www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
xojasini tug‘ishi, yalang oyoq, yalang‘och, faqir podachi-cho‘ponlar imoratni (kim
o‘zarga) baland qilib qurishlarini ko‘rishing qiyomatning alomatlaridandir», dedilar. Keyin
u kishi ketdi. Men uzoq vaqt (kutib) turdim. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
menga: «Ey Umar! So‘rovchi kishi kim ekanini bildingmi?» dedilar. Men: «Alloh va Uning
rasuli biluvchiroq», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi Jabroil edilar.
Huzuringizga dinlaringizni ta’lim berish uchun keldilar», deb aytdilar».
93/2. Yahyo ibn Ya’mar aytdilar: «Ma’bad al-Juhaniy qadar haqida har xil so‘zlarni
aytganida, biz uni inkor qildik. Men va Humayd ibn Abdurahmon al-Himyariy hajga
bordik. Roviylar yuqorida zikr qilingan Kahmasning hadisidagi ma’no va sanadlar bilan
hadisni zikr qilishgan. Lekin hadisni ba’zi qo‘shimchalar va qisqartmalar bilan
keltirishgan».
94/3. Yahyo ibn Ya’mar va Humayd ibn Abdurahmonlar aytishdi: «Biz Abdulloh ibn
Umarga yo‘liqib, (qadariya toifasi)ning taqdir haqida gapirayotgan narsalarini zikr qildik.
Roviy Umardan, u zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan hadislariga
o‘xshash hadisni keltirdi. Hadisda ba’zi qo‘shimchalar bo‘lib, ba’zi narsalar qisqartirilgan
edi».
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
95/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bir kuni odamlar oldiga (chiqib), ko‘rinish berganlarida bir kishi kelib: «Ey
Allohning rasuli, iymon nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon -
Allohga, farishtalariga, kitoblariga, Unga yo‘liqishga, payg‘ambarlariga va oxirat kuni
qayta tirilishga ishonmog‘ing», dedilar. U kishi: «Ey Allohning rasuli, Islom nima?» dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom - Allohga biror narsani sherik qilmay, Unga
ibodat qilishing, farz namozini qoim qilishing, farz zakotini ado etishing va ramazon
ro‘zasini tutishing», deb aytdilar. U kishi: «Ey Allohning rasuli, ehson nima?» dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ehson - Allohni go‘yo ko‘rib turgandek ibodat
qilishing. Agar sen Uni ko‘rmasang, U seni albatta ko‘radi», dedilar. U kishi: «Ey
Allohning rasuli, qiyomat qachon?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«So‘ralayotgan kishi so‘raguvchidan ortiq bilmaydi, lekin senga uning alomatlari haqida
gapirib beraman. Agar cho‘ri o‘z xojasini tug‘sa, u qiyomat alomatlaridandir. Agar
yalangoyoq, yalang‘och kishilar odamlarga bosh bo‘lsa, bu ham qiyomat
alomatlaridandir. Podachi-cho‘ponlarning imoratni (kim o‘zarga) baland qilib qurishlari
ham qiyomat alomatlaridandir. Qiyomat besh narsaning biriki, u narsalarni faqat
Allohning Uzi biladi», deb quyidagi oyatni o‘qidilar: «Darhaqiqat, yolg‘iz Allohning
huzuridagina (qiyomat) soati (qachon bo‘lishi to‘g‘risidagi) bilim bordir. U (Uzi xohlagan
vaqtda, O’zi xohlagan joyga) yomg‘ir yog‘dirur va (onalarning) bachadonlaridagi
homilalarini (o‘g‘ilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini) bilur. Biron
jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon qay yerda o‘lishini ham bila olmas.
Faqat Allohgina bilguvchi va ogohdir» (Luqmon surasi, 34-oyat). Keyin haligi kishi
orqasiga qaytib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U kishini mening
huzurimga qaytarib kelinglar», dedilar. Sahobalar uni qaytarish uchun chiqishgan edi,
hech kimni ko‘rishmadi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi Jabroil
alayhissalom bo‘lib, odamlarga din o‘rgatish uchun keldilar», deb aytdilar.
Abu Hayyon at-Taymiy ham mana pgu sanad bilan bu hadisni o‘zidek rivoyat qilganlar.
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |