www.ziyouz.com
kutubxonasi
16
66/44. Muoz ibn Muoz aytdilar: «Men Avf ibn Abu Jamilaga «Amr ibn Ubayd: «Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning: «Kim bizga qurol ko‘tarsa, bizdan emas», deb aytgan
hadislarini Hasandan eshitganman», deb bizga aytyapti», desam, Avf: «Allohga
qasamki, Amr yolg‘on gapiribdi. (Ya’ni, aslida bu hadis sahih.) Lekin o‘zining qabih
so‘ziga muvofiq bo‘lishini xohlab, shunday deb aytgan», dedilar».
67/45. Hammod ibn Zayd aytdilar: «Bir kishi Ayub Sixtiyoniydan hadis eshitib yurar edi.
Ayub esa uni (keyinchalik) uchratmay qoldilar. Shunda atrofdagilar: «Ey Abu Bakr
(Ayubning kunyalari shunday edi), u kishi sizni tark qilib, Amr ibn Ubaydni lozim tutdi
(ya’ni, ustoz qilib oldi)», deyishdi». Hammod aytadilar: «Kunlarning birida biz Ayub
Sixtiyoniy bilan bozorda barvaqt ketayotgan edik, haligi kishi peshvoz chiqdi, Ayub unga
salom berdi. So‘ngra unga: «Menga xabar berilishicha, sen mana bu kishini («Amrning
nomini aytdilar», deydilar Hammod) ustoz tutibsan», desalar, u kishi: «Ha, ey Abu Bakr!
(Men uni ustoz qilib oldim), chunki u bizga g‘aroyib narsalarni aytib keladi», dedi.
Shunda Ayub: «Albatta biz ana shunday g‘aroyib narsalardan qochamiz yoki
hayiqamiz», dedilar».
68/46. Hammod ibn Zayd aytdilar: «Ayub Sixtiyoniyga «Amr ibn Ubayd Hasandan
«Sharobdan mast bo‘lgan kishiga darra urilmaydi», deyilgan hadisni rivoyat qilibdi», deb
aytilganida, Ayub Sixtiyoniy: «Amr ibn Ubayd yolg‘on gapiribdi. Men Hasanning
«Sharobdan mast bo‘lgan kishiga darra uriladi», deb aytganlarini eshitganman»,
dedilar».
69/47. Sallom ibn Abu Mute’ aytdilar: «Ayub Sixtiyoniyga Amr ibn Ubayd huzuriga
borayotganim xabari yetibdi. Kunlarning birida menga yuzlanib: «Diniga xotirjam
bo‘lmaydigan kishingning aytayotgan hadisiga qanday qilib xotirjam qaraysan?»
dedilar».
70/48. Abu Muso: «Amr ibn Ubayd bid’atchi (ya’ni, qadariya toifasiga mansub)
bo‘lishidan oldin bizga hadis aytar edi», dedilar.
71/49. Ubaydulloh ibn Muoz Anbariy otalaridan rivoyat qiladilar. «Vosit qozisi Abu
Shayba haqida so‘rab Sho‘‘baga xat yozdim. Sho‘‘ba javob yuborib, unda «Abu
Shaybadan biror (hadis) yozib yurma va bu xatim yetib borishi bilan (o‘qib bo‘lgandan
keyin fitna tarqalmasligi uchun) uni yirtib tashla», deb yozilgan ekan».
72/50. Affon aytdilar: «Hammodga Solih al-Murriy Sobitdan rivoyat qilgan hadisni
gapirsam, «U yolg‘on gapiribdi», dedilar. Hamomga ham Solih al-Murriy rivoyat qilgan
hadisni gapirsam, «U yolg‘on gapiribdi», dedilar».
73/51. Abu Dovud aytdilar: «Sho‘‘ba menga: «Jarir ibn Hozimning huzuriga borgin-da,
«Hasan ibn Umoradan hadis rivoyat qilish senga halol emas ekan», deb aytgin. Chunki
Hasan yolg‘on so‘zlaydi», deganlarida, men Sho‘‘baga: «Nima uchun?» desam, u zot: «U
Hakamdan, deb asli yo‘q hadislarni rivoyat qilib, gapirib yuribdi», dedilar. Men: «U
gapirayotgan narsa nima haqida?» desam, u zot: «Hakamga «Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam Uhud g‘azotida o‘lganlarga janoza namozi o‘qiganlarmi?» deb
aytgandim, u: «O’qimaganlar», dedi. Vaholanki, Hasan ibn Umora Hakamdan, u
Muqsimdan, u Ibn Abbosdan, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qilgan rivoyatda
aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhuddagi mayyitlarga janoza namozi
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |