Qo`shma gaplar: substantsial talqin


Ikkinchi bob. qo`shma gaplarda substansial talqin va uning amali



Download 458,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/41
Sana03.01.2022
Hajmi458,74 Kb.
#315588
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
qoshma gaplar substantsial talqin

Ikkinchi bob. qo`shma gaplarda substansial talqin va uning amali 

2.1. Zamonaviy tilshunoslikda qo`shma gaplar nazariyasi. 

Aniqki, sintaksisning tekshirish ob'ekti haqida har xil fikrlar mavjud. Dunyo tilshunoslari 

bu  haqda  mulohazalarini  bildirar  ekanlar,  uning  tadqiq  ob'yektini  yo  toraytirib,  yo  kengaytirib 

yuborganlar.  Yillar  davomida  bo`lgan  munozaralar  shuni  ko`rsatadiki,  A.I.Smirniskiyning  so`z 




birikmalari  bog`lanish  qoidalari  va  bu  bog`lanishlardan  gap  tuzish    qoidalarini  o`rganuvchi  fan 

deb bergan sodda, aniq ta'rifi hahiqatga yaqinroq

1

. Bilamizki, sintaksis grammatikaning bo`limi 



sifatida ikki qismga bo`linadi:  

1) so`zlarning grammatik bog`lanish usullari haqidagi ta'limot yoki so`zlar birikmalari haqidagi 

ta'limot 

2) gap hosil bo`lishi haqidagi ta'limot.  

Gap hosil bo`lishini tadqiq etuvchi ta'limotni ikki bo`limga ajratish mumkin:  

a) gap, sodda gap (uning birliklari va b.  

b) qo`shma gap haqida ta'limotlar. 

Qo`shma  gap  haqidagi  ta'limot  uzoq  va  qiziqarli  tarixga  ega.  G`arb  tillarida,  slavyan 

tillarida qo`shma gap haqidagi ta'limot nuqtalari deyarli bir xil. Bu ta'limotlar haqida tasavvurga 

ega bo`lish uchun qisqacha ma'lumot beramiz. 

Dunyoda keng tarqalgan ingliz tili grammatikalari, asosan, XVI asrning oxiridan boshlab 

paydo  bo`la  boshlagan.  O`rta  asrlar  antik  va  lotin  grammatikalari  gap  haqida  ta'limotni 

yaratmagan edilar.  

Mantiq fani ta'sirida gapning tugal fikrni ifodalovchi shakl ekanligi haqida ta'rifi vujudga 

keldi. 

Birinchi  ingliz  grammatikasida  (1585)  sintaksis  bo`limi  yo`q  edi.  Gap  haqida  fikr 

bog`lovchilar bobida,  ularning ta'rifida beriladi. 

B.Djonson  va  Butlerlarning  (XVII  asrning  birinchi  yarmi)  grammatikalarida  punktuatsiya 

qoidalariga bog`liq ravishda gap haqida tushuncha keltiriladi, xolos. 

XVII  asr  ikkinchi  yarmida  K.Kuper  tomonidan  yaratilgan  grammatika  va  o`quv 

qo`llanmada  punktuatsiya  qoidalari  izohlanishida  sodda  va  tarkibli  gaplar  tushunchalari  haqida 

fikr boradi. Kuper bu yangi  

tushunchalar  bilan  bir  qatorda  bosh  fe'l,  bosh  gap,  tobe  gaplar  yoki  gap  qismlari  kabi 

tushunchalari  bilan  ishlaydi.  Sodda  va  tarkibli  gaplar  tushunchalari  qo`shma  gap  haqidagi 

ta'limotda  XIX  asrning  o`rtalarigacha  yashaydi,  tobe  qismlar  va  gaplar  hamda  bosh  gaplar  va 

fe'llar tushunchalaridan XIX asrning o`rtasidan ingliz grammatiklari foydalana boshlaydilar. 

Dj.Braytlend yaratgan va XVIII asrning boshida chop etilgan grammatikada asos sifatida 

gap  va  uning  sodda  hamda  tarkibli  gaplarga  bo`linishi  haqidagi  ta'limotlar  olindi.  Shu  davr 

grammatiklari Grinvud va Ferrou Dj.Braytlendning izdoshlari bo`lib, yangi tasnifga uncha ko`p 

o`zgartirishlar kiritmadilar. Ularning fikricha, sodda va birgina gap (a single sentence) mavjud; 

birgina  (edinichnmy)  gap  belgisi  -  birgina  fe'l  tashkil  etgan;  tarkibli  gap  esa  -  sodda  gaplardan 

                                                 

1

 Смирницкий А.И. Синтаксис английского языка. М., 1957. 48 стр. 



 

 



tuzilgan  [made  up  or  composed)  dir.  Bu  ta'limotning  asosida  XVII  -XVIII  asrda  Angliyada 

mantiq  bo`yicha  chop  etilgan  qo`llanmalar  yotganini  tilshunos  olim  L.L.Iofik  o`z  vaqtida  qayd 

etgan  edi

1

.  V.G.Admonining  fikricha,  bu  davr  olimlari  gap  strukturasini  tushunishda  sodda  va 



tarkibli  gaplar  ta'limotida  grammatik  bo`lmagan  tushunchalarga  tayanib  ritorika  va  mantiqning 

tushunchalarini  asosga  olganlar  va  bu  grammatiklarga  nutqiy  bo`linishda  mazmundan  shaklga 

qarab  borish  yo`lini  ko`rsatgan.  XVIII  asr  ikkinchi  yarmining  yetakchi  grammatiki  Lout  1762 

yilda  nashr  etgan  grammatikasida  gapga  grammatik  shakllanishni  hisobga  olib,  mantiqiy  ta'rif 

beradi:  "Predlojenie  -  eto  gruppa  (assemblage)  slov,  virajennix  v  sootvetstvuyushey  (proper) 

forme  i  raspolojennix  v  sootvetstvuyushem  poryadke  dlya  virajeniya  zakonchennogo  smisla 

(complete  sense)"

2

.  R.Loutning  izdoshi  L.Murriy  1795  yil  chop  etgan  asarida  Loutning  gapga 



bergan ta'rifini qisqartirgan. Olimning Lout grammatakasi matni asosida yaratgan grammatikasi 

keng tarqaldi. Bu grammatika XIX asr birinchi yarmi tilshunoslari uchun namuna mavqeida edi, 

balki shuning uchun ham  ularning  asarlarida sintaktik  nazariya rivojlantirilmagandir. XVIII  asr 

ikkinchi yarmida grammatiklar tarkibli gap ta'limotiga clauses tushunchasini kiritadilar. Lout bu 

tushunchadan  foydalanmagan.  Punktuatsiya  bo`limida  sodda  va  tarkibli  gaplar  qismlari  haqida 

fikr yurita turib, ularni members (bo`laklar) deb ataydi, bu tushuncha periodning bo`linishi bilan 

bog`liq edi. Clauses atamasi XIX asrning birinchi yarmida o`z terminologik ma'nosiga ega emas 

edi  va  olimlar  unga  nimalarni  {bog`lovchi  -  tarkibli  gaplar  -  bir  nechta  gaplar  ...)  kiritish 

mumkinligi haqida turli fikrlar bildirardilar. 

XIX  asrning  o`rtalarida  qo`shma  gap  ta'limotida  siljish  boshlandi,  ya'ni  qo`shma 

gaplarning dixotomik tasnifi trixotomik tasnif bilan almashtirildi. Shu davrda clause tushunchasi 

qo`shma  gap  nazariyasining  markazidan  o`rin  egallaydi  va  terminologik  ma'noga  ega  bo`ladi, 

ya'ni  tapkibli  va  qo`shma  gapning  qismlarini  nomlaydi.  Clause  ning  tasnifi  paydo  bo`ladi. 

O`zining sintaktik mavqeiga qarab qismlar teng va tobelarga bo`linadi hamda sintaktik jihatdan 

yetakchi qismni belgilash uchun yetakchi qism, bosh qism va asosiy fe'l kabi atamalar kiritiladi. 

Bu  yangi  nazariyaning  asosida  boshqa  harbiy  Yevropa  tillari  grammatikalari  ta'siri  bo`lishi 

mumkin.  Shuningdek,  tarkibli  gap  ta'limotiga  clause  atamasining  kiritilishi  ham  muhim  rol 

o`ynagan  bo`lishi  kerak.Olimlarning  bu  haqda  yagona  fikri  yo`q.  Keyingi  davrda  chop  etilgan 

asarlarda  eski  va  yangi  nazariyalar  o`rtasida  kelishuvchilik  holatlarini,  trixotomik  tasnif  asos 

sifatida  olinganini  ham  ko`rish  mumkin.  Qo`shma  gapga  ta'rif  berilayotganda  olimlardan 

ayrimlari  ega  va  kesimlar  soni  haqida,  ba'zilari  qo`shma  gap  tarkibidagi  sodda  gaplar  soni  va 

yana ba'zilari esa bu ikki holatni birlashtiradilar.  

                                                 

1

 




Download 458,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish