www.ziyouz.com
kutubxonasi
26
(
Izoh:
Yuqorida zikri kelgan idishlarda mast qiluvchi sharoblar tayyorlangan. Bu idishlar
o‘sha sharoblarni tez yetiltirgan. Shuning uchun bu kabi idishlarni ishlatish man
etilmoqda. Keyinchalik Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislari bilan
bu nasx bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men sizlarni sharob
tayyorlashdan man etib, faqat meshlarda tayyorlashga ruxsat qilgan edim. Endi bo‘lsa,
barcha idishlarda ichimlik tayyorlayvering, lekin mast qiluvchilarini emas», deb aytib,
barcha mast qiluvchi ichimliklardan man etganlar.)
109/2. Abu Jamra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Ibn Abbos roziyallohu anhu
bilan odamlar o‘rtasida tarjimonlik qilar edim. Bir ayol kelib, sopol idishda tayyorlanuvchi
sharob haqida so‘radi. Ibn Abbos roziyallohu anhu aytdilar: «Abdulqays elchilari
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelishganida, u zot: «Bu qaysi jamoa
yoki qaysi qabila?» dedilar. Ular: «Rabiy’a qabilasidanmiz», deyishdi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Qabila yoki jamoadagilar, xush kelibsiz, sizlarga xo‘rlik ham,
pushaymonlik ham yetmasin», dedilar. Ular: «Ey Allohning rasuli! Biz huzuringizga uzoq
masofadan kelamiz. Biz bilan sizning o‘rtangizda kofirlardan iborat Muzar nomli qabila
bor. Biz huzuringizga faqat urush harom qilingan oylardagina kela olamiz. Shuning
uchun bizga o‘zida barcha narsalarni qamrovchi bir ishni buyuringki, o‘sha narsalarni
ortimizda qolganlarga bildirib, shu sababli biz ham jannatga kiraylik», deyishganida,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni to‘rt narsaga buyurib, to‘rt narsadan man
etdilar. Yakka Allohga iymon keltirishga buyurib: «Allohga iymon keltirish nimaligini
bilasizmi?» deganlarida, ular: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «(Bu) «La ilaha illallohu va anna Muhammadar rasululloh»
shahodatini aytish, namoz o‘qish, zakot berish, ramazon oyi ro‘zasini tutish va o‘lja
sifatida qo‘lga kiritilgan narsalarning beshdan birini berish. Ammo qurigan oshqovoq
idishi, xurmacha, alqor o‘simligi bilan bo‘yalgan idish va taxtachadan o‘yib ishlangan
idishlarda sharob tayyorlab ichishni man etaman. Sizlar bu narsalarni yodlab, ortingizda
qolgan kishilarga bularning xabarini beringlar», dedilar».
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
yuqoridagi hadisni zikr qilib, uning davomida Ashaj Abulqaysga: «Senda ikki xislat
bordir. Usha xislatingni Alloh va Uning rasuli yaxshi ko‘radi. U halim va bosiqlik»,
dedilar.
110/3. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abdulqays jamoasidan
bo‘lgan kishilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning
nabiyi! Biz Rabiy’a qabilasidanmiz. Biz bilan sizning o‘rtangizda Muzar nomli kofir qabila
bor. Biz huzuringizga faqat urush harom qilingan oylardagina kela olamiz. Shuning
uchun bizga shunday ishlarni buyuringki, biz o‘sha narsalarni ortimizda
qolganlarga
buyurib
va
o‘zimiz
unga
amal
qilib
jannatga kiraylik», deyishdi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Sizlarga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsadan qaytaraman. Sizlarni
Allohga biror narsani sherik qilmasdan ibodat qilishga, namozni ado etishga, zakot
berishga, ramazon oyi ro‘zasini tutishga va o‘lja qilib qo‘lga kiritilgan narsalarning
beshdan birini berishga buyuraman. Ammo qurigan oshqovoq idishi, xurmacha, alqor
o‘simligi bilan bo‘yalgan va taxtadan o‘yib ishlangan idishlarda sharob tayyorlab ichishni
man etaman», dedilar. Ular: «Ey Allohning nabiysi! Siz taxtadan o‘yib ishlangan idishni
qaerdan bilasiz?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, u idishni
sizlar daraxt ildizidan olib, uni teshib, unga xurmo solib, ustidan suv quyib, qaynashi
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |