www.ziyouz.com
kutubxonasi
17
o‘qib dafn qilganlar. Men Hakamga: «Zinodan tug‘ilgan bolalar haqida nima deysan?»
deb aytgan edim, u: «Janoza o‘qiladi», deb aytdi. Men: «Kimdan rivoyat qilingan?»
desam, u: «Hasan Basriydan», dedi. Vaholanki, bu hadisni Hasan ibn Umora Hakamdan,
u esa Yahyo ibn Jazzordan, u esa Alidan rivoyat qilgan», dedilar».
74/52. Hasan Hulvoniy aytdilar: «Yazid ibn Horun: «Ziyod ibn Maymun va Xolid ibn
Mahdujlardan biror narsa rivoyat qilmayman», deb qasam ichdilar. Va (bir kuni) Ziyod
ibn Maymunga yo‘liqib, bir hadisni so‘rasam, u: «Bakr al-Muzaniydan eshitganman»,
dedi. So‘ngra qaytib kelib so‘rasam, «Muvarriqdan eshiganman», dedi. Yana qaytib kelib
so‘rasam, «Hasandan eshitganman», dedi. Yazid ibn Horun Ziyod ibn Maymun va Xolid
ibn Mahdujlarga yolg‘onchi, degan nisbat berdilar». Hulvoniy: «Abdusamad huzurlarida
Ziyod ibn Maymunni zikr qilsam, unga yolg‘onchi, degan nisbat berdilar».
75/53. Mahmud ibn G’aylon aytdilar: «Men Abu Dovud at-Tayolisiyga: «Siz Abbod ibn
Mansurdan ko‘p hadis rivoyat qildingiz. Nima uchun siz bu kishining Attora nomli ayol
haqida gapirgan hadislarini eshitmaysiz? U hadis bizga Nazr ibn Shumayl orqali rivoyat
qilingan», desam, u zot: « Jim bo‘l! Men Abdurahmon ibn Mahdiy bilan birga Ziyod ibn
Maymun huzuriga borib: «Anasdan ana shu Attora nomli ayol haqidagi hadisni sen
rivoyat qildingmi?» desak, u: «Qaramaysizlarmi, agar biror kishi gunoh sodir etib,
(so‘ng) tavba qilsa, Alloh uning gunohini kechiradimi?» degan edi, biz: «Ha», dedik.
Shunda u: «Men Anasdan bu haqda oz ham, ko‘p ham eshitmaganman. Agar odamlar
bilmagan bo‘lsa, sizlar Anas bilan uchrashmaganimni bildinglar», dedi. Bizga yana u
hadis rivoyat qilayotgani xabari keldi. Men va Abdurahmon uning huzuriga borsak, u:
«Tavba qildim», derdi-da, yana hadis aytishda davom etar edi. Biz uni shu holatda tark
qildik», dedilar». (Bundan Ziyod ibn Maymun qilgan rivoyatlar zaif ekani tushuniladi.)
76/54. Shaboba aytdilar: «Abdulquddus: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam devorni
tuynukcha qilib teshib, havo kirgizishdan man etganlar», deb aytar edi. (Ya’ni, bu hadis
aslida «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror jonli narsaga nishon otishdan man
etganlar» ma’nosida edi. Abdulquddus esa arab matnidagi «ruh», ya’ni «jon» kalimasini
«ravh», ya’ni «shamol», deb va «g‘araz», ya’ni «nishon» kalimasini «‘arz», ya’ni
«tuynukcha», deya harflarni chalkash qilib aytardi.) Hammod ibn Zayd bir kishiga
Mahdiy ibn Hilol o‘tirganidan keyin: «Siz tomoningizdan shu kabi zaif so‘zlar bu kunlarda
tarqalgan-a?» deb aytsalar, u: «Ha, ey Abu Ismoil (ya’ni, Hammod ibn Zayd)», deb
o‘zining hadisda zaifligiga iqror bo‘ldi».
(
Izoh:
Bu rivoyatdan Abdulquddus va Mahdiy ibn Hilollar hadis rivoyat qilishda zaif
ekanlari anglashiladi).
77/55. Abu Avona Vazzoh ibn Abdulloh aytdilar: «Menga Hasandan biror hadis kelsa,
Abon ibn Abu Ayyosh huzuriga borar edim, u Hasandan rivoyat qilingan, deb menga
hadis o‘qib berar edi».
(
Izoh:
Bu rivoyatdan Abon ibn Abu Ayyoshning yolg‘onchiligi ayon bo‘lmoqda).
78/56. Ali ibn Mushir aytdilar: «Men va Hamza az-Zayyot Abon ibn Abu Ayyoshdan
mingga yaqin hadis eshitdik. Keyin Hamza bilan uchrashib qolgan edim, u tushida
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rganini va Abondan eshitgan hadislarni
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |