Qo`shma gaplar: substantsial talqin


Delo v tom, chto dlya remonta... nujen... stanok



Download 458,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/41
Sana03.01.2022
Hajmi458,74 Kb.
#315588
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
qoshma gaplar substantsial talqin

Delo v tom, chto dlya remonta... nujen... stanok

 kabi gaplarda ifoda 

planining  mazmun  planiga  mos  emasligini  aytib,  yozadi:  "Bunday  qo`shma  gaplar,  ikki 

predikativ  birlikning  mavjud  bo`lishiga  qaramasdan,  bir  situatsiyani  ifoda  qiladi.  Jumlaning 

mazmuni aslida ergash  gap qismida mujassamlashgan, bosh  gap qismi  esa oldin kelib, sezilarli 

darajada  mazmunsizlashgan,  u  axborot  berish  vositasi  emas,  balki  ergash  gapdagi  axborotning 

o`ziga xos  aktuallashtiruvchisidir". Tadqiqotchi  ana shuni hisobga olib, bunday  gaplariiig ifoda 

planiga ko`ra qo`shma, mazmun planiga ko`ra esa sodda ekanligini ta'kidlaydi

2



O`zbek  tilidagi  ergash  gapli  qo`shma  gaplarda  asosiy  "axborotni  aktuallashtiruvchi"  sifatida, 



ya'ni  modus  ifodachisi  sifatida  bosh  gap  ham,  ergash  gap  ham,  aytib  o`tilganiday,  kelaverishi 

mumkin.  Qiyos: 



Hamma gap shundaki,  biz tezroq, ishga kirishmog`imiz kerak. Kun tartibidagi 

keyingi  masalaga  kelsak,  asosiy  ma'ruzani  kasaba  uyushmasining  raisi  qiladi.

  Birinchi  gapda 

modus bosh gap orqali, ikkinchi gapda esa modus ergash gap orqali ifodalangan. Lekin bari bir 

har ikki gapda ham mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik mavjud. 

Shuni  ham  ta'kidlash  kerakki,  modus  ergash  gapli  qo`shma  gaplarning  ergash  qismida 

ifodalanganda, ergash gapda predikat sifatida ko`pincha  shart maylidagi 



fe'l

 (yuqoridagi misol), 

                                                                                                                                                             

1

 



Колосова Т. А. Русские сложные предложения асимметричной структуры. Воронеж: Изд-во Воронежского 

университета. 1980, С. 30. 

 

2

 



Колосова Т. А. Ўша асар, 32—35-бетлар. 

 



-ganda

  shaklli  fe'l 



(Gapning  to`qrisini  aytganda,  siz  ko`p  o`qishingiz  kerak)

  kabilar  ishtirok 

etadi.  Ergash  gapda  ifodalangan  mazmunning  tabiatiga  ko`ra  mazkur  shakllar  bilan  bog`liq. 

"shart" va "payt" ma'nolari neytrallashadi. Bu hol, albatta, tushunarli, chunki mazkur predikatlar 

denotativ voqea ifodasida ishtirok etmagan.  

Shunisi  ham  tabiiyki,  modus  ifodalovchi  tizim  ixchamlashishga  moyil  bo`ladi.  Buni 

yaxlit gapda denotativ voqeaga qaraganda modusning nomuhimligi bilan izohlash mumkin. Ana 

shu  nomuhimlik,  aslida,  tegishli  so`z  shakllaridagi  ma'nolarning  ("shart",  "payt"  kabi) 

kuchsizlanishiga  yoki  neytrallashishiga  olib  keladi.  Bu  neytrallashuv  ko`pgina  ergash  gapli 

qo`shma  gaplarda  juda  aniq  bo`ladi.  Yuqorida  keltirilgan 



Men  senga  aytsam,  odamlarga 

yaxshilik  qil,  Keyingi  masalaga  kelsak,  asosiy  ma'ruzani  kasaba  uyushmasining  raisi  qiladi. 

Gapning ochig`ini aytganda, ishga jiddiy kirishmoq shart. Men o`ylaymanki, u bugun keladi

 kabi 


ergash gapli qo`shma gaplarda ana shunday neytrallashuvni ko`rish mumkin. Bu neytrallashuvga 

va  gapning  tegishli  qismlarida  ifodalangan  modusning  mantiqiy-mazmunin  tabiatiga  ko`ra 

bunday  shaklan  qo`shma  gaplar  haqli  ravishda  kirish  tizimli  sodda  gaplar  sifatida  baholanadi. 

A.G`ulomov kirish tizimlarning asosiy gapdagi fikrga bog`liq bo`lgan, shu hakidagi qo`shimcha 

mulohazalarni  ifodalashini  ta'kidlaydi.  Uningcha,  "bu  mazmun  ottenkalari  juda  xilma  xil: 

so`zlovchining  aytilayotgan  fikrga  sub'ektiv  munosabatini,  shu  fikrga  bog`liq  holda  tug`ilgan 

emotsiyalarni,  fikrning  umumiy  bahosini  va  shu  kabi  holatlarni  bildiradi"

1

.  Bu  ma'nolar  biz 



modus  tavsifi  bilan  bog`liq  holda  aytgan  ma'nolar  bilan  mos  keladi.  Demak,  kirish  gap,  kirish 

so`z,  kirish  tizimlarning  semantikasi  bevosita  modusdan  iborat.  Modus  ifodalangan  va 

predikatlaridagi tegishli shakllar ma'nosi aniq neytrallashgan aksar ergash gaplarni kirish gaplar 

sifatida  baholash  bunday  shaklan  qo`shma  gaplardagi  mazmuniy-sintaktik  nomuvofiqlikni 

bartaraf etadi. Chunki bunday holatdagi ergash gapning gapligi inkor etilmagan holda u qo`shma 

gapning sintaktik tarkibidan tashqariga chiqariladi. 

Ergash  gapli  qo`shma  gaplar  konstruktsiyalari  omonimiyasi  tilshunoslikda  kam 

o`rganilgan.  Bu  hodisa  sintaktik  omonimiya  doirasida  alohida  tur  sifatida  lingvistik 

ekonomiyannng sintaktik konstruktsiyalar sathiga xos ko`rinishlaridan sanaladi. 

Ergash  gapli  qo`shma  gap  konstruktsiyalarida  bir  vaqtning  o`zida  xarakteran  ikki  xil 

ma'no  -  qo`shma  gap  tarkibining  leksik  birliklari  munosabati  bilan  bog`lanuvchi  individual 

hamda  predikativ  qismlarning  o`zaro  munosabatlari  bilan  bog`lanuvchi  umumiy  grammatik 

ma'nolar  ifodalangan  bo`ladi.  Qo`shma  gap  konstruktsiyasi  bilan  uning  individual  ma'no 

(mazmun)lari  munosabatidagi  nomutanosiblik  ham,  qo`shma  gap  konstruktsiyasi  bilan  uning 

grammatik  ma'nolari  munosabatlaridagi  nomutanosiblik  ham  keng  ma'nodagi  sintaktik 

                                                 

1

 Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек алабнй тнлн. Синтаксис. 3-нашри. Тошкент: Ўқитувчн, 1987, 155-



бет. 


omonimiya  uchun  imkoniyat  yaratadi.  Lekin  ulardan  birinchisi  sintaktik  omofoniya,  ikkinchisi 

sintaktik omonimiya kabi o`zaro o`xshash ikki hodisani xarakterlash uchun xizmat qiladi.  

I. Ergash gapli qo`shma gap konstruksiyalariga xos omonimiyaning vujudga kelishida o`ziga xos 

qonuniyatlar amal qiladi. Sintaktik omonimiyaning bu ko`rinishi ham "substantsional elementlar 

munosabatidan  tashkil  topuvchi  tegishli  kategoriyalarning  o`ta  abstraktsiyalashuvi  qonuniyati" 

(G.V.Kolshanskiy)  tufayli  sodir  bo`ladi.  Chunki  grammatik  qurilish  til  kommunikativ 

birliklarining  nihoyatda  mavhumlashgan  ko`rinishlari  sanalib,  ular  vositasida  miqdor  jihati 

konkret,  lekin  semantik  jihati  turli  xil  birliklar  ayni  bir  grammatik  formada  birlashadi.  Ergash 

gapli qo`shma  gap konstruksiyalarining  omonimligi  xronologik  jihatdan shu birliklarga tegishli 

polifunktsionallilik  yoxud ko`p ma'nolilik kabi  hodisalardan keyingi etapda turadi,  ya'ni  ergash 

gapli  qo`shma  gaplar  omonimiyasi  muayyan  konstruktiv  birliklar  doirasidagi  funktsiya  va 

ma'nolardan  birortasi  ajralib  chiqqan  holatlardagina,  grammatik  ko`p  ma'nolilikdan  o`sib 

chiqadi. Bu parsa ergash gapli qo`shma gap konstruksiyalari omonimiyasining vujudga kelishini 

belgilovchi  asosiy  omil  sifatida  qaraladi.  Ergash  gapli  qo`shma  gaplar  tuzilishi  sxemasi, 

modelining  "turg`un  elementlari"  (T.P.Lomtev)  huhuqida  ish  ko`ruvchi  bog`lovchilar  va  shular 

funktsiyasidagi boshqa grammatik markerlar ana  

shu  imkoniyat  (omil)ni  yuzaga  keltiruvchi  vositalar  hisoblanadi.  Bunday  vositalarning 

polifunktsionalligi  qo`shma gap umumiy konstruktsiyasining  grammatik ma'nolar ifodasidagina 

farq qiluvchi  ikki  yoki  undan ortiq alohida-alohida sintaktik birliklar tarzida tasavvur  etilishiga 

sabab  bo`ladi.  Bu  esa  ergash  gapli  qo`shma  gaplar  konstruktsiyalari  omonimiyasining  vujudga 

kelishini belgilovchi faktor sifatida qaraladi. Masalan, tuzilish sxemasida  -sa markerli kesimlari 

"turg`un element" sanaluvchi konstruktsiyalarda, dastlab, shart ma'nosidagi ergash gapli qo`shma 

gaplar  reallashgan  bo`lsa,  keyinchalik  -sa  markerining  "sinxron  ko`p  ma'nolilik"  (E.I.Shendels) 

belgisiga  ega  bo`lgan  polifunktsionalligidan  ergash  gapli  qo`shma  gaplarning  payt, 

chog`ishtirish-qiyoslash ma'nolarini ham anglatuvchi boshqa omonimik konstruktsiyalar vujudga 

kelgan. 


Qiyoslang: 

1. 


Ona qalbi oyoqqa tursa, o`g`lim sira bo`lmaydi urush (Zulfiya) -  

modeli: ergash gap + sa - bosh gap| (shart ma'nosnda).  

2. Xurshida ishdan kelsa, Poshsha xola... ko`rpa qavib o`tirardi (O`.Hoshimov) - modeli: ergash 

gap + sa - bosh gap (payt ma'nosida).  

3. Meni bir yon boshlasa aqlim, boshqa yonga yetaklar yurak (E.Vohidov) - modeli: ergash gap 

+ sa - bosh gap (chog`ishtirish-qiyoslash ma'nosi). 

Omonimiyannng 

ergash 


gapli 

qo`shma 


gaplar 

konstruktsiyalarida 

vujudga 

kelish 


imkoniyatlaridan  yana  biri  -  bu  turli  xil  ma'nolarga  ega  bo`lgan  konstruktsnyalar  ichki  birlik  - 


komponentlarining  pozision  o`xshashligidir.  Masalan,  -ki  bog`lovchisi  yordamida  tuzilgan 

ergash gapli qo`shma gaplar tuzilish sxemasining "bosh gap-ergash gap" tartibidagi modellarida 

ifodalanishi odatdagi ko`rinish sanaladi;  

-ki  bog`lovchisi  "ergash  gap  -  bosh  gap"  modelidagi  ergash  gapli  qo`shma  gaplarning  vujudga 

kelishida  ham  ishtirok  etadi  (payt,  sabab  ma'nolarini  anglatuvchi  qo`shma  gaplarda).  Lekin 

bunday  holatlarda  -ki  bog`lovchisining  funktsiyasida  yana  boshqa  xususiyatlar  (masalan,  ta'kid 

ottenkasining nisbatan kuchliligi) ham mavjud bo`ladi. "Bosh gap  - ergash gap" modelidagi  -ki 

bog`lovchili  konstruktsiyalarda  ergash  gapli  qo`shma  gaplarning  ham  sintaktik,  ham  analitik 

tiplariga  xos  ko`rinishlari  ifodalanaveradi:  Bu  shunday  vodiyki  jo`sh  urar  haet  (R.Bobojon); 

Og1riq  shunday  kuchliki,  u  o`zini  qo`yarga  joy  topolmasdi  (I.Raqim);  Umid  bog`laymanki, 

sizdan  haqiqiy  san'atkor  chiqadi  (S.Abdulla);  Baxtlimanki,  yoniq  nafas  yor  (Zulfiya). 

Misollarning modelini quyidagicha belgilash mumkin: 1. bosh gap (shunday) +ki - ergash gap. 2. 

bosh gap (shunday) +ki - ergash gap. 3. bosh gap+ ki - ergash gap. 4. ergash gap + ki - bosh gap. 

Birinchi va ikkinchi gaplarning modellari omonim xarakterida bo`lib, ularning birida (bosh gap 

(shunday) + - ergash gap) predmet belgi-xususiyati, ikkinchisi (bosh gap (shunday) +ki - ergash 

gap)da  o`lchash-darajalash  ma'nolari  anglashilgan.  Uchinchi  va  to`rtinchi  gaplarning  modellari 

ifoda planida farq qiladi (bosh gap +ki  - ergash gap, ergash gap +ki -bosh gap), shuning uchun 

ular omonimik modellar emas. 

II.  Ergash  gapli  qo`shma  gap  konstruktsiyalari  modellarining  omonimiyasini  belgilashda  ular 

sistemasidagi  bog`lovchi  vositalarning  semantik-sintaktik  xususiyatlari  katta  rol  o`ynaydi.  Shu 

jihatdan  ergash  gapli  qo`shma  gaplar  sistemasidagi  bog`lovchilarni  sintaktnk  va  semantik  kabi 

turlarga  ajratilishi  yuzasidan  bildirilgan  fikrlarni  quvvatlashga  to`g`ri  keladi.  "Semantik" 

bog`lovchilar  ergash  gapli  qo`shma  gaplarning  ifoda  va  mazmun  planlaridagi  mutanosiblikni 

mustahkamlaydi,  ular  yordamida  vujudga  kelgan  konstruktsiyalar  hamma  vaqt  bir  xil  ma'nolar 

anglataveradi.  Chunki,  shuning  uchun,  sabab-ki,  negaki,  uchun,  shekillik,  toki,  go`yo:  -gani 

uchun,  -gani  sababli  /tufayli,  -gan  vaqtda;  -sa  ham,  -ganda  ham,  -ganda-da;  qancha  -  shuncha, 

qanday  -  shunday,  naqadar  -  shu  qadar,  qaerda  -  shu  yerda  va  shuning  kabi  yana  boshqa 

grammatik vositalar yordamida vujudga kelgan konstruktsiyalar ana shunday xarakter kasb etadi. 

Bog`lovchi  va  bog`lovchilar  funktsiyasidagi  hodisalarniig  boshqa  bir  turkumi  mavjudki,  ular 

yordamida  tuzilgan  konstruktsiyalarda  ergash  gapli  qo`shma  gaplarning  turli  xil  ma'nolari 

ifodalanaveradi.  

Masalan,  -ki,  deb:  -(i)b,  -ganda,  -guncha,  -may,  -masdan  va  shuning  singari  boshqa  yordamchi 

vositalar  ana  shunday  xarakterga  egaki,  ular  "semantikasi"  sintaktik  konstruktsiyalar  bilan 

ularning  ma'nolari  munosabatidagi  simmetriyani  "mustahkamlaydi".  Misollar:  1.  Bu  shunday 

faslki,  qaysidir  tasodif    tasodif  emasdir  bul  zamon  (T.Eristavi)  -Xonaga  shunday  sukunat 



cho`kdiki, o`zining yurak urishini o`zi aniq  eshita boshladi (O`.Hoshimov). O`q shunday tekkan 

ediki,  tajribali  ovchi  Sodiqni  hayron  qoldirdi.  (Shuhrat).  2.  Bahor  kirib,  kunlar  isimagan  edi 

(Kozimiy). Qo`ng`iroqning chorlovchi tovushi yangrab, bolalar sinfga kira boshladi (N.Fozilov). 

Cho`zilib qo`shiqlari, odam chiqar har yoqdan (H.Olimjon). 3. Maqsad bo`lsa, kuch ham tug`ilar 

(H.Sharipov).  Ertasiga  darsdan  kelsa,  dadasi...  yo`lini  poylab  turgan  emish  (S.Anorboev).  4. 

Ikkalasi o`z uyiga sig`may, u qaysi dashti biyobonlarda... yuribdi (M. Mansurov).  

Fikrlari  topmay  nihoya,  hayol  uni  ko`kka  uchirdi  (H.Olimjon).  Yer  ko`karmay,  mol  to`ymas 

(Maqol). 5. Sekretar... yetib kelguncha, u ichkari kirib ketdi (O`.Hoshimov). Yomg`ir tinguncha, 

ular tut ostida turishdi (O`.Hoshimov). Tomchi tomib bo`lguncha, daryo oqib bo`ladi (Maqol). 6. 

Mashina  kolxoz  idorasiga  yaqinlashganda,  ...kuy  yangray  boshladi  (O`.Umarbekov).  Kuch-

qudrat bo`lganda, men ham... borardim (M.Safarov) va boshqalar. 

Misollarimizning 1-punktiga aloqador gaplar "bosh gap (shunday) + ki - ergash gap", "bosh gap 

(shunday)  +ki  -  ergash  gap"  modellarida  reallashgan,  ularning  birinchisi  predmet  belgisi, 

ikkinchisi  natija-sabab  ma'nolarini  anglatayotir;  2-punktga  doir  gaplar  esa,  "ergash  gap  +  ib  - 

bosh  gap"  1,  "ergash  gap  +  b-bosh  gap"  2,  "ergash  gap  +  b  -  bosh  gap"  3,  modellariga  ega; 

ularning  birinchisi  to`siqsizlik,  ikkinchisi  payt,  uchinchisi  tarz  ma'nolarini  anglatgan;  Z-punkt 

gaplar  "ergash  gap  +  sa  -  bosh  gap"1,  "ergash  gap  +  sa  -  bosh  gap"2  modellarida  reallashib, 

ularning  biri  shart,  boshqasi  payt  ma'nolarini  bildirgan.  4-punkt  misollardagi  gaplarda  sabab, 

payt,  shart  ma'nolari  qo`shma  gaplarning  "ergash  gap+may  -  bosh  gap"1  "ergash  gap  +  may  - 

bosh  gap"  2,  "ergash  gap  +  may  -  bosh  gap"  3  modellari  yordamida  reallashgan.  5-gruppa 

misollarda payt, o`lchash-darajalash, chog`ishtirish ma'nolari "ergash gap + guncha - bosh gap"1 

"ergash gap + guncha-bosh gap"2. "ergash gap + guncha - bosh gap"3 modellarida ifoda etilgan. 

6-punkt  misollarda  -ganda  konstituyenti  (markeri)  ishtirokidagi  "ergash  gap  +  ganda  -  bosh 

gap"1  "ergash    gap  +  ganda  -  bosh  gap"  2  modellarining  payt  ma'nolaridagi  qo`shma  gaplarda 

reallashtirganligi ko`rinib turibdi. 

III.  Ergash  gapli  qo`shma  gaplar  konstruktsiyalari  modellarining  omonimiyasini  xarakteran 

o`zaro oppozitsiyalar munosabatidagi  ikki turga  ajratish  mumkin: 1) ichki sintaktik omonimiya 

va tashqi sintaktik omonimiya; 2) absolyut sintaktik omonimiya va nisbiy sintaktik omonimiya. 

Ichki  sintaktik  omonimiya  ergash  gapli  qo`shma  gaplarning  bir  tip  doirasidagi  tuzilish 

o`xshashligiga  asoslanadi.  Shuning  uchun  ham  omonimiyaning  bu  ko`rinishida  ergash  gapli 

qo`shma gap modellarining yo sintetik tip doirasidagi, yo analitik tip doirasidagi konstruktsiyalar 

va  ular  ifodasidagi  turli  xil  tipik  ma'nolar  ifodalanishi  nazarda  tutiladi;  tashqi  sintaktik 

omonimiyada  esa,  sintetik  tip  doirasidagi  qo`shma  gaplarning  ma'lum  bir  ko`rinishdagi  modeli 

analitik  doirasidagi  boshqa  bir  qo`shma  gapning  ma'lum  ko`rinishdagi  modeli  bilan  formal 

jihatdan  o`xshash  bo`lib  qoladi.  Masalan,  Ilhom  shunday  mehmonki,  u  dangasani  yoqtirmaydi 



(P.I.Chaykovskiy)-  modeli:  "bosh  gap  (shunday)  ki-  ergash  gap".  Bobosi  g`aramni  shunday 

ixcham bosdiki, bir tomchi ham yomqir o`tmasdi (Ch.Aytmatov) - modeli: "bosh gap (shunday) 

ki - ergash gap"; Keyin shunday jimjitlik cho`kdiki, o`zining yuragi gupillab urayotganini  

aniq  eshita boshladi  (O`.Hoshimov)  -  modeli:  "bosh gap (shunday)ki  -  ergash  gap". Keltirilgan 

ana  shu  gaplar  konstruktsiyasining  modellararo  omonimiyaning  ichki  va  tashqi  kabi 

xususiyatlarini ko`rish mumkin.  

Chunonchi,  "bosh  gap  (shunday) ki  -  ergash  gap"  1 modelida  ergash  gapli qo`shma  gaplarning 

sintetik  tipiga  xos  ko`rinishlaridan  biri  reallashgan:  predmet  belgi-xususiyati  ma'nosi  (shartli 

ravishda A simvoli bilan belgilaymiz) anglashilayotir.  "Bosh  gap (shunday) ki  -  ergash  gap" 2, 

"bosh gap (shunday) ki - ergash gap" 3 modellarida esa, analitik tipga xos o`lchov-daraja (shartli 

ravishda  B),  sabab-natija  (shartli  ravishda  V)  ma'nolaridagi  qo`shma  gaplar  reallashgan.  A 

ma'nosini  reallashtirgan  "bosh  gap  (shunday)  ki  -  ergash  gap"  1  modeli  bilan  B  ma'nosini 

ifodalovchi  "bosh  gap  (shunday)  ki-  ergash  gap"  2,  V  ma'nosini  ifodalagan  "bosh  gap 

(shunday)ki  -  ergash  gap"  3  modellari  tashqi  sintaktik  omonimiya  xarakterida  bo`lsa,  B 

ma'nosida ifodalagan "bosh gap (shunday) ki - ergash gap" 2, V ma'nosini ifodalagan "bosh gap 

(shunday) ki  -  ergash  gap" 3 modellari o`zaro ichki  sintaktik omonimlar xarakteridadir, chunki 

birinchi  holatda  modellar  ergash  gapli  qo`shma  gaplarning  turli  tiplar  (sintetik  va  analitik)  ga 

tegishli  har xil grammatik ma'nolar (A,  B) ga ega bo`lsa, ikkinchi  holatda (2-  va 3-gaplar) ular 

faqat bir tip (analitik, analitik) doirasidagi har xil grammatik ma'nolar (B, V) anglatayotir, ya'ni: 

Bosh gap (shunday) ki - ergash gap-A - sintetik tip. 

Bosh gap (shunday)ki - ergash gap-B-analitik tip.  

Bosh gap (shunday)ki - ergash gap-A-analitik tip. 

Bosh gap (shunday)ki - ergash gap 3-B - analitik tip 

ichki  va  tashqi  omonimiya  sferasiga  ko`ra  o`zaro  farqlanadi.  Tilda,  xususan,  ergash  gapli 

qo`shma  gaplar  sistemasida  ichki  sintaktik  omonimiya  hosil  qiluvchi  modellar  tashqi  sintaktik 

omonimiya  hosil  qiluvchi  modellarga  nisbatan  ko`p.  Shuningdek,  ichki  sintaktik  omonimiya 

doirasidagi modellar absolyut (to`liq) omonimlar xarakterida bo`ladi. 

IV.  Absolyut  sintaktik  omonimiyada  qo`shma  gap  tuzilish  sxema  -  modellarining  turg`un 

elementlari ko`pincha miqdoran teng keladi (masalan, a, b, s, d] va a, b, s, d 2 simvollari tartibiga 

o`xshash).  Tashqi  sintaktik  omonimiya  til  sistemasi  uchun  nihoyatda  katta  ahamiyatga  ega 

bo`lishiga qaramay, nisbatan siyrak uchraydi. Omonimiyaning bu turiga beriluvchi modellarning 

turg`un  elementlari  miqdoran  farq  qiladi  (masalan,  a,  b,  s,  d  1  va  a,  b,  ...  d  2  simvollari 

munosabatidagi  farqqa  o`xshash)  -  bu  narsa  modellarning  nisbiy  xarakterdagi  omonimligini 

belgilash  uchun  xizmat  qiladi:  Dunyo  shuncha  yaxshi  ekan,  yashamoq  laziz  (Shayxzoda)  - 

"ergash  gap  –  ekan  -  bosh  gap".  Qaysi  bir  oilada  o`zaro  hurmatu,  shirin  so`z  odat  ekan,  u 



xonadon  doimo  nurga  va  fayzga  to`la  bo`ladi  (R.Usmonov)  -  "ergash  gap  (qaysi  bir)  –  ekan  - 

bosh gap". "Ergash gap - ekan - bosh gap" 1 modeliga determinativ munosabatdagi shart ma'nosi 

(A  simvoli  bilan  belgilaymiz),  "ergash  gap  (qaysi  bir)  -ekan  -  bosh  gap"  2  modelida  atributiv 

munosabatdagi  belgi  -  xususiyat  ma'nosi  (B  simvoli  bilan  belgilaymiz)  reallashgan.  Ularning 

birinchisi ergash gapli qo`shma gaplarning analitik tipiga, ikkinchisi esa sintetik tipga aloqador; 

ular  modelining  omonimligi  absolyut  emas.  Chunki  omonimlik  atigi  predikativ  qismlarning 

o`xshash pozitsiyasi hamda ekan turg`un elementiga nisbatandir. Ikkinchi gap modelidagi qaysi 

bir, u kabi turg`un elementlar bu ikki gap modellarining absolyut (to`liq) omonimligiga monelik 

qilayotir. 

Endi  mana  bu  gaplar  konstruktsnyasinnng  modellarini  qiyoslaylik.  Ona  qo`liga  non  tegdimi, 

to`yib qolarlar (S.Shohzodanasimov) - modeli: ergash  gap+mi- bosh  gap"|. Qizning uyalinqirab 

qaragan  ko`zlari  sehrlab  qo`ydimi,  yigit  jim  bo`lib  qoldi  (Z.Do`smatov)  modeli:  "ergash  gap  + 

mi- bosh gap" 2. Har ikki gap ham ergash gapli qo`shma gaplarning analitik tipiga xos. Ularning 

"ergash  gap  +  mi-  bosh  gap"  modeliga  ega  bo`lgani  (A)  payt;  "ergash  gap  +  mi-  bosh  gap"  2 

modelida  ifodalangani  esa,  irreal  sabab  ma'nosini  anglatayotir.  Ularda  predikativ  qismlar 

pozitsiyasi  ham  bir  xil,  turg`un  elementlari  miqdori  bo`lsa,  teng.  Modellarning  omonimligi 

absolyutdir: 

ergash gap + mi - bosh gap- A.  

ergash gap + mi - bosh gap 2- B. 

Bir  tip  doirasidagi  ergash  gapli  qo`shma  gaplar  modellari  va  ularning  turg`un  elementlari 

miqdoriy  tengligiga  asoslangan  absolyut  omonimiya  bir  tip  doirasidagi  qo`shma  gaplarning 

nisbiy  xarakterdagi  omomodellarga  ega  bo`lishini  inkor  etmaydi.  Bir  tip  doirasida  turli  xil 

ma'nolar ifodasi bilan qo`llanuvchi qo`shma gap modellari munosabatida ham omonimlik nisbiy 

bo`lishi  mumkin:  Olis  xotiralar  adashtirdimi,  olovning  o`chib  qolayotganligini  ham  sezmadi 

(O`.Hoshimov)  -  Ra'no  ashula  aytsa  bormi,  uning  qo`ng`iroq  ovozi  hammani  maftun  etardi 

(Z.Do`smatov)  gaplarning  modellarida  bu  xususiyatni  ko`rish  mumkin.  Birinchi  gap  "ergash 

gap+mi  -  bosh  gap"  modelida  sabab  ma'nosini  (A),  ikkinchi  gap  "ergash  gap  (sa  bor)  mi-bosh 

gap"  modelida  shart  ma'nosini  (B)  anglatayotir.  Modellarning  omonimligi  –mi

i

  –mi


bog`lovchilariga  nisbatan  belgilansa,  ikkinchi  gap  modelida  uning  turg`un  elementlari 

xarakteridagi  -sa,  bor  kabi  konstituent  -  markerlarga  nisbatan  ular  munosabatidagi  omonimlik 

xiralashishi ham mumkin. Shuning uchun ham mazkur gaplar modellarining omonimligi ergash 

gapli  qo`shma  gaplarning  analitik  tiplari  (bir  tip)  doirasida  bo`lsa-da,  absolyut  (to`liq)  emas, 

balki nisbiydir: 

ergash gap + mi - bosh gap - A. 

ergash gap (sa bor) mi - bosh gap - B. L 




Demak,  modellararo  ularni  hosil  qiluvchi  turg`un  elementlar  miqdoran  farq  qilsa,  ergash  gapli 

qo`shma  gaplar  bir  tip  yoki,  har  ikki  tuzilish  tip  doirasida  bo`lishidan  qat'iy  nazar,  ularning 

modellari munosabatidagi omonimlik nisbiy xarakterga ega bo`laveradi. 

        Ergash gapli qo`shma gaplar predikativ qismlarining tartib o`rnidagi o`zgarishlar, xususan, 

ularning  inversiyasi  modellararo  omonimlikka  ta'sir  ko`rsatmaydi.  Bunday  o`rinlarda  ular 

invariant  modellarining  ma'lum  bir  variantlari  xarakterida  bo`ladi.  Chunki  inversiyada 

konstruktsiya  "ichki  a'zolari"ning  odatdagi  grammatik  munosabatlari  va  sintaktik  aloqalari 

saqlanadi...,  gap  konstruktsiyasi  o`zgarmaydi.  Shuning  uchun  ham  Bahodirlar  yashasin  deb, 

quvonadi  el  (H.Olimjon);  Xat  yozibdi  otang,  onang,  o`g`lim  omon  bo`lsin  deb  (H.Olimjon) 

gaplarining  modellarida  hech  qanday  farq  yo`q.  Ular  "ergash  gap  -  deb  -  bosh  gap"  tartibidagi 

invariant  modelning  real  variantlariga  xos  ko`rinishlardir.  Shuningdek,  ma'lum  "konstruktiv 

ma'nolar" (V. M. Solnsev) bilan bog`liq bo`lgan invariant modellarning farqli variantlari, qanday 

xarakterga  ega  bo`lishidan  qat'iy  nazar,  modellararo  omonimlikning  barham  topishiga  sabab 

bo`la olmaydi. 

Qo`shma  gap  [WPmRWPm]  umumiy  qolipi  o`nlab  ko`rinishlarda  va  cheksiz  nutqiy 

to`ldirilish shakllarida voqelanishi mumkin.  

Chunonchi: U aytgan, biz eshitgan edik. 

  

va  



Bemorxonada yotgan o`rtoqlarini ko`rishga kecha Salim gul, bugun Rahim kitob olib bordi.  

Sistem  tilshunoslikda  har  bir  til  birligi  ongimizda  ma'lum  bir  shakl  va  ma'lum  bir  mazmun 

(vazifa)ning barqaror, yaxlitligi, butunligi sifatida (invariant holatda) yashaydi va nutqda cheksiz 

ko`rinishlar  (variantlar)  sifatida  yuzaga  chiqadi,  deb  uqtiriladi.  Bu  nutqiy  ko`rinishlarni  sanab 

nihoyasiga  yeta  olmaymiz,  zeroki  har  bir  til  birligining  milliard-milliard  bu  ko`rinishlari 

bizgacha  yaratilgan va  yana o`n chunon kelasi avlod tomonidan  yaratiladi. Lekin biz bu nutqiy 

ko`rinishlarni  invariant  holatida  bo`lgan  til  birliklari  va  variant  shaklida  yuzaga  chiqadigan 

nutqiy ko`rinishlari oralig`ida turuvchi tipik ko`rinishlar, variant turlariga birlashtira olamiz.  

Biz  shu  ma'noda  "ko`rinish  turi",  "ko`rinish  xili",  "tipik  ko`rinishlar"  kabi  birikmalardan 

foydalanamiz.  Yuqoridagi    [WPmRWPm]  umumiy  qolipi  o`zbek  tilida  qo`shma  gaplarning 

umumiy yaxlit, butun (invariant) qolipi (modeli)dir. 

[WPm,WPm]  tipik  ko`rinishning  mohiyati  shundaki,  [QG]  tarkibiy  qismlarining 

markazlari sanalgan kesimlarning har biri o`ziga xos shakllarning umumiy grammatik ma'no va 

vazifalari  asosida  mustaqil  qo`llana  oladi.  Shuning  uchun  bu  ko`rinishning  nutqiy  hosilalarida 

ko`p  holatlarda  tarkibiy  qismlar  orasiga  nuqta  qo`yib,  ularni  mustaqil  sodda  gaplarga  ajratish, 

gap mazmuniga o`zgartirish kiritish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, omonim gaplar sifatida 

(turli ma'no va vazifada) qo`llana olish qobiliyatiga ega bo`lgan gaplar ma'lum bir nutqiy sharoit 



talablariga ko`ra turli-tuman bog`lovchi vositalar asosida bir-biri bilan bog`lana oladi, bir nutqiy 

(intonatsion) tugallikka ega bo`ladi, matn ichida bitta gap to`xtami bilan (gap pauzasi) ajratiladi. 

Bir nutqiy (intonatsion) tugallikka ega bo`lish va matn ichida bitta gap to`xtami bilan ajratilishi 

[QG]larning  umumiy  tipologik  xususiyati,  belgisi  bo`lganligi  sababli  bu  xususiyat 

[WPm,WPm]ni  [QG]larning  boshqa  tipli  ko`rinishlaridan  farqlashga  emas,  balki  ikki  va  undan 

ortiq  [WPm]larni  bir  [QG]  tarkibiga  birlashtirish  omilidir,  ya'ni  qo`shma  gapning  umumiy 

(integral)  xususiyatidir.  Lekin  gaplarning  nutqda  o`zaro  mazmunan  bog`lanishi  faqat  [QG] 

tarkibidagina  emas,  balki  undan  tashqarida  ham  mikrotekst  va  makrotekst  doirasida  ham  sodir 

bo`ladigan  hodisalardir.  Chunonchi,  Yomg`ir  yog`di.,  Bola  yig`ladi  kabi  minglab  potentsial 

mustaqil  sodda  gaplar  ma'lum  bir  matnda  (nutqiy  sharoitda)  o`zaro  bog`lanishi,  bog`lanib 

mustaqil  gap  holatini  (intonatsion  tugallanganlikni,  gap  to`xtamini)  saqlab  qolishi  (mikrotekst 

doirasida) ham, bir gap [QG] doirasida birlashishi ham mumkin. Qo`shma gaplarda omonimiya 

hodisasi  aynan  shu  sharoit  natijasida  hosil  bo`ladi.  Birlashtirish  faqat  intonatsion,  to`xtam  va 

ma'noviy  bog`lanish  (ya'ni  qo`shma  gapning  umumiy  xususiyatlari)  asosida  yoki  bulardan 

tashqari maxsus bog`lovchi vositalar zaminida amalga oshirilishi mumkin.  

Chunonchi, 

1. O`qituvchi keldi. 

2. Dars boshlandi. 

kabi  ikki  mustaqil  sodda  gapni  qo`shma  gap  umumiy  xususiyatlari  asosida  bir  butunlikka 

birlashtiramiz: 

 "O`qituvchi keldi, dars boshlandi".  

Bu  [QG]  tarkibida  har  bir  sodda  gap  anglatgan  fikr  o`zaro  bog`langan,  lekin  bog`lanishning 

tabiati  (xarakteri)  aniqlanmagan  -  omonim  holatda.  Tinglovchi  ham,  so`zlovchi  ham  nutq 

sharoitidan  kelib  chiqqan  holda  bu  gaplar  anglatgan  hukmlar  orasida  bo`lgan  quyidagi  rang-

barang ma'noviy munosabatlar orasidan istalganini anglay oladi: 

1)  birin-ketinlik  munosabati  orasida  uzilish  bor  yoki  yo`qligi  ta'kidlanganligi  holda  (ya'ni 

O`qituvchi keldi va dars boshlandi ma'nosida); 

2)  uzilishsiz  birin-ketinlik,  zudlik  munosabati  {Salim  keldi-yu,  dars  boshlandi;  O`qituvchi 

keldimi, dars boshlandi; Salim keldi ham, dars boshlandi); 

3) payt munosabati (O`qituvchi keldi, shu zahotiyoq dars boshlandi); 

4) natija munosabati (O`qituvchi keldi, shuning uchun /natijada/oqibatda dars boshlandi); 

3) sabab munosabati (O`qituvchi keldi, chunki dars boshlandi). 

Ko`rinib  turibdiki,  [QG]  tarkibiy  qismlari  orasidagi  ma'noviy  munosabatlar  [0]  (nol  ko`rinish) 

shakliga  ega  bo`lib,  so`zlovchi  tomonidan  aniq  bir  munosabatlar  bilan  belgilanmaydi,  balki 

munosabatlarni  aniqlash  nutq;  sharoiti  va  so`zlovchiga  havola  etiladi.  Bu  bilan  sof  [WPm, 



WPm],  uning  boshqa  ko`rinishlari  [WPm  va  WPm],  [WPm  -u/-yu,  WPm],  [WPm  -mi,  WPm], 

[WPm, chunki WPm], [WPm,  

shuning  uchun  WPm]  [qachon  WPm,  o`sha  vaqtda  WPm],  [kim  WPm,  o`sha  WPm]  va 

hokazolarga nisbatan bosh shakl, bosh ko`rinish (boshqacha nomlanishi dominanta, reprezentant, 

neytral  birlik,  umumiy  birlik)  mavqeini  kashf  etadi.  Paradigmatik  qatorda  esa  bosh  (neytral, 

dominanta)  shaklning  bo`lishi  paradigmaning  qurilish  xususiyatlaridan  biridir.  Lekin  bu 

paradigmaning  morfologik  paradigmalardan  farqi  shundaki,  bog`lovchilar  sof  [WPm,  WPm] 

hosilalari  ifodalay  olmaydigan  ma'noviy  munosabatlar  ham  bog`lovchi  vositalar  tomonidan 

kiritilishi  mumkin.  Chunonchi,  O`qituvchi  keldi,  dars  boshlandi  gapining  tarkibiy  qismlari 

orasida ziddlanish, ayirish va boshqa o`nlab munosabatlar anglashilmaydi. Bog`lovchi vositalar 

esa ularni bemalol kirita oladi. Chunonchi, 

1. O`qituvchi keldi, lekin/ammo dars boshlandi (avvalgi matnda o`qituvchi kelsa ham, darsning 

boshlanmasligi haqida axborot berilgan edi). 

2. O`qituvchi keldi yoki dars boshlandi (shuning uchun hovlida shovqin yo`q). 

3. Dam o`qituvchi keldi, dam dars boshlandi (mo`ljaldagi ishni bajara olmadim). 

4. O`qituvchi qachon keldi, dars o`shanda boshlandi. 

5. O`qituvchi qaerga keldi, dars o`sha joyda boshlandi. 

Demak,  [WPm,  WPm]  tipli  omonim  hosilalarida  tarkibiy  qismlar  orasida  rang-barang 

munosabatlar bo`lishi mumkin. 

 




Download 458,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish