Ta'riflarda qo`shma gap qismlarining sintaktik va semantik jiqatdan notengligi
ta'kidlangan.
Ingliz tilidagi qo`shma gap nazariyasi XIX asrning ikkinchi yarmida ingliz normativ
grammatikasida to`la shakllangan va hozirgi davrgacha hech o`zgarishsiz saqlanib kelgandir.
Tarkibli gap ta'rifida son belgisi ega va shaxsli fe'l atamalarida ifodalanilmaydi. O`zaro
bog`langan ikki yoki undan ortiq bosh gaplar va ikki yoki undan ortiq mustaqil qismlar tarkibli
gapni tashkil etadi.
XIX asr oxiridan boshlab klassik ilmiy grammatika rivojlana boshlaydiki, XX asr
normativ grammatika ingliz tilshunosligida grammatikaning yagona tipi bo`lmay qoladi. Bu ikki
grammatika bir davrda yashay olganining sababi shuki, XX asrda XIX asrda yaratilgan asarlar
qayta ishlanib, bir necha marta nashr etiladi. Masalan, XIX asr oxirida chop etilgan Nesfild
grammatikasi XX asrda qayta ishlanib, ko`p marta chop etildi. Struktural yo`nalishdagi
grammatikalarda ayrim olimlar an'anaviy trixotomik tasnifni saqlab qoladilar, ayrimlari uni
chetlashtiradilar -u, ammo bu chetlashtirishning nazariy asosini keltirmaydilar, ba'zilarida esa
terminologiya yangilangan, ammo sistema
an'anaviyligicha qolgan. Struktural lingvistikaning ayrim vakillari qo`shma gap nazariyasiga
soda va qo`shma gaplarning farqli tomonlarini yo`qotishga yo`naltirilgan fikrni singdirmoqchi
edilar.
Demak, normativ grammatika vujudga keltirgan sodda gap - teng tarkibli gap tobe
tarkibli gaplar o`rtasida farqlarning yo`qligini targ`ib qilib, gaplarning umumiy trixotomik
tasnifini buzmoqchi bo`lganlar. Xullas, ilmiy grammatikada boshlangan va structural
lingvistikada rivojlangan sodda va qo`shma gaplar o`rtasidagi struktur chegaralarning bartaraf
etilishi Xarrisning transformatsion grammatikasida o`z nihoyasiga yetdi. Xarrisning maqsadi
nutqning tahliliga halaqit bermasligi uchun transformatsiya yordamida matnni normaga solish
(me'yorlashtirish) edi. Uningcha, gap va uning qismlarini bir xil strukturaga keltirish zarur.
Demak, muallifni "so`z birikmalari" komponentlari yoki gaplar "ketma-ketligi"ning o`xshashligi
(struktur emas, balki mantiqiy o`xshashlik) ko`proq qiziqtirgan, ularning farqlari, o`ziga xos
xususiyatlari diqqat markazida bo`lmagan, shuning uchun ham gap mavqei uyushiq bo`laklar
ham, izoqlovchi (aniqlovchi) va fe'lning shaxssiz shakllariga ham berilgan edi. Ko`rinib
turibdiki, qo`shma gap masalasi hozirgacha qam o`z to`liq yechimini topganicha yo`q.
Ingliz va nemis tili grammatikalarida qo`shma gapga ta'rif berilayotganda, ikki va undan
ortiq sintaktik konstruksiyalarning struktur va semantik birligi hamda har bir konstruktsiyaning
predikativ markazi mavjudligiga ahamiyat beriladi. Qo`shma gaplar tobe qismlarining o`zaro
bog`lanish usullari, qo`shma gapning ichki bo`linishlari g`arbiy tillar grammatikalari va boshqa
tillar (slavyan, turkiy va q.) grammatikalarida ham deyarli bir xil.
Ularga berilgan ta'riflarda, talqin va tasnifi asoslarida ham o`xshashlik mavjud. Bu
masala o`zbek tilshunosligida maxsus tadqiq etilgan. O`zbek tili sintaksisini o`rganish
taraqqiyotida ega yo`nalishi bosh yo`nalish bo`ldi. Shu asosda G`.Abduraqmonov,
M.Asqarovalarning ishlarida qo`shma gap haqidagi mukammal ta'limot ishlab chiqildi. Qo`shma
gap masalasi o`zbek tilshunosligida birinchi marta ilmiy asosda G`.Abduraqmonov tomonidan
chuqur o`rganildi. Qo`shma va sodda gaplarning o`zaro munosabati, farqlari, qo`shma gapning
turlari, har bir turning umumiy, xususiy jihatlari atroflicha tahlil qilinadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, G`.Abduraqmonov bundan qariyib 49 yil ilgari qo`shma gapni
shu darajada sinchkovlik bilan o`rganganki, natijada qo`shma gapning hech kimning aqliga
kelmagan nozik tomonlariga ham ahamiyat bergan G`.Abduraqmonov, M.Asqarova,
A.G`ulomovlarning ega markazida turgan sintaktik tahlillarida yana quyidagi hal qiluvchi
holatlarni qayd etib o`tish lozim:
1. Qo`shma gap bo`lishi uchun gapda ikki va undan ortiq ega-kesim markazi bo`lmog`i lozim.
2. "Bog`langan" tushunchasi asosida teng bog`lovchi, ya'ni "bog`lovchi turkumidagi teng
bog`lovchi turiga oid yordamchi so`z bor" mazmunida tushuniladi.
3. Ergash gapli qo`shma gaplarning "ergash" gapining turini belgilashda mazmun-vazifa omiliga
tayaniladi.
A.Berdialiyev 80-yillarga kelib, qo`shma gap sintaksisiga yangi yo`nalish - sistem
yo`nalish tahlili usullarini izchil ravishda tadbiq etishga urindi. A.Berdialiyev qo`shma gap
sintaksisi sohasiga sistem tilshunoslikning o`xshashlik (paradigmatika), sintaktik ziddiyatlar
(sintaktik oppozisiya) kabi tushunchalarni olib kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: