3-bob Islom arkonlarini so‘rash xususida
98/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamdan (zaruratsiz har xil) narsalarni so‘rashdan man etildik. Sahro ahlidan
biror aqlli kishining kelib, ba’zi narsalarni so‘rashi bizga yoqar edi. Biz esa savol-javobni
eshitib olar edik. Bir kuni sahro ahlidan bir kishi kelib: «Ey Muhammad! Sening elching
biz tomonlarga borib, seni Alloh yuborganini aytyapti», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «To‘g‘ri so‘zlabdi», dedilar. U kishi: «Unda osmonni
kim
yaratgan?»
dedi.
Rasululloh
sollallohu
alayhi
vasallam: «Alloh», dedilar. U: «Yerni kim yaratgan?» dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh», dedilar. U: «Bu tog‘larni o‘rnatib, undagi
narsalarni paydo qilgan kim?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh»,
dedilar. U: «Yeru-osmonni yaratib, bu tog‘larni o‘rnatgan Alloh seni payg‘ambar etib
yubordimi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Seni elching
(bizning huzurimizga kelib) har kecha va kunduzda besh vaqt namoz o‘qishning xabarini
bermoqda», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar.
U: «Seni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, Alloh senga mana shu narsalarni
buyurdimi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Sening
elching bizga mollarimizdan zakot berish vojibligini aytyapti», deganida Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. U: «Seni payg‘ambar qilib yuborgan
Zotga qasamki, Alloh senga bu narsani buyurdimi?» deganida Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Sening elching (bizning huzurimizga kelib) har yili
ramazon oyi ro‘zasini tutishni aytmoqda», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. U: «Seni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki,
Alloh senga mana shu narsalarni buyurganmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Ha», dedilar. U: «Sening elching (bizning huzurimizga kelib) yo‘l
(mashaqqatlarini ko‘tarish)ga qodir bo‘lgan kishi haj qilishini aytmoqda», deganida,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. Keyin u kishi: «Seni haq
bilan yuborgan Zot (Alloh)ga qasamki, men bu narsalarga qo‘shmayman ham,
kamaytirmayman ham», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar rost
gapirayotgan bo‘lsa, albatta jannatga kiradi», dedilar».
Anas roziyallohu anhu: «Biz Qur’onda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan har xil
narsalarni so‘rayverishdan man qilingan edik», deb yuqoridagi hadisni davom ettirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |