17-bob Kishi o‘ziga sevimli deb bilgan yaxshiliklarni musulmon birodariga ravo
ko‘rishi iymon xislatlariga egaligigiga dalil ekani haqida
149/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Sizlardan biringiz birodari yoki qo‘shnisiga o‘zi uchun sevimli deb bilgan
narsani ravo ko‘rmagunicha mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar.
150/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, banda o‘zi uchun sevimli deb bilgan
narsasini qo‘shnisi yoki birodariga ham ravo ko‘rmagunicha mo‘min bo‘la olmaydi»,
dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |