldik. Do‘stim gap boshlashni menga topshirdi, deb gumon qildim.
Men: «Ey Abu Abdurahmon (ya’ni, Abdulloh ibn Umar)! Biz tomonlarda ba’zi kishilar
paydo bo‘lishdiki, ular Qur’on o‘qishadi, ilm talab qilishadi», deb ularning bir nechta
fazilatlarini zikr qildim-da, «Lekin ular: «Qadar Allohning ilmidan bo‘lmagan, Alloh ham
narsalarni sodir bo‘lganidan keyin biladi», deb aytishadi», desam, u zot: «Agar ana
shunday so‘z aytuvchi kishilarga yo‘liqsang, mening ulardan va ularning mendan yiroq
ekanliklari xabarini ber», dedilar. Va yana Abdulloh ibn Umar qasam ichib aytadiki:
«Agar ana shunday so‘zni aytuvchilardan birining Uhud tog‘i miqdoricha tillasi bo‘lib, uni
infoq qilsa ham, to qadarga (ya’ni, Allohning narsalar sodir bo‘lishini azaldan bilishiga)
iymon keltirmagunicha Alloh uning sadaqasini qabul etmaydi», deb aytdilar. Keyin u zot:
«Otam Umar ibn Xattob menga shunday gapirib berganlar», deb quyidagilarni zikr
qildilar:
«Biz bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik, oppoq ko‘ylak
kiygan, sochlari qop-qora bir kishi keldi. Unda safar asoratlari ko‘rinmas edi. Va
ichimizdan biror kimsa u kishini tanimas edi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
oldilariga o‘ltirib, tizzasini tizzalariga yaqin qilib, kaftini o‘z soni ustiga qo‘ydi-da: «Ey
Muhammad, menga Islomdan xabar bering», dedi. U zot: «Islom - Allohdan o‘zga iloh
yo‘q, Muhammad Uning rasuli, deb guvohlik bermog‘ing, namozni ado etishing, zakot
berishing, ramazon ro‘zasini tutishing, agar yo‘lga qodir bo‘lsang, Baytullohni haj
qilishing», dedilar. U kishi: «Rost gapirdingiz», dedi. Biz uning so‘rab, keyin o‘zi tasdiq
etganidan ajablanardik. U kishi: «Menga iymon haqida xabar bering», dedi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga,
oxirat kuniga, qadarning yaxshisi-yu, yomoniga iymon keltirishing», deb aytdilar. U
kishi: «Rost gapirdingiz», dedi-da, keyin «Ehson haqida xabar bering», dedi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Ehson - Allohga go‘yo Uni ko‘rib turgandek ibodat
qilmog‘ingdir.
Agar sen Uni ko‘rmayotgan bo‘lsang, U seni ko‘rib turibdi», dedilar. U kishi: «Menga
qiyomat haqida xabar bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«So‘ralayotgan kishi so‘raguvchidan ortiq bilmaydi», dedilar. U kishi: «Qiyomatning
alomatlaridan xabar bering» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Cho‘rining o‘z
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |