www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
Lekin rivoyatlarida «Agar cho‘ri o‘z xo‘jayinini tug‘ib bersa», deb arabcha kalimadagi
«Robba» o‘rniga «Ba’la» so‘zi bilan keltirilgan.
96/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Mendan (xohlagan) narsalaringizni so‘ranglar», deganlarida, sahobalar
so‘rashdan hayiqishdi. Shunda bir kishi kelib, u zotning tizzalari yaqinida (ya’ni,
ro‘paralarida) o‘tirib: «Ey Allohning rasuli, Islom nima?» dedi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Allohga biror narsani sherik qilmasliging, namozni ado etishing, zakot
berishing va ramazon ro‘zasini tutishing», degan edilar, u kishi: «Rost aytdingiz», dedi-
da, yana: «Ey Allohning rasuli, iymon nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohga, farishtalariga, kitoblariga, Allohga yo‘liqishga, payg‘ambarlariga, qayta
tirilishga va taqdirning barchasiga (ya’ni, yaxshi-yu yomoniga) ishonishing», deb
aytdilar. U kishi: «Rost so‘zladingiz», deb yana: «Ey Allohning rasuli, ehson nima?»
dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan go‘yo ko‘rib turgandek qo‘rqishing.
Agar sen Uni ko‘rmayotgan bo‘lsang, albatta U seni ko‘rib turibdi», dedilar. U kishi:
«Rost gapirdingiz», deb yana: «Qiyomat qachon qoim bo‘ladi?» dedi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «So‘ralayotgan kishi so‘raguvchidan ortiq bilmaydi. Men
senga uning alomatlarini gapirib beraman. Agar xotin o‘z xo‘jayinini tuqqanini ko‘rsang,
qiyomat alomatlaridandir. Agar yalangoyoq, yalang‘och, kar, soqov (ya’ni, johil, esi
past) kishilarning yerda hukmron bo‘lganini ko‘rsang, bu ham qiyomat alomatlaridandir.
Podachi-cho‘ponlarning imoratni (kim o‘zarga) baland qilib qurishlarini ko‘rishing ham
qiyomat alomatlaridandir. Qiyomat beshta g‘ayb (yashirin) narsa ichidaki, u narsalarni
faqat Allohning Uzi biladi», deb quyidagi oyatni o‘qidilar: «Darhaqiqat, yolg‘iz Allohning
huzuridagina (qiyomat) soati (qachon bo‘lishi to‘g‘risidagi) bilim bordir. U (Uzi xohlagan
vaqtda, Uzi xohlagan joyga) yomg‘ir yog‘dirur va (onalarning) bachadonlaridagi
homilalarini (o‘g‘ilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini) bilur. Biron
jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon qay yerda o‘lishini ham bila olmas.
Faqat Allohgina bilguvchi va ogohdir» (Luqmon surasi, 34-oyat). Keyin haligi kishi
o‘rnidan turib chiqib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni huzurimga
qaytarib kelinglar», degan edilar, sahobalar axtarib chiqib topa olishmadi. Shunda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi Jabroildirlar. Sizlar so‘ramaganingiz
uchun ta’lim olishingizni xohlab (kelgan edilar)», deb aytdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |