www.ziyouz.com
kutubxonasi
28
8-bob
Odamlar «La ilaha illalloh Muhammadur rasululloh», deb aytmagunicha,
namozni koim qilmagunicha, zakot
bermagunicha, Nabiy sollallohu alayhi
vasallam olib kelgan risolatning barchasiga iymon keltirmagunicha ularga
(karshi) urush kilishga buyurish. Kim shu narsalarga bo‘yin egsa, o‘z joni va
molini saklabdi. (Lekin Allohning haqqida, ya’ni had va kasoslarda bunday
emas.) Uning botini esa Allohga havola kilinur. Hamda zakot va boshqa Islom
shiorlarini inkor qilganlarga
urush e’lon qilish va imomning Islom rasm-rusm,
ibodatlariga ahamiyat berishi haqida
114/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam vafot etganlaridan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu xalifa bo‘ldilar. Abu
Bakrning xalifalik paytlarida arablardan kofir bo‘lganlari paydo bo‘ldi. Umar ibn Xattob
roziyallohu anhu Abu Bakr roziyallohu anhuga: «Siz qanday qilib urushasizki, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh», deb aytishmagunicha
urushishga buyurildim, kim «La ilaha illalloh», desa, moli va jonini omonda saqlabdi.
Lekin Allohning haqqida, ya’ni had va qasoslarda unday emas. Uning hisobi esa (ya’ni,
botini) Allohga havoladir», deb aytganlar?!» deganlarida, Abu Bakr roziyallohu anhu:
«Alloh nomiga qasamki, kim namoz bilan zakot orasini ajratsa, u bilan urushaveraman.
Chunki zakot molning haqqidir. Alloh nomiga qasamki, agar ular Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam zamonlarida zakot sifatida berayotgan
echkilarini
man
qilishsa
ham
ularga
urush
e’lon
qilaman», dedilar. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: «Alloh nomiga
qasamki, bildimki, Alloh Abu Bakr roziyallohu anhuning qalblarini urushga moyil qilibdi.
Va yana bildimki, Abu Bakr roziyallohu anhu haq ekanlar», dedilar.
115/2. Abu Hurayra roziyallohu anhu xabar berishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh», deb aytishmagunicha ular bilan urushishga
buyurildim. Kim «La ilaha illalloh», desa, moli va jonini omonda saqlabdi. Lekin molning
haqqida (ya’ni, zakotda) bunday emas. Ularning hisobi (ya’ni, botini) Allohga havoladir»,
dedilar.
116/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kishilar «La ilaha illalloh», deb guvohlik bermagunicha hamda menga va
men olib kelgan narsaga (ya’ni, risolatga) iymon keltirmagunicha ular bilan urushishga
buyurildim. Agar mana shu narsani bajarishsa, qonlari-yu mollarini omonda saqlashibdi.
Lekin Allohning haqqida, ya’ni had va qasoslarda bunday emas. Ularning hisobi (ya’ni,
botini) Allohga havoladir», dedilar.
117/4. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Odamlar «La ilaha illalloh», deb aytishmagunicha
urushishga
buyurildim.
Agar
«La
ilaha
illalloh»,
deb aytishsa, qonlari-yu mollarini omonda saqlashibdi. Lekin Allohning
haqqida (ya’ni, had va qasoslarda) bunday emas. Ularning hisobi (ya’ni, botini) Allohga
havoladir», deb quyidagi oyatni o‘qidilar: «Zotan, siz faqat bir pand-nasihat
qilguvchidirsiz, xolos. Siz ularning ustida zo‘ravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz»
(G’oshiya surasi, 21-22-oyatlar).
118/5. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh va anna Muhammadar rasululloh»
shahodatini aytishmagunicha, namozni qoim qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
29
ular bilan urushishga buyurildim. Agar uni bajarishsa, ular qonlari-yu mollarini omonda
saqlashibdi. Lekin Uning haqqida (ya’ni, had va qasoslarda) bunday emas. Ularning
hisoblari (ya’ni, botinlari) Allohga havoladir», dedilar.
119/6. Abu Molik otalaridan qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim «La ilaha illalloh», deb Allohdan boshqa ibodat qilinadigan narsaga kufr
keltirsa, uning moli va qoniga tegish harom. Hisobi (ya’ni, botini) esa Allohga
havoladir», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |