www.ziyouz.com
kutubxonasi
14
48/26. Hamza az-Zayyotdan rivoyat qilinadi. Murra al-Hamdoniy Horisdan bir narsa
eshitib, unga eshik oldida o‘ltirib tur, dedi. Murra uyiga kirib qilichini olganida, Horis
yomonlikni sezib jo‘nab qoldi.
49/27. Ibn Avndan rivoyat qilinadi. «Ibrohim bizga: «Mug‘iyra ibn Sa’id va Abu
Abdurahimlardan chetlaninglar. Chunki u ikkovi yolg‘onchilardir», dedilar».
50/28. Osim aytdilar: «Biz Abu Abdurahmon as-Sulamiyning huzurlariga yosh yigitlik
paytimizda borar edik. U zot bizga: «Qissa aytuvchilar bilan birga o‘tirmanglar. Abu al-
Ahvas u toifadan emas. Ammo Shaqiq (al-Kufiy)dan ehtiyot bo‘linglar», dedilar. Chunki
Shaqiq xavorij toifasi fikrlarini ma’qullar edi. Lekin u mashhur tobe’in Abu Voil Shaqiq
emas».
51/29. Abu G’asson Muhammad ibn Amrdan rivoyat qilinadi. Jarir: «Jobir ibn Yazid al-
Ju’fiy bilan uchrashdim. Lekin bu kishidan hadis yozib olmadim. Chunki bu kishi raj’aga
ishonar edi», dedilar.
(
Izoh:
«Raj’a» rofiza toifasining «Ali roziyallohu anhu o‘lmagan, balki u bulutlar ustida»,
degan botil e’tiqodidir.)
52/30. Mis’ar aytdilar: «Jobir ibn Yazid bo‘lib o‘tgan hodisalar yuz berishidan oldin bizga
hadis aytib berar edi».
53/31. Sufyon aytdilar: «Hodisalar yuz berishidan oldin insonlar Jobir ibn Yaziddan hadis
olar edilar (ya’ni, u rivoyat qilgan hadisni eshitishar edi). Qachonki, zohir bo‘lgan
narsalar (ya’ni, undagi ayblar zohir bo‘lgani)dan keyin odamlar uning hadisiga tuhmat
qildilar va ba’zilar tark qilishdi. «Nima zohir bo‘ldi?» deb so‘ralganida, «U raj’aga ishonar
edi», deyildi».
54/32. Jobir ibn Yazid al-Ju’fiy: «Men Abu Ja’fardan rivoyat qilingan yetmish ming hadis
bor. U barchasini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan», deb aytdilar.
55/33. Zuhayr Jobirdan quyidagilarni eshitdilar: «Menda ellik ming hadis bor. Men hali
undan hech narsa gapirmadim», dedilar. Kunlarning birida hadisdan so‘zlab: «Bu o‘sha
ellik mingta hadisdan biridir», dedilar.
56/34. Sallom ibn Abu Mute’ aytdilar: «Jobir ibn Yazid al-Ju’fiy: «Menda Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam so‘zlagan ellik ming hadis bor», dedilar».
57/35. Humaydiy aytadilar: «Sufyonning aytishlaricha, bir kishi Jobir al-Ju’fiydan
Allohning kalomidagi «Bas, to otam menga izn bermagunicha yoki Alloh mening
foydamga hukm qilmagunicha mana shu yerdan hargiz jilmayman. U zot hukm
qiluvchilarning yaxshirog‘idir» (Yusuf, 80) oyati haqida so‘raganida, Jobir: «Uning ta’vili
kelmagan», dedilar. Sufyon: «Jobir yolg‘on so‘zladi», dedilar. Biz Sufyondan: «Unday
bo‘lsa, Jobir bu so‘zidan nimani iroda qilgan?» deb so‘rasak, Sufyon: «Rofiza
toifasidagilar Ali roziyallohu anhuni bulut orasidadir, biz uning farzandlaridan biri bilan
chiqsak, osmondan bir nido qilguvchi (Alini nazarda tutyapti) «Falonchi bilan birga
chiqinglar», deb nido qilar edi», (deb e’tiqod qilishadi). Jobir al-Ju’fiy: «Oyatning ta’vili
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |