Pepsi sitrus muattariga boy, Coca-Cola esa vanillaga boy



Download 230,9 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi230,9 Kb.
#885543
Bog'liq
1670694153 (1)


Dunyo ikkita toyifaga, Coca-Cola va Pepsi sevuvchilarga bo’linadi. Shunday qilib, Pepsi tarafdoshlari Pepsi ichimligi rohat olib keladi deb aytsalar, Coca-Cola esa ko’proq noyob shirin ta’mga ega deb aytishadi.
Umuman olganda bu yerda barcha nohaq bo’lib chiqishi mumkin. Faqatgina “Malkolm Gladwell” ushbu ichimliklarning to’g’ri farqiga bordi. U 2005-yilda “Titroq” kitobini yozgan bo’lib, bu kitobda ichimliklar o’rtasidagi farqni tushuntirdi. Diqqat qiling!
Pepsi sitrus muattariga boy, Coca-Cola – esa vanillaga boy”
Buni qanday qilib tekshirish mumkin? Etiketkalarga qarang. Pepsi tarkibida limon kislota bor va Coca-Colada esa yo’q! Qolganlari esa bir xil moddalardir.
Pepsi: Gazli suv, yuqori fruktozali don siropi, rang beruvchi modda, shakar, fosfor kislotasi, kofein, limon kislotasi, tabiiy xushbo’ylar!

Coca-Cola: Gazli suv, yuqori fruktozali don siropi, rang beruvchi modda, shakar, fosfor kislotasi, kofein, tabiiy xushbo’ylar!

Bizningcha ushbu tushuntirish ikki urishayotgan ichimlik sevuvchilarni yarashtirish imkoniyatiga ega emas! Biroq sog’liqni saqlang – oddiy suv ancha foydalidir!
Coca-Cola yoki Coke — The Coca-Cola Company kompaniyasi tomonidan chiqariladigan alkogolsiz gazli ichimlik.[1][2] „Coca-Cola“ 2005—2011-yillar oraligʻida Interbrend xalqoro tekshirish agentligi reytingi boʻyicha dunyodagi eng qimmat brend boʻlgan.[RBC.Rating 1][RBC.Rating 2][RBC.Rating 3][RBC.Rating 4][RBC.Rating 5] Bugungi kunda bu ichimlik dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatlarda sotiladi. 1970—1990-yillarda Coca-Cola ichimligi tarkibida kokoin moddasi koʻpligi tufayli faqat dorixonalarda sotilgan va keyinchalik kokoin tarkibi kamaytirilgandan keyin ozizq ovqat doʻkonlar peshtaxtalarudan joy olgan.
2014-yil 2-may kuni Tashqi iqtsodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Coca-Cola International kompaniyasining Turkiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha prezidenti Galya Molinas bilan uchrashuv oʻtkazildi. Muzokaralar chogʻida „Coca-Cola“ kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.[6]
Bu Oʻzbekistonda „Coca-Cola“ kompaniyasi bilan bogʻliq vaziyatga oz boʻlsa-da, oydinlik kiritgan soʻnggi yarim yil ichidagi rasmiy yangiliklardan biri boʻldi. Endi, voqealar xronologiyasini tiklashga urinib koʻramiz.
2013-yil fevral. Peshtaxtalardan Koka-Kola ichimligi yoʻqoldi. Isteʼmolchilar orasida turli, xususan zavod yopilarmish, degan mish-mishlar yuribdi. Biroq „Coca-Cola“ kompaniyasining Yevrosiyo va Afrika mamlakatlaridagi kommunikatsiyalar boʻyicha direktori Dana Bolden ushbu mish-mishlarga barham beradi. U zavod yopilmagan va yopilish niyati yoʻq, shunchaki etkazib berish ishlari bilan bogʻliq vaqtinchalik muammolar kuzatilyapti, xolos, degan bayonotni bildiradi. Doʻkonlarda 1,5 litrlik ichimlikning narxi 2500 soʻm.
2013-yil aprel. Koka-Kola peshtaxtalarga qaytdi. Lekin endi 1,5 litrlik koka-kola narxi 3000 soʻmgacha koʻtarildi.
2013-yil sentyabr. Oʻzbekiston-Amerika biznes-forumi davomida „Coca-Cola“ kompaniyasining mintaqaviy menejeri Oleg Pileski 2014-yilda kompaniya Oʻzekistonga $50 mln.dan ziyod mablagʻ investitsiyalashni rejalashtirayotgani haqida maʼlum qiladi. Doʻkonlarda esa bir shisha koka-kolaning narxi 3500 soʻm.
2013-yil dekabr. Yangi yil arafasida koka-kola yana doʻkon peshtaxtalaridan yoʻqoladi. Narxlar 7000-8000 soʻmgacha koʻtariladi.
2014-yil yanvar. Ommaviy axborot vositalarida „Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD“ MChJning 12 million dollarni oʻzlashtirishda hamda shakar etkazib berish boʻyicha hujjatlar va korxonaning moliyaviy hisobotlarini qalbakilashtirishda gumon qilinayotgan ikki nafar top-menejeri hibsga olingani haqidagi xabar paydo boʻladi.
2014-yil fevral. Rasmiy sabab maʼlum qilindi — zavoddagi profilaktika ishlari tufayli Coca-Cola, Fanta va Sprite ichimliklarini ishlab chiqarish vaqtinchalik toʻxtatiladi. „Aynan ishlab chiqarish toʻxtagani bois bozorlar va doʻkonlarda ushbu ichimlikning narxi keskin koʻtarilib ketdi. Hozir sotuvda boʻlgan ichimliklar — sotuvchilarning oʻzida qolgan mahsulot. Narxlarni ham ular belgilaydi“, — deya sharhlaydi oʻshanda bu holatni „Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD“ korxonasining vakili.
2014-yil mart. Kutilmaganda bozorlarda yuqorida tilga olingan ichimliklar, shu jumladan Burn energetigi ham paydo boʻladi. Mahsulot qiymati ham shubha tugʻdiradigan darajada arzon — 1,5 litrlik Coca-Cola, Fanta va Sprite ichimliklarining narxi 2250-2550 soʻm atrofida. Odamlar sevimli ichimligini xard qilish uchun navbatda turishga rozi. Sababi uning yakuniga etayotgan yaroqlilik muddatida.
2014-yil mart. Bundan buyon „Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD“ korxonasining 57.12 % miqdoridagi davlat ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi huzuridagi „Davlat aktivlarini boshqarish markazi“ DUKga tegishli ekani haqidagi rasmiy maʼlumot eʼlon qilinadi.
2014-yil aprel. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida „Coca-Cola International“ kompaniyasining Turkiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha prezidenti Galya Molines bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.
Bu orada esa Pepsi ichimligining qiymati 1,5 litr uchun 8000 ming soʻmga etadi, Coca-Cola 2500 dan 6000 soʻmgacha boʻlgan narxlarda kichikroq doʻkonchalarda qoladi, xolos.
PepsiCo Inc., PepsiCo — oziq-ovqat sanoati sohasidagi Amerika transmilliy korporatsiyasi, salqin ichimliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi. Bosh qarorgohi Percheyze Nyu York shahrida joylashgan. Kompaniya 1965-yilda The Pepsi Cola kompaniyasining Frito Lay kompaniyasi bilan birlashishi natijasida tashkil topgan. Kompaniya daromadining yarmidan koʻpi Qoʻshma Shtatlardagi faoliyatdan, qolgan 20% Meksika, Rossiya, Kanada, Buyuk Britaniya va Braziliyaga toʻgʻri keladi.Faoliyati

PepsiCo mahsulotlarini yetkazib beruvchi yuk mashinasi


Kompaniya Amp Energy, Aquafina, Aquafina Flavorsplash, Ant Jemima, Capʼn Crunch, Cheetos, Chesterʼs, Chipsy, Cracker Jack, Crunchy, Diet Mountain Dew, Diet Mug brendlari ostida alkogolsiz ichimliklar, sharbatlar, gazaklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Diet Pepsi, Diet 7up (AQSHdan tashqarida), Diet Sierra Mist, Doritos, Duyvis, Elma Chips, Emperador, Frito-Lay, Fritos, Frustyle, G Series, G2, Gatorade, Grandma’s, Imunele, Izze, Kas, Kurkure, Lay’s, Life, Lifewater, Manzanita Sol, Marias Gamesa, Matutano, Mirinda, Miss Vickie’s, Mother’s, Mountain Dew, Mountain Dew Code Red, Mountain Dew Kickstart, Mug, Munchies, Naked, Near East, O.N.E., Paso de los Toros, Pasta Roni, Pepsi, Pepsi Max, Pepsi Next, Propel, Quaker, Quaker Chewy, Rice-A-Roni, Rold Gold, Rosquinhas Mabel, Ruffles, Sabritas, Sakata, Saladitas, Sandora, Santitas, 7up (AQSHdan tashqarida), 7up Free (AQSHdan tashqarida), Sierra Mist, Simba, Smartfood, Smith’s, Snack a Jacks, SoBe, SoBe Lifewater, SoBe V Water, Sonric’s, Stacy’s, Sting, SunChips, Tonus, Tostitos, Trop 50, Tropicana, Tropicana Farmstand, Tropicana Pure Premium, Tropicana Twister, Vesely Molochnik, Walkers, “Агуша”, “Веселый Молочник”, “Домик в деревне”, “Любимый”, “Слов'яночка”, “Фруктовый сад”, “Чудо”, “Я” va boshqalar.

PepsiCo oltita asosiy boʻlinmaga boʻlingan:


Frito-Lay Shimoliy Amerika (FLNA) - Shimoliy Amerikada Layʼs, Doritos, Cheetos, Tostitos, Fritos, Ruffles, Santitas brendlari ostida gazaklar, shuningdek, Strauss Group bilan qoʻshma korxonada Sabra brendi ostida sovitilgan souslar ishlab chiqarish va sotish. 40 ta zavod, shtab-kvartirasi va tadqiqot markazi Planoda (Texas) joylashgan; bu boʻlinma 2017-yilda 15,8 milliard dollar yoki kompaniyaning umumiy daromadining 23%.


Quaker Foods North America (QFNA) - Quaker Oats kompaniyasiga tegishli boʻlgan savdo belgilari ostida mahsulotlarni (sneklar, donli mahsulotlar va makaron) ishlab chiqarish va sotish; 5 ta zavod, ularning eng kattasi Sidar Rapidsda (Ayova shtati); 2017-yilda boʻlinmaning aylanmasi 2,5 milliard dollarni (yoki 4%)
North America Beverages (NAB) Shimoliy Amerikada Pepsi, Gatorade, Mountain Dew, Diet Pepsi, Aquafina, Diet Mountain Dew, Tropicana Pure Premium, Sierra Mist va Mug brendlari ostida ichimliklar ishlab chiqarish va sotish, shuningdek, muzli choylar va Unilever (Lipton brendi) va Starbucks bilan qoʻshma korxonalar doirasidagi kofelar; 65 ta zavod, Korkdagi (Irlandiya) eng yirik konsentrat zavodi, Bradentondagi (Florida shtati) eng yirik Tropicana sharbat zavodi; AQSHning alkogolsiz ichimliklar bozoridagi ulushi 24% (Coca-Cola kompaniyasi - 20%); ushbu boʻlinma 2017-yilda kompaniya umumiy daromadining uchdan bir qismini yoki 20,9 milliard dollarni berdi.
Lotin Amerikasi - gazaklar (Doritos, Cheetos, Marias Gamesa, Ruffles, Emperador, Saladitas, Sabritas, Layʻs, Rosquinhas Mabel, Tostitos brendlari ostida) va ichimliklar (Pepsi, 7UP, Gatorade, Mirinda, Diet Sol, Manzanita) ishlab chiqarish va sotish; Lotin Amerikasidagi Diet Pepsi va Lipton; 55 ta zavod, shu jumladan, Meksikada 4 ta yirik gazak zavodi va bittasi Braziliyada; aylanmasi - 7,2 milliard dollar (13%).
Yevropa Sahroi Afrika (ESSA) - ichimliklar ishlab chiqarish va sotish (Pepsi, 7UP, Pepsi Max, Mirinda, Diet Pepsi, Tropicana, Sandora, Lipton), gazaklar (Layʼs, Walkers, Doritos, Cheetos va Ruffles), sut mahsulotlari ( “Чудо”, “Агуша”, “Домик в деревне”) va Yevropa va Afrikadagi boshqa tovarlar; 105 ta zavod, boʻlinmaning asosiy markazi va Lesterdagi (Buyuk Britaniya) yirik gazak zavodi, Lebedyandagi (Rossiya) eng yirik shisha quyish zavodi, Moskvadagi sut ishlab chiqarish (Lianozovskiy sut zavodi, Rossiya); aylanmasi — 11,1 milliard dollar (17%).
Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (AMENA) - ichimliklar (Pepsi, Mirinda, 7UP, Mountain Dew, Aquafina, Lipton va Tropicana), gazaklar (Layʼs, Kurkure, Chipsy, Doritos, Cheetos va Crunchy) va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada; 50 ta zavod, ulardan eng yiriklari Misr, Tailand, Iordaniya va Avstraliyada; aylanmasi — 6 milliard dollar (10%).
Daromad boʻyicha eng muhim davlatlar:

AQSH - 36,546 milliard dollar;


Meksika — 3,65 milliard dollar;
Rossiya — 3,232 milliard dollar;
Buyuk Britaniya - 1,65 milliard dollar;
Braziliya - 1,427 milliard dollar
2018-yilgi Forbes Global 2000 dunyodagi eng yirik ommaviy kompaniyalar roʻyxatida PepsiCo 102-oʻrinni egalladi[18]. Kompaniya AQShning Fortune 500 reytingida Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi eng yirik kompaniyalar roʻyxatida 44-oʻrinni va Fortune tomonidan dunyoning eng yirik kompaniyalari Fortune Global 500 roʻyxatida 127-oʻrinni egalladi[19].

Moliyaviy koʻrsatkichlar milliard AQSH dollarida [20] [21] [8]


Yil 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017
Aylanmasi 23,51 25,11 26,97 29,26 32,56 35,14 39,47 43,25 43,23 57,84 66,50 65,49 66,42 66,68 63,06 62,80 63,53
Sof foyda 2,400 3,000 3,568 4,174 4,078 5,642 5,658 5,142 5,946 6,320 6,443 6,178 6,740 6,513 5,452 6,379 4,857
Aktivlar 21,70 23,47 25,33 27,99 31,73 29,93 34,63 35,99 39,85 68,15 72,88 74,64 77,48 70,51 69,67 73,49 79,80
Download 230,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish