Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/197
Sana03.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#314460
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   197
Bog'liq
psix tren

Muslixiddin  Sa’diy  hijriy  580  yilda  tug'ilgan.  U  o'zining  “Guliston”  asarida  kamolotga 
intiluvchi  shaxs  jasurlik,  epchillik,  chaqqonlik,  mardlik  xislatlarini  o'zida  mujassamlashtirgan 
bo'lishi  lozimligini  ta’kidlaydi.  Buning  uchun  inson  yoshligidan  boshlaboq  jismoniy  tarbiya  va 
kunlik badan tarbiya bilan shug'ullanmog'i zarur. Negaki, jismoniy mashqlar insonning yetuklikka, 
axloqiy  kamolot  bilan  uyg'un  bo'lishiga  olib  keladi,  deydi.  Jismoniy  yetuklik  insonda  mustahkam 
iroda va xarakter xususiyatlarini vujudga keltiradi, deb ta’kidlaydi.
 
Muslixiddin  Sa’diy  Sheroziy  o'z  hikoyalarida  jismoniy  jihatdan  chiniqishning  inson 
salomatligini  ta’minlashda  katta  ahamiyatga  ega  ekanligini,  shuningdek  insonning  o'z  kuchi  va 
irodasiga  bo'lgan  ishonchi,  ko'ngil  xotirjamligi  bilan  yashash  zavqi  uning  har  qanday 
mashaqqatlarga bardosh bera olishini la’minlovchi omil ekanligini ko'rsatib beradi.
 
Demak, uning fikrlarida ham aynan trening sohasidagi qonuniyatlarga mos keluvchi mohiyat 
mavjudligini ko'rish mumkin.
 
Yuqoridagi  tahlillardan  ko'rinib  turibdiki,  trening  guruhlari  o'z-o'zidan  yuzaga  kelmagan. 
Ulaming asosi qadimgi manbaiarga borib taqaladi.
 
2.3. Guruhiy terapiya elementlarining vujudga kelishi
 
Keyingi  asosiy  bosqich  trening  gumhlarining  uzoq  xorijda  rivojlanishi  tarixi  bilan  bog'liq 
bo'lgan ma’lumotlarga oiddir.
 
Uzoq  xorij  psixologik  adabiyotlarining  tahlili  shuni  ko'rsatadiki,  guruhlarda  irening  o'tkazish 
borasidagi  ishlar  dastlab  psixologik  ma’no-mazmunga  ega  bo'lmagan.  Bu  sohada  olib  borilgan 
ishlar dastlab tibbiyot bilan bog'liq holda yuzaga kela boshlagan.
 
XVIII  asrda  Fransiya  va  Venada  psixiatriyaga  katta  e’tibor  qaratilgan  bo'lib,  uning  zamirida 
trening guruhlariga xos ayrim jihatlaming rivojlanganligi ma’lum.
 
Psixosomatik kasalliklar bilan og'rigan bemorlar  guruhini bir joyda davolashga harakat qilgan 
dastlabki  tadqiqotlardan  biri  sifatida  avstriyalik  psixiatr  Frank  Anton  Messer  (1734-1815y.y)  va 
amerikalik shifokor Djozef Prattning (1930y) olib borgan ishlari diqqatga sazovordir.
 
Bemorlar bilan ishlash jarayonida olimlaming ikkalasi ham  guruhiy terapeya usulini qo'llagan 
holda  o'z  kasallarini  davolashga  harakat  qilganlar.  Lekin  ular  dastlabki  paytlarda  o'z  bemorlarini 
guruhiy davolashning faqat iqtisodiy jihatdan foydali ekanligini anglaganlar xolos va ular guruhda 
ish olib borishning psixologik jihatlariga e’tibor ham berishmagan.
 
Guruhlaming  inson  psixologik  sog'ligiga  ijobiy  ta’sir  qilishi  avstraliyalik  olim  Frank  Anton 
Messer  tomonidan  olib  borgan  tadqiqotlarda  o'z  aksini  topgan.  U  Parijda  turli  xil  somatik  hamda 
psixik  kasallikka  chalingan  bemorlami  davolash  bilan  shov-shuvli  mashhurlikka  erishgan. 
F.A.Messer  atmosferadagi  ko'rinmas  magnitli  flyuidlar  inson  salomatligiga  ta’sir  qiladi,  flyuidlar 
ta’sirida  har  qanday  muvozanatning  buzilishi  kasallikni  chaqiradi,  deb  ishongan.  Uning  fikriga 
ko'ra,  davolash  jarayoni  flyuidlami  shifokor  bemorga  berishi  bilan  amalga  oshiriladi.  Shuning 
uchun,  ya’ni bemorlarga flyuidlami berish uchun u kasallarni bitta  guruh  topishning  yagona usuli, 
o‘qitishning  yangi  shakli  —  psixologik  treninglar  ekanligi  ko‘pchilik  mutaxassislar  tomonidan 
ta’kidlandi.
 
AQShda  bu  boradagi  ishlarini  davom  ettiruvchilardan  bin  bo'lgan  -  Trigant  Barrouning 


 
11
ishlarini  tahlil  qilish  mumkin.  T.Barrou  1925  yildayoq  psixoanaliz  atamasidan  ko‘ngli  to'lmasdan, 
guruhiy tahlil (gruppovoy  analiz) atamasini  fanga kiritgan.  Bunda u odamlami tushunish va ulami 
chuqurroq  o'rganish  uchun  ular  birga  bo‘ladigan  ijtimoiy  guruhlami  o'rganish  lozimligini  qayd 
etgan.
 
Guruhiy terapeya haqida gap ketganda zamonaviy guruhiy terapiyaga birinchilardan bo'lib o‘z 
hissasini  qo‘shgan  olim,  psixodrammaning  asoschisi  Ya.Morenoning  xizmatlarlari  haqida 
gapirmaslikning imkoni yo‘q. 1931 yilda Moreno guruhiy terapeya bo'yicha birinchi mutaxassislik 
jurnaliga  asos  soldi.  “Imprompti”  deb  nomlangan  bu  jumal  ko‘p  yillar  mobaynida  nashr  etib 
kelindi,  keyinchalik  nomi  o‘zgarib  “Group  Psuchoterapy”  nomini  oldi:  1932  yilda  Ya.Moreno 
birinchi  bo‘lib  psixoterapeya  atamasini  fanga  kiritdi.  Bugungi  kunda  bu  termin  keng  doiradagi 
yondoshuvlami  anglatish  uchun  ishlatilsada,  Moreno  bu  atama  orqali  jamiyatdagi  insonlami 
sotsiometrik  baholash  va  shaxsiy  tanlovlari  asosida  yangi  guruhga  birlashtirish  metodini 
tushuntirgan,  Ya.Moreno  1942  yilda  birinchi  bo‘lib  guruhiy  psixoterapevtlaming  professional 
uyushmasini tashkil qildi.
 
Xuddi  shu  yili  germaniyalik  I.G.Shuls  o‘z-o‘zini  ishontirish  va  o‘ziga  rnhan  ta’sir  ko'rsatish 
orqali ichki ruhiy zo'riqishni bartaraf etish uchun autogen trenirovkalaming klassik variantini ishlab 
chiqadi va Garvarddagi biznes maktabida sinov maqsadida o'tkazib ko'radi
 
1947  yilda  AQShda  birinchi  milliy  trening  labaratoriyasi  ochiladi.  1948  yilda  Amerikada 
G.S.Altshuller tomonidan yaratuvchanlik masalalarini  yechish nazariyasi ishlab chiqiladi va aynan 
mana  shu  nazariyalar  asosida  Boku  shahrida  treninglar  olib  boriladi.  Bu  treninglarda  zamonaviy 
trening elementlaridan foydalangan holda ijodiy tasawurlami rivlojlantiruvchi treninglar o‘tkaziladi.
 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish