10-bob
Kim tavhid aqidasiga binoan vafot etsa, qat’iy jannatga kirishi haqida
123/1. Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim Allohdan boshqa iloh yo‘qligini bilib vafot etsa, jannatga kiradi», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
124/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululoh sollallohu alayhi
vasallam bilan yo‘lda ketayotgan edik, qavmning ozuqasi tugab qoldi. Hatto qavmdagi
ba’zi kishilar yuk tashib turgan ulovlarini so‘yishga qasd qilishdi. Umar roziyallohu anhu:
«Ey Allohning rasuli! Qavmdagi qolgan ozuqalarni jamlab, Alloh o‘sha narsalarga baraka
berishini so‘rab duo qilsangiz», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishining
maslahatiga ko‘ndilar. Keyin bug‘doyi borlar bug‘doy olib kelishdi. Xurmosi borlar xurmo
olib kelishdi. Mujohid roziyallohu anhu: «Danagi borlar danak olib kelishdi», deganlarida,
men: «Danakni nima qilishadi?» desam, u zot: «Undagi suvni shimib ichishadi», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga (baraka tilab) duo qildilar. Hatto qavmning
ozuqa (idishlari) to‘lib ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Guvohlik
berib aytamanki, Allohdan boshqa iloh yo‘q. Men Allohning rasulidirman. Qaysi banda
mana shu ikki narsaga shak qilmay vafot etsa, jannatga kiradi», dedilar».
125/3. Abu Hurayra roziyallohu anhu yoki Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan
rivoyat qilinadi. (Roviy shak qilganlar. Lekin sahobalar haqida shakning zarari yo‘q.
Chunki ularning barchasi odildir.) Tabuk g‘azoti kuni odamlarga ocharchilik yetdi.
Sahobalar: «Ey Allohning rasuli, agar izn bersangiz, tuyalarimizni so‘yib go‘shtini
yeymiz, yog‘ini surtamiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Qilaveringlar», deb ruxsat berdilar. Keyin Umar roziyallohu anhu kelib:
«Ey
Allohning
rasuli,
agar
bunday
qilishga
izn
bersangiz, miniladigan narsa kamayib ketadi. (Yaxshisi)
kishilarga zaxira uchun olib qo‘ygan taomlarini olib kelishni buyuring va u narsalarga
baraka tilab duo qiling. Shoyad, Alloh baraka bersa», deganlarida, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Xo‘p», deb bir charm to‘shama keltirishni buyurdilar va uni to‘shadilar.
So‘ngra zaxira uchun olib qo‘ygan taomlarni olib kelishga buyurdilar. Kimdir kaftida
makkajo‘xori, kimdir bir kaft xurmo va yana kimdir bir bo‘lak narsa olib keldi. Haligi
charm to‘shamaga biroz narsa to‘plandi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘plangan
narsaga baraka tilab duo qildilar. Va: «Idishlaringizga solinglar», deb buyurdilar. Ular
idishlariga solishdi, hatto qo‘shin orasida idishini to‘ldirmagan kishi qolmadi. Va
to‘ygunlaricha yedilar, undan ortib ham qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohdan boshqa iloh yo‘q. Men Uning rasuliman, deb guvohlik beraman. Biror banda
shubha qilmagan holda mana shu ikki kalima bilan Allohga yo‘liqsa, jannatdan
to‘silmaydi», dedilar.
126/4. Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim «Ashhadu an la ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu va anna
Muhammadan ‘abduhu va rasuluhu...», ya’ni «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q, Uning
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |