Qo`shma gaplar: substantsial talqin


O`zbek tilida qo`shma gaplarda partsellyatsiya va omonimiya



Download 458,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/41
Sana03.01.2022
Hajmi458,74 Kb.
#315588
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
qoshma gaplar substantsial talqin

2.2. O`zbek tilida qo`shma gaplarda partsellyatsiya va omonimiya  

Parsellyatli  tuzilmalar  (uzilmalar)  badiiy  matnga  og`zaki  nutqqa  xos  intonatsion 

xususiyatlarni  olib  kirishning  eng  qulay  va  ta'sirchan  usuli  hisoblanadi.  Og`zaki  so`zlashuv 

nutqida ohang nihoyatda erkin va o`ziga xos bo`ladi. Ayniqsa, fikr ifodalashning odatdagi silliq, 

standart sintaktik shakllari o`rnida jonli, harakatchan va tarkiban tabiiy shakllangan jumlalarning 

qo`llanilishi  so`zlashuv  nutqining  eng  xarakterli  xususiyatlaridan  hisoblanadi.  So`zlashuv 

nutqida muayyan ruhiy xolatlar bilan bog`lik tarzda turli uzilishlar, ifoda parokandaliklari, fikriy 

notugalliklar  yuzaga  kelishi  mumkin. 



"Parsellyasiyaga  xos  mantiqiy  siljish,  tuzilmaviy  sinish, 

semantik-intonasion  sakrash  ixcham  qismlardan  tarkib  topgan  tarqoq;  uzuq,-yuluq,  sintaktik 

qurilishni  yuzaga  chiqaradi"

1

Bunday  nome'yoriy  tuzilmalar  muloqot  ishtirokchilari  uchun 

                                                 

1

 И.Тошалиев. Ҳозирги ўзбек тили. Синтаксис. Синтактик ва синтагматик 



қайта бўлиниш. Парцелляция. Т.:Зарқалам, 2004. 104-6. 

 



fikrni  idrok  etish  borasida  qiyinchilik  tug`dirmaydi.  Aksincha,  ular  "bir  chiziqli"  bayonga 

nisbatan tinglovchi uchun tez, oson va ta'kidlanayotgan bo`lakni aniq tushunishga imkon beradi. 

Matnda qo`llanilgan partsellyatli konstruktsiyalarni ekspressiv sintaksisning maxsus ifoda shakli 

tarzida  o`rganish  va  ularning  lingvopoetik  mohiyatini  ochish  tadqiqotchilar  oldidagi  dolzarb 

muammolar sirasiga kiradi. 

Ushbu  lisoniy  hodisa  mohiyatini  har  bir  asarida  tilimizning  betakror  badiiyati  va  ifoda 

balog`atini bequsur namoyon qilgan adib Shukur Xolmirzaev ijodi misolida ko`rsatishga harakat 

qilsak.  Adib  asarlaridagi  qahramonlarga  xos  samimiyat  va  sarkash  ruh  mutolaa  jarayonida 

kitobxonni befarq qoldirmaydi. Uning qahramonlari nutqida, ta'bir joiz bo`lsa, stenografik tasvir 

izi  sezilib  turadi.  Qaxramonlarning  jonli  nutqida  ishlatiladigan  kreativ  maneralar,  keskin  fikriy 

burilishlarni  aynan  ifodalash  istagi  partsellyatli  konstruktsiyalarga  ehtiyojni  tabiiy  qonuniyat 

darajasiga olib chiqadi. Masalan: 



"Yo`ldoshboy bilan do`stligimiz boshlangan kunlar edi. U meni saroylarga ergashtirib b-rib, bir 

echkini ko`rsatdi. Qip-qizil.. "Kiyikdan tarqalgan!" dedi"

1

.  

Shukur Xolmirzaev o`z asarlarida ko`pincha ikki partsellyatdan iborat konstruktsiyalarni 

qo`llaydi.  Bunda  bir  partsellyat  orqali  ifodalash  mumkin  bo`lmagan,  alohida  ta'kidlanishi  zarur 

bo`lgan,  muhim  hisoblangan  belgilar  ikkinchi  partsellyat  halqa  sifatida  asosdan  keyinga 

chiqariladi.  Asos  qismdagi  to`ldiruvchi  maqomida  kelgan 

echkini

  so`zi  birinchi  partsellyatda  u 

bilan botliq rang orqali muayyanlashtirilgani holda uning 

kiyikdan tarqalganligini

 ham ta'kidlash 

ehtiyoji  ikkinchi  partsellyat  orqali  qondirilmoqda.  Ayni  konstruktsiyani  qayta  tartiblaganda 

birinchi partsellyat hech o`zgarishsiz asos bo`lak tarkibiga singib, joylashib ketaverishi ma'lum. 

Lekin ikkinchi partsellyatda faqatgina ko`chirma gap shunday xususiyatga ega. Muallif gapi esa 

har  ikki  partsellyatga  ham  dahldor  hisoblanadi.  Shuning  uchun  "belgi  ta'kidi",  "belgini 

ta'kidlash" ma'nosi asos bo`lak tashqarisiga chiqarilgan har ikki komponentda ham mavjud. 

"Burgut qavoga uchardi. Tagin,qaytib kelardi. Agar ipi uzunroq qilinsa..."

 (19-6.). 

Mazkur misolda burgutning havoga uchishi va yana qaytib kelish sharti partellyat sifatida 

ajratilgan  bo`lakda  ifodalangan.  Aslida,  birinchi  va  ikkinchi  asosning  mazmuniy  yaxlitlashuvi, 

birikuvi  orqali  anglashiladigan  harakatning  davomiyligi  ham  aynan  partsellyatda  ifodalangan 

shartga  bog`liq.  Aks  holda  mazkur  harakatning  bajarilishi  yo`qqa  chiqadi.  Ya'ni,  burgutning 

uchishi  uchun  ham,  qaytib  yerga  qo`nishi  uchun  ham  ip  uzun  bog`langan  bo`lishi  lozim.  Bu 

konstruktsiyani  standart, "bir chiziqli" jumla tarzida qayta tartiblab chiqamiz: 




Download 458,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish