Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom
Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
5-bob
Albatta sanad dindandir. Rivoyat ishonchli kishilardan olinadi. Roviylarning
kamchiligi bo‘lsa, ayblash joiz, balki vojibdir. Bu harom bo‘lgan g‘iybatlardan
emas, balki mukarram shariatni himoya qilishdir
23/1. Muhammad ibn Siyrin: «Albatta ilm – dindir. Bas, diningizni kimdan
olayotganingizga qarang», dedilar.
24/2. Ibn Siyrin: «Ilgari odamlar sanad haqida so‘rashmas edi. Qachonki,
fitnalar sodir
bo‘lgach, bizga «Hadis gapiruvchi kishilaringizni nomma-nom ayting», deydigan
bo‘lishdi. Bas, ahli sunnaga qarab, ulardan hadis olinar edi. Va ahli bid’atga qarab,
hadislari olinmas edi», dedilar.
25/3. Sulaymon ibn Muso: «Tovusga yo‘liqib, falonchi undoq va bundoq,
deb menga
hadis aytmoqda, desam, u zot: «Agar gapirayotgan kishing ishonchli bo‘lsa, undan
(hadisni) olavergin», dedilar», deb aytdilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
26/4. Ibn Abu Zinod otalaridan qilgan rivoyatda otalari: «Madinada yuz kishi bilan
uchrashdim, ularning barchasi ishonchli edi. Lekin ulardan hadis olinmas va uning
ahlidan
ham emaslar, deb aytilar edi», dedilar.
27/5. Mis’ardan rivoyat qilinadi. Sa’d ibn Ibrohim: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning: «Faqat ishonchli kishilargina rivoyat qilib gapirishadi», deb aytganlarini
eshitdim», dedilar.
28/6. Abdulloh ibn Muborak: «Hadisdagi sanad (ya’ni, falonchi pistonchidan rivoyat
qilgan, deb nomma-nom zikr qilish) dindandir. Agar sanad bo‘lmasa,
xohlagan kishi
xohlagan narsasini aytaveradi», dedilar.
29/7. Abdulloh ibn Muborak: «Biz bilan qavm orasida tirgak, ya’ni sanadlar bordir (agar
sahih sanad bilan kelsa, hadisni qabul qilamiz, ammo zaif bo‘lsa, qabul qilmaymiz)»,
dedilar.
30/8. Abu Ishoq Ibrohim ibn Iso Tolaqoniydan rivoyat qilinadi. «Abdulloh ibn
Muborakga: «Ey
Abu Abdurahmon, ya’ni Abdulloh, «Namozingga qo‘shib ota-onangga
ham namoz o‘qimog‘ing va ro‘zangga qo‘shib ota-onangga ham ro‘za tutmog‘ing
yaxshilik qilganingdan keyingi yaxshilikdir», deyilgan hadis (menga) yetib keldi»,
desam, Abdulloh: «Ey Abu Ishoq, bu (hadis) kimdan?» dedilar. Men: «Bu
Shihob ibn
Xiroshdan», deganimda, «Ishonchli», dedilar. Yana: «U (hadisni) kimdan oldi?»
deganlarida, «Hajjoj ibn Dinordan», desam, «Ishonchli», dedilar. Yana: «U (hadisni)
kimdan oldi?» deganlarida, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar», dedim.
Shunda u zot: «Ey Abu Ishoq, Hajjoj ibn Dinor bilan Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam
o‘rtalarida (ulov) hayvonining bo‘ynini kesuvchi uzoq cho‘l yo‘li bor. Va lekin sadaqada
ixtilof yo‘qdir», dedilar». (Ya’ni, bu hadis hujjat qilinmaydi. Lekin kim ota-onasiga
yaxshilik qilishni xohlasa, sadaqa qilsin. U mayyitga yetib boradi.)