XULOSA
O`zbek tili sintaksisini o`rganish taraqqiyotida ega yo`nalishi bosh yo`nalish bo`ldi. Shu
asosda G`.Abdurahmonov, M.Asqarovalarning ishlarida qo`shma gap haqidagi mukammal
ta'limot ishlab chiqildi. Qo`shma gap masalasi o`zbek tilshunosligida birinchi marta ilmiy asosda
G`.Abduraqmonov tomonidan chuqur o`rganildi. Qo`shma va sodda gaplarning o`zaro
munosabati, farqlari, qo`shma gapning turlari, har bir turning umumiy, xususiy jihatlari
atroflicha tahlil qilinadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, G`.Abdurahmonov bundan qariyib 49 yil ilgari qo`shma gapni shu
darajada sinchkovlik bilan o`rganganki, natijada qo`shma gapning hech kimning aqliga
kelmagan nozik tomonlariga ham ahamiyat bergan. G`.Abduraqmonov, M.Asqarova,
A.G`ulomovlarning ega markazida turgan sintaktik tahlillarida yana quyidagi hal qiluvchi
holatlarni qayd etib o`tish lozim:
1. Qo`shma gap bo`lishi uchun gapda ikki va undan ortiq ega-kesim markazi bo`lmog`i lozim.
2. "Bog`langan" tushunchasi asosida teng bog`lovchi, ya'ni "bog`lovchi turkumidagi teng
bog`lovchi turiga oid yordamchi so`z bor" mazmunida tushuniladi.
3. Ergash gapli qo`shma gaplarning "ergash" gapining turini belgilashda mazmun-vazifa omiliga
tayaniladi.
A.Berdialiev 80-yillarga kelib, qo`shma gap sintaksisiga yangi yo`nalish - sistem yo`nalish tahlili
usullarini izchil ravishda tadbiq etishga urindi. A.Berdialiev qo`shma gap sintaksisi sohasiga
sistem tilshunoslikning o`xshashlik (paradigmatika), sintaktik ziddiyatlar (sintaktik oppozitsiya)
kabi tushunchalarni olib kirdi.
Qo`shma gap [WPmRWPm] umumiy qolipi o`nlab ko`rinishlarda va cheksiz nutqiy
to`ldirilish shakllarida voqelanishi mumkin.
Chunonchi: U aytgan. biz eshitgan edik.
va
Bemorxonada yotgan o`rtoqlarini ko`rishga kecha Salim gul, bugun Rahim kitob olib bordi.
Sistem tilshunoslikda har bir til birligi ongimizda ma'lum bir shakl va ma'lum bir mazmun
(vazifa)ning barqaror, yaxlitligi, butunligi sifatida (invariant holatda) yashaydi va nutqda cheksiz
ko`rinishlar (variantlar) sifatida yuzaga chiqadi, deb uqtiriladi. Bu nutqiy ko`rinishlarni sanab
nihoyasiga yeta olmaymiz, zeroki har bir til birligining milliard-milliard bu ko`rinishlari
bizgacha yaratilgan va yana o`n chunon kelasi avlod tomonidan yaratiladi. Lekin biz bu nutqiy
ko`rinishlarni invariant holatida bo`lgan til birliklari va variant shaklida yuzaga chiqadigan
nutqiy ko`rinishlari oralig`ida turuvchi tipik ko`rinishlar, variant turlariga birlashtira olamiz.
Biz shu ma'noda "ko`rinish turi", "ko`rinish xili", "tipik ko`rinishlar" kabi birikmalardan
foydalanamiz. Yuqoridagi [WPmRWPm] umumiy qolipi o`zbek tilida qo`shma gaplarning
umumiy yaxlit, butun (invariant) qolipi (modeli)dir.
[WPm,WPml tipik ko`rinishning mohiyati shundaki, [QG] tarkibiy qismlarining
markazlari sanalgan kesimlarning har biri o`ziga xos shakllarning umumiy grammatik ma'no va
vazifalari asosida mustaqil qo`llana oladi.
Substantsial sintaksis formal sintaksisdan farq qilib, ko`rib o`tganimizdek, nafaqat
formulalar, balki ularning voqelashuvi - paradigmasi bilan ham ish ko`radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |