Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
Nadya chiqib ketishi bilan Zelixon ishga kirishdi. Hojatxonaga kirib qoradori kukunini 
izladi. Nadya, garchi uzoq yillardan beri o‘g‘rilar bilan birga bo‘lsa-da, xotinligiga borgan, 
hojatxonaga kirib, kukun qaerda bo‘lishi mumkin ekanini bildirib qo‘ygan edi. Zelixonday 
tajribali o‘g‘ri uchun kukun konini topish og‘ir vazifa emasdi. Katta-kichik turli quvurlar 
o‘tgan mo‘ri eshigini ochib, diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. Uning ziyrak ko‘zi quvurlar 
ortidagi ingichka, pishiq oq kanopni ilg‘adi. Kanopni asta tortdi. Bir quloch uzunligidagi 
kanopga pishiq kapron xalta bog‘langan, xaltada esa sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan 
yigirmaga yaqin xaltachalar bor edi. Zelixon yana beshta xaltacha oldi-da, xaltani joyiga 
tushirdi. So‘ng chiqib, ro‘molchasini xo‘llagach, qo‘li tekkan eshik tutqichlarini artdi. 
Keyin kukunga suv qo‘shib, suyultirdi. Fedya yotgan xonaga kirdi-da, har ehtimolga 
qarshi uning oyoqlarini bog‘ladi. So‘ng rezina ichak bilan bilagini mahkam bog‘lab, qo‘l 
tomirlarini asta shapatiladi. Tomir bo‘rtib chiqqach, igna sanchdi. Ham nashaning, ham 
aroqning kayfidan behush yotgan Fedya qimirlab ham qo‘ymadi. Miqdori ancha 
oshirilgan qoradori tomirdagi qonga qo‘shilib, uni yo‘qlik dunyosiga olib ketmog‘i lozim 
edi. Katta xonadagi yigitlar qismati ham shu edi. Ishni bajarib bo‘lgach, ularning 
cho‘ntaklarini kavlab, pullarini ola boshladi. Yerda yotgan yigitning cho‘ntagidan chiqqan 
tugilgan ro‘molchani yechib, tilla tishlarni ko‘rdi-yu, g‘azabiga chidolmay uning qorniga 
tepdi. 
Zelixon barmoq izlari tushishi mumkin bo‘lgan joylarni yana bir karra artgach, uydan 
chiqdi. Shu yaqin oradagi telefonga borib, militsiyaga qo‘ng‘iroq qildi. «Turklarning uyini 
yoqqanlar» qaerda yotganligi haqida ma’lumot berdi. Oradan yarim soat o‘tgach, 
militsiya mashinasi kelib, to‘xtaganini ko‘rib, xotirjam ketdi. Markaziy magazinga kirib 
o‘ziga yangi ust-bosh oldi, sartaroshxonaga o‘tdi, undan hammomga tushdi. Shundan 
keyingina Yigitalinikiga qarab ketdi. Yo‘l-yo‘lakay kitob do‘konidan muqovasi chiroyli 
ikkita qalin kitob sotib oldi. 
Kechagina qiyomat sodir bo‘lgan yerda endi osoyishtalik hukm surmoqda edi. Yongan 
uylar, ko‘chada yurgan qurolli askarlargina notinchlikdan darak berib turardi. Soqchilar 
bashang kiyingan, sochlariga oq oralagan, kitob ko‘tarib olgan bu odamni to‘xtatmadilar. 
Zelixon ham atrofiga alanglab, ularda shubha uyg‘otmadi. Faqat Ismoilbeyning yonib 
ketgan uyi oldida bir zum to‘xtashga majbur bo‘ldi, teskari qarab o‘tib keta olmadi. 
O‘sha tomonda Ismoilbey xo‘rsinganday bo‘ldi, so‘ng go‘yo pichirladi: «Qo‘nma bulbul, 
qo‘nma bulbul...» 
Yigitalining eshigi ochiq edi. Zelixon ichkari kirib, ayvonga yaqinlashgach, ovoz berib 
chaqirdi. Yigitalining xotini hovli etagida, qo‘yxonada ekan, Zelixonni ko‘rib, avval 
tanimay bir oz dovdiradi. 
— Men qo‘shningiz Ahadbeyning oshnasiman. Anavi kuni Yigitali akam meni qutqarib 
qoluvdilar, rahmat aytay deb keldim. 
Ayol endi uni tanigan bo‘lsa ham darrov javob qaytarmadi. Zelixonning nazarida u 
nimadandir cho‘chiyotganday edi. 
— Yo‘q bo‘lsalar mayli, rahmatimni yetkazib qo‘yarsiz. Yana aytingki, Ismoilbey og‘am 
olamdan o‘tdilar. Kecha ko‘mdik. Ahadbeylarni bugun samolyotga o‘tqazib olib ketishdi. 
Joylashib olishganidan so‘ng sizlarga xat yozishadi. Ungacha uylaridan xabardor bo‘lib 
turarsiz... Xabar oladigan uy ham qolmabdi... 
— To‘xtang, u kishim uydalar, dam olayotuvdilar,— ayol shunday deb, shoshilganicha 
uyga kirdi. Dam o‘tmay boshini oq belbog‘ bilan bog‘lagan Yigitali ko‘rindi. Zelixon uning 
o‘ng ko‘zi atrofi ko‘karib qolganidan ajablandi. Nazarida burni ham shishganday edi. 
— Boshga tushganni ko‘z ko‘rar ekan,— dedi Yigitali, xuddi Zelixon uni ayblaganu endi 
o‘zini oqlash lozim bo‘lganday.— Yemagan somsaga pul to‘lab keldim. Sizlar bilan 
xayrlashganimdan beri uyga endigina yetib keldim. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish